|
 Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogikaPsixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni
|
səhifə | 8/102 | tarix | 15.01.2023 | ölçüsü | 13,21 Mb. | | #98632 |
| Majmua Ped psixologiya 2022 фармPsixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.
Psixologiya yaxlit va mustaqil fan sifatida kishilar ongida gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat qilgani uchun ham uning ushbu yo’nalishdagi muammolarni ma’lum ma’noda o’rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular birinchi navbatda ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo’lib, psixologiyaning ular orasidagi mavqei o’ziga xos va yetakchidir.
Psixologiya va falsafa. Eng avvalo fanni falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo’lgan aloqasi xususida. Bu aloqa ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to’la anglash va rivojlanib tendentsiyalarini belgilashdagi o’rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo’lgan umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni psixologiya falsafaning bazasidan oladi va shu bilan birga o’zi ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy ma’lumotlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Psixologiya va tarix. Psixologiya va tarix fanlarining uzviy bog’liqligi ayniqsa, mustaqillik yillarida tarixni xolisona o’rganish va shu bilan birga inson shaxsining madaniy-tarixiy shart-sharoitlarga bog’liq tarzda rivojlanishi ayniyatini xalq ommasi ongiga etkazishda namoyon bo’lmoqda. Zero, inson ruhiyati va u vakil bo’lgan millat va elat psixologiyasi orqali tarixiy voqealarga baho berish milliy istiqlol g’oyalarini yoshlar ongiga singdirishning muhim vositalaridan biridir.
Psixologiya va sotsiologiya. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o’z taraqqiyotining muhim bosqichiga o’tgan ekan, o’z navbatida psixologiya ham ushbu fan erishgan yutuqlardan foydalanadi va ularning ko’lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning sotsiologiya bilan aloqasi uzviy bo’lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni ta’minlash ishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|