Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə3/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

Kurs ishining maqsadi:Iogann Sibastyan Baxning hayot yo’li,sermahsul asarlari va organ ijodi bilan tanishtirish.
Kurs ishi vazifalari:
1.Iogann Sibastyan Baxning hayot yo’li bilan tanishish.
2.Kompazitorning ijodidagi asarlarni o’rganib chiqish.
3.Organ ijodi bilan tanishish.

I BOB.Iogann Sibastyan Baxning hayoti va ijodi tasnifi.
21 [31] mart 1685, Eyzenax— 28 iyul 1750, Leypsig Jahon musiqa san’atida o‘chmas iz qoldirgan daho kompozitorlar qatorida Iogann Sebastyan Bax nomi alohida o‘rin egallaydi. Bugunda kompozitoming jahon musiqa san’atidagi o‘mi va mavqeyi shu darajada yuqori baholanadiki, unga qiyoslab teng topilgan hech bir ijodkor nomini bir qatorga qo‘yib boimaydi deb ta’kidlanadi va bu haqiqatdan ham shunday. I.S. Bax ijodi ma’lum ma’noda o‘zi yashagan davriga yakuniy xulosa yasab berdi, desak bo‘ladi. Uning musiqasi o‘z ichiga musiqa olamida ochilgan, rivojlanib an’anaga aylangan barcha musiqiy jabhalami qamrab olgan holda, kompozitor ularga tayanib ijod qiladi. I.S. Bax nemis organ musiqasi, Uyg'onish davrining xor polifonik san’ati, italyan va nemis skripka maktablarining yorqin va mahoratli bilimdoni boigan. 0 ‘z vaqiida I.S. Baxning notalarni xattotlik yozish san’ati hammani lol qoldirib kelgani bois, u zamondoshlarining asarlarini notaga ko'chirib, bu y o i orqali fransuz klavesinistlari (awalo Küpperen), italyan skripka ustalari va sozandalari (Korelli, Vivaldi), bir qator italyan opera vakillarining taniqli asarlari bilan bevosita tanishish va ularni o‘rganishga muvaffaq boMgan. 51 www.ziyouz.com kutubxonasi Yangiliklarga va tabiatdan tinmay izlanishlarga shay boigan ijodkor bu borada erishgan tajribalarini umumlashtirib takomillashtirdi, jahon musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni jamlab, musiqa san’ati rivojida yangi istiqbolli yoilam i belgilashda o‘z ulushini qo‘shdi. Bu borada I.S. Báxning so‘nggi avlod ijodkorlari (Betxoven, Brams, Vagner, Glinka, Taneyev, Shostakovich, Onegger va b.)ga o'tkazgan ta’siri va ahamiyatini inkor qilib boimaydi. Kompozitoming ijodiy bisoti nihoyatda ulkan boiib, lOOOdan ortiq turli janrlarga mansub asarlami tashkil qiladi. Ular ayrimlarining shaklu shamoyili esa, o‘z davr musiqiy an’ana talablariga to’liq javib bergan. Baxning sinchkov aql-farosati faoliyatining turli jabhalarida ko'zga tashlanadi: zamonaviy cholg‘ular tuzilishini juda yaxshi bilishida, ulami nafaqat sozlash va tuzatish, balki tubdan yangilarini yaratishda; aniq joy va sharoit, cholg'ular va ulami tarkibi, aniq belgilangan ijrochi va tinglovchilarga mo'ljallangan asarlarni yaratishda ko‘rinadi. 0 ‘zining ijodida kompozitor, eng avvalo, cherkov va saroy xizmatkori oldiga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan vazifalarga va berilgan imkoniyatiarga tayanjb faoliyat olib borgan. Ba’zan kompozitor aniq buyurtma asosida, u xizmat qilgan byurger xohish-istagiga qarab ijod qilishga majbur bo‘lgan. XVIII asrga qadar bunday hol tabiiy va keng tarqalgan hodisa sifatida qabul qilingan. Olmoniyada, ayniqsa, konsert va teatr tomoshalarda mustaqil chiqishlar kompozitorlar uchun qiyin kechgan mazkur davrda san’atkorning taqdiri ularni ish bilan ta’minlagan cherkov va saroyga bogiiq bo‘lib qolgan. Qat’iy va og'ir ijtimoiy shart-sharoitda I.S. Bax san’atda o‘zining shunday yorqin tarzda namoyon qilishi kishini hayratda qoldiradi. Balki tashqi omillar, xususan, kompozitor ijod qilgan janrlar ma’lum ma’noda uning ichki ruhiy kechinmalari, turfa badiiy intilish va ijodiy imkoniyatiarga hamohang bo‘lganligida ham ko‘rinadi. Musiqani yaratish uchun kompozitor paydo bo‘lgan har bir bo‘sh vaqtidan unumli foydalanib, qalb izmiga bo‘ysungan holda, o‘z farzandlari va shogirdlari uchun asarlar yaratgan. Bu narsa hech qachon jamoaviy, ya’ni uning asosiy xizmat ishlariga qarama-qarshi chiqmagan, negaki, kompozitor xizmat burchini yuqori qo‘yib, féodal va cherkov tartib-intizomiga qat’iy itoat qilgan. Shunga qaramay, u amalda mavjud qoida va holatlarga tayanib, musiqachi va byurger huquqlarini himoya qilgan. U nafaqat sha’ni va g‘ururini, balki butun umrini baxshida etib kelgan kasbini himoya qilgan. Xushmuomala va 60 www.ziyouz.com kutubxonasi muloqotli, o‘z yaqinlari va kasbdoshlari, o'quvchi shogirdlariga g‘amxo‘r boigan I.S. Bax mehnat jarayoniga, o‘z kasbiga layoqatsiz va hurmatsiz insonlami keskin tanqid qilgan. I.S. Bax o‘z davrining yirik namoyandasi sifatida yoshligidan dinga chuqur itoat qiluvchilar doirasida, protestant cherkov an’analari asosida o‘sib-ulg‘aydi. lining shaxsiy kutubxonasida nemis va lotin tilida yozilgan Martin Lyuteming to‘liq asarlar to‘plami mavjud bo‘lgan va kompozitor aynan Bibliya o‘gitlariga tayanib ijodiy izlanishlar olib borgan. Shu bois, asarlarining sarlavhalarini kompozitor “Jesu Juwa” (“Iso, madad ber!”) bilan boshlab, yakunida “Soli Dei Gloria” (“Parvardigorga hamdu sanolar!») iborasi bilan yakunlagan. Shu singari abbreviatura ko‘plab cherkov va dunyoviy asarlarida ham uchraydi. Ko‘p insonlar I.S. Baxning musiqasini o‘ta jiddiy deb qabul qiladi, aslida esa unday emas. Faylasuf kompozitor, shu bilan birga, quvnoq hazil-mutoiba tarafdori edi. Qayg‘u-dard va fojiaga to‘la sahifalar uning asarlarida hazil-quvonch, o‘ta jo'shqin hayrat lavhalariga alishadi. Bax asarlari hissiyot va kayfiyatlarning diapazoni kengligi, yorqin va rang-barang bo‘yoqlari bilan ajralib turadi. I. S. Bax ijodini qabul qilishga to'sqinlik qilganya’nabir qarash, uning o‘ta hisob-kitobli shaxs sifatida ta’riflanishida ko‘rinadi. Darhaqiqat, ushbu ijodkor musiqasining chuqur o‘yga toidiruvchi, shu bilan birga, ratsional fikrlash tizimi, XVII-XVII1 asr nemis faylasuflari: Leybnits, Tomaziy va Volfning ta’sirini o‘zida o‘tkazgani shubhasiz. Lekin shu bilan birga, kompozitor asarlarida aql - kuchli emotsional shiddat, umumiylik - aniqlik bilan, dono mantiq - erkin, erk fantaziya bilan mujassam payvand etilganini ko‘ramiz. Polifoniya san’atining ko‘p asrlik rivojlanish yoiini xulosalab ko‘rilsa, I.S. Bax bu sohada erishib boim as texnik mahorat darajasigacha ko‘tarilgan. “Asl ijodkor paydo bo‘lganda, u, erishib bo‘lgan barcha narsalardan o‘ziga kerakligini olib, kerak boimaganidan voz kechgan holda, tubdan yangi asar yaratadi”, - deb yozgan edi Amerika yozuvchisi Ernest Ximenguey. Nega uning bu so‘zlarini esladik? Chunki aynan bu fikr I.S. Baxning Yevropa musiqa madaniyati tarixida tutgan o‘mi va ahamiyatini toiaqonli ko'rsatib berishi aniq. 200 yil muqaddam I.S. Bax haqida birinchi jildni yaratgan muallif Iogann Nikolaus Forkel shunday ta’rif bergan edi: “Uning iste’dodi mash’ali ta’sirida boshqa, yanada kuchli intilish chirog‘i yonib, uni har bir jabhada, ya’ni o‘z kuchi yetmagan musiqiy san’at namunalarida ijodiy panoh izlashga chorlardi. Dastlab bu qudratni u Vivaldining skripka uchun konsertlarida, so‘ng o‘z vaqtining eng buyuk organ va klavir musiqa ustalaridan izladi. U davrning mohir darg‘alari fuga san’atining bilimdonlari boigan. Kontrapunkt san’ati boiajak ijodkoming ijodiy tafakkurini charxlovchi katta kuch sanalgan. Shu bois, kontrapunkt imkoniyatlarini rivojlantirish, sir-asrorlarini o‘rganish borasida, bora-bora I.S. Bax yaratgan asarlarida kamchiliklami tezkor yengishga va uning natijasida kompozitorlik mahoratini takomillashtirishga zamin yaratildi”. Bax asarlarida musiqiy matnning yoritilishi polifoniyaga xos boigan fakturaning turli ovozlari orqali bayon etiladi. Gorizontal chizgilaming birligi va omixtaligida maium vertikal ohangdoshliklarakkordlar va ulaming ketma-ketligi, ya’ni garmoniya sodir boiib, o‘sha davr tinglovchilarini yangi jarangdorliklar bilan hayratga solgan. Baxning asarlari yangi topilma va izlanishlarga boy boiib, musiqa san’ati rivojlanishining yangi yoilarini ochib, kelajak sari qaratilgan. Baxning ijodi o‘zining musiqiy tili va timsoliy doirasi zaminida chuqur, milliy boiib, Olmoniyaning xalq qo‘shiqlari va nemis Protestant xorali kabi asl nemis janrlari bilan bogiiq boigan. Shu bilan birga, G'arb mualliflari ijodini yaqindan tanishi va o‘rganishi, Bax uchun katta tajriba maktabiga aylanib, uning asarlarida o‘z aksini topgan. Baxning hayoti davomida uning yonida hamisha kompozitorning sevimli musiqiy asbobi - organ hamroh boigan. Yoshlik chogiaridan bu cholg‘uga boigan mehr-muhabbat, uni shu cholg'uda mahorat bilan ijro etgan san’atkorlarni diqqat bilan kuzatishida, o‘z vaqtida yarim Olmoniyani piyoda kezib, mashhur organchi, kompozitor Ditrix Bekstexudega shogirdlikka tushish niyatida, misol tariqasida, umrida bir bora unga berilgan ta’til vaqtida ishga kech qolgani maium. Shaharma-shahar kezib, o‘z xizmat joylarini almashtirgan (cherkov, saroy musiqachisi) I.S. Bax hech qachon organdan ayrilmagan, bu cholg‘u uchun asarlar yaratib, o‘zining va o‘zgalarning asarlarini mohirona ijrosi bilan insonlami hayratda qoldirgan. Ma’lumki, organ cholg‘usi va organ san’ati Olmoniyada nihoyatda mashhur bo‘lgan protestantlik cherkov marosimini soddalashtirib, uni jiddiy va kamtarona qilib qo‘ydi. Ushbu marosimlarda musiqaning ahamiyati o‘sib bordi. So‘ngra, konsert va teatr hayotini dadil rivojlanishi oqibatida, cherkov - musiqa san’ati markaziga, cherkov organchisi esa - muhim, kichik shaharlarda - uning yagona vakiliga aylandi, desak mu bo lag‘a bo’lmaydi.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə