Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə11/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Tafakkur nazariyasini S.L.Rubinshteyn (1889-1960) yaratib, muammoga faoliyatli yondashuvni taklif qildi.
Psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim - psixoanaliz, bixeviorizm va geshtaltpsixologiya ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida o’rganish tendentsiyasi paydo bo’ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha eksperimentlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi.
Geshtaltpsixologiya yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik yo’nalishlarning – interaktsionizm va kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va J.Salliven ishlari bilan bog’liq bixevioristlardan farqli o’laroq bu erda eksperimentlar ikki kishi emas, balki ko’pchilik ishtirokida o’tkazila boshladi. Ularning izdoshlari V.Bayon, V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutklarning o’tkazgan tadqiqotlari tufayli hozirgi kunda ham katta qiziqish bilan o’rganilayotgan kichik “T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta’siri, guruhning ayrim individlar fikrlariga ta’siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar o’tkazishga asos solindi.
Kognitivizm - K.Levin nazariyasi asosida paydo bo’lgan psixologik yo’nalish bo’lib, undagi o’rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo’lgan kognetiv holatlar bo’ldi. Kognitizm doirasida shunday mukammal, boshqalarga o’xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g’oya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo’lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishga harakat qiladi. Maqsad turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo’l-yo’riqlar ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar G.Olport, A.Maslou, K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu ishlarni faol davom ettirmoqdalar.
Yuqorida ta’kidlangan strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm oqimlari jahon psixologiya ilmining shakllanishiga asos bo’lgan bo’lsa, ular ta’sirida shaklangan boshqa o’nlab: assotsiativ psixologiya, geshtaltpsixologiya, gumanistik psixologiya, ekzistensial psixologiya, kognitivizm, ramziy interaktsionizm kabi yo’nalishlar uning qator masalalarini hal qilishga o’z hissasini qo’sha oldi.
Hozirgi zamon psixologiya fanining asosiy yo’nalishlari:


Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə