Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti


II bob. Massaj va uni qo’llash usullari



Yüklə 226,62 Kb.
səhifə6/7
tarix28.11.2023
ölçüsü226,62 Kb.
#138662
1   2   3   4   5   6   7
Anvar kurs ishi

II bob. Massaj va uni qo’llash usullari
2.1. Gimnastikachi qizlarda massaj va uni qo’llash usullari. 41
Massaj deb maxsus usular bilan organizm to`qilmalariga mexanik ravishida ta`sir qilishga aytiladi. Bir necha xil massaj farq qilinadi:





  • Gigienik massaj va uning organizmni sog`lomlashtirish va kasalliklarni oldini olish uchun hamda eng ko`p umumiy massaj sifatida qo`llaniladi. Eng ko’p qo’llaniladigan turi umumiy o’z-o’zini massaj va ertalabki gigiyenik

gimnastika, suv muolajalari bilan birgalikda kun davomida 10-15 minut davomida har kuni o’tkaziladi.

  • Kosmetik massaj - teri funktsiyasini yaxshilovchi massaj turiga kiradi. Terini ochiq joylari yuz, bo’yin, qo’l terilarini erta qarishini oldini oladi,

boshdagi sochni to’kilishini oldini oladi. Agar noto’g’ri massaj qilinsa, turli xil asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun yuz massaji, ya’ni o’z-o’zini massaj qilish sog’lom terida kosmetolog va dermatolog maslahatidan keyin o’tkaziladi.

  • Davo massaji bu kasallik va jarohatlanish vaqtida organismdagi organ va

to’qimalarni funksiyasini qayta tiklashni tezlashtirish maqsadida o’tkaziladi. Massajni bu turi hozirgi vaqtda tibbiyotda keng qo’llaniladi. Fizioballneo terapiya muolajasi va davo fizkulturasi bilan birgalikda davo komplekslari sog’lomlashtirish maqsadida olib boriladi.

Davo massaji quyidagi turlarga ajratiladi:



      1. Davo klassik massaj

      2. Reflektor massaj

Reflektor massajining o’zi quyidagi qismlarga bo’linadi:



        • Qo’shma- to’qima

        • Nuqtali

        • Chiziq bo’yicha

        • Barmoq bilan

Davo massaji qadimda travma va jarohatlardan keyin kuchli o’g’riq vaqtida og’riq qoldirish uchun qo’llanilgan. Ichki organlarni kasalliklarini asab tizimi, jarrohlik va ginekologik kasalliklar, teri kasalliklari, quloq, burun, tomoq, tish kasalliklarini


davolash davo fizkulturasi bilan birgalikda olib boriladi. Bu massaj kasalxona, poliklinika, sanatoriya dispanserlarida vrachlik fizkultura maskanlarida olib boriladi. Bu sog’lom va kasal odamlarni organizmini qayta tiklash, sog’lomlashtirish, o’z ishini qayta davom ettirish va nogironlikni oldini olish uchun xizmat qiladi. Davo massajidan keyin bo’g’imlardagi shishlar tez so’riladi, mushak va to’qimalardagi qon quyilishlar so’riladi, ularni oziqlanishi yaxshilanadi, vazifasi qayta tiklanadi, to’qimalarni qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, bo’g’imlardagi og’riq kamayadi, to’qimalardagi modda almashinuvi yaxshilanadi.

Davo massaji xuddi gigiyenik massaj kabi umumiy va maxsus ta’sir ko’rsatadi.


Umumiy massajda tananing barcha qismlari yoki katta qismlari massaj qilinadi. Maxsus massajda esa tananing ayrim qismlari: orqa, bo’yin, bosh, yelka va oyoq- qo’llar alohida-alohida massaj qilinadi.


Massaj: silash, sidirma, uqalash, toblash, siqish yo’li bilan, tukillatib urish yo’li bilan olib boriladi.



  • Sport massaji. Uning maqsadi organizmning funktsional imqoniyatlarini oshirish va sportchida charchash, o’ta charchash va zo’riqish alomatlarini bartaraf etishdan iboratdir. Undan (ko`pincha o`z- o`zini massaj qilib) sportchilar sportiv chinikishdan oldin razminka qilishda hamda charchaganda foydalanadi.

Sport massaji turlari


Sport massaji uch turga bo’linadi

Shug’ullanuvchi massaj bu sportchilarda mashg’ulot vaqtida jismoniy mashqalarni bajarishda ularni ish qobiliyatini oshirish maqsadida qo’llaniladi.


Qayta tiklanuvchi massaj bu mashg’ulot vaqtida tezda harakatlanlarni qayta tiklash, ish qobiliyatini oshirish hamda charchash hislarini yo’qotish uchun qo’llaniladi. Massajni bu turi bir kunda ikki marta o’tkazilishi mumkin.
Davomiyligi 10-15 minut, trenirovkadan keyin 15-20 minut, asosiy seans o’rtacha 50 minut davomida mashg’ulotdan 2-6 soatdan keyin o’tkaziladi.

Dastlabki massaj qisqa massaj bo’lib, 5-20 minut bo’lib, mashg’ulotdan 5-20 minut oldin o’tkaziladi. Buni o’tkazishdan maqsad sportchilarni mashg’ulotlarga va musobaqalarga tayyorlashdan iborat.



Massajni bu turi yuqori bosim ostida butun tanaga massajist tomonidan o’tkaziladi. Sport massaji bu asosan so’g’lom odamlarda va sport bilan shug’ullanuvchilarga o’tkazilib, bu sportchilarda organizmni so’g’lomlashtirish, reaktivligini oshirish, immunitetni ko’tarish, yuqori sport natijalariga ega bo’lish uchun katta ahamiyatga ega. Massajni bu turi sportchilarda ish qobilyatini oshirish, ularda charchash va zo’riqishni oldini olish mashg’ulotlar vaqtida jarohatlanishni oldini olish uchun qo’llaniladi. Sport massajini asosiy maqsadi sportchilarda ularning ish qobiliyatini oshirish va charchashga qarshi kurashish. Sport jarohatlarida va tayanch harakat tizimi va shikastlanishlarida lat yeyish, jarohatlanishni oldini olish vaqtida organizmni qayta tiklash uchun yordam beradi.

Sport massaji quyidagi sport mashg’ulotlarida qo’llaniladi:



  • suv sportida

  • otish mashg’ulotlarida

  • yengil atletikada

  • og’ir atletika

  • velosiped sporti

  • sport gimnastikasi

  • boks

  • futbol

  • xokkey

  • tennis

  • alpinizm

Segmentar-reflektor massaj. Bu massaj terini yuza qismida reflektor zonalarda ta’sir etish yo’li bilan o’tkaziladi. Tanadagi og’riqlarni kamaytirish maqsadida o’tkaziladi. Bu mushak va to’qimalardagi faoliyatini yaxshilaydi. Bu massajning maqsadi- yuza joylashgan to’qimardagi reflektor o’zgarishlarni topib, ularga ta’sir ko’rsatishdan iborat. Massaj bosqichma-bosqich olib boriladi. Teridan boshlab chuqur to’qimalarga qarab, terini yuza qismining sezuvchanligi yuqori bo’lgani sababli og’riqni yaxshi sezadi. Shuning uchun bu zonani barmoq bilan topib, klinik belgilari va reflektor qo’zg’aluvchanligi og’riq sezgilari paypaslab topiladi. Paypaslab topilganda to’qima va mushaklardagi o’g’riq yuqori seziladi.Bunda ham silash, uqalash, vibratsiya, cho’zish, ezish yo’li bilan qilinadi. Asosiy teri va to’qimalardagi og’riqli joylarga ko’proq o’tkaziladi. To’qimalarning taranglashgan joylariga barmoq bilan uzoq va sekin kirib borish kerak. Avval uzunasiga, keyin ko’ndalang yo’nalishda olib boriladi. Teri, to’qima va muskullardagi reflektor o’zgarishlarni yo’qotilgandan keyin jarohatlangan organlarni ahvoli yaxshilanadi, zo’riqishlarni oldi olinadi.



  • Nuqtali massaj igna sanchish yo’li bilan olib boriladi. Amaliyotda 60 dan 100 tagacha nuqtali massaj o’tkaziladi. Uning boshqacha nomi reflekto- terapiya. Nuqtali massajning uch xil turi mavjud:


Kuchli massaj og’riqqa qarshi va relaksir ta’sir korsatadi. Mushaklar tonusini qo’zg’aluvchanligini kamaytiradi.


O’rta massaj bu kasalliklarni hamma turlarida qo’llaniladi, mushaklarni tonusini oshiradi, relaksir ta’sir ko’rsatadi.


Kuchsiz massaj bu mushaklarni tonusini jadallashtiruvchi ta’sir ko’rsatadi, davo fizkultaurasi bilan birgalikda olib boriladi. Nuqtali massaj to’qimalarga reflektor
ta’sir ko’rsatib, organizmni funksional ahvolini yaxshilaydi, natijada organizmdagi jarohatlangan qismlardagi og’riq sezgisi yo’qoladi, yallig’lanishlar so’riladi, qon aylanishi yaxshilanadi, modda almashinuvi ishi yaxshilanadi, organizmni qon bilan ta’minlanishi izga tushadi.


Pereastal massaj bosish yo’li bilan suyak ust pardasini massaj qilish. Barmoq falangalari bilan bosish. Aylanma harakat bilan teridan barmoqni olmasdan ozgina bosimni kamaytirib 23-sekunddan keyin ko’paytirib o’tkaziladi. Massaj 2-4 minut davomida olib boriladi, o’sha joyda og’riq sezilsa, massaj joyi o’zgaradi. Pereastal massaj og’riq qoldiruvchi sifatida qo’llaniladi, bu suyak ust pardasidagi qon aylanishini yaxshilaydi, ichki organlarga reflektor ta’sir ko’rsatadi.
Barmoq bilan massaj qilish. Massaj qilish vaqtida tanaga qo’l barmoqlari yordamida ta’sir o’tkazish yo’li bilan massaj o’tkazish, massaj o’tkazish vaqtida energiya avval teriga, keyin kanallarga, keyin ichki organalarga, keyin aktiv nuqtalar orqali butun tanaga tarqaladi.
Chiziqli massaj. Qo’l barmoqlari yoki apparatlar yordamida mexanik ta’sir ko’rsatish yo’li bilan olib boriladi. Bu kasalliklarning hamma turiga qo’llaniladi. Bunda harakat energiyasi yuqoridan pastga, ichkaridan tashqariga qarab olib boriladi.




Mushak va teri osti yog’ to’qimalarin qattiq va chuqur bosich yo’li bilan olib
boriladi.
Vibratsiyaning chashtotasi 1 minutda 150-200 tebranishni hosil qiladi. Bunda mijoz iliqlik hamda yengil og’riani his qiladi. Bunda qo’l harakatini yo’nalishi og’riqli joydan sog’lom organga qarab qilinadi. Neytralniysi o’rtacha kuch bilan bosich yo’li bilan o’tkaziladi, bunda vibratsiyani chastotasi 1 minutda 100 tebranishni tashkil etadi. Bunda o’sha sohada qizarish seziladi. Bunda yengil, yumshoq harkat bilan vibratsiyani chastotasi 1 minutda 50 tebranishni tashkiul etadi. Bunda terida teri osti yog’qavatida massaj olib boriladi, kuchsiz og’riq seziladi. Qo’l harakati qisqa, sog’lom qismdan tananning og’riqli qismiga o’tkaziladi.



Yüklə 226,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə