Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


Gimnastikachi qizlarning kuch-quvvatini tiklantiruvchi pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik vositalar7



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü226,62 Kb.
#138662
1   2   3   4   5   6   7
Anvar kurs ishi

1.1. Gimnastikachi qizlarning kuch-quvvatini tiklantiruvchi pedagogik, psixologik va tibbiy-biologik vositalar7
Pedagogik tiklantiruvchi vositalarni sportchini kun tartibida va trenirovkani tashkil etishda topadi. Bu tiklantiruvchi vosita o‘z aksini sportchi shug‘ullanish darajasida hamda ko‘p yillik tayyorgarlik davrida va og‘irliklarni to‘g‘ri tashkil etishda, musobaqa va trenirovka ohirlarida sog‘liqni profilaktika qiladigan aktiv dam olishlarni tashkil etish; mashg‘ulotlarni turli xilda amalga oshirish; sutkalik trenirovkalarni tashkil etishda ertalabki tayyorlovchi kechqurungisi esa tiklantiruvchi xarakterga ega bo‘lishni ta'minlash; nagruzkalarni tanlashda individual qo‘llashni amalga oshirish musobaqa va birinchiliklarda to‘liq qiymatli razminkalarni amalga oshirish; to‘liq qiymatli bo‘lishlik uchun passiv dam olishni tashkil qilish; o‘z-o‘zini massajni amalga oshirish; musiqa ostida mashqlar bajarish. Bularni amalga oshirishda quyidagi omillar katta ahamiyatga egadir. A) Mashqlar va trenirovkalarni xar xil sharoitlarda amalga oshirish; b) Xar xil snaryadlar; v) Tashqi muhitni psixikaga ta'sir qiluvchi omillarni hisobga olish yoritilganlik, rang, xonalar, musiqa, ionizatsiya, simobli kvarlsi, lampalar yordamida, polning rang va boshqalar. Shunday qilib pedagogik tiklantiruvchi vositada birinchi navbatdagi vazifa ayrim mashqlarni takrorlash, yugurish, tayyorgarlik mashg‘ulotlari, sutkalik aylanma mashg‘ulotlar davrida o‘zgaruvchi vaqti dam olishlarni tashkil qilishdan iborat. Bu birinchi navbatda og‘irliklarni bitta tayyorgarlik mashg‘ulotida oylik, yillik olimpiya sikllarida to‘siqsimon tashkil qilishda o‘z ifodasini topadi. Pedagogik tiklantiruvchi vosita xar bir mashg‘ulotni pedagogika qonun-qoidalariga asosan tuzilishida o‘z ifodasini topadi. Shunga ko‘ra xar bir mashg‘ulot kirish, tayyorlovchi asosiy va yakunlovchi qismlardan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri tashkil qilingan kirish va tayyorlovchi qismlar tezroq organizmni ishga kirishishiga imkoniyat yaratadi va asosiy qismda yuqori ish qobiliyatni vujudga keltiradi.Maqsadga muvofiq qilib yakunlovchi qismni
tashkil qilish mashqlarni bajarishdan so‘ng charchashni yo‘qotib organizmni tez tiklanishiga imkoniyat yaratadi (10-19).
Asosiy qismda mashq va usullarni to‘g‘ri tanlash va ularni qo‘llash sportchilarni yuqori ish qobiliyatini ta'minlaydi.
Tayyorgarliklarni tashkil qilishda og‘irlik va dam olishni to‘g‘ri tashkil etish muhim omil hisoblanadi. V.V.Vrjeenevskiy (1964) fikricha musobaqalarga 3-7 kun qolganda katta og‘irlikdagi mashqlarni qo‘llash mumkin emas. Xuddi shuningdek A.S.Medvedov (1967) ma'lumotlariga ko‘ra musobaqa oldidan og‘ir atletikachilarda maksimal og‘irlikni ko‘tarish tavsiya etilmaydi. Pedagogik tiklantiruvchi vositada to‘liq qiymatli razmenka ahamiyatli hisoblanadi. Razmenka orqali markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘alishi vujudga kelib, muskur intensiv ish bajarishi uchun imkoniyat vujudga keladi. Razmenkani hisobga olmaslik tayanch harakat apparati jaroxatlarini kelib chiqishiga imkoniyat yaratadi. Organizmni funksional holatini pasaytiradi, ba'zi sportchini uzoq muddat davomida safdan chiqarishga olib keladi. Razmenkani fiziologik mohiyati shundan iboratki, u bosh miya po‘stloq qismida nerv protsesslarini qo‘zg‘alishi va harakatchanligini oshiradi, nafas olish va qon aylanishini kuchaytiradi, skelet muskullarida fizik ximik protsesslari va modda almashinuvini tezlashtiradi. Bu holat tana xaroratini oshishiga va zaxiradagi kapilyarlarni ochilishisha olib keladi. Muskulni elastikligini oshiradi, gemoglabinni xujayra va to‘qimalarga kislorodni berishi tezlashadi.
U umumiy va maxsus qismlardan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy qismida xar xil umumiy rivojlantiruvchi mashqlar qo‘llaniladi. Bu mashqlarga yurish, yugurish, qo‘l, oyoq va gavdaga mashqlar berish kabilardan iboratdir. Razminkaning umumiy qismini davomiyligi sport turiga, tashqi sharoitiga sportchining organizimini funksional holati va tayyorgarlik davriga bog‘liq. Razminkani maxsus qismi sportni turiga hos bo‘lgan taqlidiy mashqlardan iboratdir. Razminkani amalga oshirish organizmda bir qator oksidlovchi
fermentlarni aktivligini oshirishga olib keladi va kreatinfosfatni tejashga va glikolizni kam kuchayishiga imkoniyat yaratadi.
Psixik tiklantiruvchi vositalar tiklanish jarayonida fiziologik sistemalarni va ish qobiliyatini vujudga kelishini yakunlaydi. Bunga quyidagilar kiradi;
-ishontirib uyquni keltirish, avtogen trenirovka va uning modifikatsiyasi, muskulni bo‘shashtirish, maxsus nafas olish mashqlari. Komfort turmush tarzi va salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi vositalarni yo‘qotish individual hususiyatni hisobga olib xar xil xizmatlarni tashkil etish; medik-biologik tiklantiruvchi vositalarni trenirovka va musobaqa davrida ish qobiliyatini tiklovchilar kiradi.

  1. Katta kopleksli gigiena tadbirlar, biologik qiymatini oshirilgan maxsulotlar, xar-xil ovqat aralashmalari, kun tartibi, shaxsiy gigiena va boshqalar.

  2. Xar xil fizoterapiya va bolneologik vositalar aero va gidroinizatsiya, tog‘ va dengiz iqlimlari va boshqalar.

  3. Xar-xil massaj turlari (qo‘l, apparat, kombinerovanniy, o‘z-o‘zini massaj).

  4. Davolovchi vositalar (kislorod, refleks terapiyalar va boshqalar.

  5. Farmakalogiya vositalar. Sportchilarda sutkada 4 martabalik ovqatlanishni amalga oshiriladi. Musobaqa oldidan 2 kun davomida trenirovkani kamaytirib, ko‘proq uglevodli ovqat ratsionida oshiriladi. Nonushta 25 foizni tashkil etadi. Ovqat tartibida yog‘lar miqdori kamaytirilib va selyulozani miqdorini oshiriladi. Tushlik 35 foizni tashkil etadi. Uning tarkibida xayvon oqsili miqdori ko‘paytirilishi kerak, (go‘sht) uglevod va yog‘lar ham oshiriladi. Kechki ovqat 25 foizni tashkil etadi. Uning tarkibida sut maxsulotlarini oshirilishi, baliq va bo‘tqadan iborat bo‘lishi kerak. Asosiy ovqatdan trenirovkagacha 1,5-2 soat o‘tkazilishi lozim. Marafon va boshqalarda 3 soat (tezlik va kuch talab qiladigan sport turlarida). Bunda qo‘y va cho‘chqa yog‘lari va qovurilgan go‘shtlar uzoq xazm bo‘ladi (4-5 soat). Qaynatilgan go‘sht 3-4 soat qaynatilgan balq 2-3 soat. Trenirovkadan va musobaqalardan keyin ovqatni 30-40 minutdan keyin iste'mol qilish kerak. Ish qobiliyatini oshirishda vitaminlarning ahamiyati katta. Bunda

polivitaminlar ancha qo‘l keladi va ularni iste'mol qilishda normaga amal qilish zarur (10-19).
Biologik qiymatni oshirilgan maxsulotlarga quyidagi 3-gurux moddalar kiradi. 1oqsil moddalar. Oqsil glyukoza vitaminlar yoki mineral tuzlar kiradi. 2. Uglevodlar, mineral ichimliklar kiradi. 3. Makro va mikro elementlar va vitaminlar kiradi. Oqsilli preperatlarda sutkalik dozasi 40-50g oqsil, uglevodli mineral ichimliklarda 60-80 g.dan ortiq bo‘lmagan uglevodlar(saxar, glyukoza, fruktoza) bo‘lishi kerak. Organizmni tez tiklanishiga kun tartibi, uyqu, shaxsiy gigienalar ijobiy chekish va ichish kabilar salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Organizmni tiklanishiga fizikaviy faktrlar katta ahamiyat kasb etadi.
Ultrabinafsha nur, suv bilan davolash muolajalari (10-19).
Medik-biologik tiklantiruvchi vositalar orasida ayniqsa massaj juda katta ahamiyatga ega. Massaj qo‘l (davolash, kosmetik gigiena va sport) va apparat tipiga bo‘linadi. (Vibratsion, gidrovibratsion, pnevmovigratsion, pnevmomassaj, gidramassaj, ultrazvuk massaji, baromassaj va boshqalar massaj qilish turiga bo‘linadi. Hamda kombinirovkaning (birgalikda) bunda qo‘l va apparat massajlari birgalikda qo‘llaniladi. Shu bilan birgalikda yana bir qator yordamchi gigienik vositalar mavjudki, bularning ijobiy ta'siri hisobiga organizmning ko‘rish organ va sistemalarining ish qobiliyati yaxshilanadi va kuch-quvvatning tiklanish jarayonlari tezroq kechadi. Kuch-quvvatni tiklashga qaratilgan yordamchi gigienik vositalar alohida-alohida qo‘llanish ham, shuningdek, boshqa medik-biologik vositalar bilan birgalikda kompleks tarzda qo‘llanishi ham mumkin. Kuch- quvvatni tiklashga qaratilgan qo‘shimcha gigienik vositalarni tanlash, ularning qanday turi va usullarini qo‘llanishni trener bilan vrach hamkorlikda ham erishishlari hamda bu kadrlarni sport turiga, tayyorgarlik bosqichiga, trenirovka va musobaqa nagruzkalarining xarakteriga, bo‘ladigan musobaqalarning muddatiga, sportchining individual xususiyatlariga, uning charchash darajasiga va shu singari ma'lumotlarga qarab amalga oshirishlari lozim. Quyida kuch-quvvatni tiklashga qaratilgan qo‘shimcha gigienik vositalarning asosiy turlari bo‘lish; suv
protsezuralari, hammom, ultrabinafsha nurlarda chiniqish, ionlashtirilgan havo, kislorod va tabiatning go‘zal manzarali joylaridan foydalanishi mumkin (10-19).
Suv protseduralari juda ko‘p suv protseduralari ichida birinchi navbatda dushdan va issiq va sovuq; ya'ni kontrakt dushdan, iliq va issiq sovuq (aralash) vannalardan foydalanish tavsiya etiladi. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, dush organizmga haroratli hamda mexanik ta'sir ko‘rsatadi. Uning organizmga ta'siri suvning mexanik ta'sir etish kuchiga hamda suv xarakatining indifferent harorat (34-360) dan farqiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur omillarning turlicha mushtaraklikda qo‘llanish turlicha samara beradi. Qaynoq va uzoq muddat dush qabul qilinadigan bo‘lsa, bu his-tuyg‘u va harakat nervlarining qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, modda almashinuv intensivligini oshiradi.
Iliq dushlar organizmga orom baxsh etuvchi, uni tinchlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, qisqa muddatli sovuq va qaynoq dushlar muskullarning va yurak-qon tomir sistemalarining tonusini oshiradi. Kontrast dush kuch-quvvatni tiklashning eng samarali vositasi xisoblanadi, u quyidagi metodika asosida qabul qilinishi kerak: 1 minut qaynoq suv (37-380) da turishi keyin esa 5-10 minut sovuq suv (12- 150)da turishi kerak va xokazo. Bu tadbir 6-11 minut davom etadi. Iliq vannalar kuch-quvvatning tezroq tiklanishiga yordam beradi, uni trenirovka mashg‘ulotlaridan so‘ng yoki kechasi qabul qilish tavsiya etiladi. Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etishi kerak. Kontrast vannalar biri qaynoq (suvning harorati 38-420) va ikkinchi sovuq (suvning harorati 10-240) bo‘lgan ikki xil vannalar (baseynlar) da qabul qilinadi. Dastlabki sportchi2-3 minut mobaynida issiq vannada, so‘ngra esa 1-1,5 minut sovuq vannada bo‘ladi.
Vannalarni almashtirish 7 martagacha o‘tkaziladi. Bu tadbir sovuq vanna qabul qilish bilan yakunlanadi. Vannadan chiqqan zahoti butun a'zo badanni quruq sochiq bilan tez-tez artish kerak. Kontrast vannalar har kuni yoki kun ora qabul qilinadi. Xvoy solingan vannalar organizmga issiqlik ta'sirini o‘tkazib mexanik samara berishidan tashqari organizmga xush yoqadigan o‘ziga xos ta'sir ham ko‘rsatadi. Ular teri retseptorlarining tarmoq uchlariga qitiqlovchi-qo‘zg‘atuvchi
ta'sir ko‘rsatib, maxsus analizator vazifasini o‘taydi. Shuning uchun xvoy daraxtining xushboy moddalari murakkab reflektorli yo‘llar orqali markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi orombaxsh ta'sir ko‘rsatadi. Xvoyli vannani tayyorlash uchun quruq xvoy yoki 100 ml suyuq xvoy ekstrakti qo‘shib eritiladi. Bu vaqtda vannadagi suvning harorati 35-370 bo‘lishi kerak. Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etadi. Vannani xar kuni yoki kun ora qabul qilinadi. (Xar bir kurs mobaynida 15-20 marta vanna qabul qilinadi).Kislarodli vannalar suvni kislorodga to‘yintirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Vannaga kislorod maxsus trubachalar sistemasi orqali vannaning ostida yuboriladi.
Kislorodli vannalar nerv sistemasiga orombaxsh ta'sir ko‘rsatib, uni tinchlantiradi ham qon va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinishini yaxshilaydi. Vannadagi suvning harorati 34-360 bo‘ladi.
Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etadi, (butun kurs mobaynida 15-20 marta vanna qabul qilinadi). Marvarib vannalar havoning ta'siri ostida suvning mayda pufakchalarga aylantirib yuborish hisobiga tayyorlanadi.
Bunday vannaga turlicha sportchining badanini suv zarralari mayin, nozik titiklash tufayli u ajib bir xuzur baxsh holatini boshidan kechiradi.
Bunday vannalar kishining charchog‘ini tez yozib yuboradi hamda nerv sistemasining funksional xolatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Vannadagi suvning harorati 34-360 bo‘ladi. Vanna qabul qilish 10-15 minut davom etadi. (Butun kurs davomida 10-15 marta vanna qabul qilinadi. Hammomlar va issiqlik kameralari, bug‘ hammomi va quruq xavoni (sauna) hammomi organizmga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, kishining ish qobiliyatini oshiradi va kuch-quvvatini teziroq tiklanishiga yordam beradi. Xammomda bo‘lgan vaqtda sportchi organizimi, Yuksak harorat va havoning namligi, shuningdek, suv tuz almashinuvining muayaan tebranishlari taqozo etgan anchagina sezilarli darajadagi issiqlik ta'siriga moslashib boradi. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, organizmga sauna xammomi ayniqsa yoqimli, xuzurbaxsh ta'sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham u sport amaliyotida kuch- quvvatni tiklash vositasi sifatida keng qo‘llaniladi. K.A.Kafarov olib borgan
tadqiqotlarda (1967-1974) sportchilarning kuch-quvvatini tiklashning turli usullari o‘rganib chiqilgan (10-19).
Olim tomonidan “Sport va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari vaqtida quruq xavoli hammomni qo‘llanish yuzasidan metodik tavsiyanomalar” (1974 y) ishlab chiqilgan. Metodik tavsiyanomani Sog‘liqni saqlash Minstrligi tasdiqlagan sauna hammomida eng qulay sharoit bo‘lganda havoning harorati 70-750 s va havoning nisbiy namligi 5-10% o‘rtasida bo‘ladi. Sauna hammomida cho‘milish vaqti (sportchining salomatligini, yosh va individual xususiyatlarini, shuningdek, o‘sha sharoitga organizmning moslasha olish xususiyatlarini hisobga olgan holda) qat'iy ravishda normaga solishni taqozo etiladi. Haddan tashqari issiq hammomda uzoq muddat cho‘milishmaqsadga muvofiq emas, chunki bunda kishining sport sohasidagi ish qobiliyati pasayib ketishi mumkin.
Hammomda qancha vaqt bo‘lishi kerakligini belgilashda quyidagi xolatlar xisobga olinadi: bu hammomda tushilguncha trenirovka o‘tkaziladimi yoki yo‘qmi va hammomdan chiqqach tez orada (o‘sha kunning o‘zidayoq yoki oradan bir sutka va undan ko‘proq vaqt o‘tkazib) trenirovka o‘tkaziladimi yo‘qmi ekanlimgiga bog‘liq. Shu munosabat bilan quruq havoni hammomda bo‘lishning (bunda havoning harorati 700 va nisbiy namligi 5-15% bo‘ladi) quyidagi muxlat tavsiya etiladi. Bunda agar musobaqa va trenirovkalar o‘tkaziladigan kuni sauna hammomiga tushiladigan bo‘lsa, u xaqida hammomga bo‘lishidan oldin trenirovka o‘tkazgan sportchilar hammomda 8-10 minut bo‘lishlari va hammomga tushguncha, trenirovka qilmagan sportchilar 10-12 minut cho‘milishlari kerak. Trenirovka va musobaqalar hammomga tushilganidan keyin oradan 24 soat vaqt o‘tgach, hammomda bo‘lishning eng muvofiq muddatlar quyidagicha bo‘ladi: hammomga tushguncha trenirovka qilgan sportchilar uchun 20 minut, hammomga tushguncha trenirovka qilmagan sportchilar uchun 25 minut vaqt ajratiladi. Agar saunadagi mikroiqlim sharoitlari yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan sharoitlardan farq qilsa, tegishli sharoitda va shunga muvofiq tarzda hammomda bo‘lish vaqtining muddatlari ham o‘zgartirilmog‘i kerak. Hammomdan chiqqan sportchilar
(hammomda qancha muddat bo‘lganliklariga qarab)dam olishlari lozim. Masalan, sauna hammomida maksimal muddatlar ichida cho‘milgan kishi 45-60 minut mobaynida dam olishi zarur. F.P.Talishev va V.U Avanesov (1970-1973 yillar). Sportchilarning ish qobiliyatini tiklash uchun sauna hammomini qo‘llanishning boshqa yangi metodikasini taklif etdilar.
Ular sauna hammomini ertalabki va kechqurungi trenirovkalar orasidagi tanafuslar vaqtida shuningdek, musobaqalar o‘tkazish jarayonidan va boshqa turli tadbirlar bilan sauna hammomga tushish tadbirini mushtarak holda qo‘llashning bir qancha variantlarini tavsiya etadilar. Susayib ketgan ish qobiliyatini ertalabki va kechqurungi trenirovka orasidagi tanafus vaqtlarida tezda tiklab olish uchun hararati 100-1200 bo‘lan saunalardan foydalanmoq zarur. Bunday hammomga kirib chiqish miqdori 3 martadan ortiq bo‘lmasligi va xar bir kirish 5-7 minut davom etishi kerak. Xar safar bug‘xonadan chiqqandan keyin 20-40 sekund mobaynida sovuq dush yoki suvning harorati 13-150 bo‘lganvanna qabul qilib, keyin esa yana 1 minut mobaynida qayloq bush yoki vannaga tushiladi. Ushbu tadbirning oxirida hammom yaqinidagi dam olish joyida 5-7 minut o‘tirish yoki yotish zarur. Basharti, shu kunning ertasiga trenirovka mashqlari yoki musobaqalarda qatnashish zarur bo‘lsa, u xolda sportchi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan metodika bo‘yicha sauna qabul qilish mumkin. Katta xajmdagi trenirovka ishlari bajarilganch, bir kun dam olgandan so‘ng shuningdek, trenirovka va musobaqalar bo‘lib o‘tgandan keyin ular orasidagi tanafus 20 soatdan ortiq bo‘lganda o‘zgacha metodimka qo‘llaniladi. Harorati 100-1200 bo‘lgan saunaga sportchi 3-4 marta kirib chiqadi va xar safar 5-7 minut turadi. Har safar saunaga kirib chiqilgach 10-15 sekund sovuq dush yoki vanna qabul qili, usha zahoti 2,5-3 minut mobaynida iliq dushga tushadi. Bunda dush yoki vannaga har safar tushiladigan vaqtlar orasidagi tanafus 7-10 minutdan iborat bo‘lib, vannadagi suvning harorati 300ga yaqin bo‘lishi kerak. Musobaqalardan keyin yoki navbatdagi trenirovka sikllarining oxirida trenirovka nagruzkalari kamaytirib boriladigan bo‘lsa, sauna hammomiga ertasiga erta bilan tushish kerak. Bunda
(sportga o‘zini qanday his qilayotganligiga qarab) bug‘xonaga 3-4 marta kirib chiqiladi va har safar saunada 5-7 minutdan turiladi. Bunda vannadagi suvning harorati 26-300 bo‘lishi kerak.Sauna va massaj o‘zaro mushtarak holda qo‘llanilganda bu tadbir kuch-quvvatning tiklanish jarayonlariga qay darajada ta'sir etishini o‘rganib chiqilgan. Bunda saunadagi havo harorati 75-800, havoning nisbiy namligi esa 3-5 % bo‘ladi. Tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, dam olishning qancha vaqt davom etishi, qo‘llaniladigan protseduraning turi bilan sport nagruzkalaridan keyin pasayib ketgan ish qobiliyatining tiklanish jarayonlari bir- biriga bog‘liq bo‘lar ekan. Jismoniy nagruzkalar o‘rtasidagi dam olish muddati 20 va 100 minut bo‘lganida tiklanish massajlaridan foydalanib ish qobiliyatining eng ko‘p darajada tiklanib olishga erishilgan dam olish intervali 140 minutdan 24 soatgacha bo‘lganda – passiv dam olish fanidan sauna hammomiga turishni massaj qilish bilan birga qo‘shib o‘tkazilganda, eng yaxshi natijaga erishilgan. Binobarin, agar ish qobiliyatini zudlik bilan tiklab olish zarurati tug‘ilsa, u holda faqat massajning o‘zini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Trenirovka nagruzkalari bilan dam olish muddati o‘rtasidagi vaqt 2,5 soatdan oshib ketgan xollarda esa saunani massaj qilish tadbiri bilan qo‘shib o‘tkazish tavsiya etiladi. Vatanimizning sanoati ishlab chiqarayotgan “Termika” debatalayotgan kichik hajmli issiqlik kamerasi sportchilarning kuch-quvvatini tiklash va ularni musobaqalarga tayyorlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin. Issiqlik kamerasi ikki agregatdan iborat bo‘lib, ulardan birida isituvchi qurilma, ikkinchisida esa issiqlik kamerasi joylashtirilgan bo‘ladi. Issiqlikni saqlovchi tentga ega bo‘lib, bu teng ikki qatlam neylondan iborat bo‘ladi. Neylon qatlamlari orasiga paralon qo‘yilgan bo‘ladi. Issiqlik kamerasidagi harorat 1300gacha ko‘tarilishi mumkin, shunga qaramay sportchi nafas olishga qiynalmaydi, chunki uning boshi kameradan tashqarida bo‘ladi. Katta trenirovka nagruzkalaridan keyin kuch-quvvatni tiklab olish uchun haroratni 60-750 bo‘lgan issiqlik kameralaridan foydalanib bir necha seans o‘tkazish tavsiya etiladi. Bunda xar bir seans 30,45, 60 minut davom etishi kerak. Issiqlikning badanga ta'sirini oshirish uchun o‘z-o‘zini massaj qilish, vibromassaj usulini qo‘llash bilan birga
qo‘shib olib bormoq kerak. (V.A.Geselevich) “Termika” issiqlik kamerasidan trenirovka va musobaqalar oldidan sportchilarning umumiy razmenkasi uchun ham foydalanish mumkin. Bunday vaqtlarda harorat 75-900 bo‘lib, seansning o‘zi 15 minut davom etishi kerak. Sun'iy ultrabinafsha nurlarda chiniqish. Yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, quyoshning ultrabinafsha nurlaridan bahramand bo‘lish organizmga ko‘p tomonlama ijobiy ta'sir ko‘rsatadi: Salomatlikning mustaxkamlashga, ish qobiliyatini oshirish va organizmni chiniqtirishga yordam beradi. Biroq quyosh nurining biologik jihatdan eng aktiv qismi bo‘lgan. Ul'tirabinafsha nurlar radiatsiyasi o‘zining intensivligi jihatdan ham spektral tarkibi jixatidan ham kattagina tebranishlarga ega bo‘ladi hamda joyning qanday geografik kenglikda ekanligiga, yil fasllariga, kunning vaqtiga, meteorologik sharoitlar va shu singari omillarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzgi-qishki davrga kelib, ultrabinafsha nurlarining tabiiy radiatsiyasi qisman yoki to‘la ravishda bo‘lmaydigan vaqtlarda sportchining organizimi ana shu nurlarga katta ehtiyoj sezadi. Buning natijasida nerv sistemasining funksional holati yomonlashadi, modda almashinuv jarayonlari buziladi (10-19).
Immunobiologik potensial susayib, ish qobiliyati pasayib ketadi.
Sportchining organizimi sun'iy ultrabinafsha nurlaridan bahramand qilish kuzgi-qishqi davrda salomatlikni yaxshilashga yordam beradi hamda markaziy nerv sistemasining funksional xolatini hamda turli modda almashinuvi jarayonlarini normallashtirish hisobiga ish qobiliyatini oshirishga yordam beradi.(V.D.Gorkin, G.I.Krasnoselskiy, A.P.Laptev, va boshqalar). Biroq sport amaliyotida ultrabinafsha nurlardan foydalanish keng tadbiq qilinadi. Bunga sabab uzoq yillar mobaynida simob-kvaru lampalaridan ultrabinafsha nurining yagona manbai sifatida foydalanib kelingandir. Uning qisqa to‘lqinli qismida ultrabinafsha nurlarining mavjudligi va uning nihoyatda katta quvvatga ega ekanligi bu nurdan foydalanish vaqtini bir necha daqiqaga cheklab qo‘yadi, undan foydalanishda himoya vositalari qo‘llanishini hamda har bir kishining o‘ziga xos bo‘lgan qat'iy individual dozalarga rioya qilishni taqozo etadi. Sportchilarning
gruppa tarzida nur bilan chiniqtirish tadbirlarini birinchi maxsus jixozlangan xona fotariyalarda meditsina xodimlarining nazorati ostidagina o‘tkazish mumkin. Eritemali lyuminessent lampalari simob-kvars lampalarga qaraganda ancha kamroq darajada intensivlikka ega bo‘lgan uzun to‘lqinli ultirabinafsha nur chiqarish xususiyatiga egadir. Bu esa ulardan bevosita sport inshootlarining o‘zida foydalanish imkonini beradi. Bu qurilma shunday foydali ultirabinafsha nurlar ajratib chiqaradiki, u nurlar xuddi tabiiy sharoitlarda quyosh nuridan bahramand bo‘lib olinadigan ultirabinafsha nurlarga o‘xshaydi. Shu bilan birga trenirovka mashg‘ulotlari vaqtida sportchilarning ultirabinafsha nurlar bilan chiniqtirish ularni fotariyalarda chiniqtirish bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy tarzdagi noqulayliklarning oldini olish imkonini beradi. Ultirabinafsha nurlarning tabiiy radiatsiyasi susaygan vaqtda trenirovka mashg‘ulotlari davomida eritem lampalarni qo‘llanilib, sportchilarni nurda chiniqtirish, ularning salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi va sportchilarning ish qobiliyatlarini oshirish uchun to‘lqinli ultirabinafsha nurlar radiatsiyasini qo‘llanish yuzasidan quyida bayon etiladigan gigienik qoidalar ishlab chiqilgan (A.P.Laptev). Uzun to‘lqinli ultirabinafsha nurlar radiatsiyasining sun'iy manbalari (EL tipidagi eritem lyuminessent lampalari hamda DRVED tipidagi yuqori bosimli eritem lampalari) sport zallarida kurash, og‘ir atletika, boks, gimnastika, akrabatika mashg‘ulotlari o‘tkazilayotgan vaqtda qo‘llanish mumkin. Bunda sun'iy quyosh iqlimi yaratiladi. Bu usul fotariyalardagi nur bilan chiniqtirishga nisbatan o‘zining fiziologik ta'siri, soddaligi va havfsizligi bilan farq qiladi va shuning uchun ham undan foydaliroq hisoblanadi. Sport inshootlarini eritem lampalari bilan jihozlayotgan paytda “Odamlarda nur yetishmaslik kasalligining oldini olish yuzasidan qo‘rsatmalar”ga amal qilish zarur. Eritem lampalari uchun armatura sifatida maxsus yoritkichlardan yoki lyuminessetli yoritkich lampalar uchun mo‘ljallangan oddiy armaturalardan foydalaniladi. Bunday armaturalar ostida nurni xar tomonga taratuvchi oynalar bo‘lmasligi, buning o‘rniga dyuralyuminiydan foydalanib nur qaytargich yasaladi. Bunda armatura ko‘z nurini ximoya qiluvchi maxsus ekranlashtirilgan bo‘lishi
yoki nur bilan chiniqishni aks etib qaytarilgan eritem oqimi orqali ta'min etishi kerak. Eritem lampalar o‘rnatilgan yoritkichlar sportchilar ko‘proq vaqtini sport zamining qaerida o‘tkazilsa o‘sha yerda o‘rnatilishi ya'ni eritem nuri bilan qyerini ko‘proq yoritish zarur bo‘lsa o‘sha joylarga o‘rnatilishi kerak.
Bunday lampalar kurash mashg‘ulotlari vaqtida kurash maydoni ustiga, boks mashg‘ulotlarida-ringga o‘rnatiladi. Sport zali eritem lyuminessent lampalari bilan jixozlanayotgan vaqtda eritem nuri bilan chiniqish me'yoriy (dozasi)ning muayyan miqdorini taxminan xisoblab chiqish lozim. Trenirovka mashg‘ulotlari qancha vaqt davom etish mumkinligini bilgach eritem nuri bilan chiniqish miqdori xisoblab chiqiladi. Bu miqdor pol yuzasida 1 m balandlikdagi darajada ta'min etilmog‘i kerak. 60-90 minut davom etgan trenirovkalar vaqtida eritem nuri bilan chiniqish miqdori 15-25 mer/m2 dan bo‘ladi. Mazkur ma'lumotlardan kelib chiqqan holda va shunga muvofiq ravishda xar bir sport zali uchun eritem lyuminessent lampalar yoritkichni qanday joylashtirish loyixasini tuzib chiqiladi. Eritem nuri qurilmalarini montaj qilish tamom bo‘lganidan keyin sport zalida eritem nurlari bilan chiniqish qanchalik darajada bo‘lishini kontrol o‘lchovidan o‘tkaziladi hamda trenirovka mashg‘ulotlari xar xil variantlarda o‘tkazilgan vaqtda eritem nuri bilan chiniqish miqdori sinab ko‘riladi shu maqsadlar uchun ultrafioletmetrlar yoki ufimetrlar (UFM -5, UFI-65 va boshqalar singari maxsus priborlardan foydalaniladi. Mana shu olingan ma'lumotlar asosida maskur zalda mashq qilayotgan sportchilarning turli gruppalari uchun eritem nur sochuvchi qurilmalardan foydalanish jadvali tuzib chiqiladi. Nurda chiriqayotgan sportchilar yengil (tursik va maykalarda) bo‘lishlari kerak. Mazkur zalda bir kunda bir necha mashg‘ulot o‘tkazadigan o‘qituvchilar esa egnilariga yopiq (qalin) sport qostyumi kiyib olishlari va iloji boricha ultirabinafsha nurlarining ta'siri zonasidan tashqarida bo‘lishga xarakat qilishlari kerak. Eritem lyuminessent lampalaridan foydalanishning iloji bo‘lmagan sport turlarida sportchilarni ultirabinafsha nurlar ratsiyasimanbalari bilan ta'min etib jixozlarning fotariyalarida nur bilan chiniqtiriladi. Eritem lyuminessent lampalar fotariyalar kabina shaklda va yo‘lak
tipida bo‘lishi ham mumkin. Kabina shakildagi fota riyalarda vertikal joylashtirilgan EL -30-1 tipidagi eritem lampalar devor xizmatini o‘taydi. Yo‘lak tashidagi fotariyalar labirint shaklida bo‘ladi va bir vaqtning o‘ziga anchagina kishilarni nur bilan chiniqtirish xusisiyatiga ega bo‘lishi. Har birining orasi 1,2-1,5 m va umumiy uzunligi 30m bo‘lgan 4 ta yo‘lak oralig‘idagi devorchalarga EL-30-
1 tipidagi eritem lampalar vertikal shaklda joylashtirilgan bo‘ladi. Fotariyalar jixozlanayotganda ularning qancha nur bera olishi ham kishilarni nur bilan davolash dozalari ham oldindan xisoblab chiqiladi. Sportchilarni fotoriyalarda nur bilan chiniqtirish jarayonida davomiy dozalardan foydalaniladi yoki asta-sekin ortib boradigan dozalar qo‘llaniladi. Sportchilarni ultirabinafsha nurlari bilan chiniqtirish tadbirini xar bir joyning o‘ziga xos bo‘lgan iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda kuz-qish hamda bahor fasillari mobaynida o‘tkazish tavsiya etiladi (10-19).
Shimoliy kenglikning 600 dan shmolroqdagi rayonlarda bu tadbir 1 oktyabrdan, 1 aprelgacha o‘rta miqdorda (shimoliy kenglikning 50-600 da) -1 noyabrdan, 1 aprelgacha janubiy zonada (shimoliy kenglikning 45-500 da), 1 dekabrdan, 1 martgacha o‘tkaziladi.
Ionlashtirilgan havo. Yuqorida takidlab o‘tilganidek ionlashtirilgan havo organizmning funksional holatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Ionlarning konsentratsiyasini, qutblari, xarakatlanganiga hamda aeroion omilining qonga muddat ta'sir etib turishiga qarab, ionlar ta'sirining xarakteri salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. yengil ionlarning bir meyorda ortib boradigan konsentratsiyasi (xar bir sm3 da 3000-4000 ion) mavjud bo‘lgan havo muxitida, ayniqsa manfiy ionlar ko‘proq bo‘lgan xollarda, bunday konsentratsiya organizimga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Aeron rejimi qulay bo‘lgan bunday sharoitlar mamlakatimizdagi ko‘pgina dam olib maskanlari va favoralar yaqinida, tog‘lik joylarda shuningdek erta tong maxali va kechqurungi (quyosh botishi oldida) soatlarida ko‘proq kuzatiladi. Biroq bazan tarkibida musbad ionlar ko‘proq bo‘lgan atmosferaning haddan tashqari yuqori darajadagi ionlashtrilishi arganizimda ko‘ngilsiz
holatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi: bu nday holatlarda ba'zi qlishga sabab bo‘ladi:bunday xolatlarda ba'zan bosh og‘riydi, nerv sistemastning qo‘zg‘aluvchanligi ortib ketadi, arterial bosim oshadi va shunga o‘xshash kishini bexuzur qladigan xolatlar paydo bo‘ladi . bunday vaziyatda ko‘pincha tog‘ cho‘qqilariga ko‘tarilganda: soy va jarliklarga tushilganda: shuningdek:kechki maxalliy shamollar (fen, nord, -ost va boshqalar) esib aeroionizatsiya keskin darajada o‘zgarib ketganda kuzatilishi mumkin. Shu bois trenirovka mashg‘ulotlarini, o‘quv-trenirovka sborlarini o‘tkazish uchun, sport inshootlari kurish uchun joy tanlanayotganda mana shu mahalliy sharoitlarni, bu yerdagi aeroion sharoitlarini xisobga olmoq zarur. Sun'iy ravishda ionlashtirilgan havodan nafas olish sport soxasidagi shu qobiliyatini oshirishga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. A.A.Minx va uning hodisalaridan shuni aniqladilarki, xar kuni manfiy ionlar seansini qabul qilayotgan sportchilarga mazkur kursning 3-4 haftasidan keyin markaziy nerv sistemasining funksional xolati yaxshilanganligi kuzatilgan.
Sportchilarning muskul kuchidagi ko‘rsatkichlarning o‘sish sur'ati ham ancha yuqori bo‘lib qolgan. Shuningdek sportchilardagi statik va dinamik ishlarga bo‘lgan bardoshlik ancha ortgan. Shu bilan birga sportchilarning kayfiyati ham, uyqusi ham yaxshilanib, ishtaxalari ochilib ketgan aeromonizatsiya organizmning chiniqishiga vitamin almashinuviga hamda vestibulyar barqarorlikka ijobiy ta'sir ko‘rsatgan (I.N.Malisheva, A.M.Laktin, I.M.Barisov, G.I.Nikiforova va boshqalar).
Binobarin sun'iy ravishda ionlashtirilgan havodan ish qobiliyatini oshirish va sportchilar kuch-quvvatini tiklash jarayonlarini tezlashtirish uchun foydalanish mumkin ekan. (L.M.Lepexina, I.N.Xavkina va boshqalar). Sportchilarni tayyorlashda aeroionizatsiyadan foydalaniladigan bo‘lsa, sport praktikasida ionlashtirilgan havoni qo‘llanish yuzasidan metodik ko‘rsatmalarga amal qilish zarur.
A.Eroionizatsiya sport sohasidagi ish qobiliyatini oshirish, chiniqish jarayonlarini fiziologik jihatdan rag‘batlantirish hamda murakkab iqlim
sharoitlariga moslash, sportchilarning salomatligi va umumiy ahvolini yaxshilash uchun qo‘llash tavsiya etiladi.
Manfiy ionlashtirilgan havo bilan har bir seansda 30-35 milliard aeroion dozasini qo‘llanib, ingalyasiya qilish har kuni 10 minutdan davom ettiriladi. Aeroionizatsiya kursi 3-4 haftaga mo‘ljallangan bo‘ladi. Aeroionlar manbai sifatida Revichning elektroefflyuvial aeroionizatoridan yoki gidro aeroionizatorlardan foydalanishmumkin. Bularning ishi o‘zida ko‘proq manfiy elektr zaryadi tashuvchi suv tomchilarini parchalab zarrachalarga aylantirishga asoslangandir.
Kislorod va nafas olish vositalari. Trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalardan keyin, shuningdek takroriy musobaqa nagruzkalari o‘rtasidagi tanafus vaqtlarida organizmdagi kislorod yetishmasligini tezda bartaraf etish hamda kuch-quvvat tiklanish jarayonlarining kechishini yaxshilash maqsadida sportchilarga kisloroddan nafas oldiriladi. Bunday hollarda kisloroddan foydalanish organizmda kislorod yetishmasligini tezroq va to‘laroq bartaraf etadi, shuningdek organizmda kuch-quvvatni tiklab olish uchun qulay shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
Organizmdagi qo‘zg‘aluvchanlik kamayib, markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonlari kuchayadi. (F.I.Kamarov, L.V.Zaxarov). Shunigdek uzoq muddatli trenirovka nagruzkalardan keyin (30-50 km.ga chang‘i poygasi, marafon yugurish, 100 km va undan ortiq masofalarga o‘tkazilgan velosiped poygalarida) kuch-quvvatni tiklash uchun kisloroddan nafas oldirish ham butun organizmga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday kisloroddan nafas olish vaqti 30 minutdan 60 minutgacha va undan ortiq davom etishi mumkin. Trenirovka mashg‘ulotlari vaqtida sportchilarga kisloroddan nafas oldirish tadbirini qo‘llanish maqsadga muvofiq emas, chunki bunda muskul harakatlari tufayli organizmda paydo bo‘ladigan fiziologik o‘zgarishlarga nisbatan organizmning moslashish reaksiyasining intensivligi pasayib ketadi. (Ya.A.Egolinskiy). Kislorod yetishmasligini bartaraf etish uchun sof kisloroddangina emas, balki tarkibida 65-
70% kislorod bo‘lgan havo aralashmasidan ham foydalanish mumkin. Bunday aralashmaning 400-600 l miqdorini trenirovka mashg‘ulotlari va musobaqalardan keyin qo‘llanib, undan nafas oldirish sportchining o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi, hamda uning kuch-quvvatini tiklanish jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. (V.V.Mixaylov). Kislorodni sportchi organizmiga oshqozon-ichak trakti orqali kiritish ham mumkin. Buni maxsus ravishda tayyorlanadigan ichimliklar – kislorodli kokteyllarni qo‘llanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ichimlik bilan oshqozon-ichak traktiga tushgan kislorod tezda qonga so‘riladi. Kislorodli kokteyllar ichib turish charchoqni tez oladi, kishini bardam-tetik qiladi hamda organizm xujayralarida kislorod kuchlanishining o‘suviga yordam beradi. Kislorodli kokteyilni kislorod oqimini kshpiruvchi suyuqliklar orqali o‘tkazish yo‘li bilan olinadi. Sportchilar uchun kislorodli kokteyil tayyorlashning quyidagi retsepti tavsiya etiladi. 50 g qora simorodina siropi olcha yoki boshqa meva siropi ham bo‘lishi mumkin. 1,2 g askarbin kislotasi ¼ qism tuxum oqsili 72g suv 2 l kislorod aralashmasidan kokteyl tayyorlanadi. Bir marta istemol qilinadigan ichimlik hajmi tarkibida 1 l dan 2,5 l gacha kislorod bo‘lishi kerak. (N.N.Yakovlev, L.I.Karpenka).

Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə