Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


I.2. Gimnastikachi qizlarning kuch-quvvatini tiklantirishda massajning o‘rni



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü226,62 Kb.
#138662
1   2   3   4   5   6   7
Anvar kurs ishi

I.2. Gimnastikachi qizlarning kuch-quvvatini tiklantirishda massajning o‘rni.
Massaj – sportchi a'zolari va to‘qimalarini maxsus usullar yordamida, ma'lum miqdorda mexanik va reflektor ta'sirlantirish majmuasidir. Massaj usullari maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan sportchilar – massajchilar tomonidan maxsus apparatlar, asboblar yordamida bajariladi. Bunday ta'surotlar bevosita havo muhiti (pnevmatik massaj) suv muhiti orqali (gidro massaj) beriladi. Massaj davomida to‘qimalarga ta'sir ettirib, butun tanada joylashgan mexanoretseptorlar qo‘zg‘atiladi. Teriretseptorlarni ta'sirlantirishning turli usullari mavjud. Terining xar bir kvadrat santimetr yuzasiga o‘rtacha 200 mexanik retseptorlar –Meysner tanachasi, Merkel va Pachchini disklari to‘g‘ri keladi. Oyoqning tagida ularning soni undan ham ko‘p. So‘ngi yillarda massajga bo‘lgan qiziqish juda ortib bormoqda. Uning yoqimli ta'siriga kundan-kunga alohida ahamiyat berilmoqda.
Massajni sog‘lomlashtirish, chiniqtirish, organizmning funksional imkoniyatlarini oshirish borasida, jismoniy mashqlarning umumiy ta'sirini yanada boyitish maqsadida ishlatilishi ma'lum. XIV-XVasrlarda massajning fiziologik asoslariga doir maqolalar paydo bo‘la boshladi. Ambruaz Pare o‘z ishlarida massajni anatomo-fiziologik nuqtai nazardan asoslashga urinib ko‘rdi. U zamonaviy ma'lumotlarga asoslanib massajning ta'sir qilish mexanizimi va nerv tizimining xar xil bo‘limlaridagi o‘zaro ta'siri bilan chambarchas bog‘langan holda teridagi normal va o‘zgargan neyron jarayonlarini orqali ichki a'zolarini boshqarish funksiyasini ta'minlaydi degan fikrga keldi. Buyuk fiziolog olimlari I.M.Sechenev, I.P.Pavlov, N.ye Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy, A.D.Speranskiy, K.M.Bikov, P.K.Apoxin ilmiy ishlari asosida nervizm nazariyasini yaratdi. Nerv boshqarishidagi ko‘pgina masalalar markaziy nerv tizimi va ichki a'zolarning o‘zaro faoliyati va aloqasi, somatik hamda vegetativ nerv tizimlari o‘rtasidagi sun'iy to‘siq bartaraf etiladi, markaz va olis nuqta o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar aniqlandi. Sportchi talasidagi istartga nuqta organizmning istalgan faoliyatiga, nerv tizimi orqali “Kuchli ta'sir” etish mumkinligi haqida A.A.Bogomolets 1928 yilda yozgan edi. Hozirgi vaqtda proprioretseptorlarning (mushak bo‘g‘im apparati retseptorlari) 4 yoki bu me'yorda, qonuniy reflektor ta'siriga bo‘ysunmaydigan birorta ham vegetativ ichki a'zolar faoliyatlari bo‘lmasligi ko‘p sonli tajribalar yordamida aniqlangan,
XVIII-XIX asrlarda moslashning xar xil kasalliklarning davolash xususiyatiga, barcha a'zolarga ta'sirini ilmiy asoslashga bog‘langan ishlar paydo bo‘la boshladi. Shu bilan bir qatorda massajni tavsiya qilish, ma'n etish muammolariga bog‘langan masalalar yechila boshladi. XIX asrning oxirlariga kelib massajni fiziologik jihatdan asoslash masalalariga qiziqish orta boradi. Rossiyada U.Zabludovskiy birinchi bo‘lib, massajning sog‘lom sportchining ta'sirini o‘rgandi va massaj usullari (tasnifi)ni yaratdi. Zamonaviy fiziologiya fanning taraqqiyoti massajning umumiy ta'siri organizm uchun juda salmoqli ekanligini tasdiqlandi. Bu massaj jarayonidagi ta'surotlar (impuls) teri, ichki va
harakat organlaridan orqa va bosh miyaning har bir bo‘limlariga xususan katta yarim sharlariga, o‘tkazuvchi nerv tolalari tizimining yuqoriga ko‘tariluvchi yoki sezuvchi afferent o‘tkazish yo‘llari orqali ta'sir ko‘rsatib, taaluqli a'zo va tizimlarda javob xarakatlarini ko‘zg‘atadi va kuchaytiradi. Massaj usullari ta'sirida- hujayralarda joylashgan mexanoretseptorlar (mexanik ta'sirlarni sezuvchi nervlarning uchi) qo‘zg‘alishi natijasida paydo bo‘lgan mexanik energiya, maxsus nerv tolalarini faol holatga olib keluvchi signallarga aylanib, nerv tolalari orqali nerv tolalari orqali nerv markazlariga axborot keltiradi. Mexanoretseptorlar butun xonada tanada joylashgan bo‘ladi. Bular terida joylashgan ekstrareotsentorlar (organizmni o‘rat turgan tashqi muxitdagi ta'sirotlarni qabul qiluvchi) interoretseptorlar (ichki a'zolardagi – yurak, tomirlar, taloq va xokazo ta'surotlarni qabul qiluvchi) va proprioretseptorlar mushaklar, paylar bo‘g‘imlar, so‘yaklar va boshqa joylardan ta'sirotlarni qabul qiluvchi nerv tolalarining uchidan iborat. Mexanoretseptorlarning tizimini turli-tumandir. Ular soch tolalari, skirak, tugunchalar va plastinkalar shaklida bo‘lishi mumkin. Ular orasida Pachchini tanachalar mukammalroq o‘rganilgan. Bu tanachalar yordamchi apparat bilan o‘ralgan nerv uchlaridan iborat bo‘lib, markaziy nerv tizimi bilan bog‘lovchi nerv tolalaridan tashkil topgan. Pachchini tolachalarining yordamchi apparati-kapsula, ko‘p sonli juda yupqa plastinkalardan iborat bo‘lib, plastinkalar orasida suyuqlik bo‘ladi. Mexanik ta'sirotlar kapsulalar holatini o‘zgartirib nerv tolalari uchini qo‘zg‘atadi. Kapsulaning pardasi cho‘ziladi, asosan Na ionlariga nisbatan o‘tkaziluvchanlik ortadi, retseptor potensiallarini vujudga keltirib o‘z navbatida ion tolalarini hosil qiladi. Ion tolalari nerv tolalarini qo‘zg‘atadi. Demak massaj ta'sirida paydo bo‘lgan mexanik energiya nervni qo‘zg‘atish energiyasiga aylanadi. Organizmga nisbatan massajning ta'siri nerv –reflektor reaksiyasining boshlanish qismi hisoblanadi. Terida, mushaklarda, payda, bo‘g‘imlarda, qon tomirlarda va boshqa to‘qimalarda joylashgan nerv tolalari uchidan afferent (markazga intiluvchi) signallar orqali miyaga boradi. Barcha afferent impulslar sezuvchi nerv tolalarining ildizlari orqali orqa miyaning segment sohasida bir-biriga o‘zaro ta'sir
etadi. So‘ngra markazga intiluvchi nerv orqali orqa va bosh miyaning har xil bo‘limlariga, xususan katta yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq sohasiga yetib borib, butun a'zolariga ta'sirotni tarqatadi. Yuqorida bayon etilgan massaj neyrofiziologik mexanizmlari qatorida massajning gumoral (suyuqlik) faktorlarini ham ko‘rsatish lozim. Massajning mexanik ta'siroti natijasida, teri to‘qimalarida issiqlik hosil bo‘lishi oqibatida issiqlik retseptor tizimi qo‘zg‘aladi. Bu qo‘zg‘alish uzunchoq miyada joylashgan markazlarga o‘tkazilib, qon tomirlarini toraytiruvchi- simpatik, qon tomirlarini kengaytiruvchi – parasimpatik nervlarga o‘tib, so‘ng qon tomirlari kavagini reflektor o‘zgartiradi. Massajning to‘qimalarga bevosita mexanik ta'siri natijasida terida ximiyaviy moddalar xosil bo‘ladi. Bunday moddalarga misol tariqasida chistomin va atsetilxominni ko‘rsatish mumkin. Gistamin-to‘qima garmonidir, xujayralarda sustlashgan, oqsil bilan birikkan holatda uchraydi, massash tasiri naijasida parchalanib, erkin faol xolatga o‘tadi. Gistomin va gistominsimon moddalar, oqsillarning parchalanishi mahsulotlari va aminakislotalar va polipentizlar bilan birga qon, limfa oqimi orqali tarqaladi va ichki azolar to‘qimalarini, qon tomir nervlarining xemoretseptorlarini tasirlaydi (10-19).
Shunday qilib gistomin buyrak usti beziga tasir etib adrenalin miqdorini qonda ko‘paytiradi, bu organizimning ximoya va moslashish kuchlarini oshiradi. Odatda bog‘langan kalloit holda hujayralarda bo‘ladigan atsetilhomen masaj tasiri natijasida faol holatga o‘tib, mediatorlik vazifasini o‘taydi.
Massaj davomida mushaklarda to‘plangan faol atsetilxomen, mushaklar faoliyatini kuchaytiradi va qo‘zg‘alish tezligini oshishiga olib keladi. Massajni mexanik tasiri natijasida mushak kapillyarlarini faoliyatlari o‘zgaradi.Qilqon tomirlari kapilyarlar devorida joylashgan Ruje xujayrasi xisobga mustaqil ko‘payishi xususiyatiga egadir. Bu xujayradlarning qisqarishi va bo‘rtishi tufayli kapilyarlarning kovagi o‘zgarib turishi mumkin. Ruje xujayrasiga energiya beradigan moddalarning ximiyaviy parchalanishi tasiri natijasida kopilyarlar kengayadi.
Kapileiyarlar kengayishi va va kuchaygan kopilyarlar hisobiga kopiliyarlar sonining ko‘payishi natijasida xujayra va to‘qimalarni qon bilan ta'minlash yaxshilanadi. To‘qimalar ko‘proq oziqlanadi, natijada modda almashishi kuchayadi. To‘qimalarning ish faoliyati oshadi. Massajning chuqur uqalash usullarini mexanik ta'siri natijasida mushaklarning qo‘zg‘alishi mushaklardagi energiya beradigan moddalarni parchalanishiga olib keladi. Qon tomir devorlarining holatiga sportchi qonida bo‘ladigan boshqa ximiyaviy moddalar: buyrak usti bezining garmonlari-noradrenilin va adrenalin, sut kislotasi, adenozintri fosfar kislotasi ham ta'sir etadi. Qon tomirlari va kapilyarlarda qon yo‘llariga ta'sir etadigan murakkab jarayonlar majmuasini markaziy nerv tizimi tartibiga solib turadi. Bunda qon tomirlarning kengayib-torayishi kapilarlar devorining o‘tkazuvchanligi qon va to‘qima o‘rtasidagi almashinish jarayonlarini ham boshqaradi. Massajning gumoral omillari qatoridan yuqorida ko‘rsatilganlardan tashqari, tanamizning o‘zida ishlab chiqariladigan ichki oqibatlarga bir oz to‘xtalib o‘tamiz. Ma'lumki, barcha kasalliklar, shkastlanishlar, jaroxatlar, manfiy ruxiy kechikmalar og‘riq bilan kechadi. Neyrofiziologlarning ilmiy kashfiyotlari og‘riq hissiga aloqador ikki xil peptid guruxlar R-moddasi va endorfinlar borilishini isbotlaridan R-moddasi Amerika olimlari U.Eyler va Dj Gadduns tomonidan 1931 yilda topilgan R-moddasining nomi ingiliz so‘zi (POWER) dan (poroshok) olingan endorfinlar esa o‘zining ta'sir etish xususiyatiga asosan nomlangan. Endogen morfinlar organizm ichida hosil bo‘ladigan ichki morfinlar degan ma'noni beradi. Agarda R-moddasi organizmda og‘riqlarning hosil bo‘lishida, kuchayishda va tarqalishida ishtirok etsa, endorfinlar – organizmdagi narkotiklar sifatida og‘riqni pasaytiradi. Endorfinlar Amerikalik Nyu-York dorilfununi olimi, E.J.Simon va shotlandiyalik olim J.Kosperlits tomonidan kashf etildi. Birinchi olim bosh miya nerv xujayralari maxsus retsontorlar ega bo‘lib, ular morfiy bilan qo‘shiladi deb aytgan bo‘lsa, ikkinchi olim E.J.Simon kashfiyotidan xabardor bo‘lib, bu bejiz emasdir. Retseptor o‘zimizda hosil bo‘ladigan morfiyni sezishga mo‘ljallangan va uni izlash lozimdir deydi. Kosterlits guruxining
izlanishlari muvoffaqiyat bilan yakunlandi: endorfinlar ixtiro etiladi. Keyinchalik kichik molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan endorfinga o‘xshash moddalar topilgan. Bular enkefominlar deb nomlangan. Endorfinlar va enkefaeinlar umumiy endogen opiatlar (ichki opiatlar) deb nomlangan. Ma'lumotlarga qaraganda ichki opiatlar nerv xujayralarida, me'da, meda osti bez va boshqa ichki a'zolarda hosil bo‘lar ekan. Olimlar fikricha ko‘p me'yorda og‘riq qoldiruvchi dori-darmonlar (analgetiklar, masalan, analgin) iste'mol etilishi ichki opiatlarning hosil bo‘lishini susaytiradi.Shu bilan birga massaj jarayonida organizmda hosil bo‘ladigan endorfinlar va enefamenlar miqdorini ko‘payishi ham ma'lum. Shunday qilib, massajning ta'sir mexanizimi asosida markaziy nerv tizimining oliy bo‘limlari tomonidan boshqariladigan murakkab o‘zaro bog‘langan reflektor neyrogumoral va neyroendokrin jarayonlar yotadi. Massajning bevosita mexanik ta'siri natijasida to‘qimalarda hosil bo‘ladigan maxalliy reksiyalar mustaqil bo‘lmay, organizmning keng tarqalgan reflektor reaksiyasi ifodasidir. Yuqorida ko‘rsatilgan jarayonlar tufayli, organizmning ximoya va moslashish mexanizmlari safarbar etilib, faoliyalar normallashadi. Turli xil kasalliklarda qo‘llaniladigan massajning samarali ta'siri ushbu holat bilan ifodalanadi. So‘ngi yillar davomida rivojlangan mamalkatlarda kasallik va o‘limning sabablari o‘zgargan. Yuqumli kasalliklar ikkinchi o‘ringa o‘tib, endogen (ichki) rak, yurakning ishemik kasalliklar, qon bosimi ortishi kasalligi, me'da va o‘nikki barmoq yarasi, ruxiy qand kasalliklari va xokazolar asosiy o‘rinni egallamoqda. Bu kasalliklarni kelib chiqishida uzoq davom etuvchi stress holatlari muhim omil ekani isbotlandi. Shu sababli odamlarning tashqi va ichki muhit ta'siriga chidamliligini oshirish va asosiy noinfeksion kasalliklarning oldini olish muammolari zamonaviy tibbiyotning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qoldi. Stress (bosim-kuchlanish) organizmning xaddan tashqari zo‘riqishi natijasida hosil bo‘ladigan tanglik holati “Stress” – tushunchasi birinchi marta 1936 yilda Kanada olimi G.Sele tomonidan kiritilgan. Stress holatida tashqi (stressli) qo‘zg‘atuvchi ta'siri tufayli ichki sekretsiya bezi- gipofizning faoliyati kuchayadi va buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyati keskin
oshadi. Buyrak usti bezlari qonga ko‘plab garmonlar jumladan, katexolaminlar va kortixoidlarni ajratib chiqara boshlaydi. Katexolaminlar va kortikodlar o‘z navbatida moslashish mexanizmlarini rag‘batlantiradi va organizm yangi sharoitlarga moslashadi (adaptatsiyalanadi). Bu umumiy adaptatsion sindrom tushunchasini ta'minlashga yordam beradi. Umumiy adaptatsion sindrom moslashuv reaksiyasidir. Ayrim xolatda u kasallikning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Chunki ortiqcha garmon organizmga zararli ta'sir etadi. Stress sharoitida kasalliklar paydo bo‘lishi organizmning holatiga bog‘liq. Chunonchi, gipertaniya xastaligiga stress og‘irroq, gipertonik krizlar bilan kechadi. Me'da yoki ichak yallig‘lanishi kasalligida qonli yaralar paydo bo‘lishi mumkin. Stress ta'sirida yurak mushagida xalok bo‘lgan to‘qima va xujayralardan iborat kichik- kichik o‘choqlar vujudga kelishi mumkin. Odam hayolida hayajonli stress holatlari (kuchli tashvishlanish) alohida o‘rin tutadi. Tez-tez bo‘lib turadigan his-hayajon ta'surotlar buyrak usti bezlarining faoliyatini susaytiradi, organizmning zararli omillar ta'siriga moslashuv qobiliyatini keskin pasaytiradi. Adaptatsion sindromning yuzaga kelishida gipofiz va buyrak usti bezlarining garmonlardan qoniqarli nerv tizimi ham ishtirok etadi. Xaddan tashqari kuchli ta'surot avval simpatik nerv tizimini oliy nerv markazini qo‘zg‘atadi, so‘ng girofizga hamda buyrak usti bezlariga o‘tadi. Stress vaqtida boshqa endokrin bezlar ham qo‘zg‘alishi mumkin.Odam hayoti davomida stresslarga yo‘liqadi. Ma'lumki, organizmning turli ta'surotlarga nisbatan xos bo‘lmagan reaksiyasi stress reaksiyasidir. G.Sele (1928) fikriga organizmning normal faoliyati uchun yetarli me'yorda stresslar bo‘lishi shart, bu stresslar “eustress”deb nom olgan. Ko‘p vaqtlarda stress me'yori haddan tashqari kuchayish natijasida, organizm buziladi, bunday holat “distress” nomini olgan. Tirik organizmlar hayotida gomeostaz ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘z navbatida goliostaz adaptatsion jarayonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Gomeostaz – organizm ichki muxitining doimiyligini saqlash va tiklanishni ta'minlovchi muvozanatlashgan reaksiyalar majmuasidir.
Adaptatsiya-organizmning o‘zgarayotgan muhitga moslashish jarayonidir. Bu xalqaroatama (termin) bo‘lib, organizmning umumiy tabiiy, ishlab chiqarish, sotsial shart-sharoitlarga moslashishni bildiradi.Adaptatsiya deganda tug‘ma, tug‘ilgandan so‘nggi xujayra, a'zo va organizm miqyosidagi butun moslashish faolyaitini oshiradi, qonga adaptogin korbikosteroidlar, katexolaminlar, garmonlarni ko‘proq tushishiga olib keladi, gemostatik tizim faolyatini kuchaytiradi. Zamonaviy ma'lumotlarga ko‘ra, odam organizmining tashqi muhitga moslashishi bilan bog‘liq salomatlik holati to‘rt hilga bo‘linadi.

  1. Qoniqarli moslashish holati: bu sog‘lom odamning kundalik hayot faoliyatidir. Normal hayot tarzida goliostaz organizimini boshqaruvchi tizimlarning juda kam kuch sarf etishi sababli saqlanadi.

  2. Moslashish mexanizmlarining tanglik holati: salomatlik va kasallik o‘rtasidagi chegara hisoblanadi, boshqacha qilib aytganda bu holat yuqori darajali funksiyalariga ega boshqaruvchi mexanizmlarning haddan tashqari zo‘riqib ishlashi natijasida vujudga keladi.

  3. Qoniqarsiz moslanish holati: Bu holatda funksiyalar darajasi pasayadi, fiziologik tizimlar o‘rtasida kelishmovchilik hosil bo‘ladi. Bu holda gomeostaz organizimini boshqaruvchi tizimlarning o‘ta zo‘riqishi hisobga saqlanadi.

  4. Moslashish tizimining buzilish holati: Bunda organizmning faoliyat imkoniyatlari keskin pasayadi, gomeostaz barbod bo‘ladi, moslashish mexanizslarining buzilishi ikki xil ko‘rinishda bayon bo‘ladi:

Kasallik oldi va kasallik. Kasallik oldini olish zarur-tadbirlarni tashqi muhitga moslashish mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Chiniqtirish, jismoniy mashqlar, massaj va boshqa ta'sirlar yordamida har bir shaxs moslashish imkoniyatini ancha kengaytirish mumkin. Massajni organizmga ta'sir etishiga qarab, shartli ravishda mahalliy va umumiy-ikki turi farqlanadi. Massajning maxalliy turida tananing ayrim qismlari(mushaklar, boylamlar), umumiy turiga esa butun tana massaj qilinadi. Massaj uslublari yordamida bevosita ta'sir etiladigan joyning o‘zigagina fiziologik ta'sir ko‘rsatiladi degan fikr
noto‘g‘ridir. Massaj jarayonida markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatib, turli a'o va to‘qimalarning funksional holatini, o‘zgartirish mumkin. Odam organizimiga maxalliy va umumiy massajning ta'sir ko‘rsatish darajasi massajning ta'sir ko‘rsatish darajasi ipssajning davomiyligiga, massaj uslublariga, organizmning umumiy holatiga va boshqalarga bog‘liqdir.
Massajning nerv tizimiga ta'siri. Massajning davomiyligi, ta'siri va organizmning funksional holatiga qarab nerv tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortinish va kamayishi mumkin. Organizmga massajning ta'sir qilish mexanizmda, I.M.Sechenov va I.P.Pavlovlarning nervizm ta'minotiga asosan, turli a'zo va to‘qimalarda joylashgan, qabul letseptor apparatlariga boy nerv tizimi asosiy o‘rinni egallaydi. Zero odamning nerv tizimi barcha organ va tizimlarini o‘zaro bog‘lab, ularning faoliyatini boshqaradi. Tashqi muhit bilan doimiy alohida ta'minlaydi. Nerv tizimi markaziy va chekka nuqtalardagi qismlarga bo‘linadi. Markaziy nerv tizimi bosh va orqa miyadan, chekka nerv tizimini – nerv tugunlari va nervlardan iborat.
Massaj vaqtida terida joylashgan markaziy va vegetativ nerv tizimi bilan bog‘langan, ko‘p sonli xar xil tolalarning uchlari birinchi navbatda ta'surotga uchraydi. Odam organizimiga massaj xar xil fiziologik ta'sir ko‘rsatadi, buning natijasida odam organizimiga bir qator umumiy va mahalliy reaksiyalar hosil bo‘ladi, bunda hamma to‘qimalar, a'zolar va tizimlar ishtirok etadi. Massaj ta'sirining kuchini, davomiyligini o‘zgartirib miya po‘stlog‘ining funksional holatini o‘zgartirish, umumiy maxalliy reaksiyalar xosil bo‘ladi, bunda xamma to‘qimalar, azolar va tizimlar ishtirok etadi. Massash tasirini kuchini, davomiyligini o‘zgartirib miya po‘stlog‘ini funksiyanal xolatini o‘zgartirish umumiy va maxaliy riyaksalar xosil bo‘ladi, bunda xamma to‘qimalar azolar va tizimlar ishtrok etadi. Mssash tasirini kuchi, doimiligini o‘zgartirib miya po‘stlog‘ini funksiyanal xolatini o‘zgartirish, umumiy qo‘zg‘aluvchanlikni oshirish reflekislarini kuchaytirish va yo‘qolgan reflekslarni qayta tiklash hamda turli xil ichki a'zolar va to‘qimalar ozuqalanishni yaxshilash mumkin. Massajning har-xil
usullari nerv tizimiga turlicha ta'sir ko‘rsatadi: biri tinchlantiradi (silash, silkitish) boshqalari qo‘zg‘atadi (urish usullari), Jismoniy va aqliy mehnatdan so‘ng massaj tetiklashtiradi, ish qobiliyatini oshiradi. Hamma massaj usullari orasida tebratish usuli eng kuchli reflektor ta'siriga ega. Massaj nerv –mushak tizimiga ijobiy ta'sir etadi, charchash xolatini yo‘qotadi, mushaklarning qisqarish qobiliyatini, o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi va ish qobiliyatini oshiradi.
Massaj nerv tizimiga chuqur ta'sir etib, og‘riqni kuchsizlantiradi yoki qoldiradi, nervda o‘tkazuvchanlikni yaxshilaydi, shkastlanishda tuzalish jarayonini tezlashtiradi. Massajning noto‘g‘ri qo‘llanilish natijasida odamning umumiy ahvoli yomonlashadi, haddan tashqari, hayajonlanadi va og‘riqlar kuchayadi. Massaj jarayonida vujudga keladigan og‘riqlar reflektor yo‘l bilan mushaklar tonusini, qon bosimini, qonda qand va adrenalin miqdorini oshiradi hamda qon ivishini tezlatadi. Massajning nerv tizimiga ta'siri tashqi muhit omillari tufayli ham yuzaga kelishi mumkin. Tashqi muhitning manfiy ta'sir ko‘rsatuvchi omillaridan navbat kutish, shovqin-suron, qattiq gaplashish massajning davo ta'sirini keskin kamaytirib yuborish mumkin.
Massajning teriga ta'siri. Teri-ko‘p sonli vazifalarini bajaradigan murakkab anatomik a'zo, u tashqi ta'surotdan (mexanik, ximik, fizik) himoya etish moddalar almashinishi bilan bog‘liq jarayonlarini boshqarish kabi funksiyalarni bajaradi. Terining yuzasi o‘ta sezuvchan bo‘lib, 1,6-2,5 m2 ni tashkil etadi. Terining massaj qilish vositasida uning turli qavatlariga, teri tomirlariga, mushaklarga, murakkab bezsimon apparatga va u orqali markaziy nerv tizimiga ta'sir ko‘rsatadi. Terining tashqi va ichki sekretsiya bezi bo‘lib, u ichki a'zolar, qo‘shuvchi to‘qimalar, gipofiz, buyrak usti bezlari, endokrin bezlari bilan chambarchas bog‘liq. Bundan tashqari teri ko‘p sonli tomir va nerv reaksiyalarining manbai bo‘lib, issiqlik va ionlarni, ajratadi. Teri qon deposi vazifasini ham o‘taydi.Ayrim hollarda terining kengaygan qon tomirlariga bir litrdan ortiqroq qon sig‘ishi mumkin. Teri uch qavatdan iborat bo‘lib, tashqi (epidermis), asosiy teri (derma), teri osti yog‘ qavati terining tashqi qavati epidermisda, ko‘p sonli sezish nervlari joylashgan.
Epidermisning yuza qavatidagi xujayralar sekin-asta shox qavatiga aylanib, kir tarzida ko‘chib turadi. Shox qavat juda qattaiq bo‘lib, suvni yomon o‘tkazadi. Gazlarni (qislorod, serovodorod va boshqalar) va uchuvchan suyuqliklarni (spirt, efir) yaxshi o‘tkazadi. Kimyoviy va mexanik tasirotlarga nisbatan juda mustaxkam.
Terida ko‘p sonli sezuvchi nerv uchlari tanamizdagi sezuvchi apparatlardir. Teri orqali markaziy nerv tizimiga va ko‘p sonli hil qon tomirlarga ta'sir ko‘rsatish mumkin. Terining muhofaza funksiyalarini uning ortiqlari – soch, tirnoq, bezlar kuchaytiradi. Surunkasiga massaj qilingan vaqtda yog‘ qavatlarining namoyish, umumiy moddalar almashinuvi jarayonining ko‘rsatilgan ta'sir oqibatidir. Bunda massaj organizmda to‘planib qolgan yog‘larni yonishiga olib keladi. Massaj teri usti qavati – epidormisda o‘lgan xujayralarni mexanik tarzda chiqarib yuboradi, bu bilan teri faoliyati yaxshilanadi. Massaj ta'sirida teridagi qon tomirlari kengayadi, qon aylanishi terining va terida joylashgan bezlarning ozuqalanish yaxshilanadi, terining harorati ko‘tariladi. Massaj jarayonida terining ayrim xususiyatlarini e'tiborga olish lozim. Jumladan terida og‘riqni sezuvchi nerv tomirlarining uchlari o‘tishini, ularning joylashuvi va boshqalarni, massaj o‘tkazgan vaqtda son, yelka, bilakning ichki yuzalariga mayinroq, qo‘l oyoq kaftlari, quloq suprasi, sonning tashqi yuzasiga esa kuchliroq ta'sir etish mumkin. Massajning tizimiga ta'siri. Odam hayoti va faoliyati uchun mushaklar muhim ahamiyatga ega, chunki odam tanasini harakatga keltiruvchi mushaklardir. Mushaklar 3 xil bo‘ladi: ko‘ndalang, targ‘il , silliq va yurak mushaklari. Ko‘ndalang-targ‘il mushaklarinsonning harakatlanishida va tanasini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Silliq mushaklar ichki a'zolar qon tomirlarning faoliyati uchun muhimdir. Yurak mushaklari (miokard) esa yurak faoliyatini ta'minlaydi. Miokardning xujayralari qo‘zg‘aluvchanlik xususiyatiga ega. Skelet mushaklari faqat markaziy nerv tizimidan kelgan impulslar (ta'sirning nerv tizimi bo‘ylab tarqalishi jarayoni) ta'sirida qisqarib, silliq va yurak mushaklaridan farqlanadi. Mushak ish bajarish bilan bir vaqtda sezuvchi a'zo hisoblanad, chunki mushaklarda sezuvchi apparatlar
proprioretseptorlar joylashgan. Impklslar mushak retseptorlari orqali orqa va bosh miyaning turli bo‘limlariga, xususan, katta yarimsharlarga intiladi. Mushak organ sifatida ikkala uchida pay va o‘rtasida mushak qismiga ega. Mushak ust tomonidan biriktiruvchi to‘qimali parda (fassiya) bilan qoplangan. Shu yerda chuqur joylashgan qon tomirlarga va nerv tolalariga ta'sir ko‘rsatish uchun massaj usullarini kuchliroq bajarish lozim. Massaj ta'sirida mushaklar mustahkamlanadi, ularning tonusi va elastikligi ortadi, qisqarish funksiyasi yaxshilanadi, quvvati ko‘payadi, ish qobiliyati ortadi. Massajning faol uslublari tufayli mushaklarga arterial qon ko‘proq kela boshlaydi, mushaklardagi toliqish yo‘qoladi, tiklanish jarayoni tezlashadi. Toliqqan mushaklarning ish faoliyati besh daqiqali massajdan so‘ng 3-7 marta ortadi. Mushaklarning ish faoliyatini bunday ortishi jismoniy mehnatda qatnashmagan mushaklani massaj qilganda ham kuzatiladi. Shuning uchun ayrim mushak guruxlari toliqqan vaqtda mehnatda ishtirok etmagan mushaklarni massaj qilish maqsadga muvofiqdir. Massaj ta'siri natijasida mushak atrofiyasi sekinlashadi.
Massaj mushaklarda kechadigan oksidlanish – qayta tiklanish jarayoniga ham sezilarli ta'sir ko‘rsatadi, kislorodning oqib kelishini ko‘paytiradi va mushak to‘qimasi xujayralarining assimilyasiya funksiyasini yaxshilaydi.Massaj natijasida mushaklarda plastik (tuzilish) va energetik jarayonlar yaxshilanadi, shu bilan birgalikda mushaklarning funksional imkoniyatlari, mushaklar kuchi va chidamliligi oshadi. Mushaklar gavda mushaklari, bosh mushaklari, oyoq-qo‘l mushaklariga bo‘linadi. Massajning bo‘g‘imlar va bog‘lamlarga ta'siri. Bog‘lam- suyaklararo va tog‘aylararo bo‘g‘imlar mustahkamligini ta'minlovchi hamda ichki a'zolarni bo‘shliqlar (ko‘krak, qorin, chanoq) devorlari bilan bog‘lab tutib turuvchi zich birikkan to‘qimadan iborat tuzilma. Bo‘g‘im-suyaklar, ba'zan paylarning bir- biriga harakatchan tarzda birikishi, suyaklarni hosil qilishda ishtirok etuvchi uchlari, biriktiruvchi to‘qimalardan tuzilgan bo‘g‘im xaltasi bilan ichki tomondan sinovial parda bilan o‘ralgan. Sinoviallarda – paylar yuzasini namlab turuvchi va ularning harakatini yengillashtiruvchi suyuqlik ishlab chiqaradi. Bo‘g‘im va
bog‘lashlar harakatchanligi, elastikligining oshishi, massaj qilinayotgan joyning qizishiga bog‘liq. Bunda qon bilan ta'minlashish kuchayati, bo‘g‘imdagi sinovial susoqlik ortadi. Bo‘g‘imlarni massaj qilish bo‘g‘im atrofidagi shishlarni, kamaytiradi, qon tomirlaridan qon aylanishni yaxshilaydi. Qonning dimlanishini va bo‘g‘imlarda to‘plangan patalagik moddalarni yo‘qotadi. Bo‘g‘imlar sovuqqa, kasalliklarga, shikastlarga, moddalar almashinuvi buzilishiga, nisbatan juda ta'sirchan bo‘ladi. Ko‘p qaytalanibturadigan shikastlar, revmatizm, podagra va boshqalar bo‘g‘im qiyofasining o‘zgarishiga olib keladi. Ob-havo sovuq paytlarda bo‘g‘imni massaj qilishga alohida ahamiyat berish kerak. Bu holatlarda massaj qizdiruvchi vosita sifatida hamda shikastlanishning oldini olish maqsadida ishlatiladi. Massaj katta yoshdagi odamlar uchun katta ahamiyatga ega, chunki ularning bo‘g‘imlarida yoshga hos o‘zgarishlar sababli harakatchanlik kamayadi, harakat qiyinlashadi. Xolbuki massaj to‘qimalarning elastikligi oshadi, bo‘g‘imlarni mustaxkamlaydi va ularni tashqi muxit ta'sirotlariga chidamli qiladi. Massaj qon va limfa tomir tizimlariga ta'siri, to‘qima va a'zolarga kislorod, ozuqa moddalar ichki sekretsiya a'zolarining mahsulotlari qon tomirlari orqali boradi. Qon aylanish tizimi katta va kichik qon aylanish doiralarini tashkil etadi. Bu qon doiralari orqali tanada yurakdan a'zolarga, a'olardan yurakka to‘xtovsiz qon oqib turadi. Odam yuragi to‘rt kamerali bo‘lib (ikkita bo‘lmacha, ikkita qorincha) mushaklardan iborat a'zo bo‘lib, qonni tanada harakatga keltirish vazifasini bajaradi. O‘ng tomondagi bo‘lmacha va qorinchadan ko‘k venoz (karbonat angidrit to‘yingan) qon, chap tomondagi bo‘lmacha va qorinchada qizil qon (arterial-qislorodga to‘yingan qon) bo‘ladi. Chap qorindagi aorta qon tomiri chiqib hamma arteriyalar undan boshlanadi. Arteriya yurakdan a'zolarga qon tashuvchi tomirdir. U yirik, o‘rta, mayda bo‘ladi. Eng mayda arteriya qon tomiri artermola deb ataladi, u kapilyarga aylanadi. Kapilyar juda mayda qon tomiri (qil qon tomir) bo‘lib, uning devori orqali qon bilan to‘qimalar orasida modda almashinish jarayoni sodir bo‘ladi (10-19).
Arteriyalar va kapilyar tomir o‘rtasida kapiyal oldi qon tomirlari kapilyarlar va venulalar o‘rtasida kapilyar orti qon tomirlari bo‘ladi. Barcha tomirlar qo‘shilib mikrotsirkulyator oqimini hosil etadi, bunday qon oqimi mikrotsirkulyasiya deb ataladi. Massaj o‘tkazilayotgan vaqtda venoz qon oqimi yo‘nalishini hisobga olish kerak. Masalan, tayanch-harakat apparatlari shikastlanishda, kasalliklarida venoz qon va limfa dimlanib qoradi.Massaj natijasida, ba'zi a'zolarning qon bilan ta'minlanishini susaytirish mumkin. Mushak va ichki a'zolarning qon tomirlari o‘rtasida teri bilan qorin bo‘shlig‘idagi a'zolar qon tomirlari o‘rtasida qon taqsimlanishi ro‘y beradi. Massaj hammadan oldin terining kapilyarlariga ta'sir etadi, buning organizm uchun ahamiyati nixoyatda katta. Ma'lumki, qon va to‘qimalar orasida almashinuv jarayoni ketadi, ya'ni kapelyar devori orqali to‘qimaga kislorod va ozuqa moddalari beriladi, xuddi shu tariqa karbonad angidirid chiqindilar qon orqali tark etiladi. Hozirgi vaqtda kapilyar tizimi refleksogen soha hisoblanadi. Kapilyarlarda qon aylanish jarayoni markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Massaj ta'sirida qonda eritrotsitlar va trombotsitlar soni oshganligi isbotlangan. Massaj ta'sirida zahira kapilyarlarni ishga tushirib organizmda qonni qaytadan taqsimlanishiga olib kelib, yurak ishini yaxshilash mumkin. Bu o‘z navbatida tana haroratini oshiradi, to‘qimalar qizib mayinlashadi, fizik va ximiyaviy holatlar o‘zgaradi, bu esa xar xil shikastlanish, jaroxatlanishining oldini olishiga imkon beradi. Sog‘lom avlodning qon bosimi massaj ta'sirida deyarli o‘zgarmaydi, qon bosimi massajlarda esa massajning reflektor ta'siri tufayli kapilyarlar kengayib, mushaklar bo‘shashadi va qon bosimi pasayadi. Kuchli va shiddatli massaj usullari yurak urishini tezlashtiradi, Tinchlantiruvchi (silash, tebranish, silkitish) usullari yurak urishini pasaytiradi, venoz qon oqimi tezlanib, yurak mushaklarining ishi yengillashadi. Odamning limfa tizimi qon tomir tizimi bilan bog‘liq. To‘qimalar orasida joylashgan suyuqlik va limfa butun tana vaznining to‘rtdan birini tashkil qiladi. Limfa oqsil tabiatli, tarkibiga ko‘ra, qon plazmasiga yaqin, rangsiz, tiniq suyuqlik. Limfa kapilyarlari, tomirlari va tugunchalari bo‘ladi. Organizmda limfa xujayralar va to‘qimalarni
ozuqalantirish, moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarib tashlash vazifasini bajaradi. Limfa- qondan to‘qimalarga uzluksiz o‘tib turuvchi, kislorod va oziq moddalarga boy, to‘qima suyuqligidan hosil bo‘ladi. Massaj a'zolar va to‘qimalardagi limfa oqimini yurakka tomon harakatlantirishni kuchaytiradi. Shu sababli massaj limfa oqimi tomon yo‘naltiriladi. Shu tariqa limfa oqimi yuza va chuqur joylashgan limfa tugunlariga qo‘yiladi.Limfa tugunlari qon yaratish bilan bir vaqtda kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar, ularning toksinlari, umuman zaxarli moddalar uchun to‘siq vazifasini bajaradi.
Limfa tugunchalari immuno-biologik jarayonlarni va limfa harakatini tartibga solib turadi. Limfa tugunlari massaj qilinmaydi.Limfa oragizmning ma'lum joylarida yakka-yakka, kichik guruhlardan iborat tugunlar tarzida joylashgan. Bu tugunlarga tananing ma'lum sohalaridan limfa olib keluvchi tomirlar kelib quyiladi, ular regionlar tugunlar deb ataladi. Tugunlarning katta bo‘lmagan to‘plamlari tirsak bukilishida va tizza osti chuqurchasida joylashgan. Limfa suyuqligining harakatlanishi, limfa va to‘qima orasidagi moddalar almashinuviga ijobiy ta'sir etadi. Massaj ta'sirida qon va limfa oqimi tezlashadi, bu a'zolarni kislorod, ozuqa moddalari bilan ta'minlashni faollashtiradi hamda parchalanish maxsulotlarni organizmdan chiqishini tezlashtiradi. Qon va limfa oqimining tezlanishi bo‘g‘imlarda, qorin va limfa oqimining tezlanishi bo‘g‘imlarda, qorin va boshqa bo‘shliqlarda ularning dimlanishini kamaytiradi. Massaj mahalliy limfa oqimiga ta'sir etish bilan bir qatorda limfa tizimiga reflektor yo‘l bilan ta'sir etadi. Bu holda limfa tomirlarining tonusi, harakati yahshilanadi. Massaj o‘tkazishda massajchi qo‘lining harakat yo‘nalishi limfa oqimi bo‘ylab eng yaqin joylashgan limfa buguni tomonga harakatlanishi lozim. Massajning qo‘l harakati limfa oqimi bo‘ylab, yo‘nalmog‘i uchun bosh va bo‘yinning pastki-o‘mrov osti tuguni qo‘lning tirsak va qo‘ltiq osti limfa tuguni tomon, ko‘krak qafasining oldi qismi- to‘sh suyagidan ikki tomondagi qo‘ltiq osti bezlari tomon, orqaning yuqori va o‘rta qismlari qo‘ltiq osti limfa tugunlari tomon yo‘naltirish lozim. Qoida bo‘yicha limfa tuguni joylashgan qismlar massaj qilinmaydi. Bu tugunlarni kattalashuvi, shishishi
og‘rishi organizmda infeksiyalar borligidan darak beradi. Bu hollarda massaj man etiladi. Massajning ichki a'zolarga va modda almashinuviga ta'siri, ilmiy tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, massaj modda almashinuvini faollashtiriborganizmning ichki a'zolari funksiyasiga va hayot faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Massaj ta'siridan to‘qimalarni harorati oshadi, natijada kimyoviy reaksiyalar tezlashib, moddalar almashinuvi jadallashadi. Massaj ta'sirida oksidlash va issiqlik almashishining jarayonlari jonlantiriladi, to‘qimalarda modda almashishi yahshilanadi. Massaj limfa va venoz qonlarini ichki a'zolardan oqib chiqishini tezlashtiradi, shu bilan to‘qima va xujayralardagi dimlanishlarni kamaytiradi, har xil ishlarni bo‘g‘inlarda, ichki a'zolar to‘qimalarida so‘rilishiga olib keladi. Massaj tufayli organizmda qonning a'zolarga taqsimlanishi o‘zgaradi, ochiq kapilyarlarning soni ko‘payadi. Qon oqimi kuchayadi va yurak ishi yengillashadi. Qonda ayrim garmonlar, mediatorlar, metobolitlar miqdorioshadi, boshqalarniki kamayadi, katexolamin, atsetilxolin, gistamin, serotonin, kortikosteroid, qonunlarning o‘zaro nisbati o‘zgaradi. Umumiy massaj oganizmning vegetativ funksiyalarini (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish) tartibga soladi. Qorin bo‘shlig‘idagi ichki a'zolarga ham massaj ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Silliq mushaklarning qisqarishini reflektor yo‘li bilan oshiradi va shu bilan me'da-ichak faoliyatini yaxshilaydi, o‘t ishlab chiqarishni faollashtiradi, bezsimon a'zolar maxsuloti ortadi. Shu sababli massajdan qabziyat xolatlarida foydalanish tavsiya etiladi. Massaj siydikning ajratilishini kuchaytiradi. Massaj organizmning muxofaza va boshqaruv (tartibga soluvchi) funksiyalarini kuchaytiruvchi muhim profilastik vositadir. Massajning gigienik asoslari. Massaj xonasiga va jixozlariga muayyan talablar qo‘yiladi. Massajni maxsus massaj xonalarida olib borish tavsiya etiladi. Massaj olinadigan joy quyosh nuridan va shamoldan muhofazalangan bo‘lmog‘i lozim. Massaj xonalari quruq, sun'iy yoritilgan bo‘lishi shart, massaj xonalari yaxshi jixozlanib soatiga 2-3 marta havo almashadigan bo‘lishi lozim. Massaj xonasi qatorida quruq xavoli hammom, dush, kiyinib-yechinadigan xona, xojatxona bo‘lishi maqsadga
muvofiq. Havo xarorati va namligining ortishi massajning samarasiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Massajni maxsus kushetkada olib borish lozim. Kushetkaning uzunligi 185-200 sm balandligini iloji bo‘lsa o‘zgaradigan qilish maqsadga muvofiqlir, kengligi 50-60 sm bo‘lib, yuvishga qulay sintetik mato bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Kushetkadan tashqari ikkita yostiq bo‘lishi kerak, birini diametri 25-35 si (bosh yoki oyoq tagiga qo‘yish uchun), ikkinchi sm 15-20 sm diametrdagi) tizza bo‘g‘imini massaj qilish uchun). Kushetkaga yorug‘lik faqat yon tomondan tushishi lozim, shunda massaj qilayotgan va massaj olayotganga halaqit bermaydi. Massajdan so‘ng 10-20 daqiqa dam olish tavsiya etiladi. (Maxsus dam olish honasida). Massaj xonasida 2-3ta stul, parda, ikkita shkaf, qum soati 13,5,10,25, daqiqalik), xar xil surtma vositalari bo‘lishi lozim. Sochiq, sovun vazelen, talk surtma moylari, ichiladigan suv, oyna, kiyim yuvgich moslamalar, birinchi yordam ko‘rsatish uchun aptechka bo‘lishi kerak.Massaj xonasida hyech qanday shovqin –suron bo‘lmasligi kerak. Yoqimli musiqa ohanglari taralsa, massaj yaxshi o‘tadi. Massajni siqish, ishqalash kabi usullarini moyli surtmalar yordamida olib borish ma'qul. Uqalash va zarb bilan qoqish usullari, quriq terida o‘tkazilishi mumkin.
Massajchiga qo‘yiladigan talablar. Eng avvalo massajchi o‘z qo‘llariga e'tibor berishi lozim. Qo‘llar quruq, toza bo‘lishi shart. Qo‘l terisi butun, tirnoqlarini kalta qilib kesilgan bo‘lishi lozim. Xar bir massajdan oldin massajchi qo‘lini iliq suv va sovun bilan yuviladi. Massajtkgagach yuvilgan qo‘llariga kremlar yoki yumshatuvchi suyuqliklarni surtish kerak. Agar qo‘llari terlasa 1% formalin eritmasi bilan artiladi, sovuq suvda qo‘llari yuviladi va kaftlariga talk sepiladi. Qo‘llar sovuq va nam bo‘lsa kontrast haroratidagi suv bilan vanna qilish, nam qo‘lni limon sharbati yoki araq bilan artish yaxshi natija beradi. Qo‘llarda qadoq hosil bo‘lsa, ularni yo‘qotish lozim. Qo‘llar tekkis, kuchli, chiniqqan va xarakatchan bo‘lmog‘i lozim. Bu sifatlarni massajchi maxsus mashqlar yordamida rivojlantirishi mumkin. Jismoniy mashqlar bilan bir qatorda o‘zini-o‘zi massaj qilishi juda foydalidir. Bunda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: Kaftlarni
cho‘zilishi xususiyatiga barmoqlarni yaxshi yoyilishiga, barmoqlar va katta barmoq kuchiga, bilak bo‘g‘imidagi harakatchanlikka, kaft va barmoq bo‘g‘inlari harakatchanligiga. Massaj davomida ko‘p kuch sariflanishi bois massajchi o‘z quvatini tejashga o‘rganishi lozim. Qo‘l xarakatlari mayin bir marom va og‘irlikda bo‘lmog‘i lozim. Massajchi o‘z malakasini ham nazariy ham amaliy jixatdan oshirib maxsus mashiqlardan foydalanishi lozim. Massajchi massaj qilish vaqtida oq toza xalda va qulay payavzalda bo‘lmog‘i lozim. Ish kuni davomida 5 – 10 daqiqadan 2 – 3 martda dam olish tavsiya etiladi. Ish jarayonida massajchi o‘z tana vaziyatini tez – tez o‘zgartirib turishi lozim, chunki tanani uzoq vaqit bir holatda tutib turish tez charchashga olib keladi. Massaj oluvchi gigenasi! Massaj seansi oldidan massaj oluvchi iliq dush qabul qilishi yoki xo‘l sochiq bilan artinib, so‘ng tanasini quritish kerak. Maxaliy massajda iflos joyni spirt bilan artish mumkun. Agarda teri qalin tuk bilan qoplangan bo‘lsa, massajni mato yopib qo‘yib yki xar xil massaj emul'siyalari ishlatib olib borish mumkin. Shunday qilganda tuklar ildizi ta'sirlanmaydi. Massaj samarali bo‘lishi uchun massaj qilinadigan mushaklar to‘la bo‘shashgan xolatda bo‘lishi lozim. Tananing mushaklari, bo‘g‘inlari bo‘shashgan xolatida massaj o‘tkazilsa, yaxshi natija beradi. Massaj oluvchi qorni bilan yotganida qo‘l mushaklarining bo‘shashi holatlariga erishiladi. Oyoq mushaklarini bo‘shashtirish xolatiga tizza bo‘g‘ini ostiga yostiq qo‘yib yoki oyoqning tagidan ushlab osilgan xolda tutib turganda erishiladi. Ish jarayonida massajchi massaj oluvchi bilan yaqin munosabat o‘rnata bilishi darkor.
Odatda massajchi va massaj oluvchi o‘rtasida o‘zaro ishonch paydo bo‘ladi. Massajchining umumiy madaniyati, layoqatidan tashqari uning muomalasi katta axamiyatga ega. Massajchi o‘zini to‘g‘ri vazinini tutishi lozim. Massajning tavsiya yoki man etilish xolatlari. Hamma sog‘lom odamlarda nerf tizimining reaktivligi va yosh hususiyatlarining hisobga olgan xolda massaj o‘tkazish o‘rinli. Massaj oluvchi uchun birinchi massaj seanslari kisqa mudatli bo‘lgani ma'qul. Tana harorati ko‘tarilganda (37,5˚s dan yuqori bo‘lganda), o‘tkir yalg‘lanish xolatlarida, teri kasalliklarida, terining o‘ta sezuvchanlik xolatida, teri jaroxatlangnda, haddan
tashqari charchash va xayojanlanish holatlarida, qon ketishga moyil kishilarda, ko‘k tomirlarning ko‘zga ko‘rinarli kengayishida va yalig‘lanishida massaj man qilinadi. Shu bilan birga tanada o‘smalar payda bo‘lganda massaj qilinmaydi. Teridagi holar, tojlar xam massaj qiliniaydi. Churra tushganda, hayz ko‘rish, davrida,xomiladorlikda, siydik va o‘t pufaklarida tosh paydo bo‘lganda qorin soxasida massaj o‘tkazib bo‘lmaydi. Massaj tizimlari. Massaj usularining o‘ziga xosligi, massaj harakatlarining yo‘nalishi massaj tizimi deyiladi. Sport va tibbiyot soxasida rus, fin, shved massaj tizimlari ko‘proq qo‘laniladi. Turkiy massaj (sharq massaji deb ataladi) tizimi juda qadimdan ma'lum bo‘lib, undan xozrgacha foydalaniladi. Bu massaj turi qo‘l oyoqlar yordamida shiddat bilan bajariladi. Undan ko‘proq hamomlarda foydalaniladi. Shved massaj tizimi XIX asirda P.Ling tomonidan shved massaj tizimiga asos soligan 1813 yilda Stokgol'mda massaj va davo gimnastikasi Davlat instituti tashkil qilindi.
Bu institutni tugatgan talabalar boshqa mamlakatlarda massaj maktabini ochdilar. Shved massaj tizimi silash, ishqalash va harakat usullaridan tarkib topgan, bunda eng asosiy etibor bo‘g‘imlarni massaj qilishgan qaratilgan. Shved massaj tizimida vaqtning 60-70 foizi ishqalashga 30-40 foizi harakatlarga 5-7 foizi silashga ajratiladi.
Massaj harakatlarining yo‘nalishi qo‘l va oyqlarda yuqoridan pastga qaratilgan bo‘lib, markazga intiluvchi ko‘k qon va limfa harakatlari yo‘nalishga qarama-qarshi bajariladi.
Fin massaj tizimi. Fin massaj tizimi Skandinaviya mamlakatlarida davolash va sport amaliyotida keng qo‘llaniladi.Fin massaj tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega. Bu tizimda uqalash usuliga e'tibor kuchli, massaj usullarini massajga tik turgan holatda bajaradi, bu salomatlikka zarar keltirishi mumkin.Massaj vaqtlarida harakat yo‘nalishi oyoqdan bosh tomonga qaratilgan, bu kam samaralidir: Hammomlarda fin massaji ishlatilmaydi. Sport amaliyotida fin massaj tizimidan eshkak eshish, boks, kurash, og‘ir atletika kabi sport turlaridan foydalanish yahshi natija bermaydi.

Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə