Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


Organ uslubining asosiy qirralari



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə7/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

2.1.Organ uslubining asosiy qirralari .
Bax davrida organ barcha cholg‘ulaming qiroli boigan - eng bahaybat va rangli jarang egasi. U cherkov koshonasining ustida katta akustika jarangi orqali jozibali yangragan. Organ san’ati keng tinglovchilarga murojaat qilishi bois, ko‘tarinki oratorik pafosi, monumental ligi, konsertlik xususiyati bilan ajralib turgan. Ushbu uslub keng hajmli shakllar va mahoratli ijroni taqozo etgan. Bu borada organ asarlar katta devoriy suratlar kabi yirik plandagi manzaralarga o‘xshaydi. Baxning eng katta va savlatli cholg‘u asarlari ajanan organ uchun yaratilgandir: “Passakaliya” c-moll, “Tokkata, adagio va fuga” C-dur, “Fantaziya va fuga” g-moll va boshqalar. ga qadar ulug‘ lanib kelmoqda. Baxning organ ijodi. Yoshlik chog‘idan organ mahorati va badihalik san’ati kompozitor e’tiborini jalb qilib, Bax san’atining tayanch poydevoriga aylanadi. Bolalik damlarida u Eyzenaxda tog‘asining organdagi ijrosini tinglagan, so‘ngra Otrufda akasining ijro mahoratidan hayratlanib yurgan. Amshtadda Baxning o‘zi organchi sifatida o‘z mahoratini mukammallashtirish, organ uchun ilk asarlar yozish bilan faoliyatini davom ettiradi. Uning xoral qayta ishlovlarida amalga oshirgan tajribalari g‘ayritabiiy va o‘zgachaligi bilan ba’zida Amshtad aholisini sarosimaga tushirgan. Veymarda u organchi sifatida ishlab, organ ijodi borasida samarali mehnat qiladi, ya’ni bu yerda uning eng katta organ bisoti yaratiladi: “Tokkata va fuga” d-moll, “Tokkata, adagio va fuga” Cdur, “Prelyudiya va fuga” a-moll, “Fantaziya va fug”a g-moll, “Passakaliya” c-moll va boshqalar. Hatto sharoiti tufayli boshqa ish qilishga majbur boigan kezlarida ham kompozitor o'zining portativ organidan ayrilmagan. Cherkovda Baxning jo ‘rligida uning oratoriyalari, kantatalari, passionlari yangragan. Aynan organ orqali u keng ommaga tanildi. Organ badihaliklarida u eng yuksak cho‘qqilarga erishdi. Mashhur organchi Yan Reynken, yoshi keksaygan vaqtda Baxning ijrosini tinglab: ‘‘Men bu san ’at allaqachon o ‘Igan desam, endi bu san'at Sizda yashamoqda. Bunga amin bo ‘Idim ”, - deb qayd etgan ekan.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə