Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə10/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20

Hayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining faoliya-tiga qo‘yilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuq-larni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bo‘laverishi tabiiy. Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. SHunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak, muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim17.

Targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. SHu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak, mafkuraviy hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.

Masalan, bir vaqtlar AQSH fuqarolarida demokratik tamoyillar-ning bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan edi. Mutaxassislar tomnidan bu muammoning turli echimlari taklif qilindi, lekin targ‘ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olindi: demokratiya kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi va unga muqobillar sifatida kommunizm va monarxiya targ‘ib etildi. Targ‘ibotning bu usuli kutilgan samarani berdi: odamlar «yomon bo‘lsa ham, demokratiyadan qo‘ymasin» degan fikrga keldilar va demokratiyaning ashaddiy himoyachilariga aylandilar.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini haqiqiy «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylantirish muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib turmoqda. Ularni mustaqil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan vositaga aylantirish vazifasi shuni talab etmoqda. Ommaviy axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida e’tibor berilmoqda, jurnalist-kadrlarni o‘zimizda tayyorlash bilan qanoatlanmay, bu soha mutaxassislarining xorijda ta’lim olishlaridan mablag‘ ayalmayotir.

Etuk demokratik davlatlarda OAVlar jamiyatning «ko‘zlari», «quloqlari» vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va O‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq. Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini ko‘rsatadigan shunday bir gap bor: «Har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - «haqiqat» tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippa-chin ishonadilar».

Oxirgi paytlarda informatsion xurujlarning tez-tez uyushtirilayot-gani aslida urushga munosabatning o‘zgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi.

Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar ko‘p harakat, u qadar ko‘p xarajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday informatsion qo‘po-ruvchilikdan maqsad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilishdan iborat. «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi xurujlarning maqsadini oydinlashtiradi.

Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher: «Ommaviy axborot vositalari - terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi», degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam «ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan», degan xulosaga keladi.

Demak, ularning maqsadlari - o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchilik, ko‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga «xizmat» qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qo‘rquvni, dahshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.



Aksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyiliga mos ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siyosatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:

1) xorijiy xurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluv-chi chiqishlariga;

2) diniy aqidaparastlarning tanlagan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;

3) rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;

4) axborot xilma-xilligi sharoitidagi informatsion tajovuzlarga;

5) odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asorat-lariga qarshi faol kurashish zarur.

Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat’iyatlilik, hujum-korlik, murosasizlik talab qilinadi. Bu borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart.

Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirning oldini oluvchi va fosh etuvchi shakllarda amalga oshiriladi. Oldini oluvchi yo‘nalish asosan tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bunda:

1) fuqarolarning pozitsiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblar-dan o‘zib ketish;

2) insonlarni begona g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etishga va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish;

3) pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga nisbatan xushyor-likni oshirish;

4) yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shakllantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.



Aksiltarg‘ibotning fosh etuvchi yo‘nalishida:

1) g‘oyaviy dushmanlar tomonidan e’lon qilingan fikrlar va baho-larni rad etish;

2) «mafkuraviy urush» olib borayotgan taraf tashviqotining mohiya-tini ochib berish;

3) mafkuraviy tazyiq ko‘rsatuvchi guruh etakchilarini obro‘sizlan-tirish;

4) raqiblarning ruhini susaytirish orqali ularning harakatlarini kuchsizlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

Aksiltarg‘ibotning har ikkala ko‘rinishi o‘zaro bog‘liqlikda olib boriladi. Insonning ongi va qalbi uchun shiddatli kurash ketayotgan hozirgi paytda aksiltarg‘ibot bilan maxsus shug‘ullanish zarurligi, shak-shubhasizdir. SHu boisdan ham Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida bu masalaga alohida etibor bergan edi. «Xalqimiz ommaviy axborot vositalaridan mamlakatimiz va xorijda sodir bo‘layotgan voqealar to‘g‘risida xolis va tezkor axborotlar olishni, shu bilan birga, birinchi navbatda, hokimiyat organlari va boshqaruv tuzulmalari faoliyati haqidagi tanqidiy fikrlarni, islohotlar va yangilanishlar yo‘lidagi ilgari borishimizga to‘siq bo‘lib turgan nuqsonlar, hayotdagi dolzarb muammolar hususida oshkora, professional tahliliy materiallarni kutadi»18.



Mafkuraviy tarbiya samarali tashkil etish imkoniyatlari. Bugungi voqelik milliy istiqlol g‘oyasi targ‘iboti masalasiga alohida e’tibor berishni talab qilmoqda. CHunki «Endilikda yadro maydonlarida emas, - degan edi I.A.Karimov, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi». Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intilayotganligini ham unutmaslik kerak. SHu boisdan mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh qolgan mafkura maydonida bizga begona, orzu-intilishlarimizga mutlaqo yot g‘oyalar o‘rin egallashga urinishi shubhasiz. Negaki hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda.

SHu boisdan ham mafkuraviy tarbiyaning maqsadi haqida 1999 yil iyun oyida «Hushyorlikka da’vat» mavzuidagi O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbirining savollariga javoblarida, YUrtboshimiz I.A.Karimov: «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz - jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga etib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir»1, degan edi.

Har qanday yangi g‘oya singari mafkura ham ommaning ongiga chuqur singsa, hayotda chuqur ildiz otsa, amaliyotda o‘zini to‘la oqlasagina real voqelikka, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.

Milliy mafkuramizni hayotga tez va keng yoyish uchun, dastavval uning mohiyatini chuqur o‘rganish, maqsadlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, o‘zlashtirib olish, xalq o‘rtasida keng targ‘ib-tashviq etish, turli vosita va shakllardan foydalanish talab etiladi.

Endi ijtimoiy soha olimlari, mutaxassislar, ilg‘or fikrli ziyoli-lar bu boradagi izlanishlarni chuqurlashtirib, umumlashgan nazariy xulosa-larni ishlab chiqishlari, qisqacha aytganda, mafkuramizning asosiy maqsad-larini xalqqa sodda, haqqoniy, tushunarli tarzda ifodalab berishlari lozim2.

Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar takomiliga ulkan hissa qo‘shgan. Turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bag‘rikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish, o‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish kabi xususiyatlar ham xalqimizda azaldan mujassam19. SHu bilan birga, milliy tabiatimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, muruvvat, andisha, or-nomus, sharmu hayo, ibo-iffat kabi betakror fazilatlar va xalqimizni ko‘p jihatdan ajratib turadigan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik, oqko‘ngillik xususiyatlari haqida ham uzoq gapirish mumkin.

Mana shu yuqoridagi holatlarni nazarda tutish, mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondashish, milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuramizni targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko‘rsatadi. Milliy istiqlol g‘oyasini yosh avlod ongiga singdirish muayyan uslublar asosida olib borilgandagina yaxshi natija berishi mumkin.

Bu texnologik uslub tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlarini qamrab oladi. Bu masalaning muhimligi yana shunda ko‘rinadiki, targ‘ibotda me’yorning buzilishi, miliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi milliy g‘oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo‘lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.

O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolarini, milliy istiqlol mafkurasining mohiyatini keng jamoatchilikka har tomonlama tushuntirish dolzarb vazifalardan biridir.

Mafkura targ‘ibotining bizda keng rasm bo‘lgan turi voizlarning faoliyati bilan bog‘liq. Targ‘ibotning bu shakli samaradorligini oshirish alohida e’tibor talab qiladi. CHunki birinchi, voizlar nutq so‘zlaydigan auditoriyalarga odamlarni to‘plash ba’zida majburiy tus oladi. Auditoriyaga ixtiyoridan qarshi boshlab kelingan insonda esa hali va’zni eshitmayoq, ichki qarshilik paydo bo‘ladi. Demak, hali targ‘ibot boshlanmasidanoq u teskari samara berishi ehtimoli kuchayadi. Ikkinchidan, bunday norozi auditoriyani o‘zi tomoniga og‘dirish, unga ta’sir ko‘rsatish, uni ilhomlantirish voizdan juda katta mahorat talab etadi.

Milliy g‘oya targ‘ibotining ta’sirchanligini oshirishdagi eng asosiy shartlardan biri - zimdan targ‘ibot qilishdir. Inson unga ta’sir o‘tkazilayotganini sezmasligi lozim. Aslida, targ‘ibot davomida mafkura so‘zining ishlatilishi ham shart emas. Umuman, targ‘ibot-tashviqot ishlarida masalaning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim:


  1. oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdan har birimiz shaxsan manfaatdor ekanligimizga kishilarni ishontirish;

  2. kelajagimizni ko‘z oldimizga keltirish imkonini beradigan, ertangi kunimiz qanday bo‘lishini ko‘rsatadigan materiallar tayyorlash;

  3. dolzarb qadriyatlarni singdirish maqsadida jamoatchilik fikriga shu qadriyatlarni jozibali qilib etkazish;

  4. ommaviy axborot vositalaridan maorif tarqatish tizimidan insonlarni aqliy jihatdan boyitish quroli sifatida mohirona foydalanish;

  5. insonlarning erkin fikrlashini rag‘batlantirish, ularni o‘z fikrlarini himoya qilishga o‘rgatish orqali mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash;

  6. taraqqiyotimiz yo‘lida g‘ov bo‘layotgan illatlarni fosh etish va tanqid qilish yo‘li bilan ularni samarali «davolash»;

  7. ommaviy axborot vositalaridan haqiqat ko‘zgusi sifatida foydalanish orqali insonlarning ularga ishonchini kuchaytirish;

  8. yaqin o‘tmishimizda sodir bo‘lgan yorqin voqealarga bag‘ishlangan xronikal filmlarni yaratish yo‘li bilan yaxshi va yomon kunlarimizni bot-bot eslatib turish;

  9. insonlarda chuqur taassurot qoldirish maqsadida badiiy obrazlar orqali milliy mafkurani singdirish.

Mafkuraning targ‘ibotiga aynan shunday yondashish ko‘proq samara beradi. SHundagina insonlarning salohiyati, mehnati, vaqti, mulki va mablag‘larini tanlangan maqsad sari yo‘naltirish mumkin. Bu esa mafkuraviy siyosatning natijasini moddiy narsalarda - yuqori sifatli mahsulotlarda, badavlat turmushimizda, bunyodkorlik ishlarida, erkin va farovon hayotda, iqtisodiy o‘sishda «o‘lchash» imkonini beradi.

Mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezonlari. Mafkuralar kurashining jahonshumul jarayonini o‘rganish, uning monito-ringi, bu kurashning umumbashariy va mintaqaviy muammolarini aniqlashga asosiy e’tiborni qaratish zarur.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarish uchun Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.



Mafkuraviy monitoring: - Monitoring - inglizcha so‘z bo‘lib tekshirib turish, nazorat ma’nosini bildiradi. Demak, mafkuraviy monitoring - bu insonning g‘oyaviy, mafkuraviy, xususan milliy mafkuraviy faoliyati orqali jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ya’ni g‘oyaviy holatini kuzatish, baholash va oldindan aytib berish - prognozlashdir.

Milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkura milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tizimi sifatida xalqimizni g‘oyaviy jihatdan mushtarak maqsad yo‘lida birlashtiruvchi kuch bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy monitoring tufayli:



  1. O‘zligimizni anglash, milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlarimizni joyiga qo‘yib, ularni yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, ta’sirchanligini oshiradi.

  2. Milliy maqsadlarimizni hozirgi zamon umumbashariy talablar bilan uyg‘unlashtiradi.

  3. Islom dini iymon, e’tiqod, axloq va ma’rifat aqidasi ekanligidan kelib chiqib, «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyiliga safarbar etadi.

  4. Milliy g‘oya va e’tiqodimiz dushmanlariga qarshi mafkuraviy kurashish, fuqaroda Vatan tuyg‘usi - «Men O‘zbekistonlikman» degan iftixor tushunchasini shakllantiradi.

  5. Jismoniy sog‘lom, zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.

  6. Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat, an’analarimiz mohiyatini oshirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va siyosiy-g‘oyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.

Mafkuraviy monitoring asosida Milliy g‘oyaningshakl-lanishini nazorat, kuzatish natijasida milliy mafkuramiz quyidagi omil-larga bog‘liqligi ma’lum bo‘ladi:

  1. Aholi munosabatlarining tig‘izligi va dinamikasiga, ya’ni aholi zich joylashgan joylarda bunga katta e’tibor zarurligi ayon bo‘lmoqda.

  2. Odatlarning shakllanishining muddati va bartaraf etish vositalariga bog‘liq bo‘lishi kuzatilmoqda. Masalan, vahhobiylik yoki hizbut-tahrir-likka moyil odamlar to‘plangan joylardagilarning odat, ko‘nikmalarini bilish zarur bo‘ladi.

  3. YAngi odatlarning odamlar hayot sharoitlari va turmush darajasiga mosligiga bog‘liqligi sezilmoqda.

  4. YAngi g‘oyalarning odamlar tabiati va ruhiyatiga mosligiga bog‘liq bo‘layot-ganligi bilinadi.

Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko‘pincha milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tamoyillarga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:

1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.

2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.

3) Ongga ta’sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.

4) Ziyolilar mavqeini oshirish.

5) Turli bilimlarga ega bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.

6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta’sir» tamoyiliga amal qilish. («Ta’lim va tarbiya» jurnali. 2000. № 1-2, 40-bet).

Adabiyotlar

1.Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – engilmas kuch. –T., «Ma’naviyat», 2008.



  1. Karimov I.A. Asarlar to‘plami 1-23 tomlar.. T., «O‘zbekiston», 2007.

3.Karimov I.A. O‘zbekistonni Islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi so‘zi. «Xalq so‘zi», 2007 yil 15 avgust.

4.Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g‘oyasi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005, 3-30-betlar.

5. Diniy ekstremizm va fundamentalizm: tarixi, moxiyati, bugungi xavfi. – T., G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1999 yil
5 - Mavzu: Mafkuraviy tajovuz va axborot xavfsizligi.
REJA:

1. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash zarurati.

2. Mafkuraviy gegemonizmning vujudga kelishi.

3. Manipulyasiya va g‘oyaviy manipulyasiyaning zararli oqibatlari.

4. “Axborot xuruji” va “ommaviy madaniyat” - mafkuraviy tahdid shakli.

5. Geosiyosiy manfaatlar va axborot xavfsizligi



Tayanch tushunchalar

Mafkuraviy tajovuz, mafkuraviy xavfsizlik, mafkura yakkahokimligi, mafkuraviy manipulyasi, “ommaviy madaniyat”.

Mafkuraviy tajovuz – muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi vabarqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsiyaon tuzumni zaiflashtirish va buzishga yo‘naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi g‘oyaviy nazariy qarashlar va unga asoslangan amaliyot majmui.

Mafkuraviy tajovvuz yovuz kuchlar va har xil markazlar tomonidan biron bir mamlakatga nisbatan ichkaridan yoki tashqaridan turibbevosita amalga oshiriladigan g‘oyaviy buzg‘unchilikning bir shaklidir. Ular o‘zjirkanch maqsadlariga erishish uchun har qandayusullardan, odamlarningdiniy,milliy hissiyotlari,hayotda mavjud bo‘lgan ijtimoiy iqtisodiy qiyinchiliklardan, shuningdek zamonaviy texnika, telekommunikatsiya vositalaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar.

Bugungi kunda mafkuraviy tajovvuz deganda , aholining ma’lumbir qatlamlari, ayniqsa yoshlarning qarashlarini o‘zlariga ma’qul bo‘lgan yo‘nalishlarda o‘zgartirish,buzg‘unchi g‘oyalar, diniy ekstremizm, axloqsizlik g‘oyalarini singdirish kabi g‘arazli maqsadlar tushuniladi.

Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllardanamoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovvuzlar, turli mafkuraviy markazlarinng buzg‘unchilik ta’siridan himoya qilinganlik darajasi.

Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zinnig pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni mutassil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi.

Mafkuraviy xavfsizlikka tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirinio‘tkazib turadi. Bugungi kunda, turli xil mafkura markazlari va poligonlarining O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalinishga intilishalrida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi tahdidlar mafjudligini ko‘ramiz. SHuningdek, qo‘shni davlatlardagi terrorizm diniy ekstremizm va mavjud siyosiy beqarorlik mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‘zta’sirini o‘tkazadi.

O‘zbekiston respublikasida milliy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil –jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari mafkuraviy xavfsizlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. SHuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviyma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligi ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviyetukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash – davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Mafkura yakkahokimligi – muayyan davlat, jamiyat yoki bir guruh davlatlarda yagona mafkuraning to‘la hukmronligini unga xos tamoyillarning o‘zgarmas aqidalar tarzida jamiyat hayotida qat’iy va mutlaq tartibda o‘rnatilishini ifodalaydigan tushuncha.

Mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda bironbir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, eng adolatli, jamiyatdagi barchaqatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e’lon qilinadi. O‘zinnig mohiyati yoki biron birjihati bilan undan farq qiluvchi g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va dushman mafkuralar sifatida qaraladi. Oqibatda millionlar kishilardamutelik, loqaydlik, boqimandalik, mahdudlik, o‘zga g‘oyalargahadiksirab qarash ruhiyati shakllanadi, jamiyatning ma’naviy rivojiga, ilm fan ravnaqiga jiddiy zarar etkaziladi. (G‘arbdagi aqidaparastlik mafkurasi, kommunistik mafkura, fshizm mafkurasi)

SHo‘rolar davrida kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi.

XX1 asr boshida mafkuraviy kurashlarning SHo‘ro davrida ko‘rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy texnologik asosga qurilgan targ‘ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin.CHunki SHo‘rolar davridagi targ‘ibot-tashviqot usuli hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor» ko‘rinsa-da, va «ommabop» bo‘lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. CHunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsadning shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir. Bu g‘oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligi hammamizga ma’lum. «Hizb ut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlatini barpo etishdan ko‘zlagan maqsadi aslida konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darib tashlashdir.

Hozirgi Fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa kishilarning ongi va qalbiga yashirin, g‘araz maqsad bilan ta’sir ko‘rsatishni ifodalashda manipulyasiya (manus-qo‘l) so‘zi, ya’ni «ob’ekt ustidan biror maqsada ish olib borish» ma’nosida ishlatilmoqda. Bunda chaqqonlik, mahorat talab qilinishi ko‘zda tutiladi. SHu sababli, «manipulyasiya»ni ko‘chma ma’noda «odamlar bilan ob’ekt sifatida munosabatga kirishish» deb ham tushunish mumkin. 1969 yil Nyu Yorkda CHop qilingan «Zamonaviy sotsiologiya lug‘ati»da bu haqda «boshqalarga bildirmasdan, asl maqsadni yashirin tutgan holda boshqalar ustidan hukmronlik qilib, o‘zi istagan xulq-atvorni shakllantirish» deyiladi.

Biz uchun muhim jihati shundaki, Ushbu vaziyatda shaxs va uning mafkuraviy immunitetiga ta’sir ko‘rsatish jarayoni manipulyasiya tushunchasida aks etadi. CHunki, «da’vatchi»ning ta’siri birinchi shaxsga nisbatan zo‘rlik, kuch ishlatmaydi, balki ma’naviy, psixologik xususiyatga ega; ikkinchidan, bu ta’sirda asl maqsad yashirin qoladi. SHuning uchun ham «islom dini niqobida» degan ibora ishlatiladi; uchinchidan, g‘oyaviy manipulyasiya, zimdan ta’sir ko‘rsatuvchidan mahorat va bilimni talab qiladi. SHunday ekan, g‘oyaviy manipulyasiyani mafkuraviy kurash, yot mafkuralar tomonidan qo‘llanilayotgan ta’sir texnologiyasining tarkibiy qismi, deb atash mumkin. YA’ni manipulyasiya odamni u yoki bu ishni qilishga emas (targ‘ibot va tashviqotdan farqli o‘laroq), balki shu ishni qilishga xohish, istak uyg‘otishga xizmat qiladi.

G‘oyaviy manipulyasiya jarayonlari qanday kechadi? Avvalo, g‘oyaviy manipulyator (da’vatchi) ta’sir o‘tkazmoqchi bo‘lgan odam tasavvurlarini o‘zgartirishga olib keluvchi bilmlar bera boshlaydi. Natijada, ob’ekt (shaxs)ning Duneqarashida qadriyatlari tizimida da’vatchi – manipulyator kutayotgan tartib paydo bo‘ladi va etakchilik qila boshlaydi. Bu esa shaxsning xulq-atvoriga ta’sir ko‘rsatadi, shaxs o‘z xarakteridagi o‘zgarishlarni sezmaydi va «men to‘g‘ri yo‘l tutayapman, chunki..», degan asosga ega bo‘lib qoladi20

Bugungi kunda axborotning jamiyat hayotidagi ahamiyati shu qadar ortib ketdiki, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-siyosiy aloqalar, xalqaro munosabatlarning YAngi shakllarini vujudga keltirdi. Ayni paytda u salbiy mazmundagi aloqalar – siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy va madaniy ekspansiyani (Ekspansiya – lot.expansio-kengaytirish, yoyish, tarqatish. kuchli davlatlarning diplomatik iqtisodiy va harbiy usullar bilan o‘z ta’sir doirasini boshqa mamlakatlarga yoyishga qaratilgan siyosat. Ko‘p hollarda ta’sir doirasini kuchaytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tariladi) ham kuchaytirmoqda.

“O‘rgamchak to‘ri” deb ataluvchi Internet tarmog‘idagi qo‘poruvchilik harakatlari, avvalo, yoshlarning ongini egallashga yo‘naltirilgan tuban va makkaor usuldir. Mafkuraviy jarayonlar globallashib borayotgan bugungi kunda ohangrabo singari o‘iga rom etayotgan va kishini chalg‘itayotgan axborot xurujidan himoyalanishning eng maqbul yo‘li - `yoshlarimiz tafakkur madaniyati, dunyoqarashini shakllantirishdir. Fikrlash madaniyatidan mahrum bo‘lish, manqurtga aylanish demakdir. Tafakkur - insonning eng katta boyligi. Tafakkurdan mahrum bo‘lish insoniy qiyofadan mahrum bo‘lish bilan barobardir.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə