Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə94/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Joriy nazorat (JN)
Joriy nazoratda talabaning modul mavzulari bo‘yicha bilim, amaliy ko‘nikma va kompetensiyalarni egallash darajasini aniqlash va baholab borish ko‘zda tutiladi. Moduli bo‘yicha JN og‘zaki, testlari, tarqatma materiallari bilan ishlash, vaziyatli matnlar, uyga berilgan vazifalarni tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin.
Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi va ta’limning interaktiv usullarida ishtirokining faollik darajasi, shuningdek, amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi, kompetensiyalarni egallash (ya’ni nazariy, analitik va amaliy yondoshuvlar) hisobga olinadi. Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart. Maksimal
ball 100, o‘tish bali 55 ball.
5.2. Modul bo‘yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:



 Ball

ECTS
baho

ECTS ning ta’rifi

Baho

Ta’rifi

86-100

A

"a’lo" – a’lo natija, minimal hatoliklar bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
muammoli savollarni aniqlashi, o‘z qarashlarini xorijiy tilda asoslab bera olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida echishda samarali qo‘llay olishi;
nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila olish qobiliyatini ko‘rsata olishi;
amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda to‘liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni to‘liq egallashi;
amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi;
modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi;
amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

5

a’lo

81-85

B

"juda yaxshi" – o‘rtadan yuqori natija, ayrim hatoliklar bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi;
terminologiyadan (xorijiy tilda) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

4

yaxshi

71-80

C

"yaxshi" – o‘rtacha natija, sezilarli hatoliklar bilan

modul dasturining bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
terminologiyadan (xorijiy tilda) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi;
o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi;
modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi;
amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni egallashi, ammo bir oz kamchiliklar bilan;
modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi;
o‘rganilayotgan modul bo‘yicha konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi;
amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega bo‘lishi lozim;

60-70

D

"qoniqar-li" – sust natija, qo‘pol kamchi-liklar bilan

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida etarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi;
amaliy ko‘nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil ammo hatoliklar bilan to‘liq bajara olishi;
kompetensiyalarni mustaqil, ammo hatoliklar bilan egallashi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni xorijiy tilde hal eta olishi;
amaliy mashg‘ulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda etarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

3

Qoni
qarli

55-59

E

"o‘rta" – minimal natijaga teng

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida qoniqarli bilim hajmiga ega bo‘lishi;
terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi;
javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda va hatolarga yo‘l qo‘yganda, modul bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi;
kompetensiyalarni mustaqil emas va hatoliklar bilan egallashi;
modulining umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi;
pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi;



31-54

FX

"qoniqar-siz" – minimal daraja-dagi bilim-larni olish uchun qo‘shim-cha mustaqil o‘zlashti-rishi zarur

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa;
amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa;
amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.

2

Qoni
qarsiz

0-30

F

"mutloq qoniqar-siz" –
to‘liq qayta o‘zlashti-rishi lozim

davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ysa yoki umuman javob bermasa;
amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.










Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə