Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə13/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20

Ommaviy axborot vositalari va g‘oyaviy ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari

Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. CHunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.

Xayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot voeitalarining faoliyatiga quyilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. SHunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, uzini ko‘pmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demaq muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim.

Ta’kidlash joizki, targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. SHu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.

G‘arbda ommaviy axborot vositalariga qo‘pol bulsa ham jamiyat manfaatlarini "quriqlovchi kuppak", deb nisbat beradilar. Etuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "kuzlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil kutarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta’kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qapamaqarshi nuqtai nazarlardan iborat bulgan dasturlarni yaratish, muqobil fikrlar to‘qnashuviga erishish lozim. SHundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish va rag‘batlantirishga qodir bo‘ladi.

Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vositalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz demokratiyani mustaqilliq erkinlik va mas’uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas’uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadplashi, ulardan foydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur.

Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar".

Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas. CHunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, 6unday informatsion quporuvchilikdan maqcad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor ommasida o‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur to‘g‘dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi hurujlarning maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga qududlarda o‘z mavqei va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‘i, bu ta’rif ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo‘ymoqda.

Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini utaydi", degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. CHuqurroq o‘ylab ko‘rsak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‘pqyv va dahshat uyg‘otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchiliq qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati to‘g‘iladi.



Adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. Asarlari to‘plami 1- 23 jild. T.: O‘zbekiston, 2015

  2. Karimov I.A.YUksak ma’naviyat engilmas kuch. T., Ma’naviyat, 2008.

  3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.

6.Milliy g‘oya nazariy manbalar. Xrestomatiya. T.: «Akademiya», 2007.

7.Falsafa qomusiy lug‘at. T. : O‘zbekiston faylasuflar milliy jamiyati. SHarq. 2004.




7 - Mavzu: Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitet
REJA:

1. Globallashuv tushunchasi va mafkuravi jarayonlarning globallashuvi.

2. Mafkuraviy poligon, mafkuraviy profilaktika va mafkuraviy immunitet tushunchasi

3. Mafkuraviy immunitetni shakllantiruvchi omillar.


Tayanch iboralar

Globallashuv, mafkuraviy jarayonlar globallashuvi, mafkuraivy immunitet, immunitet elementlari, bilimlar.



1. Globallashuv tushunchasi va mafkuravi jarayonlarning globallashuvi.

Butun dunyoda e’tirof etilgan ta’rifga ko‘ra globallashuv – jahon taraqqiyotining asosiy tendensiyalaridan biridir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g‘oyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Globallashuv – iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jihon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuvi va maishiy turmushda, iste’moloda, shu jumladan, nomoddiy iste’molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo‘lishidir23.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi - g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishi oqibatida unga Er yuzining barcha mintaqalarida mafkuraviy kurash umumbashariy miqyos kasb etganligini ifodalovchi tushuncha.

Insoniyat tarixining hozirgi bosqichi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy-ma’naviy, madaniy hayotning barcha sohalarida xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi va intensivlashuvi bilan xarakterlanadi. Xususan, aloqa vositalarining rivojlanishi, ularning kompyuterlashtirilishi, elektron pochta, internet, kosmik teleradioaloqa tizimlarining texnik-texnologik vositalari kuchayib ketishi bilan axborot almashuv, binobarin, g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari ham tobora kengaymoqda. Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki yo‘nalish, tendensiya nomayon bo‘lmoqda.



Birinchidan, insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma’naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalmilallashib, universallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliylik va umuminsoniylik tamoyillarining integratsiyalashuv jarayoni kechmoqda.

Ikkinchidan, millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy rivojlanishidagi beqarorlik, ular manfaatidagi o‘ziga xoslikni mutloqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, o‘z milatining kelajagiga xavf tug‘diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kelmoqda. Bu xalqaro terrorizm, ekstremizm, fundamentalizm va narkobiznes hodisalarida namoyon bo‘lmoqda. Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Bu jarayonning eng muhim xususiyatidan biri turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganidir.

Mafkuraviy jarayonlar globallashuvning avj olishida xalqaro elektron axborot tizimi hisoblangan internetning o‘rni katta bo‘lmoqda. Bu - so‘nggi paytda insoniyat tomonidan yaratilgan yangi kashfiyot. Uning imkoniyat darajasi, ijtimoiy funksiyalari ko‘lami cheksiz bo‘lib, dunyoda internet ishqibozlari soni toboro ko‘payib bormoqda. AQSH, Norvegiya, SHvetsiya, Kanada, Singapur kabi mamlakatlarning 50 foizga yaqin aholisi shaxsiy kompyuterlardan internetga bog‘lanish imkoniyatiga ega. Finlandiya, Daniya, Avstraliya, YAngi Zenlandiya mamlakatlarida bu ko‘rsatkich 30-40 foizni buyuk Britaniya, Gollandiya, SHvetsariya, Avstriada 20 foizdan ortig‘rog‘ini tashkil etmoqda.

SHu o‘rinda ta’kidlash lozimki, globallashuv ijtimoiy-siyosiy hayotni yangicha tarzda mafkuraviylashtirish bilan xarakterlanib, hamma sohalarga «yangi ta’limot»ni, hayot tarzini singdirishga urinish tarzida yuz bermoqda. «YAngi ta’limot» rolini esa G‘arb liberalizmi o‘ynamoqda. Kommunizm g‘oyasi an’analarini davom ettirgan mafkura ham xuddi shunday izchillik va qat’iyat bilan yangi modellar va echimlarni hayotga joriy etishga harakat qilmoqda. Zero, liberal “baynalminal kuchlar” ortida xuddi bir zamonlar kommunizm ortida turgandek muayyan davlat manfaatlari yotibdi.

Aloqa tizimlarining globallashuvi axborotlar oqimi ustidan davlat nazoratini susaytiradi. Boshqacha aytganda davlat, hatto mahalliy ommaviy axborot vositalarini va jahon miqyosidagi yangiliklarni xolis sharhlab, mafkuraviy filtrdan o‘tkazib beradigan mafkuraviy siyosiy imkoniyatlardan ham, vositalardan ham mahrum bo‘ldi. Konkretlashtirib aytganda, dunyo informatsion chegaralari shartli bo‘lib qoldi.

Umuman, mafkuraviy globallashuv jarayonida inson qalbi va ongi uchun kurash o‘ta jiddiy tarzda ro‘y berishini ham e’tibordan chiqarmaslik zarur. Zero, hozir turli usullarda olib boriladigan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotning asosiy maqsadi ham inson qalbi va ongini egallash uchun kurashdir. CHunki, har qanday g‘oya inson tomonidan qabul qilingandan keyin amaliy hayot dasturi maqomiga ega bo‘ladi, shaxsni muayyan maqsad sari harakatga keltiradi. SHuning uchun ham bugungi kunda mafkuraviy kurashning bosh maqsadi-shaxs ongini, qalbini egallashdir.

Albatta, mafkuraviy globallashuv sharoitida ezgu, bunyodkor g‘oyalarning umumiylashuv jarayoni ham yuzaga keladi. Demokratiya, gumanizm, tinchlik, barqarorlik, mustaqillik va ozodlik, qonunning ustuvorligi, inson erkinliklari kabi g‘oyalar bunday globallashuv sharoitida umumbashariy qadriyatga aylanib bormoqda. Ezgu, bunyodkor g‘oyalarning universiallashuvi, ularning umumbashariy qadriyatlarga mutanosibligigina insonlarni vayronkor g‘oyalardan saqlab qolishi mumkin.

Hozirgi kundagi mafkuraviy integratsiya jarayonlarida jiddiy intensivlashuvni kuzatish mumkin. Dunyoning tez o‘zgarib borishi mafkuraviy jarayonlarni o‘zgartirib yuborayotgani singari, mafkuraviy jarayonlardagi sifat o‘zgarishlari jahonni o‘zgartirishga ham o‘z ta’sirni o‘tkazmoqda. Darhaqiqat, shunday. «Biron-bir hudud yoki mamlakatda paydo bo‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada, odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini domiy ravishda sezib yashamoqda»1.

Dunyoning nihoyatda o‘zgarib berayotgan hozirgi siyosiy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini tasavvur etish juda murakkab. Buning jiddiy sabablaridan biri, uning tez o‘zgaruvchanligidir. Jarayonning tez o‘zgarishi esa, o‘z navbatida, uning mazmun- mohiyatini to‘g‘ri tahlil etishga, xolis xulosalar chiqarishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman, mafkuraviy jarayonlar tez o‘zgaruvchanlikdan tashqarimilliy taraqqiyotga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega. Mafkuraviy jarayon, eng avvalo, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy vaziyatni kompleks-sistemali tahlil etish orqaligina o‘rganilishi mumkin. Umuman, har qanday mafkuraviy jarayonga konkret umuminsoniy manfaatlar nuqtai nazaridan yondoshilsa, to‘g‘ri ilmiy xulosa chiqarish mumkin.

Masalan, XIX asrning ikkinchi yarmidagi mafkuraviy jarayon iqtisodiyotda yangi texnologiyalarni rivojlantirishga imkon bergan siyosiy vaziyat bilan hamohangdir. SHuningdek, dunyo siyosiy xaritasining 1917-1991 yillardagi o‘ziga xos mafkuraviy xususiyatlari davrda mafkuraviy vaziyat sotsializm va kapitalizm kurashi asnosida baholandi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichidagi mafkuraviy jarayon esa, buyuk davlatchiliy shovinizmi, diniy ekstremizm, tajovuzkorlik va millatchilik g‘oyalarini o‘zida aks ettiruvchi siyosiy yo‘nalishlarni vujudga keltirmoqda.

Mafkuraviy jarayonlarning zamonaviy xususiyatlari millat taraqqiyotiga turlicha ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, bunday ta’sirning salbiy jihatlarini chuqurroq o‘rganish juda zarurdir. Umuman, dunyodagi barcha davlatlarda ham g‘oyaviy-mafkuraviy muammolar mavjud. Har bir davlatning xalqaro siyosiy mavqei, millatning rivojlanish darajalari ana shu muammolarni hal etishga tayyorligi bilan belgilanadi.

Xalqaro miqyosdagi g‘oyaviy-mafkuraviy munosabat muammolarini hal etish imkoniyati, ko‘p jihatdan, u yoki bu mamlakatning globallashayotgan mafkuraviy jarayonlarga moslashuv imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Ta’kidlash lozimki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashuv imkoniyatlari kengaydi. Bu, quyidagilardan iborat:



  • O‘zbekiston jahondagi barcha mamlakatlarga ochiq davlat sifatida namoyon bo‘ldi;

  • mamlakatimiz o‘z siyosatida milliy manfaatlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat bersada, biroq, boshqa davlatlar manfaatlarini ham himoya qilish yo‘lini tutmoqda;

  • O‘zbekiston xalqaro siyosatida boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik siyosati tamoyiliga asoslanmoqda;

  • O‘zbekiston hukumati jahon mafkuraviy jarayonlarida umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni, g‘oyalarni amalga oshirishdan iborat global hamda lokal siyosatda faol ishtirok etmoqda.

SHuningdek, O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashuvida o‘ziga xos qiyinchilik va muammolar ham mavjudligini esdan chiqarmaslik lozim. Zero, mafkuraviy muammolar insoniyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti tarixi boshlangan 6 ming yil ilgari bo‘lgani kabi, hozir ham saqlanib qolmoqda.

Mamlakatimizning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashishiga halaqit qilayotgan sabablarni ikkiga bo‘lish mumkin. Bularning birinchisi tashqi sabablar bo‘lib, ularga mamlakatimiz fuqarolarining hozirgi dunyo, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida mukammal bilim va tasavvurlarning yo‘qligi ta’sir ko‘rsatmoqda. SHuningdek, ayrim fuqarolarimizda hozir dunyoda mavjud bo‘lgan turli diniy-siyosiy oqimlar, tashkilotlar, uyushmalar xususida ob’ektiv ma’lumotlarga ega emasligi mazkur jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

O‘zbekistonning jahon mafkuraviy jarayonlariga moslashishga halaqit qilayotgan ikkinchi sabab: tashqaridan mamlakatimizdagi g‘oyaviy-mafkuraviy barqarorlikka putur etkazish, “mafkuraviy bo‘shliq”ni to‘ldirish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni hosil qilish- bularning bari hozirgi kunda O‘zbekiston oldida turgan jiddiy mafkuraviy muammolar hisoblanadi.

Ijtimoiy taraqqiyot globallashuvining bir sifat bosqichidan ikkinchisiga o‘tayotgan hozirgi sharoitda g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlarni oqilona integratsiyalashtirish, turli davlatlar, millatlar, xalqlar manfaatlarini umumiy maqsad doirasida muvofiqlashtirish ichki ziddiyatli jarayon hisoblanadi.. Masalan, sovet mustabid tizimi davrida reaksion, ijtimoiy taraqqiyotga halaqit qiladi deb talqin etilgan narsalar mustaqillik yillarida boshqacha sifat bilan baholanmoqda, shuningdek, mustaqillikdan keyin ijtimoiy-siyosiy hayotimizga endi kirib kelayotgan barcha hodini ham ijobiy deb atash qiyin. YA’ni, hozir bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisadan turli xil xulosa chiqarish mumkin. Bu xulosalarning yagona mezoni global miqyosdagi umuminsoniyat sivilizatsiyadagi istiqbollaridir. Zero, hozirgi davrda ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning integratsiyasi va universallashuv darajasi milliy manfaatlarni shartli hamda nisbiy qilib qo‘ymoqda.



SHu o‘rinda ta’kidlash kerakki, aloqa kommunikatsiyalari sohasidagi global tuzumlarda ommaviy axborotning transmilliy vositalarida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar siyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy munosabatlar globallashuvini tezlashtiradigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadartig‘iz, shu qadar tezkorki, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi”24.

Darhaqiqat, axborotlar dunyosi kengayib, globallashib borayotgan bir davrda bunday holatlar ajablanarli emas.

Hozirgi kunda u yoki bu davlatning mafkuraviy muammosi jahon muammosiga aylanib bormoqda. Ta’kidlash lozimki, muayyan mamlakatda mafkuraviy muammolarni, jumladan: diniy ekstremizm, millatchilik, shovinizm, ma’naviy qashshoqlik, axloqsizlik, ommaviy qirg‘inlar, fojealarning oldini olish – global g‘oyaviy-mafkuraviy muammolarni hal etishning kafolati hisoblanadi. Zero, har qanday milliy muammo global muammoning elementi, tarkibiy qismidir.

O‘zbekiston hukumati milliy muammolarni jahon muammolari kontekstida hal etish mumkinligini anglab etdi va shu yo‘ldan bormoqda. Bu esa, xalqaro hamjamiyat tomonidan ma’qullanmoqda. Mamlakatmiz yirik industrial davlatlar bilan birga, endi rivojlanib kelayotgan mamlakatlar bilan ham bir xil darajada hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xalqaro tashkilotlar, BMT, NATO, boshqa hamkorlik uyushmalari faoliyatida ishtirok etish orqali, O‘zbekiston bir tomondan, o‘zining mafkuraviy muammolarini hal etayotgan bo‘lsa, boshqa jihatdan, xalqaro hamjamiyat muammolarini bartaraf etishga o‘zining munosib hissasini qo‘shmoqda.

Hozirgi kunda olib borilayotgan mafkuraviy jarayonlar milliy mentalitetimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Dunyodagi barcha davlatlar, siyosiy, diniy, mafkuraviy tashkilotlar O‘zbekistonga o‘ziga xos tarzda ta’sir ko‘rsatish yo‘lidan bormoqdalar. Ayrim siyosiy kuchlar, diniy mafkuraviy birlashmalar O‘zbekiston aholisining siyosiy ongi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy ruhiyatiga, ma’naviy-madaniy saviyasiga ta’sir o‘tkazish orqali o‘z manfaat-maqsadlariga erishishga harakat qilmoqdalar. O‘zbekistonni o‘z siyosiy ta’siriga o‘tkazish, sobiq SSSRni tiklash, postsovet siyosati, islom dunyosini birlashtirish kabi «g‘oya»lar bunday harakatning asosini tashkil etadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida bunday salbiy holatlarga qarshi himoya vositalari ishlab chiqilgan. Bu himoya vositalari tizimida milliy istiqlol g‘oyasi alohida o‘ringa va ahamiyatga egadir. Zero, ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida mafkuraviy kurashlar tobora kuchayib bormoqda, geopolitik maqsadlar mafkuraviy siyosat bilan ko‘proq qo‘shilib ketmoqda. Bir tomondan, umuminsoniy qadriyatlar hisoblangan demokratiya, o‘zaro hurmat, ijtimoiy-siyosiy hamkorlik kuchayib bormoqda. Biroq, boshqa tomondan, g‘arazli maqsadlarga erishish harakati, zo‘ravonlik, harbiy kuch ishlatish, mafkuraviy vositalardan foydalanish ham kuchayib bormoqda.

SHunday sharoitda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi, uning tarkibiy qismi va sub’ektiga aylanishi o‘ta muhimdir. Darahaqiqat, shu o‘rinda qayd etish lozimki, O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy, siyosiy nufuzi, imkoniyatlari nuqtai nazardan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashga haqlidir. Ma’lumki, O‘zbekiston har doim SHarq va G‘arbga birlashtirib turgan muhim bo‘g‘in hisoblangan. Uning maydoni 447, 4 ming kv. km. bo‘lib, uning g‘arbida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 viloyat, 165 qishloq (ovullar) mavjud. Mamlakatimizda hozir 136 millat, elatlar vakillari bo‘lgan 26 millionga yaqin kishi yashaydi. Aholining 60 foiziga yaqinini bolalar, o‘smirlar va 25 yoshga etmagan yigit-qizlar tashkil etadi. Mamlakatimiz qadimdan boy tabiiy resurslarga, hosildor erlar, kuchli iqtisodiy, ilmiy va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatdir.

Mamlakatmizning ichki siyosatida inson, uning xaq-huquqlari, manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar uchun munosib turmush sharoiti yaratib berish, ozchilikning ko‘pchilik irodasiga bo‘ysunishi, shu bilan birga, ozchilik fikrining ham ko‘pchilik tomonidan hurmat qilinishi kabi demokratik tamoyillar alohida o‘rin egallaydi. Mamlakatimizning tashqi siyosatida barcha davlatlar bilan teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni asrab-avaylash, xalqaro huquq me’yorlarning ustuvorligi kabi tamoyillarga amal qiladi1.

O‘zbekistonning tashqi siyosati uning siyosiy nufuzini ortishiga olib kelmoqda. SHuningdek, mamlakatimiz tashqi siyosatining o‘ziga xos g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari ishlab chiqildi. Xususan, bu narsa mamlakat Konstitutsiyasining 17-moddasida o‘z aksini topgan. Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Bularning barisi mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga ishonchli sherik sifatida kirib borishiga imkon yaratmoqda. O‘zbekistoning jahon xalqaro tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tan olinishini ta’minladi. Bugun mamlakatimiz mustaqilligini dunyodagi 165 nufuzli davlat tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar o‘rnatildi. Toshkentda 40 ta mamlakatning elchixonasi ochildi, 19 davlatning elchisi O‘zbekistonda o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlab turibdi, 88 ta xorijiy vakolatxona, 24 ta hukumatlararo va 13 ta hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning soni tobora ortib bormoqda. Buni ham O‘zbekistonni jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilishining globallashuvi tarzida olib qarashga asos bo‘ladi.

Xo‘sh, bunday hamkorlik qanday natijalar bermoqda? Eng avvalo, O‘zbekistonning boshqa xorij davlatlari bilan o‘zaro aloqalari yaxshilanishi, ular o‘rtasida g‘oyaviy-mafkuraviy integratsiya kuchayishiga olib kelmoqda. Bunday integratsiya tufayli davlatlarning bir-biri to‘g‘risidagi tasavvurlari ortib, bilimlari kuchaymoqda. Lokal va global muammolarni hal etishda imkoniyatlar kengaymoqda. Bu imkoniyatlar, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, kommunikatsiya hamda texnik-texnologik soha integratsiyasiga olib kelmoqda.

Qayd etish lozimki, g‘oyaviy-mafkuraviy integratsiyaning kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarida sovet mustabid tizimi davrida shakllangan komform dunyoqarashni singdirishda, iqtisodiy va mafkuraviy-ma’naviy boqimandalik kayfiyatini bekor etishda muhim rol o‘ynamoqda. Bunday integratsiya, ayniqsa mustaqillikgacha biz uchun begona bo‘lgan demokratik jamiyatda yashash ko‘nikmasini hosil qilishda yordam bermoqda.

Xullas, har bir davlat va jamiyat o‘ziga xos rivojlanish modellariga ega bo‘lib, ular bir-biridan shakli, mazmuni jihatdan farq qilsa ham, umumiy rivojlanish qonuniyatlarini istisno qilmaydiadi. YA’ni, bir tomondan, bunday umumiylik, insoniyatning ezgu maqsadlari doirasida uyushish, jipslashish manfaatlarini ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, milliy taraqqiyotdagi o‘ziga xoslik muayyan davlatning siyosiy tuzimi, iqtisodiy hayoti, madaniy turmushi, g‘oyaviy-mafkuraviy muhiti ta’sirida shakllanadi.«Sodda qilib aytganda, - degan edi Islom Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o‘zi o‘rtaga qo‘yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqazo etadi.

Mafkuraviy globallashuvning o‘ziga xos salbiy jihatlari insonni, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-ruhiy, mafkuraviy jihatdan tubanlikka boshlovchi g‘oyalarni turli vositalar orqali targ‘ib etishning kommunikatsiyalari, texnologiyalari universallashuvi va globallashuvini ham ifodalaydi. SHuningdek, demokratiyani su’istemol qilish oqibatida axloqsizlik, tubanlik, yovuzlikni targ‘ib etadigan san’at «asarlari» ham tobora ko‘payib borayotganligini esdan chiqarmaslik kerak.

SHunday sharoitda fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ana shunday tajovuzkor g‘oyalardan muhofaza qilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. g‘oyaviy-mafkuraviy globallashuv tufayli sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlardan ozod bo‘lish, axborot espansiyasidan qutilish bir davlat yoki bir millat vazifasi emas. Uni o‘zaro hamkorlik va hamjihatlikdagina hal etish mumkin.

Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va videotasmalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ‘ib qiladigan «san’at asarlari»ning ham keng tarqalishiga sabab bo‘lmoqda.G‘oyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovvuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat o‘zining g‘oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta’sinlaydigan chora-tadbirlarni ko‘rishi zarur bo‘lib qolmoqda. Ana shunday tadbirlar izchil amalga oshirilganda Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvi g‘oyaviy qarashlardagi muayyan farqlardan qat’iy nazar, umuminsoniy qadriyatlar, tinchlik g‘oyalariga sodiqlikning kamol topishiga sharoit yaratadi, umuminsoniy sivilizatsiya taraqqiyotining muhim omiliga aylanadi.

Bugun bashariyat taqdirida inson va jamiyatni ozod etishning yangi bosqichi, yalpi yangilanishlar jarayoni amal qila boshlaganligini guvohi bo‘lish mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda er yuzining turli mintaqalarida milliy-ozodlik va mustaqillik uchun kurash kengayib borayotganligini tarixiy zaruriyat sifatida, ob’ektiv holat deb qarash mumkin. Mazlum xalqlarning erk uchun kurashi asrimizning o‘ziga xos g‘oyasiga aylandi. O‘zga davlatlarga tobe bo‘lib kelgan ko‘plab mamlakatlar birin-ketin mustaqillikka erisha boshladi. Prizident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Mustamlakachilik siyosati ijtimoiy hodisa sifatida xalqaro maydonda halokatga mahkum etilgani tobora ayon bo‘la bordi»25. Bu jarayon esa shubhasiz XX asrning eng asosiy, eng muhim ijtimoiy-siyosiy tamoyili sifatida ajralib turdi.

O‘tmish tarixga nazar solsak, mavjud chegaralarni o‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo‘lganligini va bu urushlar jarayonida qurol-yarog‘lar ham muntazam takomillashib borganligini guvohi bo‘lamiz. Mazkur urushlar XX asrgacha asosan ko‘proq bir davlat ichida, ikki davlat o‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo‘lishi mumkin edi. To‘g‘ri, aytaylik Aleksandr Makedonskiy, CHingizxonning ulkan davlat barpo etish yoki o‘rta sarlardan boshlab evropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko‘lami jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka o‘xshaydi. XX asrda ro‘y bergan ikkita jahon urushida o‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Xullas, urush qurollari takomillashib boraveradi. Bugungi kunda insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar butun Er sayyorasini yakson qilishga etadi. Hozirgi zamondagi eng katta xavf-insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.

Prezidentimiz ta’kidlab o‘tganidek, endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi26.

Hozirgi davrda g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlar er yuzini, barcha mintaqa va mamlakatlarni qamrab olmoqda. Bugun bu jarayonlardan biror kishi chetda qolmayapti. Siyosatshunos olimlarimizning ilmiy xulosalari shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi davrda mafkuraviy jarayonlar quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:



Birinchi. Integratsiyalashish bo‘lib, bunda demokratiyalashish va milliy chegara doirasida qolib ketmaslik muhim hisoblanadi.

Ikkinchi. Globallashish xususiyati. U insonparvarlashish va jamiyat hayotining hamma sohalariga ta’sir ko‘rsatishda ifodalanadi.

Uchinchi. Differetsiyalashish xususiyati. U siyosiylashish va inson umrining barcha bosqichlariga umumiy ta’sir ko‘rsatishda ko‘zga tashlanadi.

Mafkuraviy jarayonlarni globallashtiruvchi va universallashtiruvchi omillar:

  1. Iqtisodiy munosabat va aloqalarning kuchayishi

  2. ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning kengayishi

  3. Axborot va aloqa kommunikatsiyalarining taraqqiyoti

  4. Ma’naviy munosabatlar va madaniy aloqalar ko‘lamining ortishi

  5. fundamental ilmiy kashfiyotlar va fan yutuqlarining ko‘payishi

  6. Texnik va texnologik yutuqlarning o‘sishi.

Bugungi dunyoda misilsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurash zaminini qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Bu jarayonlar jahon taraqqiyotining muhim xususiyati ekanini e’tirof etgan holda, ularning kuchli mafkuraviy ta’sir vositasi ekaninni ham unutmasligimiz darkor.

Bugungi dunyodagi g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning yo‘nalishlari quyidagilarga bo‘linadi:

Progressiv

a) tinchlik, barqarorlik va taraqqiyot;

b) millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik

v) inson erkinligi va shaxs kamoloti

g) umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi

Reaksion

a) urush, qurollanish, terrorizm va ekstremizm

b) irqchilik, millatchilik, diniy aqidaparastlik

v) totalitarizm, mustabidlik g‘oyasi asosidagi faoliyatlar

g) egoizm, mahalliychilik, tor manfaatlar ustuvorligi
Muayyan g‘oyani ilgari suruvchi, targ‘ibot va tashviqotning turli usul, vositalari orqali odamlar ongi, ruhiyatiga ta’sir etuvchi kishilar uyushmasi, tashkilot yoki muassasalari asosida tashkil etilgan mafkuraviy markazlar favoliyati g‘oyaviy-mafkuraviy ziddiyatlar jarayonida yanada keskinlashadi. O‘zining xarakteri, maqsadiga qarab ma’lum partiya, guruh, kishilar uyushmasi yoki davlat mafkuraviy markaz yadrosini tashkil etishi mumkin. Ularning o‘z harakat dasturi, mafkurani targ‘ib qilish vositalari, usullariga ega bo‘lib, unda muayyan g‘oyaga ishontirish, uyushtirish, safarbar etish, ma’naviy-ruhiy rag‘tbatlantirish, g‘oyaviy tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni saqlash kabilar muhim o‘rin tutadi. SHuningdek ular o‘z faoliyatlarini yashirin va oshkora yo‘l bilan amalga oshiradilar.

Jahon tajribasidan shu narsa ma’lumki, ayrim mafkura markazlari, masalan, fashizm o‘z maqsadlarini oshkora e’lon qilib, zo‘ravonlik yo‘li bilan singdirgan. Mafkurani yashrin yo‘l bilan targ‘ib qilishda vayron qiluvchi g‘oya o‘zining soxta jozibasi, aldov va makr bilan omma ongini zaharlab, jamiyatda hukmron mavqeni egallab olishiga alohida e’tibor berilgan. Bu jarayonning eng muhim xusmusiyatlaridan biri – turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g‘oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan chirmashib ketganidir.

Agar tarix sahifalariga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak, kuchli davlatlar zaif mamlakatlarni ochiqdan-ochiq bosib olib, ularga o‘z hukmini o‘tkazgan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib, bunday siyosat yangi bir shakl kasb etdi. Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun avvalo zabt etmoqchim, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intilish kuchaymoqda.

Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga etdiki, endi mafkuraviy kurash, ma’naviy salohiyat etakchi o‘ringa chiqdi. Endi qurol-yaroqlar emas, balki «fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya» bilan kurashib olg‘a borish mumkin. Kimning mafkurasi, milliy g‘oyasi kuchli bo‘lsa, o‘sha engib chiqadi.

Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda.

Jamiyat hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin.



G‘arazli geosiyosiy maqsadlarga erishish yo‘lidagi mafkuraviy ta’sir o‘tkazishda eng avvalo bo‘lib tashla va hukmronlik qil degan qadimiy tamoyilga amal qilishga urinishni ta’kidlash zarur.

Bu tamoyilni ro‘yobga chiqarishning birinchi yo‘li mamlakat ichida ijtimoiy parokandalikni keltirib chiqarishdir. Va u jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy siyosiy va ma’naviy sohalarida o‘ziga xos ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Masalan, mamlakatimizga nisbatan bu usul o‘tish davridagi ijtimoiy–iqtisodiy qiyinchiliklarni bo‘rttirib ko‘rsatish orqali aholining mavjud holatdan noroziligini uyg‘otish, o‘z nog‘oralariga o‘ynaydigan muxolifatchi kuchlarni yuzaga keltirish yo‘li bilan siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishga bo‘lgan xarakatlarda namoyon bo‘ladi. Bu yo‘lda diniy omildan foydalanishga urinishlar ham kuzatilayotir. Ana shu holat ham «maqsad vositani oqlaydi» degan aqida g‘arazli geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarishning asosiy qoidasiga aylanayotganligini ko‘rsatadi.

«Bo‘lib tashla va hukmronlik qil» tamoyilini amalga oshirishning ikkinchi yo‘li mintaqa davlatlari o‘rtasida turli ziddiyatlarni yuzaga keltirishdir. Bu yo‘lning eng keng tarqalgan usuli go‘yoki mintaqada gegemonlikka talabgor bo‘lgan davlat borligini asoslash, ta’bir joiz bo‘lsa, shunday davlat obrazini yaratishdir. Bunday obrazlarning yaratilishi er yuzining turli nuqtalarida nizoli, kam deganda davlatlararo munosabatlarda tanglikni yuzaga keltirganligi to‘g‘risidagi misollarni istagancha topish mumkin. Bunday «obrazlar» yaratilishi natijasida mamlakatlarning moddiy-ma’naviy, ma’naviy-intellektual salohiyati jamiyat taraqqiyotini ta’minlash o‘rniga ana shu «obraz» ta’sirining oldini olishga yo‘naltirilmoqda. Natijada ikkinchi asosiy maqsadga - muayyan davlatni zaiflashtirish orqali o‘z «ittifoqchisiga» aylantirishga erishilmoqda.



Teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik tamoyiliga amal qilish - geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to‘g‘ri yo‘lidir. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining eng birinchi kunlaridayoq ana shu tamoyilga aml qilib kelmoqda. Negaki, bu tamoyil geostrategik manfaatlardagi uyg‘unlikka erishish va jahon miqyosida taraqqiyotni ta’minlash omilidir.

Mafkuraviy poligon – odamlar va xalqlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan turli g‘oyalarni sinov maydoni. Odatda poligon deganda qurol aslaha vatexnikani sinash, qo‘shinlarni harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki harbiy sohada tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushguniladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, hozirgi davr g‘oyaviy qarama qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlariyadro poligonlaridan ham xavfliroq bo‘lib borayotgan davrdir.

Bugungi kunda mafkura poligonlarida muayyan guruhlar va davlatlar o‘zlarining g‘arazli manfaatlarini ifoda etayotgan turli jajovvuzkor g‘oyalarni sinovdan o‘tkazmoqdalar. Ularning ortidakishilarni, eng avvalo ma’naviy mafkuraviy jihatdan tobe qilish, pirovard natijada esa butkul qaram qilib olish maqsadi yotadi.

YAdro poligonlarini qaerda joylashganini, uning quvvatini, qanday maqsadga yo‘nalganligini muayyan darajada aniq bilish mumkin. Ammo, yovuz, yot mafkuraviy maqsadlarni qaerdan va qanday yo‘llar bilan va qaysi insonlar qalbini egallab olayotganligini osonlikcha bilib bo‘lmaydi.



Mafkuraviy profilaktika – ijtimoiy istitutlar tomonidan amalga oshirilayotgan turli shakllardagi g‘oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy-mafkuraviy ishlar majmui bo‘lib, u butun g‘oyaviy tarbiya tizimini qamrab oladi. Mafkuraviy profilaktika bo‘shliqni tugatish, mafkuraviy parokandalikni oldini olish yoki biror – bir hudud, qatlam, guruhni yot va zararli g‘oyalar ta’siridan xalos qilish mafsadida amalga oshiriladi. Bunda g‘oyaviy ta’sirning turli xil usul va yo‘llaridan foydalaniladi, turli vositalar qo‘llaniladi. Mafkuraviy profilaktika tezkor va qisqa sur’atlarda yoki asta sekin, bosqichma bosqich amalga oshirilishi mumkin. Birinchi holatda zudlik bilan chora tadbirlar qo‘llash lozim bo‘lsa, ikkinchi holatda doimiy va sobit qadamlik bilan ish olib borish ko‘proq natija beradi. Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda ham mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u mohiyatan yot g‘oyalarning kirib kelishining oldini lish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora tadbirlarga tayanadi. Ta’lim tarbiya va targ‘ibot tashviqot tizimi mafkuraviy profilaktikani amalga oshirishga yordam beradi. Sog‘lom mafkurani xalq qalbi va ongiga singdirishga xizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar, oila, maktab, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari ham unda o‘z o‘rniga ega. SHuningdek, Vatan, xalq manfaatlarini, do‘stlik va birodarlikni, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikni targ‘ib tashviq etuvchi ma’naviy ma’rifiy tadbirlar mafkuraviy profilaktikani amalga oshirish shakllaridir.

Mafkuraviy immunitet

Prezidentimiz Islom Karimovning “Fidokor” gazetasi muxbiri savolariga javoblarida ilk marta “Mafkuraviy immunitet” tushunchasini qo‘llaydilar. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo kishi orgaizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz hg‘am farzandlarimiz yuragida Ona Vatanga, boy tariximizga, ota bobolarimizning muqaddas diniga sog‘lom mungosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamoln taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib etishsinlar. degan fikrni ilgai suradi yurtdoshimiz27.



Mafkuraviy immunitet- shaxs ijtimoiy guruщ, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoya qilishga xizmat qiladigan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va qadriyatlar tizimi.

Immunitet (lot. –ozod bыlish, qutulish) tibbiy tushuncha bo‘lib, organizmni doimiy ichki muayyanligini saqlashi, o‘zini turli ta’sirlardan, tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Sodda qilib aytganda immunitet-kishi organizmininng turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir. YUqoridagilardan farqli o‘laroq, insonning umumiy immunitet tizimi tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U har bir avlod uchun o‘ziga xos xususiyatga ega. Immunitet tizimi shakllangandagina jamiyatda mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi elementi – bu bilim. Ammo, bilimlarning turi ko‘p. Buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafakurasi tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar, albatta. SHunday ekan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatini boyitishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ular o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Mafkuraviy immunitetning ikkinchi asosiy elementi ilg‘or bilimlar zamirida shakllanadigan baholar, qadriyatlar tizimidir. Zeror, bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va zararli g‘oyalar yo‘lida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo, bilimlar va qadriyatlar tizimi mavjudligining o‘zi mafkuraviy immunitetning iohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki element mafkuraviy immunitetning uchinchi muhim elementi, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi maqsadlar tizimi bo‘lmas ekan, inson , millat yoki jamiyat goh oshkora, goh pinhona mafkuraviy tazyiqlarga duchor bo‘laveradi.



Xalqimizni turli g‘oyaviy va mafkuraviy tahdidlardan asrash, jamiyatda mafkuraviy immuniet hosil qilish uchun uni, avvalo, taraqqiyot qonunlarini chuqur aks ettiradigan sog‘lom, insonparvar g‘oya va mafkura bilan qurollantirish kerak. O‘zligimizni , odob – axloqimizni, merosimiz, qadriyatlarimiz va milliy ruhimizni zararli g‘oyalar va mafkuralar ta’siridan avaylab-asrash, ularga qarshi fuqarolarimiz va yoshlarimiz qalbida mafkuraviy immunitetni akllantirish orqaligina milatni asrash mumkin.

Mafkuraviy tarbiya - inson, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat dunyoqarashini shakllantirishga, ularni muayyan maqsadlarni ifoda etadigan g‘oyaviy bilimlarbilan qurollantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Mafkuraviy ta’sir – mafkuraviy jarayonning eng muhim sturkturaviy komponentlaridanbiridir. Mafkuraviy ta’sir ikki asosiy – to‘g‘ri, bevosita va o‘zaro aloqadorlikka asoslangan bilvosita shakllar yordamida amalga oshiriladi. Mafkuraviy ta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir ob’ekti va sub’ektigabog‘liq bo‘ladi. CHunonchi, mafkuraviyta’sir samaradorligi mafkuraviy ta’sir o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kishiarning (ob’ekt) ma’lumotdarajasi, madaniy saviyasigabog‘liqbo‘lsa, o‘z navbatida mafkuraviy ta’sir o‘tkazayotgan idoralar,tarbiyaviy muasssalar, targ‘ibot va tashviqotchilar (sub’ekt) amalga oshirayotgan mafkuraviy tadbirlar mazmuni va shakliga, mafkura xodimlarining professional mahoratiga bog‘liq bo‘ladi. Mafkuraviy ta’sir o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kishilarning ma’lumot darajasi, madaniy, axloqiy, huquqiy, siyosiy saviyasi qanchabaland bo‘lsa, mafkuraviy ta’sir samaradorligi shunchayuqori bo‘ladi. O‘z navbatida mafkuraviy ta’sir samaradorligi uning ob’ekti bilan sub’ekti orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmining mustahkamligigabog‘liq.

Mafkuraviy markazlar - muayyan g‘oyani ilgari suruvchi, targ‘ibot va tashviqontinng turli usul, vositalariorqali odamlar ongi, ruhiyatiga ta’sir etuvchi kshilar uyushmasi, tashkilot yoki muassasalardir.

Mafkuraviy bo‘shliq – jamiyat, davlat vamehnat jamoalarida vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy muhit tarbiyaviy mafkuraviy ishlarning zaiflashib qolishi. Bunday sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatida turli mish mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar hatti harakatini bo‘shanglik, loqaydlik, befarqlik egallab oladi.ruhiyatida hech narsaga aralashmaslik ustun keladi.

Adabiyotlar:

  1. Karimov I. A. Asarlari to‘plami 1- 23 jild. T.: O‘zbekiston, 2015

  2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar va tamoyillar T.:YAngi asr avlodi, 2001.

  3. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).. T.:YAngi asr avlodi, 2002.

  4. Mustaqillik mafkurasi va O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy negizlari. –T. : Universitet, 2001.

  5. Ochildiev A. Globallashuv va mafkuraviy jarayonlar. T.: Muharrir, 2009.

  6. Milliy istiqlol g‘oyasi. –T.: Akademiya, 2005.


8 mavzu: Jamiyat barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-g‘oyaviy asoslari

REJA:

1. Jamiyat barqarorligini ta’minlash omillari.

2. "O‘zbekiston - yagona vatan" g‘oyasi barqarorlikni ta’minlashning nazariy asosi.

3. Til madaniy muloqot va barqarorlikning muhim vositasi.

4. Dunyo mamlakatalaridagi beqarorlik sabablari.



Tayanch tushunchalar.

Barqarorlik, beqarorlik, turg‘unlik, millatlararo totuvlik, milliy siyosat, ijtimoiy hamkorlik, diniy bag‘rikenglik, milliy madaniy markazlar.


Barqarorlik- (ijtimoiy)- jamiyatdagi tinch-totuvlik va uni mustahkamlash uchun shart-sharoitning mavjudligi; ijtimoiy qatlamlar, kuchlar va siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik vaziyati; davlat, jamoat tashkilotlari, fuqarolar o‘rtasidagi ijtimoiy kelishuv holatining muttasil davom etishi va b. G‘arb olimlari Barqarorlik beqarorlikning arafasi yoki muayyan beqarorlikdan keyingi holati, jamiyatning yangi beqarorlik oldidan tin olish davri, degan fikrni ilgari surganlar. Bundan farqli tarzda T.Parsons «ijtimoiy tizimning barqarorlik qoidalari»ni ishlab chiqishga harakat qilgan. Uning fikricha, har qanday barqaror jamiyatning ijtimoiy tuzilishini tashkil etadigan elementlar faoliyati o‘zaro uyg‘un bo‘lishi shart. Ana shu uyg‘unlik doimiy barqarorlik omilidir. Bunda davlatning vazifasi jamiyatning eng kichik bo‘g‘inlari, jamoalar, tashkilotlar, idoralar orasidagi mutanosiblikni saqlash va mustahkamlashdan iborat. Agar davlat buning uddasidan chiqa olsa, u jamiyatni barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan boshqaruvchi (regulyator) vazifasini ado etadi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning muayyan islohotlarni amalga oshirishi uchun imkoniyat yaratadi. T.Parsonsning bu qarashlari ko‘pgina G‘arb mamlakatlari mutaxassislari tomonidan e’tirof qilingan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy barqarorlikka erishish va uni mustahkamlashga katta e’tibor bermoqda. Barqarorlik jamiyat taraqqiyotining, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning asosiy shartidir.

Barqarorlik shartlari :

1. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zlikni anglashning tiklanishi;

2. Davlatchilikni shakllantirish va mudofaa qobiliyatini mustahkamlash;

3. Demokratik institutlarni va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish;

4. Bozor munosabatlarining qaror topishi va mulkdolar sinfining shakllanishi;

5. Kuchli ijtimoiy siyosat va aholi ijtimoiy faolligining ortishi;

6. Jug‘rofiy-strategik imkoniyatlar va tabiiy xom-ashyo resurslari;

7. Inson salohiyati, ijtimoiy va ishlab chiqarish infrastrukturasi;

8. Keng ko‘lamli o‘zgarishlar va hamkorlik kafolatlari;

9. Jahon hamjamiyati bilan hamkorlik.

(I.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. 83-85 b. Hushyorlikka da’vat. 21-23 b)

SHu unutmasligimiz kerakki, jamiyat rivojlanishida yuqorida ta’kidlaganimizdek, g‘ovviy-mafkuraviy hamkorlikning ahamiyati muhimdir. G‘oyaviy-mafkuraviy hamkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va huquqiy asoslariga alohida e’tibor berishimiz kerak. Masalan O‘zbekistonning tashqi siyosiy-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yilishida quyidagi tamoyillar birinchi o‘ringa chiqqanligini ko‘rishimiz mumkin:

1.O‘zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olgan holda;

2.Teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik.

3.Mafkuralar xilma-xilligidan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik.

4.Xalqaro huquq normalarining davlat ichki normalaridan ustunligi.

5. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish.

Demak, bundan ko‘rinib turibdiki, tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik g‘oyalari asos qilib olingan. Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo‘lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati uning jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta’minladi. Bugun O‘zbekiston 120 dan ortiq davlatlar bilan aynan ana shu g‘oya ostida diplomatik, siyosiy, iqtisodiy. Ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar olib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy prinsiplari to‘g‘risida», «CHet el investorlari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida», «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonunlari uning xalqaro maydonda faol va keng ko‘lamli hamkorlik qilishi uchun huquqiy kafolat bo‘lib xizmat qilmoqda.

Jamiyatni erkinlashtirish milliy g‘oyani xalqimiz qalbi va ongiga singdirishning muhim shartidir. Milliy g‘oya siyosiy voqelikni uyg‘unlashtirib, turli shaxslar, ijtimoiy guruhlar ehtiyojlarini mutanosiblashtiradi, ularni mavjud imkoniyatlar asosida bir–biri bilan yaqinlashtiradi va shu ma’noda demokratik qadriyatlarning nufuzini oshiradi. Kishilar ongini mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, milliy mahdudlik kabi ijtimoiy illatlar asoratidan poklash, yot g‘oyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy kurashda to‘g‘ri yo‘l tanlash va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, milliy g‘oyani xalqimizning qalbi va ongiga teran singdirish bilan bog‘lash hozirgi davrdagi eng muhim vazifalardandir.

Milliy g‘oya kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasiga asoslanadi va shundan kelib chiqib, u siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishda manfaatlar-maqsadlar uyg‘unligini ta’minlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimiz XXI asrning dastlabki yillarida o‘z rivojlanishining aniq yo‘nalishlarini belgilab oldi. Ijtimoiy–siyosiy hayotni erkinlashtirish o‘zining ma’no va mohiyatiga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bo‘g‘ini ekanligi bilan xarakterlanadi. Mustaqillik yillaridagi erkinlashtirish jarayonlari, jamiyatni demokratiyalashtirish natijalari bu yo‘lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida baholanmoqda. Ayni chog‘da, iqtisodiy, siyosiy sohani, huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati qurilishini yanada erkinlashtirish bilan bog‘liq aniq vazifalar belgilab olindi.

Prezidentimiz Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining to‘qqizinchi sessiyasida «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» nomli ma’ruzasida Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligiga erishishdek ezgu niyatlarimizni ro‘yobga chiqarish maqsadida belgilab olingan strategik yo‘limiz va siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi va tamoyillari aniq-ravon ifodalab berildi.

Istiqlolimizning ilk kunlaridanoq xalqimizning eski, qotib qolgan mafkuraviy aqidalardan voz kechib, ma’naviy yangilanishiga, odamlarning qalbi va ongiga milliy g‘oya tamoyillarini singdirishga qaratilgan aniq siyosat olib borayotganligi, bu esa o‘z navbatida yurtdoshlarimizning tafakkurini o‘zgartirishda, islohotlarni joriy etishda yangicha yondashuvlarni shakllantirish, jamiyatimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va barcha ijtimoiy guruhlar o‘rtasida ahillikni mustahkamlashda sezilarli ishlar qilinayotgani natijasida mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘linmoqda.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə