156
paporotniklarning yuqolib ketgan davri (bo`r davri) gulli o`simliklarning paydo bo`lishiga
to`g`ri keladi.Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan
xolda, «gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlar o`z yo`lida
urug`li paporotniklardan paydo bo`lgan» degan to`ldirishni kiritadi. Lekin, shuni qayd etish
kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi
tekshirishlar shuni
ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar
bennettitlar urug`ida yo`q ekanligi aniqlangan. Gulli o`simlikni kelib chiqishi bo`yicha yana
ko`p olimlar o`z fikrlarini bildirganlar. Masalan: Nazariyotchi botanik olim, O`rta Osiyo
florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish»
yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab
qiladi.
Ikki pallalilar sinfi – Dicotyledones.
Bu sinf vakillari quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: murtagi ikki urug’pallali,
urug’lari endospermsiz yoki endospermli va perspermli. Anatomik tuzilishi jihatidan birlamchi
va ikkilamchi. Barglari oddiy va murakkab. Barg qirralari va shakllari har xil. Barg
tomirlanishi to’rsimon tomirlangan. Hayot shakllari daraxtsimon, butasimon, chalabutasimon
va o’tsimon. Asosiy ildizi yaxshi rivojlangan. Kambiy qavati bo’lganligidan, tanasi ikkilamchi
yo’g’onlashish xususiyatiga ega. Naychalar to’dasi ochiq. Gullari besh bo’lakli tipda.
Gulqo’rg’oni ko’pincha qo’sh bo’ladi.
Biroq bu barcha belgilar emas, ammo ular ikki pallali o’simliklarni bir pallalilardan farq
qilishga imkon beradi. Ikki pallali o’simliklarni birontasi bir pallalilar bilan chatishmaydi, hatto
ular bir-biriga payvand qilinsa, payvand ham tutmaydi.
Ikki pallalilarning ichki
tuzilishi
Bir pallalilar sinfi – Monocotyledones.
Bu sinf vakillari yer yuzining hamma joylarida tarqalgan bo’lib, tarkibida 4ta kenja sinf,
104 oila, 3000 avlod, va 63000 turni birlashtirgan.
Bir pallali o’simliklar o’ziga xos belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. Bu sinfga
kiradigan o’simliklarning ichki tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Ularning urug’ murtagi bir
pallali. Urug’lari endospermli. Anatomik tuzilishi faqat birlamchi.
Bir pallalilarning ichki tuzilishi
Poyadagi o’tkazuvchi bog’lamlari yopiq (kambiysiz), kollaterial va tartibsiz joylashgan.
Ularda poya va ildizlarining yo’g’onlashmasligiga sabab po’stloq bilan markaziy silindr qismi
o’rtasida ikkilamchi paydo qiluvchi to’qima – kambiy qavatining bo’lmasligidir. Lekin ayrim
bir pallalilardan yog’ochsimon dratsena, yukkalarda kambiyning hosil bo’lishi bilan birga ular
eniga yo’g’onlashadi. Bir pallali o’simliklarning bir vaqt qurib qolishi tufayli poyasining pastki
tomonidan qo’shimcha ildizlar o’sib chiqib sochma – popuk ildizni hosil qiladi. Barglari faqat
oddiy, qirralari butun, parallel yoki yoysimon tomirlangan. Barg shakllari lansetsimon,
lentasimon, chiziqsimon, naychasimon, tuxumsimon bo’ladi. Gulqo’rg’oni oddiy, asosan uch
a’zoli. Hayot shakllari o’t, qisman daraxtsimon o’simliklar.
Hozirgi yopiq urug’lilardan ko’p mevalilar (magnoliyagullilar,
ayiqtovongullilar, zirkgullilar) va ba’zi boshqa o’simliklar eng oddiy
o’simliklar hisoblanadi. Ko’p mevalilarning juda ko’p oddiy belgilari
xos bo’lgan tipik gulining spetsifik tuzilganligi buning isbotidir.
Ularning gul o’rni konussimon, gultoji ayrim gulbargli, gulbarglari
ko’p, ular spiralsimon joylashgan va hokazo. Changchi va