Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə122/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Xorijiy valyuta

Инострання валюта

Foreign Currency

Xorijiy valyuta – boshqa mamlakatlarning valyutalari, shuningdek boshqa mamlakatlarning valyutadagi kelishuv hujjatlari

3.

Sof joriy qiymat

Чистая текущая стоимость

Net present value



– joriy qiymatga keltirilgan diskontlangan pul oqimi summasi.

4.

Foydaning ichki me’yori

Внутренная норма прыбили

Internal rate of return



– bu sof joriy qiymat nolga teng bo’lgandagi foiz stavkasi. Sof joriy qiymat diskontlangan pul oqimlari asosida hisoblanadi.

5.

Rentabellik indeksi

Индекс рентабельности

Profitability index



– diskontlangan pul oqimi summasini boshlang’ch investitsiyalarga nisbati.

6.

Aktivlar rentabelligi

Рентабельност активов

Return on assets (ROA.)



– daromadni oshirish uchun kompaniya aktiblaridan foydalanish samaradorligini aks ettiruvchi moliyaviy ko’rsatkich.

7.

Pul oqimi

Денежный поток

Cash flow



– korxona pul mablag’larining barcha kirim va chiqimlarini hisobga oluvchi pul mablag’larining harakati rejasi.

8.

Investitsiyalarning qoplanish muddati

Срок окупаемости инвестиций

Pay-Back period



Investitsiyalarning qoplanish muddati – investitsiyalardan keladigan daromad qilingan xarajatlarni qoplaydigan davr.

9.

Iqtisodiy samaradorlik

Экономическая эффективность

Economic effectiveness



– mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish natijalari bilan ishlab chiqarish va mehnat xarajatlari o’rtasidagi nisbat.

10.

Diskontlash

Дисконтирование

Discounting



– kelgusidagi turli davrdagi pul oqimlarining joriy qiymatini aniqlash.

11.

Risk

Риск

Risk

– bu turli tabiiy ofatlar va insoniyat jamiyati faoliyatlari natijasida kelib chiqadigan yo’qotishlar havfi ehtimolidir.

12.

Investitsion risklar

Инвестиционные риски

Investment risk



– ko’zda tutilmagan ko’ngilsiz hodisalarning yuzaga kelishi natijasida rejalashtirilgan foydani ololmaslik yoki umuman foyda va boshlang’ich investitsiyalardan ajralish ehtimolidir.

13.

Sof risklar

Чистые риски

Pure risks

- salbiy natija bo’lishini yoki hech qanday natija bo’lmasligini anglatadi, quyidagi risk turlarini o’z ichiga oladi: fors-major, ekologik, siyosiy, transport va qisman tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo) ham kiradi.

14.

Spekulyativ risklar

Спекулятив-ные риски

Speculative risks

- oqibatida ham ijobiy, ham salbiy natijaga erishish mumkin. Bunday risklarga tijorat risklarining bir qismi bo’lgan moliyaviy risklar kiradi.

15.

Fors-major risklar

Риски форс-мажора

By force majeure risks

- tabiiy ofatlarning yuzaga kelishi natijasida paydo bo’ladi: zilzilalar, suv toshqini, tsunami, yong’inlar, epidemiyalar va h.k.

16.

Ekologik risklar

Экологические риски

Environmental risks

- atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog’liq risklar.

17.

Siyosiy risklar

Политические риски

Political risks

- mamlakatning siyosiy holati va hukumatning siyosiy faoliyati bilan bog’liq. Siyosiy risklar ishlab chiqarish va savdo shart-sharoitlarining buzilishi aynan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga bog’liq bo’lmagan sabablar natijasida kelib chiqadi.

18.

Transport risklari

Транспортные риски

Transportation risks

- yuklarni turli transport orqali: avtomobil, dengiz, daryo, havo, temir yo’llar va h.k.larda tashishda yuzaga keladigan hatarlar bilan bog’liq.

19.

Tadbirkorlik risklari

Предпринима-тельские риски

Business risks

- korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatida yo’qotishlarning paydo bo’lish ehtimoli bo’lib, tuzilgan tijorat bitimining natijalarini noaniqligini bildiradi.

20.

Moliyaviy risklar

Финансовые риски

Financial risks

- moliyaviy resurslarni yo’qotish ehtimoli bilan bog’liq risklar.

21.

Kredit riski

Кредитные риски

Credit risk

- qarz oluvchi tomonidan kreditorga asosiy qarz va u bo’yicha foizlarni qaytarib bermaslik riski.



10-mavzu. Loyihaning sifat menejmenti





O’zbekcha

Русча

Inglizcha

Mazmuni

1.

Investitsiyalar

Инвестиции

Investments

Investitsiyalar – foyda olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’yektlariga yo’naltiriladigan moddiy va nomoddiy qiymatlar va ularga doir huquqlar.

2.

Muqobil loyihalar

Альтернативные проекты

Alternative projects

– moliyaviy, moddiy va inson resurslarining umumiy qiymati bir-biriga to’g’ri keladigan investitsiya loyihalari.

3.

Real investitsiyalar

Реальные инвестиции

Real investment

– ko’chmas mulkka (bino, inshoot) va uning ishlashi uchun zarur bo’lgan ishchi kapitalga (xom ashyo, zahiralar, pul mablag’lari va b.) yo’naltiriladigan investitsiyalar, shuningdek nomoddiy aktivlarga (litsenziya, patent, savdo markasi va b.) yo’naltiriladigan investitsiyalar.

4.

Moliyaviy investitsiyalar

Финансовые инвестиции

Financial investment

– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga (aksiya, obligatsiya, nota, depozit sertifikatlari, xorijiy valyuta, hukumat obligatsiyalari va qarzlar) yo’naltiriladigan investitsiyalar.

5.

Investitsiya loyihasi

Инвестиционный проект

The investment project

– 2 xil ma’noda ishlatiladi: biznes, faoliyat, biron-bir maqsadlarga erishishni ta’minlaydigan tadbirlar rejasi; kelajakda ma’lum bir faoliyatni amalgam oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy hujjatlar tizimi.

6.

Investitsiya loyihasining hayotiylik davri

Жизненный цикл инвестиционного проекта

The life cycle of the investment project

– investitsiya loyihasining g’oyasi shakllanishidan tortib, to sotishdan keladigan so’nggi yillik foydaning olinishigacha (loyihaning tugashigacha) bo’lgan davr.

7.


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə