Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə14/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Asosiy tayanch tushunchalar
Diqqat, parishonxotirlik, taktil sezgi, senisteziya, sensibilizatsiya, adaptatsіya,sezgi ,idrok,konstantalik,appertsepsiya, tushuncha, hukm, xulosa chiqarish
gallyutsinatsiya, illyuziya,xotira,eyditizm,amneziya,paraamneziya,hayol,tasavvur, tafakkur, analiz, sintez



Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi: auditoriya
Mashg‘ulotning jihozlanishi: tarqatma materiallar,texnik vositalar
Mashg‘ulotning davomiyligi: 2 soat
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarda psixik bilish jarayonlarining: xotira, diqqat, sezgi,idrok, tafakkur, nutk, xayol to‘g‘risidagi umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi,bu jarayonlarning zanjir shaklida bosqichma-bosqich namoyon bo‘lishi g‘aqida tasavvurlarini va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kutilayotgan natija: Talabalar psixik bilish jarayonlari inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biri ekanligi,idrok va uning xususiyatlari,xotiraning qonuniyatlarining talabalarning o’z hayot yo’lidagi o`rnini tushunib etishlari uchun ko`nikmaga ega bo`lishlari zarur.
Mashg‘ulot mazmuni:
Nazariy qism:
Diqqat turlari va xususiyatlari
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo’ladi. Agar diqqat bo’lmasa, odamda aniq maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo’lmaydi.
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo’ljal olish imkonini beradi. Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli ravishda kechishini va uning sermahsul bo’lishini ta’minlaydi. Har qanday masalaning va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi odamdan o’z diqqatini ana shu masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga qaratishni talab qiladi.
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. Uning o’ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir.
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat qaratilgan obyektlar ong to’plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat - aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta’minlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir.
Psixologiyada diqqatning obyektiga ko’ra quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə