Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə2/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

Mavzuning dolzarbligi: musiqa madaniy hayotimizda keng o‘rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Har bir insonni ma’naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko‘plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o‘rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g ‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lib, uni nafosat olemiga olib kirish va axloqiy g ‘oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga m a’naviy ozuqa beradi. Maktabda musiqa o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ulami zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o‘qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat: o‘quvchilami musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; musiqiy faoliyatlar jarayonida o‘quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o‘quvi, ovozi, diqqat-e’tibori va ijodkorlik his-tuyg‘ularini o‘stirish; musiqiy asariami badiiy-g‘oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash; musiqa darslarida o‘quvchilami kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va vazifalami amalga oshirish o ‘qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san’atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi pedagogika, psixologiya, boialar fiziologiyasi, musiqa o‘qitish va metodikasi hamda o ‘z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak. Musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shxs bolishi lozim. Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo‘l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo‘shiq aytishga, soz chalishga o‘rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so‘zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo‘l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg‘u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo‘lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak m a’naviyatli, go‘zallikni his eta oladigan inson boiishi kerak. “ Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ulami qanday tarbiya olishiga bog’liq.
Xalqimiz kelajagi mustaqil 0‘zbekistonning istiqboli ko‘p jixatdan o‘qituvchiga uning dunyoqarashiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisoslarga doir fanlami o ‘qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish bugungi kun talabidir. Uzluksiz pedagogik ta’lim tizimini amalga oshirilishi munosabati bilan o‘qituvchilami malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash ishlari diqqat markazidadir. 0 ‘qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o‘qituvchi musiqa nazari-yasini egallashi bilan birga, bolalami sevishi, pedagogik amaliyotni ham o‘tgan boiishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o‘qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. B o‘lajak musiqa o ‘qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo‘lishi kerak. U o ‘qituvchilik kasbini va bolalami yaxshi ko‘rishi hamda ularni barkamol insonsifatida kamol topishiga ko‘maklashishi, har bir darsni o ‘quvchilarni hayot tajribasiga bolg`lagan holda olib borishi, hilma-hil metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko ‘rgazmali qurollar, kompyutnr slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. 0`z kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan bo‘lishi, bolalar ovoziga o‘zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo‘lishi, sinfdan tashqari to‘g ‘araklarga o‘quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o‘quvchi!ar faol ishtirok etishi kerak, 0 ‘qituvchi har bir darsini senariy muallifi, artisti, ijrochisi hamda rejissyori bolishi bilan birga zamon bilan hamnafas qadam tashlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Q‘qituvchilik kasbini egallash uchun albatta kasbiy qobiliyatlar bilan birga jism oniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi darkor. Soglom kishi deganda faqat jismoniy sog‘Iomlikni emas, balki sog‘lom ruhiy xislatlami, sharqona axioq odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz” Buyuk pedagog A.Avioniy shunday degan edilar “Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o‘qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta’sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg‘ulami tarbiyalaydi”. “Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat- yo saodat-yo falokat masalasidir” deb yozgan edi. Buyuk mutaffakkir shoir A.Navoiy o‘z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuquro'rganib, shunday dedi: “Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqaginaodamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanot tuyg‘usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi”

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə