Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə15/20
tarix08.09.2018
ölçüsü1,3 Mb.
#67238
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

Bugungi sharqona demokratiyada qadr, oqibat andesha, kattalarga hurmat, ona zaminni ardoqlash borasida o‘ziga xoslik yaqqol namoyon bo‘ldi. Bular esa milliy g‘oyaning amal qilishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.


Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Biz yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lidagi islohotlarimizni, o‘zgartirishlarini kimlargadir yaxshi ko‘rinish, kimlardandir sadaqa undirish uchun emas, balki bu ishlarni avvalo xalqimiz manfaatlariga to‘la javob bergani uchun amalga oshirmoqdamiz va kelajakda ham bunday kurash va intilishlardan qaytmaymiz!»1.

Prezidentimizning bu konseptual g‘oyasi, milliy istiqlolimizni mustahkamlash, mamlakatimizni rivojlantirishning, uning jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishining nazariy va amaliy asosi bo‘lib qoladi va xalqimizning yaratuvchilikdagi faoliyatining oshishiga o‘zining ta’sirini o‘tkazib boraveradi.

«O‘zbekiston - yagona Vatan» tushunchasining g‘oyaviy mafkuraviy mazmuni hamda Vatan, vatanparvarlik haqida fikr bildirishdan avval Vatan tushunchasiga izoh berish maqsadida muvofiq. Vatan aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini anlatadi. SHu ma’noda olib qaraydigan bo‘lsak, O‘zbekiston o‘zbek xalqining vatani, sajdagoh kabi muqaddas makonidir. Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan - bu ajdodlar maskani, el- yurt, xalq voyaga etgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf–odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir.

Vatan deganda, hamisha o‘zimiz tug‘ilib o‘sgan, ko‘z ochib ko‘rgan, ta’lim tarbiya olib voyaga etgan, necha–necha avlodu ajdodlarimiz yashab o‘tgan, ularning aql-idroki, mehnati sarf qilingan yurt ko‘z oldimizga keladi.

Vatan ona kabi aziz va mukarramdir. Vatan insonga baxt–iqbol beradigan zamindir. Abdulla Avloniy aytganidek: «Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik erlarni boshqa erlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson erlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi».

Vatan – bu xalqning o‘tmishi, buni va kelajagidir. Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. U insonning kindik qoni to‘kilgan joy, insonni ijtimoiy etimlikdan asrovchi manzil, ma’naviy kamolat va fuqarolik maydoni, hayot maktabi, farovonlik va baxt–saodat o‘chog‘idir.

Prezidentimiz I.Karimov keltirgan iboradagidek, «Vatan – sajdagoh kabi muqaddasdir». Vatanni eng oliy ne’mat singari boshimiz uzra baland ko‘tarib, har on va har soniyada uning tuprog‘ini ko‘zlarga surtib, unga ta’zim bajo aylashimiz farzandlik burchimizdir.

Muqaddas hadisi shariflarda «Vatanni sevmoq iymondandir», deyilgan. YA’ni, iymoni but, vijdoni pok har bir inson vatanni sevadi, uni g‘animlar ko‘zidan asraydi, uning yashnashi va yashashi, hurligi uchun kurashadi. Har bir barkamol inson vatan kamolati va istiqboli, el – yurtning ozodligi va mustaqilligi uchun hamma narsani, hatto shirin jonini ham ayamaydi. Bu haqda mavlono Fuzuliyning, mening bitta hayotim bor, bordiyu mingta hayotga ega bo‘lgan taqdirimda ham hammasini vatan uchun sarflagan bo‘lur edim, deb aytgan so‘zlari har birimiz uchun bebaho o‘gitdir.

Sog‘lom, aqlli va yuragida o‘ti bor har bir fuqaro, hech shubhasiz, Ona–Vatanni jon dilidan sevadi. Vatanga muhabbat ko‘r–ko‘rona bo‘lishi mumkin emas, buning uchun o‘zlikni anglash, demakki, o‘zi mansub bo‘lgan xalqning kechmishini, kindik qoni tomgan tuproqning tarixini bilish, dilda iftixor tuyish, shu zamin, shu xalq, shu Vatan bilan o‘z qismatini bus–butun deb his qilish lozim. O‘zbek xalqi barcha xalqlar singari asrlar mobaynida saqlanib kelgan milliy urf odati, rasm–rusumi, marosimi va an’analari, yurish turishi, g‘ururi, bir so‘z bilan aytganda, madaniy–ma’naviy dunyosiga ega.

Ko‘hna va navqiron o‘zbek davlati Buyuk ipak yo‘li, ya’ni savdo sotiq, madaniyat, turli dinlar kesishgan muqaddas zaminda joylashgan. Mashhur karvonsaroylarda doimo turli millat vakillarining turli tillardagi suhbatini eshitish mumkin bo‘lgan. Tarixan bizning o‘lkada yashagan aholi turli dinlarga e’tiqod qilgan. Ammo ularning o‘zor tinch–totuv va osayishta tumush kechirishining eng muhim omili shu yashayotgan ona tuproqqa hurmat, sadoqat, muhabbat bo‘lgan. Vatanparvarlik tuyg‘usi barcha–barchani yagona Vatanda birlashtirgan.

Biz chindan ham yagona Vatanimiz O‘zbekiston bilan faxrlansak arziydi. Buning negizida insonparvarlik, xalqparvarlik, oilaning baxt–saodati, Vatanga muhabbat, barcha fuqarolarning erkinligi va tengligi, ijtimoiy adolat kabi umumbashariy tushunchalar yotmog‘i kerak.

Vatanimizning ko‘p millatli xalqi ongida «O‘zbekiston yagona Vatan» degan ulug‘ tushunchani qaror toptirish milliy mafkuraning muhim vazifalaridan biridir. Bunda «YAgona Vatan» g‘oyasi o‘zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur etkazadigan millatchilik, shovinistik g‘oyalarni, mahalliychilik, oshna og‘aynichilik illatlarini tag–tomiri bilan yo‘qotishda, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona Vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg‘usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

«YAgona Vatan» ruhidan ilhomlangan, el–yurt tinchligi va mustaqilligi uchun kurashgan Vatan fidoyilari Tumaris, SHiroq, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik Amir Temur singari ulug‘ sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag‘onlarining qurboni bo‘lgan, «YAgona – Vatan» g‘oyasi ruhidan quvvat olgan CHo‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy va boshqalarning jasorati, vatanimiz mustaqilligi, ozodligi yo‘lidagi fidoyiligining yorqin namunasidir.

Vatan taqdiri uchun mas’ullik «YAgona – Vatan» tuyg‘usini shakllantiradi. CHunki, shaxsiy g‘oya va manfaatlar shaxs faolligini kuchaytiruvchi omil bo‘lsa, vatanparvarlik g‘oyasi o‘zida butun bir xalqning hayotiy manfaat va intilishlarini, orzu – umidlarini aks ettiradi. YAgona – Vatan hissi odamning qalbida tabiiy ravishda tug‘iladi. YA’ni, inson o‘zligini anglagani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg‘usi ildiz otib yuksala boradi. «Bu ildiz qancha chuqur bo‘lsa, tug‘ilib o‘sgan yurtiga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo‘ladi»,1 - deb yozgan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov.

YAgona Vatan g‘oyasi, bir tomondan, O‘zbekiston zaminida kelajagi buyuk, ozod va obod Vatan, erkin va farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa milliy mustaqilligimizga xavf solayotgan mafkuraviy taxdidlarga zarba bera oladigan vatanparvar avlod tarbiyalashni ko‘zda tutadi.

O‘z Vataniga, tavallud topgan zaminga yuksak hurmatda bo‘lgan ulug‘ ajdodlarimiz o‘z ismlari oxiriga tug‘ilib o‘sgan joy nomini unutmaslik uchun qo‘shib aytganlar: Xorazmiy, Buxoriy, Farg‘oniy, Termiziy, Marg‘inoniy, Farobiy, Qoshg‘oriy, Beruniy YUgnakiy va boshqalar. Bu kindik qoni to‘kilgan erga, Turkistonga, O‘zbekistonga, o‘z Ona – Vataniga bo‘lgan azaliy sadoqat timsoli emasmi? Buyuk ajdodlarimiz shu yo‘l bilan o‘z Vatanini, yurtini, madaniyatini, fanini, san’atini butun jahonga targ‘ib qilganlar. Bu noyob vatanparvarlik namunasidan kelib chiqib, har bir O‘zbekiston fuqarosi o‘z tug‘ilgan joyini gullatib yashnatishi, YAgona Vatani bo‘lmish O‘zbekistonning buyuk kelajagi uchun fidokorona mehnat qilishi va Vatan ravnaqiga o‘zining xissasini qo‘shish lozim. Biz milliy mustaqillik tufayli «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasi ruhida tarbiyalanib, o‘qib, mehnat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldik.

Ma’lumki, Vatanning ravnaqi, avvalo, uning farzandlari kamoliga bog‘liq. Bu esa har bir yurdoshimizni o‘zining ma’naviy kamolati uchun yuksak ma’suliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi.

Milliy g‘oya esa hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi va rivojlanmaydi. SHu sababli Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan g‘oya hech qachon milliy g‘oya bo‘lolmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbaiga aylanadi.

Zahmatkash o‘zbek xalqi XIX asrning ikkinchi yarimidan boshlab o‘z milliy mustaqilligi uchun mustamlakachilik tuzumiga qarshi kurash olib bordi. 1898-1916 yillardagi xalq qo‘zg‘olonlari, tarixda «bosmachilik» deb atalgan milliy ozodlik harakatining sog‘lom kuchlari, ma’rifatparvar jadidlar, yosh xivaliklar va yosh buxoroliklar, Qo‘qon muxtoriyati tashkilotchilari olib borgan harakatlari O‘zbekistonning mustaqilligi uchun olib borilgan kurashlar edi.

SHo‘rolar davrida «millatchi», «aksilinqilobchi» deb atalgan ziyolilar olib borgan harakatlar ham milliy ozodlikni qo‘lga kiritishga urinish, adolat va haqiqatga erishish yo‘lida olib borilgan kurash desak to‘g‘ri bo‘ladi. Bu kurashlarda xalqimiz ko‘p jafo chekdi, minglab vatandoshlarimiz jaholat qurbonlari bo‘ldi.

Bu davrda milliy manfaat vatanga, ona zaminga mehr–muhabbat degan his – tuyg‘ular asta – sekin so‘ndirila boshlagan edi. «Vatan» tushunchasi esa mavhum bir umumiy holga kelib qolgandi.

Hamma narsa – «Umumsovet» manfaatiga qaratilgandi. Har bir millat, xalq ming yillardan buyon yashab kelayotgan o‘z vatani uchun qayg‘urishga haqli emasdi. Oxir oqibat shunga etdiki, sobiq Ittifoq davrida bu mamlakatda yashayotgan xalqlar, shu jumladan o‘zbeklar ham o‘z vatanida bevatan bo‘lib yashashga majbur bo‘ldilar.

Mustaqillik tufayli biz o‘zimizning haqiqiy vatanimizni topdik. Bu mustaqillikning bizga bergan oliy ne’matidir. Vatani mustaqil xalqning o‘zi ham mustaqil bo‘ladi. YUrti ozod va erkin odamning erki o‘z qo‘lida bo‘ladi.

1989-91 yillarda Islom Karimov boshchiligida o‘zbek xalqining qadr-qimmatini, or–nomusini, sharafini himoya qilish, mamlakatimiz boyliklari talon–taroj qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan harakatlar va ko‘rilgan choralar ham mustaqillik yo‘lidagi olib borilgan kurashning yorqin namunalaridir. Mustaqillik mafkurasi etuk milliy ong, milliy birdamlik tuyg‘usi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Vatanparvarlik g‘oyasi nima? Vatanparvarlik g‘oyasi - ona zaminga bo‘lgan muhabbat, uni sevish e’zozlash, Vatan ravnaqi haqidagi g‘amxo‘rlikdir. Vatanparvarlik g‘oyasi – bu jamiyat ahli ruhiyatining ko‘rsatkichi, xohish irodasining namoyon bo‘lishidir.

Vatanparvarlik g‘oyasi – milliy manfaatlarni, millat taqdiri va istiqlolni chuqur o‘ylash, anglash va qadriga etish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’naviyatdir. Insonning g‘oyaviy siyosiy etukligi, barkamolligi, shaxsning ma’naviy, axloqiy kamoloti, o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbati, hurmati, sadoqati bilan belgilanadi. Vatan degan buyuk shaxsiy e’tiqodni qalbda to‘la–to‘kis jo qilmagan insonda iymon ham, diyonat ham bo‘lmaydi.

Inson uchun Vatan aziz va mu’tabar. Vatandan muqaddasroq va qutlug‘roq tuyg‘uning o‘zi yo‘q va bo‘lmaydi. Vatan bizning tomirimiz, o‘q ildizimiz, tayanch nuqtamiz, hayotimiz mabaidir. Vatan bizning uzoq o‘tmishimiz va baxtli kelajagimizdir.

Vatan qiyosi yo‘q bebaho boylikdir. Vatan muqaddas qadriyat. Taraqqiyot vatandan boshlanadi. Vatan insonni voyaga etkazadigan ta’lim tarbiya beradigan muqaddas zamin, fuqarolar maydoni va hayot manbaidir. Vatan insonlarni ijtimoiy larzalardan asrovchi, ona kabi o‘z bag‘riga bosuvchi diyor. SHuning uchun ham har bir inson o‘z dard alamini, orzu umidlarini Vatan bilan bog‘lab kelgan.

Inson uchun Vatan yagonadir - Vatan bittadir. O‘zbekistonlik shoirlarimiz Hamid Olimjon, G‘ofur G‘ulom, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va boshqalar asarlarida O‘zbekiston deb atalmish diyor faxr va g‘urur bilan olamga tarannum etilishida chuqur ma’no bor. Vatanning yaxshi yomoni, boy kambag‘ali bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas, shuning uchun ham u pulga sotilmaydi. qarzga berilmaydi va garovga qo‘yilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir.

Hadisu shariflarda Vatanni sevish, iymondandir, deb bejiz aytilmagan. Vatani sevish, ona diyorning qadriga etish, uning kamoloti, gullab yashnashi, tinchligi uchun qayg‘urish zarurligini yoshlarimiz ongiga singdirishda chuqur ma’no bor. CHunki, har qaysi insonning Vatani, ota – bobolari o‘tgan muqaddas zamin bo‘lib, u bilan faxirlanib yashagan.

Tarix vatanparvarlik g‘oyasini shakllantirishdagi eng buyuk qurollardan biri. O‘tmishda Ona – Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun jonini fido qilishga tayyor turgan buyuk ajdodlarimiz Amir Temur, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi. Temur Malik kabi vatan fidoyilari bilan faxrlanamiz. Vatanparvarlik g‘oyasi, Vatan va uning ravnaqi tushunchalarida istiqlol yillarida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Qizil imperiya davridagi hukmron kommunistik mafkura butun qurolini kishilar ongidagi Vatan tushunchasini buzib, soxta mavhum sovetlar vatani g‘oyasini xalq ommasi ongiga singdirishga sarflagan. Men O‘zbekistonlikman, mening Vatanim O‘zbekiston deyish millatchilik sifatida baholanib, minglab vatandoshlarimizning yostig‘ini quritib qatag‘on domiga tortib ketganligiga tarix guvoh.

Bugun u qora kunlar o‘tmishga aylandi. Endi biz O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan, uni jahon tanib, tan olgan davrda yashamoqdamiz. Bu mustaqillikni asrash, avaylash ham vatanparvarlikning namunasiga aylandi.

Vatan tushunchasi mustaqillik sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, istibdod yillarida hukmron mafkura kishilarimizning ongida Vatan tushunchasini buzib, uning o‘rniga mavhum, keng va umumiy Vatan tushunchasini singdirmoqchi bo‘ldi, ya’ni, masalan, o‘zbek uchun go‘yo Kareliya ham YOqutiston ham, O‘zbekiston bilan bir qatorda barobar Vatan edi. «O‘zbekiston Vatanim manim» yoki «o‘zbegim» deyish millatchilik, milliy cheklanganlik, deb baholanar edi va bunday so‘zlarning muallifi ta’qib qilinardi. Holbuki, Vatan – muayyan, aniq tushuncha. Vatan tushunchasi xalqimizning talaygina qismida etarli darajada aniq emasligining birinchi sababi – o‘tmishdagi hukmron mafkura ta’siri bo‘lsa, ikkinchi sababi – Temuriylar zamonidan so‘ng, to XX asrning birinchi choragigacha O‘zbekiston degan yagona jug‘rofiy va siyosiy tushunchaning amalda yo‘qligi, boz ustiga xonliklar, amirlik aminliklarga bo‘linib yotgan hududlarning chorizmning mustamlakasiga aylanishi edi. Mustaqillik ana shu ikki salbiy omilni bekor qilib, xalqimizda haqiqiy Vatan hissini, tushunchasini mustahkamlamoqda. Bugungi kundagi dolzarb vazifalardan biri har bir fuqaromizda Vatanning shani-shavkati, nomi, mavqei bilan g‘ururlanish xislatlarini yoshlarimiz ongiga singdirishdir.

Vatanparvarlik – shu yurtda istiqomat qilayotgan barcha millat fuqarolari bilan ahil, do‘st–birodar bo‘lib yashashdan, yagona vatan manfaati, xalq tinchligi va osayishtaligi uchun kurashishdan iborat. Mustaqillik tufayli qo‘lga kiritilgan jahonshumul yutuqlarimizni qadriga etish va asrash, milliy madhiya, gerbimiz va bayrog‘imizni sevish, jasoratiga hurmat bilan qarash chinakkam vatanparvarlikdir. Kishilarimiz turli xalqlar bilan bir oilaga birlashb, elim deb, yurtim deb yashasa Vatanimizning kelajagi porloq va buyuk bo‘ladi. Har birimizning dilimizdagi vatanparvarlik tuyg‘usi alanga olib tursagina, shu Vatan fuqorosiman deya faxrlanishiga haqlimiz.

Vatanparvarlik tuyg‘usi faylasuflar, shoir va yozuvchilar asarlarida ming bor madh etilgan. Vatani sevmoq vatanparvar bo‘lish demakdir. Vatan ma’naviyat, fan, adabiyot va san’at o‘chog‘i, har bir kishining tug‘ilib o‘sgan yurtiga munosabati, u kishining qalbi, muhabbat tuyg‘usi, chunki inson Vatanda kamol topadi, farovonlik va baxt- saodatga erishadi. Inson uchun Vatandan yuksakroq boylik yo‘q. Vatan borki, el bor. Elsiz Vatan biyobon, Vatansiz el – darbadar.

Prezidentimiz I.A.Karimov: «Vatanning har bir asl farzandi o‘zini ota yurtining ajralmas bo‘lagi deb his etayapti va bundan farlanayapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan birinchisi ana shu desak, aslo yanglishmagan bo‘lamiz», - deb xalqimizning necha asrlardan buyon yagona orzusi ona – Vatan sog‘inchi bilan yashaganini juda to‘g‘ri ta’kidladi.

Vatanparvarlik aniq muhitda, zaminda va mavjud ma’naviy–ahloqiy qadriyatlar asosida shakllanadi. SHaxs vatanparvarlik tuyg‘usini yaratmaydi, balki, uni tayyor holda qabul qiladi. CHunki vatanparvarlik uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida shakllanadigan ijtimoiy tuyg‘udir.

Vatanparvarlik kishilarning ijtimoiy va ma’naviy axloqiy xislatlarining, fazilatlarining yuksak darajada namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Zero, ular negizida ota–bobolardan meros qolgan zaminni sevish, urf–odatlarni, qadriyatlarni saqlash, el-yurt ravnaqi uchun chin dildan mehnat qilib, Vatan dushmanlaridan himoya qilish, har qanday qaramlikdan ozod etish, hatto zarur bo‘lsa, uning ozodligi va mustaqilligi uchun jonini ham ayamaslik kabilar yotadi. Vatanparvarlik el-yurt manfaatlariga xizmat qilish, el-yurt manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish demakdir.

Fidoyilik vatanparvarlikning bosh belgisi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida mustahkamlanishi, uning iqtisodiy, ma’naviy–madaniy taraqqiyoti, fuqarolarning tezroq farovon hayotga erishishi uchun tinmay mehnat qilishi va izlanishini fidoyilik deyishimiz mumkin. Fidoyilik Vatanga bo‘lgan sadoqatdan, muhabbatdan boshlanadi. Istagan sohada vatanparvarlik tuyg‘usini namoyon qilish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish, ota–bobolarimiz qoldirgan madaniy meroslarni to‘plash, o‘rganish, avaylab saqlash va targ‘ib qilish kabilar ham vatanparvarlik hisoblanadi.

Vatanini sevmoq bizga sunnatdir. Vatanini sevgan, Vatan nima ekanini yurakdan his etgan, Vatanidan ayru tushganida uni sog‘inib qolgan, unga hamisha talpingan har bir vijdonli odam yurt qayg‘usi bilan yashaydi, uning yarasiga malham, dardiga darmon bo‘lishga intiladi.

Ajdodlarimiz orasida biror yirik siymo yo‘qki, yurti uchun qayg‘urmagan, yurt tashvishi bilan nafas olmagan bo‘lsin, betavfiq zolimlarning yo‘lini to‘smagan doim elim deb, yurtim deb yonib yashamagan bo‘lsin. Ular fidoyi, vatanparvar, fikri tiniq, mulohazali odamlardir. Jaloliddin Manguberdi yurtining asoratga tushayotganidan qayg‘urib, jangga otlanadi. SHarq tomonidan tug‘ilajak xavfni oldini olish maqsadida etmish yoshga borganiga qaramay sohibqiron Amir Temur qahraton qishda olis safarga otlanadi. Alisher Navoiy yurti uchun g‘am chekib, agar mamlakat parokanda bo‘lsa, el tinchligi yo‘qolib, azobda qolishini o‘ylab, qarigan chog‘ilarida ham podshoh Husayn Boyqaro bilan shahzodalar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilish yo‘lida viloyatma–viloyat kezadi. Abdulla Avloniy Turkistonning kelajagiga qayg‘urib, najot–ma’rifatda, degan shiori bilan maydonga chiqadi, yoshlar ilmli bo‘lsalar, yurtni ozodlikka olib chiqadilar, deb «Turkiy Guliston»ini yaratadi. Abdulhamid CHo‘lpon esa yurti bolshovoylar oyog‘i ostida toptalayotganidan faryod chekib, aziz jonini qilich tig‘iga qo‘yib, xalqni uyg‘onishga da’vat qilib, «Buzilgan o‘lkaga» degan she’rini bitadi.

Vatanparvarlik - bu vatan oldidagi ma’suliyat, millat bilan yashashdir. Vatanparvarlik bu, fidoyilik, halollik bilan mehnat qilish, insonparvar bo‘lish, ya’ni O‘zbekistoning buyuk davlat bo‘lishiga hissa qo‘shish demakdir. Vatanparvarlik shaxsni yuksak axloqiy fazilatlar ruhida shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda yangicha tafakkurga bo‘lgan ehtiyoj shunday bir qa’tiy e’tiqodga tayanadiki, bunda o‘z Vatani tarixidan faxrlanish, uni o‘rganish bilan g‘oyaviy–siyosiy jihatdan etuk insonni tarbiyalash mumkin. SHuning uchun har bir kishida Vatan tuyg‘usini rivojlantirish zarur, bunda har bir kishi insonparvarlikka asoslangan demokratik, huquqiy davlat barpo etishga, jamiyatimizni insonparvarlashtirishga o‘z hissasini qo‘shishi, o‘zbek milliy g‘ururiga sodiqlik, do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishi, barcha axloq va huquq normalariga rioya etishi lozim.

Mamlakatimiz aholisi ko‘p millat vakillaridan tashkil topgan. Hozir yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ko‘p yoki oz sonligidan qa’tiy nazar, mamlakatimizda barcha millatlar uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Ana shu millatlarning barchasi mustaqil yurt ravnaqi, el-yurt farovonligi va tinchligi uchun o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Qozoq, qirg‘iz, tojik, rus, yahudiy, uyg‘ur, qoraqalpoq, turkman, tatar, ukrain va boshqa millatlarning ko‘plab vakillari «O‘zbekiston o‘z vatanim» deb faxr bilan yashayotganligi mamlakatimiz ravnaqi uchun zamindir.

YUrtimizda istiqomat qilayotgan barcha elat va millatlar o‘rtasida do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlab borish, har bir millat vakili dunyoqarishida o‘zaro hurmat va totuvlik g‘oyasini shakllantirish, ularning iste’dodini va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar qiladi.

Faqat millatlararo totuvlik g‘oyasiga tayanib, umumiy maqsadlar yo‘lida hamjihat bo‘lib, Vatan ravnaqi yurt tinchligi va xalq farovonligidek olijanob maqsadlarga erishish mumkin. Milliy mafkurada mamlakatimizda yashayotgan barcha millatlarning ezgu maqsadlari, mamlakat manfaatlari, taraqqiyot yo‘li, e’tiqodi va ishonchi mujassamlashgan bo‘lib, u xalqimizga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, oliyjanoblik, insonparvarlik, ochiq ko‘ngillilik kabi fazilatlarga asoslanadi.

Ko‘p millatli mamlakatimiz aholisi ongida «O‘zbekiston – yagona Vatan» g‘oyasini shakllantirish milliy mafkuraning bugungi kundagi eng muhim vazifalaridan biri.

Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlar ruhiyatida vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli va huquqiy jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. SHuning uchun vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish butun tarbiyaviy ishimizning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmog‘i lozim.

Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Respublikasi insonparvar demokratik tuzumga o‘tish yo‘lini o‘zi uchun maqbul deb bildi. Bu yo‘l fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatni o‘rnatish va mustahkamlash yo‘lidir.

Fuqarolik jamiyati O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy asosidir. Fuqarolik jamiyati – erkinlik, ozodlik, tenglik, ijtimoiy adolat jamiyatidir. Inson manfaati uchun xizmat qilish, turmush farovonligi ta’minlash, uning qobiliyati, talanti va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, niyatlari, orzu–armonlarini amalga oshirish, fuqarolik jamiyatining oliy maqsadidir. Fuqarolik jamiyati insonparvarlik jamiyati bo‘lib, O‘zbekistonda tug‘ilib, shu yurtga mehnati singgan, uni o‘z Vatani deb bilgan va hurmatlagan har bir millat va xalq vakillarini dini, tili, madaniyati, dunyoqarashi, urf–odatlari xilma–xilligiga qaramasdan qonun yo‘li bilan himoya qiladi, ularning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezidentimizning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyoti yo‘li» kitobida juda aniq va mukammal qilib ta’riflanganidek, «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. Bu – mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu – ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qa’tiy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan davlatdir»1.

Fuqarolik jamiyatining ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalari bevosita xalqqa topshiriladi, ya’ni o‘zini–o‘zi boshqarish organlari yanada rivojlantiriladi.

Fuqarolik jamiyatini qurish strategik vazifa ekan, albatta kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari bosqichma–bosqich o‘tish zarur. Bunda kuchli huquqiy davlat tashqi siyosat, mudofaa, davlat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, moliya va soliq tizimini shakllantirish, qonunlar qabul qilish kabi umummilliy vazifalarni amalga oshirsa, boshqa masalalar bilan shug‘ulanish markazning emas, joylardagi jamoat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini–o‘zi boshqarish organlariga topshirildi.

Fuqarolik jamiyati shakllantirishning muhim sharti, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o‘rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bu – «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» degan tamoyilni hayotga joriy etish demakdir.

Bu yo‘nalish ijtimoiy–iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzulmalarning rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma–bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi.

Buning uchun, avvalombor davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklashdi. Bu masalada davlatning roli, avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga, qabul qilingan qonunlar va huquqiy normalarning barcha tomonidan so‘zsiz bajarilishini ta’minlashga, tashabbus va tadbirkorlikni rag‘batlantirishga, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida raqobat muhitini qaror toptirish uchun zarur va hammaga barobar bo‘lgan shart–sharoitlar yaratishga qaratiladi.

Qonunlar ijrosini ta’minlash mamlakatda qabul qilingan va amalda bo‘lgan me’yoriy hujjatlarni hayotga joriy qilishda davlat hokimiyat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. «Adolat - qonun ustuvorligida» degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal qilib yashashimiz zarur.

Fuqarolik jamiyatida har bir shaxs hamma vaqt ham davlat bilan bevosita munosabatga kirishavermaydi. Fuqarolarning tuman uyushmalari, jamoalari mavjud bo‘ladiki, ular fuqarolarning manfaatlarini, huquq va erkinliklarini muhofaza qiladilar, buzilgan huquqlarini tiklash bobida davlat idoralari bilan munosabatga kirishadilar.

Fuqarolik jamiyati davlat hokimiyati bilan fuqarolar (fuqaroviy uyushmalar, guruhlar hamda jamoat birlashmalari) o‘zaro teng huquqiy (shuningdek, siyosiy–iqtisodiy) munosabatlarning erkin ishtirokchisi bo‘lishini anglatadi. Bu jamiyatning siyosiy shaklini huquqiy davlat va unga bog‘liq demokratik siyosiy tizim tashkil etsa, iqtisodiy zaminini xususiy mulkchilikka asoslangan bozor iqtisodiyoti tashkil qiladi.

Konstitutsiyada fuqarolik jamiyatning muhim tarkibiy qisimlari va institutlari bo‘lmish oila, maktab, jamoat birlashmalari, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari (mahalla), diniy muassasalar, jamg‘armalar, uyushma va ittifoqlar va boshqalarning huquqiy maqomi hamda asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.

Milliy g‘oyaning fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati ortib boraveradi. Mamlakatimizda izchillik bilan mahalliy hokimiyat va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vazifalari kengaytirilmoqda, ularga davlat vakolatlarining bir qismi bosqichma–boqich o‘tkazilib, nodavlat va jamoat tuzilmalari huquqiy mavqeini oshirishni ko‘zda tutadigan «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Boshlagan barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi bita – adolatli jamiyat barpo etish»1. Adolatli jamiyatda insonni – shu jamiyat fuqarosining huquqi, sha’ni, qadr-qimmati qadrlanadi. Fuqarolik jamiyatini shu jamiyat fuqarolarining o‘zlari shakllantiradilar. Bu, avvalo, ularning huquqiy tarbiyasi, madaniyati va ongi qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.

Millliy g‘oyaning shakllanishi shaxs qadriyatlari, inson ma’naviy olami bilan bog‘liq. SHubha yo‘qki, milliy g‘oyani amalga oshirish, avvalo har tomonlama bilimli, ma’naviy, jismoniy va aqliy etuk insonlarga bog‘liq.

Bu esa har bir yurtdoshimizni istiqlol g‘oyalari bilan qurollantirishni taqozo etadi. Sog‘lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish, barkamol insonni voyaga etkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zero, har bir shaxs ijtimoiy jarayonlarni o‘zida mujassam etuvchi sifatida jamiyatdagi barcha jarayonlarning, jumladan milliy g‘oya amal qilishida ham asosiy omil hisoblanadi. Avvalo, shaxs milliy g‘oyaning, uning hayotbaxsh tushunchalarining o‘zlashtiruvchisi, o‘ziga singdiruvchisidir. Ta’lim va tarbiya jarayonida, ijtimoiy–ma’naviy tizim, malakani oshirish va qayta tayyorlash, qolaversa, jamiyatdagi to‘laqonli axborot makoni orqali, u aniq va oqilona yo‘naltirilgan mafkuraviy qadriyatlar, me’yorlar va talablarni o‘zlashtirishi zarur.

SHaxsning milliy g‘oyani keng yoyishdagi o‘rni, avvalo, uning mafkuraviy jarayonlarda qanchalik faol ishtirok etishida ko‘rinadi. Faol intiluvchan shaxs mafkuraviy ta’sir, targ‘ibot va tashviqotning ob’ektidan mafkuraviy jarayonlarning sub’ektiga, mafkurachiga, mafkuraviy tarbiya tizimining muhim bo‘g‘iniga aylanib boradi. SHundan so‘ng u milliy mafkura g‘oyalarining tashuvchisiga, uning targ‘ibotchisiga, uni boshqalarga etkazuvchi vositasiga aylanadi. Har bir shaxs tegishli mafkuraviy g‘oyaviy tayyorgarlikka ega bo‘lgach, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim fan, madaniyat, sog‘liqni saqlash harbiy xizmat va hayotning boshqa sohalaridagi faoliyat orqali milliy mafkuraning asosiy tamoyillarini yoyishda, targ‘ib etishda va mustahkamlashda faol ishtirok eta oladi. SHu tariqa bu g‘oya va tamoyillar odamlarni aniq maqsad, taraqqiyot sari etaklaydi, millat qo‘lidagi bayroqqa aylanadi.

Ana shu sabablarga ko‘ra, milliy g‘oyani amalga oshirishda shaxs tayanch omil deb qaraladi, uning imkoniyatlarini yuksak baholagan holda, asosiy e’tibor muayyan shaxsning mafkuraviy tayyorgarlik darajasiga qaratiladi. Bunda muayyan shaxsga o‘zbek milliy xarakterining afzalliklarini tashviq qilish, xalqimiz madaniyatining bebaho va betakror ekanini anglatish, o‘zbeklarga xos jamoaviylik jamiyatimizning muhim xususiyati ekani, ijtimoiy birdamlik taraqqiyotimizning manbai bo‘lib xizmat qilishiga alohida e’tibor beriladi. SHuningdek, bu jarayonda taraqqiyotga baholi qudrat o‘z hissasini qo‘sha oladigan etuk shaxs timsolini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, hayotning barcha jabhalarida olib borilayotgan faol mehnat bilan mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgandir. Hozirgi davrda xilma–xil mulkchilik shakllari va mulk egasining qaror topishi, Vatan va mustaqillik, jamiyat va millat munosabatlarining yaxlitligi, mamlakatimizning xalqaro nufuzi va tichliksevar aloqalarining o‘sib borishi, osoyishtalik, milliy totuvlik, hamjihatlikka xizmat qiluvchi g‘oyalar ham ana shu tamoyillarning to‘la namoyon qilishga xizmat qiladi. Ularning hayotiyligi xalq irodasiga, ruhiyatiga, milliy tuyg‘ulari, orzu – intilishlariga mosligi bilan belgilanadi. SHuningdek, barpo etilajak yangi jamiyat va unga borishning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’rifiy yo‘l–yo‘riqlari milliy g‘oyaning tamoyillariga tayanish orqali samarali amalga oshish imkoniga ega bo‘ladi.

Milliy g‘oyaning amaliyoti jamiyat va Vatan manfaatlari, yurt tinchligi, xalq farovonligi tamoyillaridan ajralgan holda zohir bo‘lmaydi. Bu jarayon mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayoni, insonparvar huquqiy demokratik davlat yaratish, zamonaviy ulkan qurilishlar, yurtimiz xalqaro nufuzining o‘sib borishi, ma’naviy–ma’rifiy sohada yuz berayotgan yangilanishlar, umuman, davlatimizning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida halqimizda tasavvur va tushunchalarni hosil qilib borish lozimligini ko‘rsatadi. Fuqarolarni milliy g‘oya tamoyillari asosida yashash va faoliyat yuritishga o‘rgatishda turli jamoat, ijodiy, ilmiy, tashkilotlar, institutlar, siyosiy partiya va harakatlar, jamg‘armalarning o‘rni va ahamiyati katta. Bu borada davlat organlari, ommaviy axborot vositalarining tashabbuskorligi ham alohida ahamiyatga molikdir.

Bunda ushbu tamoyillarning xalqimiz xohish irodasi, milliy manfaatlariga muvofiqligi, har bir kishida Vatanga sodiqlik va milliy g‘urur tuyg‘usini o‘stirishga yo‘naltirilganligi, har bir fuqaroning amaliy faoliyati, turmush tarzi, tabiatidan kelib chiqish juda katta ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohadagi birinchi navbatdagi vazifa odamlar ruhiyatida, tafakkurida poklanish, yangilanish uchun shart–sharoitlar yaratish bilan birga O‘zbekiston jamiyatining ozod va obod Vatan barpo etish bilan bog‘liq maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida xizmat qilishdir. Bu maqsad va g‘oyalar butun xalqimizning umumiy manfaatlarini aks ettiradi.

Ayni paytda, milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari jamiyatdagi barcha qatlam va ijtimoiy kuchlarning faoliyati, maqsad va intilishlariga ma’naviy yo‘nalish beradi. SHu tarzda milliy g‘oya jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning manfaatlari va ehtiyojlariga xizmat qiladi, ularni amalga oshirish imkonini yaratadi.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari shaxsning erkinligi, siyosiy va huquqiy imtiyozlarini qo‘llab-quvvatlashi, jamiyat uchun foydali ishlarda insonning faolligini oshirishi, umuminsoniy me’yorlarning boyitilishi, kishilarda yangicha munosabatlar qaror topishi uchun kurash olib borishini ham anglatadi. Bundan kuzatilgan asosiy maqsad demokratik o‘zgarishlar hayotimizning muhim yo‘nalishiga aylangan hozirgi davrda erkin fikrlovchi, o‘z faoliyatida bunga amal qiluvchi komil insonlarni voyaga etkazishdan iborat.

SHuni alohida ta’kidlash lozimki, istiqlol ma’naviyati sog‘lom, barkamol avlodni voyaga etkazish haqidagi orzular ro‘yobga chiqishi uchun shart-sharoit yaratdi. Zero, haqiqiy farovon jamiyatning a’zolari ham etuk ma’naviyat sohibi bo‘lishi shart. CHunki o‘zligini anglagan inson, o‘zgalar hamda millat, jamiyat, Vatan oldidagi burch va ma’suliyatini ham anglaydi. Uning qalbi, tafakkuri va ruhiyatida bunday ulug‘vor fazilatlar oson va samarali kamol topadi. Ma’naviy etuk, ruhi sog‘lom insonning jismoniy mehnati, turmush tarzi, orzu-intilishlari ezgulikka tomon yo‘nalgan bo‘ladi.

Mustaqillik yillarida odamlarni g‘oyaviy tarbiyalash va jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Fuqarolarimizning o‘zligini anglash, qadr-qimmat, iymon e’tiqod, ona- Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat e’tibor tuyg‘ularni o‘stirib borish yo‘lidagi harakatlar o‘zining samarasini bera boshladi. Odamlarning ruhiyati, dunyoqarashi ijtimoiy hayotga munosabati, amaliy faoliyatida tub o‘zgarishlar yuz bermoqda, ularning tafakkuri uyg‘onmoqda.

Bugungi kunda milliy g‘oyani har bir inson, ayniqsa yosh avlod qalbi va ongiga singdirish hayot taqazosiga aylandi. SHu bilan birga, mafkura sohasida yanada samarali va izchil ish olib borish, mafkuraviy targ‘ibotni takomillashtirish, ushbu soha xodimlari malakasini oshirish, mavjud muammolarini hal qilish uchun amaliy seminarlar, anjumanlar, muloqotlar tashkil etish zaruriyati ortib bormoqda. Bu o‘rinda qabul qilinayotgan Farmonlar, qonunlar va boshqa hujjatlarning asl mohiyatini, ularda bayon qilingan g‘oyalarni keng xalq ommasi ongiga etkazishning benihoya dolzarbligini ta’kidlash lozim. CHunki, huquqiy jamiyat va yuksak ma’rifatli, ezgu g‘oyali inson tushunchalari biri–biridan ajralmasdir. Madaniy bozorni ham, ma’naviy sog‘lom jamiyatni ham ana shunday kishilargina yarata oladilar. Ularni voyaga etkazmay turib milliy g‘oya tamoyillarining amalga oshganligi to‘g‘risida fikr yuritish qiyin.

Milliy g‘oyaning amal qilish tamoyillari mamlakatimizda yashaydigan kishilarning tinch–totuvligi, ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy baraqarorlikning qadriga etishi, jamiyatimiz hayot tarziga xavf solishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi siyosiy, huquqiy hushyorligi bilan uzviy bog‘liq. CHunki, hozirgi davrda tarbiyalanayotgan va kelajakda mamlakatimiz uchun mas’ul bo‘lgan kishilar ana shunday jarayonlarning mevasi ekanligiga aslo shubha yo‘q.

Milliy g‘oya erkin fuqarolik jamiyatiga o‘tish jarayonida xalq tasavvurini o‘zgartirish va yangicha ma’no–mazmun bilan to‘ldirish, huquqiy davlatchilikka xos tamoyillarni turmush tarziga aylantirishda umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. U xalqning orzu–umidlarini umummiliy darajada yuksaltirib, odamlarni ezgu intilishlar tomon etaklaydi.

Bugungi tahlikali dunyoda har bir insonning o‘z hayotini to‘g‘ri tashkil etishi, shaxsiy manfaat va intilishlarini xalq va Vatanning pirovard maqsadlari bilan uyg‘unlashtira olishi milliy g‘oya tamoyillari amaliyotining eng muhim ko‘rsatkichidir. Ana shunday kishilarni tarbiyalash va voyaga etkazish har birimizning zimmamizga ulkan mas’uliyat yuklaydi.

YUrboshimiz O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etish jarayonini milliy davlatchilikni mustahkamlash, hokimiyat tarmoqlarining mustaqil faoliyatini ta’minlash, xalqning boshqaruv ishlarida faol ishtirok etishi, qonun ustuvorligi, so‘z va fikr erkinligiga erishish kabi dolzarb masalalar bir–biri bilan bog‘liq holda borishini tasavvur etadi. SHu bilan birga yangi jamiyat qurish vazifasini milliy g‘oya va mafkuradan xoli tarzda tasavvur etib ham bo‘lmaydi. Buning boisi shundaki, dunyodagi har qanday xalq adolatli jamiyatda yashab, o‘zining orzu intilishlariga erishishni istaydi. Ana shu jamiyat haqidagi maqsadlari esa uning milliy mafkurasida yaqqol aks etadi.

Milliy mafkuradagi olijanob g‘oyalar, qarashlar, fikrlar, nazariy xulosa va qoidalarning katta ijtimoiy kuchga aylanishi uchun ular, eng avvalo hayotimizga, ong va tafakkurimizga chuqurroq singgan, xalq qalban uni idrok etgan va aql–idrokini mulkiga aylantirgan, usiz borlig‘ini, hayoti ma’nosini tasavvur eta olmaydigan bo‘lishi lozim. Buning uchun g‘oyaviy targ‘ibot–tashviqot ishlariga alohida e’tibor qaratishga to‘g‘ri keladi. Aslida, targ‘ibot–tashviqot ham ma’naviy ma’rifiy–mafkuraviy ta’lim


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə