Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


II BOB. Iogann Sibastyan Baxning organ ijodiyoti



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə6/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

II BOB. Iogann Sibastyan Baxning organ ijodiyoti.
Organ cholg‘usi va organ san’ati Olmoniyada nihoyatda mashhur bo‘lgan protestantlik cherkov marosimini soddalashtirib, uni jiddiy va kamtarona qilib qo‘ydi. Ushbu marosimlarda musiqaning ahamiyati o‘sib bordi. So‘ngra, konsert va teatr hayotini dadil rivojlanishi oqibatida, cherkov - musiqa san’ati markaziga, cherkov organchisi esa - muhim, kichik shaharlarda - uning yagona vakiliga aylandi, desak mu bo lag‘a boimaydi. I.S. Baxning organ bisoti rang-barangligiga qaramay, unda bir necha janrlar alohida ajralib turadi. Biz ularning ikkitasi - xoral prelyudiyalar va ikki qismli fugali polifonik qismlarida to‘xtab o‘tishni lozim topdik. 63 www.ziyouz.com kutubxonasi Organ xoral prelyud.iya.lar protestant4 xorallar asosida yaratilgan. Olmoniyadagi islohot protestant xoral janrini sahnaga ko‘tardi. Xoral (xorli kuylash) - cherkov xizmatlariga kiritilgan rasmiy an’anaviy va qoidalashtirilgan kuylash yoilarining umumiy nomidir. Katolik cherkovida bir ovozda, lotin tilida ijro etiluvchi xoralga qarama-qarshi protestant xorali taqqoslangan. Nemis yerlarida Genrix Geyni ta’rifida “Islohot marselyezasi” deb atalgan bu xoralning birinchi namunasi sifatida Dehqonlar urushi (I524-1526)da ilk bor yangragan “Xudo - bizning tayanchimiz!” asari hisoblanadi. Taxmin qilimshicha, bu asar Olmoniyada islohotni rivoji va targ‘ibotiga katta ulushini qo‘shgan, islohot otaxoni Martin Lyuter qalamiga mansubdir. Bu yo‘nalish tarixda Lyuteranlik nomi bilan mashhur boigan. Lyuter musiqaga katta e’tibor berib, ko‘plab diniy aytimlarning matn muallifi sifatida ham tanilgan. Lyuter va uning safdoshlari (eng avvalo - Tomas Myunser) oddiy nemis xalqi cherkov xizmatini tushunishi uchun uni nemis tilida olib borilishini talab qilib, bu maqsadga erishdilar. Tabiiyki, cherkov xizmatiga kelgan oddiy xalq, shahar aholisi ham xorallarni ona tilida, xalq ichida mashhur boigan kuy va qo'shiqlarga solib ijro etishadi. Mashhur kuy-ohanglar yangi matn va ijro etish sharoitida o‘zgarib, yangicha tusda, to‘rt ovozli tizimda yangraydi. 0 ‘z navbatida, to‘rt ovozli tizim, akkorlarga intilgan, o‘rta ovozlari harakatchan, ovozlarning bir tekisli harakati bilan gavdalanadi. Xoralni ilk palladagi ijro etish an’analariga ko‘ra, kuy tenor ovoziga, 4Protestantizm — xristianlikda, xususan, katolik cherkovidan ajralib chiqqan yo‘nalish. Eng aw alo bu yo‘na!ish Olmoniya bilan bog'liq bo‘lib, XVI asrda katolik cherkoviga qarshi Islohot markaziga aylandi. Protestantlik, shuningdek, nafaqat diniy op¡>ozitsiya, balki antifeodal kurash bo‘lib, o‘zini safiga dehqonlar, shahar kambag'allarini kiritgan. kechroq esa soprano ovoziga yuklanadi. 0 ‘z navbatida, bu holat xoralni oson qabul va idrok etish, organ jo ‘rligida yengil ijro etishga zamin yaratib berdi. Nemis kompozitorlari va ijrochilari protestant xoraliga murojaat qilib, ularni qayta ishlash borasida turfa ko‘rinishlarni yaratdilar. Tabiiyki, I.S. Bax bunday bebaho nemis yodgorligiga befarq qolmadi va avvalgi kompozitorlar erishgan yutuqlari zamirida, o‘zining yorqin talqinida ularni namoyon qildi. U o‘zining organ xoral prelyudiyalarida xoralning asosiy kuy yo‘ii va uning kuychanligini saqlab qolishga intilgan. Natijada aynan ushbu janr kompozitor bisotining vokal va organ musiqasi o‘rtasida bogMovchi rishtaga aylandi. Baxning organ prelyudiyalarining emotsíonal rangbo‘yoqlari aw al uning asosida olingan shoirona matnlar mavzusidan kelib chiqadi: bu tantanalik va g‘amgin lirika, quvonchli parvoz va diniy sajdagohlik mavzusidan kelib chiqgan. Kvodlibet - qadimgi poppuri shaklidagi asar boiib, o‘z ichiga ko‘cha-kuyda xirgoyi qilingan quvnoq kuylar bilan chatishtirilgan asarlar ketma-ketligini tashkil qilgan. Hazil hatto taniqli invensiyalar tarkibida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, fa-major ikki ovozli invensiyani tinglaganimizda quvonchga to‘la ohangli kuy har bir ovozda baralla o‘tishi, sol-major invensiyasida esa kompozitor “tovuqni qichqirishini” yaratishga intilganligi ko‘rinib turadi, si- ; minor ikki ovozli invensiyasi kompozitoming orkestr syuitasidan o‘rin oigan taniqli “Shutka” (“Hazil”) asari bilan parallel rishtalami o‘matishga chorlaydi. Biroq ko‘plab namunalar qatorida jiddiy, go‘zal, dard va iztrobga boy uch ovozli sol-minor, do-minor, si-bemol-major kabi invensiyalar ham bor. Aynan uch ovozli invensiyalar Bax tomonidan “simfoniya” deb atalgan. Bugunda “siinfoniyalar” deb biz orkestr uchun moijallangan maxsus musiqiy shaklni nazarda tutamiz, ammo kompozitor yunoncha bu so‘z bilan “ohangdoshlik” ma’nosini bildirib, asarda barcha ovozlami harakati ohangdoshlikda kelishini nazarda tutgan. Baxning boshqa turkumi - “Yaxshi temperatsiya qilingan klavir” yanada murakkabroq, mazmun va mahorat jihatdan serqirra va rang-barangdir. Bu turkumning haqiqatdan ham Bax ijodining qomusi deb e’tirof etilishi bejiz emas. 1722-yilda yakunlangan birinchi jildning kirish qismida kompozitor quyidagi satrlami yozib qoldirgan: “Musiqa bilan shug‘ullanishga shay boigan yoshlaming foydasi uchun mashqlar o'mida, tajribaga ega boiganlar uchun ko‘ngil huzuri uchun moijallangan”. Aynan shu davrda Baxning 300 ga yaqin diniy kantatalari yozildi. Ular cherkovda yakshanba kunlari ijro etishga mo‘ljallangan boiib, cherkov xizmatidan so‘ng Yevangeliyaning ayrim lavhalarini tinglovchilarga havola etib, o‘yfikrlarni chuqur xayoliy olamga sho‘ng‘ib borishiga turtki bergan. “Qahvachilik”, “Dehqonchilik” kantatalari shular orasidan joy oigan. Si-minor messa, ya’ni “Yuqori messa” ustida kompozitor besh yil davomida ishlagan (1733-1738), asaming ikkita qismini u Fridrix Avgust Saksonskiy rahnamosini va e’tiborini qozonish maqsadida, saroyda sakson kurfyurist lavozimiga tasdiqlanishi uchun yozgan. Messa tarkibiy besh qismdan iborat boiib, har bir qismning nomi birinchi duo satrlari nomi bilan e’tirof etilgan: 1 -qism - KYRIE ELEISON (“Xudo rahm qil!”); 2-qism - GLORIA (“Shon-sharaf’); 3-qism - CREDO (“Itoat qilaman”); 4-qism - SANCTUS yoki BENEDICTOS (“Iloh”, “Inoyat”); 5-qism - AGNUS DEI (“Qurbonlik”). Biroq o‘zining asarida kompozitor an’anaviy besh qismni yana parchalarga bo4 lib, ularning tarkibini yigirma toittaga yetkazdi. Ularni ichida o‘n beshta - xor, monumental, to iiq jarangli, ba’zan tiniq va mussafo; 6 ariya va 3 duet o‘rin oigan. Asarning musiqiy dramaturgiyasi nomerlami kontrast solishtirish asosida tuzilgan. Baxning ijodidan yorqin talqindagi yana bir janr - passionlaa (iztiroblar) o'rin olgan. Iztiroblar1 yoki passionlar - oratoriyaning bir turidir.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə