Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti


Iogann Sibastyan Baxning ijodi mahsullari



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə5/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

1.2. Iogann Sibastyan Baxning ijodi mahsullari.
I.S. Baxning organ bisoti rang-barangligiga qaramay, unda bir necha janrlar alohida ajralib turadi. Biz ularning ikkitasi - xoral prelyudiyalar va ikki qismli fugali polifonik qismlarida to‘xtab o‘tishni lozim topdik. Organ xoral prelyud.iya.lar protestant4 xorallar asosida yaratilgan. Olmoniyadagi islohot protestant xoral janrini sahnaga ko‘tardi. Xoral (xorli kuylash) - cherkov xizmatlariga kiritilgan rasmiy an’anaviy va qoidalashtirilgan kuylash yoilarining umumiy nomidir. Katolik cherkovida bir ovozda, lotin tilida ijro etiluvchi xoralga qarama-qarshi protestant xorali taqqoslangan. Nemis yerlarida Genrix Geyni ta’rifida “Islohot marselyezasi” deb atalgan bu xoralning birinchi namunasi sifatida Dehqonlar urushi (I524-1526)da ilk bor yangragan “Xudo - bizning tayanchimiz!” asari hisoblanadi. Taxmin qilimshicha, bu asar Olmoniyada islohotni rivoji va targ‘ibotiga katta ulushini qo‘shgan, islohot otaxoni Martin Lyuter qalamiga mansubdir. Bu yo‘nalish tarixda Lyuteranlik nomi bilan mashhur boigan. Lyuter musiqaga katta e’tibor berib, ko‘plab diniy aytimlarning matn muallifi sifatida ham tanilgan. Lyuter va uning safdoshlari (eng avvalo - Tomas Myunser) oddiy nemis xalqi cherkov xizmatini tushunishi uchun uni nemis tilida olib borilishini talab qilib, bu maqsadga erishdilar. Tabiiyki, cherkov xizmatiga kelgan oddiy xalq, shahar aholisi ham xorallarni ona tilida, xalq ichida mashhur boigan kuy va qo'shiqlarga solib ijro etishadi. Mashhur kuy-ohanglar yangi matn va ijro etish sharoitida o‘zgarib, yangicha tusda, to‘rt ovozli tizimda yangraydi. 0 ‘z navbatida, to‘rt ovozli tizim, akkorlarga intilgan, o‘rta ovozlari harakatchan, ovozlarning bir tekisli harakati bilan gavdalanadi. Xoralni ilk palladagi ijro etish an’analariga ko‘ra, kuy tenor ovoziga, 4Protestantizm — xristianlikda, xususan, katolik cherkovidan ajralib chiqqan yo‘nalish. Eng aw alo bu yo‘na!ish Olmoniya bilan bog'liq bo‘lib, XVI asrda katolik cherkoviga qarshi Islohot markaziga aylandi. Protestantlik, shuningdek, nafaqat diniy op¡>ozitsiya, balki antifeodal kurash bo‘lib, o‘zini safiga dehqonlar, shahar kambag'allarini kiritgan. kechroq esa soprano ovoziga yuklanadi. 0 ‘z navbatida, bu holat xoralni oson qabul va idrok etish, organ jo ‘rligida yengil ijro etishga zamin yaratib berdi. Nemis kompozitorlari va ijrochilari protestant xoraliga murojaat qilib, ularni qayta ishlash borasida turfa ko‘rinishlarni yaratdilar. Tabiiyki, I.S. Bax bunday bebaho nemis yodgorligiga befarq qolmadi va avvalgi kompozitorlar erishgan yutuqlari zamirida, o‘zining yorqin talqinida ularni namoyon qildi. U o‘zining organ xoral prelyudiyalarida xoralning asosiy kuy yo‘ii va uning kuychanligini saqlab qolishga intilgan. Natijada aynan ushbu janr kompozitor bisotining vokal va organ musiqasi o‘rtasida bogMovchi rishtaga aylandi. Baxning organ prelyudiyalarining emotsíonal rangbo‘yoqlari aw al uning asosida olingan shoirona matnlar mavzusidan kelib chiqadi: bu tantanalik va g‘amgin lirika, quvonchli parvoz va diniy sajdagohlik. Ammo asarlarning timsoliy doirasi qanday boiishidan qa’ti nazar, ular o‘zining soddaligi va tabiiyligi, shu bilan birga, chuqur ahamiyatli va oliyjanobligi bilan ajralib turadi; ixcham shakl va kamer jarangdorlik - tembr turfaligi, koloritning rangbarangligi va nafisligi, kuy ovozining hukm surishi, uning yaxlitligi, go‘zalligi, kuychanligi, ifodaviy hamnafas ovozlar, turli registrlarning tasodifíy va ifodaviy birikmalari, bularning barí janrning eng namunaviy misoli - Í.S. Baxning Fa-minorprelyudiyasi uchun xosdir. Fa-minor xoral prelyudiya. Xoralning yumshoq va g‘amgin kuy negizi “Senga murojaat qilaman - Xudo” yuqori ovozda tarannum etiladi. U boshqa ovozlardan ustun turib, yuqori olijanoblik va go‘zallik timsoli boMmish asarning asosiy timsoliy doirasini ochib beradi. Kuyning diapazoni o‘rta registrda berilgani va uning kengligi ovoz diapazoniga mos kelishi maium ma'noda inson kuylashini eslatadi. Bas ovozining asta, bir tekisdagi qadam bosish harakati jiddiy va qat’iy kayfíyat yaratishda xizmat qiladi. Biroq, orada o‘rta ovozlarning o‘n oltitalik cho‘zimlikdagi kuy harakati nihoyatda ifodaviy va kuychan boiib, prelyudiya musiqasiga yumshoq iliqlik baxsh etadi. Asarning avj pallasi o‘z ichida keskin taranglikni mujassam etib, asarning yakuniy qismiga keladi. Bu taranglik Baxning ko‘plab asarlarida o‘rin oigan ovozlar o ‘rtasidagi bir vaqtli kontrast orqali yuzaga keladi. Biroq aynan kulminatsiya, ya’ni avj pallasida lya bémol major tonallik yangrashi yorqin bo‘yoq sifatida ko‘zga tashlanadi. Ammo yakuniy taktlarda fa-minor tonalligiga qaytib, asosiy g‘amgin kayfiyat tasdiqlanib qoladi. Baxning organ musiqasidagi yana bir polifonik janr, bevosita turkum ikki qismlik bilan bog'liq. Ko‘pincha bu erkin, badihago'ylikka asoslangan prelyudiya yoki fantaziya, ba’zan tokatta va unga qarama-qarshi aniq va jiddiy, o‘z qat’iy yozilish qonun-qoidalariga amal qilingan fuga qismni tashkil qiladi. Bu qismlar temp tezligi, shakli, faktura, xarakteri, rivojlanish tamoillari bilan farq qilib, alohida kelsa-da, biroq bir-biri bilan uzviy bog'liq. Birinchi bo‘limlaming ahamiyati nafaqat kirish vazifasini o‘tash, balki butun asarning asosiy g‘oyasini rivojlanishi urug‘ini soluvchi poydevorga aylanish demakdir. Keyinchalik, kirish qismlarda fuga bilan chuqur bog‘liqlik rishtalari mavjudligi aniqlanadi. Yoshlik chog‘larida I.S. Bax ijodining yorqin ilhomi bo‘lmish re-minor tokatta va fugani yaratgan edi. Uni tinglaganlar yuqoridan pastga kezib tushayotgan ohanglar va ulaming tantanali akkordlarga qo'shilib tushishini unutmaydi. Taxmin qilinishicha, bu musiqa Baxning badiha san’atidan bir misol bo‘lib, keyinchalik kompozitor uni takomillashtirib, yuqori darajaga ko‘tara olgan. Ma’lumki, “tokatta” so‘zi ko‘p ma’noga ega. Biroq dastlabki ko‘rinishda tokatta italyan “toccare” (organ yoki klavesin klavishalarga barmoqlami tekkizish degan ma’noni anglatadi) so‘zidan kelib chiqib, klavishali cholg‘ular uchun mo‘ljallangan fantaziyalar bilan qiyoslangan. Bu borada, nemis organ tokattasining asoschisi Ditrix Bekstexuderimg mohir ijrosidan ta’sirlanib hayratlangan I.S. Bax uning “Organda chalish - bu matnsiz va teatr sahnasiz dramatik harakatdir” degan so'zlarini yodda tutgan. D. Bekstexudeni tinglab, Bax yanada erkinroq bastalashni boshladi, natijada zamondoshlaridan nafaqat asarlarining chuqurligi va ifodaviy kuchida, balki shakl tizimining sokinligi bilan oldinga ildamladi. Xususan, o‘zining ilk asarlari boimish mazkur tokatta va fugada, u, fuganing shakl-shamoyilini aniq belgilab, uni tokattadan aniq chegaralar bilan ajratdi. Shu bilan birga, ulami dramaturgik nuqtayi nazardan, ko‘rinmas, biroq chuqur tahlil orqali yuzaga chiqarish mumkin boigan, ichida pinhon sirlangan rishtalar bilan bogiadi. Badihalikning kuchli yoyilishi - tokattada boiib, fuga qismiga dabdabali kirish ato qilingan. Kompozitor organ uchun, shuningdek, kansona va richekarlar, tokkata va fantaziya, prelyudiya, kaprichchio, chakona, passakalya, xoral prelyudiyalar va boshqa asarlarni yozgan. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida organ musiqasining iste’dodli kompozitor va cholg‘uchilari dunyoga keldi. Boshqalardan ko‘ra italyan musiqachi - Djirolamo Freskobaldi, niderlandlik - Yan Piterszon Svelink va nemis sozandalari - Samuel Sheydt, Iogann Yakob Froberger, Iogann Paxelbel va ayniqsa, butun Olmoniyani o'zining mahoratli ijrosi bilan hayratga solgan Ditrix Bekstexude ajralib turardi. Ba’zan niderland, italyan, fransuz, nemis cherkovlari haqiqiy konsert zal va sahnalariga aylanib, san’atkorlaming mohirona ijrolari tomoshabinlarni lol qoldirgan. 0 ‘sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg‘usini mohir sozandalari ham boigan. Bora-bora klavir musiqa organ va lyutnya (ud) musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi. Klavir uchun asarlar repertuarining salmoqli qismini raqslar va “syuita ” (fransuz tilidan-qator, ketma-ketlik) nomi bilan e’tirof etilgan raqs turkumlari egallagan. Syuita tarkibiga vazmin nemis allemanda, harakatchan fransuz kuranta, sekin ispan sarabandasi va tezkor ingliz jiga raqslari kirgan. Ba’zan mazkur asosiy raqslarga qo‘shimcha raqslar o‘rnida ariya va rondo kiritilishi mumkin boigan. Prelyudiya yoki uvertyura butun raqs turkumini an’anaga ko‘ra ochib bergan. Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar ham paydo boidi. Shulardan biri - sonata va konsert janrlari. Sonata shaklining asosiy turi mazkur davrda cherkov sonatasi hisoblangan. Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilish uchun moijallangan. Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy sonata turlari ham mavjud boigan. Shu asosda Italiya va Olmoniyada klavisin sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis kompozitori logann Kunau qalamiga mansub “Bir necha Bibliya hikoyalaming musiqiy tavsifi” (1770) yaratildi. 0 ‘sha davrda “kamer musiqa” deb cherkovdan tashqari, ya’ni xonaki sharoitda ijro etiluvchi musiqa nazarda tutilgan. Asta-sekin mazkur atama bilan har bir alohida cholg‘u uchun yozilgan mustaqil partiyalar, ya’ni ansamblli asarlar tushuniladi. Eslatib o'tish joizki, I.S. Baxdan avval Djirolamo Freskobaldi, Fransua Küpperen va Domeniko Skarlattilar klavir uchun bir qator ajoyib asarlar yaratganlar. Bax esa klavir musiqasining ifodaviy palitrasini, uning uslubiy chegaralarini kengaytirgan holda, turli mamlakatlarning organ, orkestr va vokal adabiyotida jamlangan vosita va usullarni o‘zida mujassam etdi. Baxning g‘oyalari uning davridan ancha olg‘a qadam tashlab, o‘sha davr cholg‘ulari imkoniyatidan o‘z ifodasini topa olmagan. Klavesin ovozining jarangi kalta, qo‘ng‘iroq kabi yorqin, lekin tez so‘nuvchi boigan. Klavikord cholg‘usi esa kuchsiz, past tembr bilan ajralib turgan. 1709-yili italyan ustasi B. Kristofori tomonidan yaratilgan fortepiano uning bizgacha yetib kelgan mukammal ko‘rinishiga yetishish uchun hali katta vaqt kerak bo‘lgan. Kompozitor o‘z oldiga klavesinning “urma” xususiyatidan qochib, unda kuychan, sokin chalish imkoniyatlarini chiqarishga intilgan. Bunday yondashish kompozitomi klavir asarlarida lirik obrazlami ifodasi bilan bogiiq boigan deb taxmin qilish mumkin. Bu esa yangi ijrochilik usullari, texnik mahorat yoilarini izlash, applikatura tamoyillarini takomillashtirishga kompozitomi undadi. Bax “legato” shtrixini sifatli chiqarishga harakat qilgan, buning asosida pedagogik repertuar ham kengayib borgan. Maiumki, “kichik prelyudiya va fugalar”, “invensiyalar”, hatto taniqli “Fransuz syuitalar” va “Yaxshi temperatsiya qilingan klavir” ham instruktiv asarlar sifatida yaratilgan. Shu bilan birga, Bax klavimi nafaqat xonaki cholg‘u, balki keng jamoatchilik e’tibori uchun havola etiladigan cholg‘u ekanini isbotlab, klavir uchun fantaziya va fuga, tokatta va konsert kabi janrlami yaratdi. Ular orasida “Italyan konserti” mashhurdir. 68 www.ziyouz.com kutubxonasi Hozirda AQSH ning Yel Universiteti qoshidagi musiqiy maktab kutubxonasida I.S. Baxning o‘z q o ii bilan yozgan nota kitobchasining qo‘lyozmasi saqlanmoqda. Uning pergament muqovasida Baxning dastxati bitilgan boiib, unda “Vilgelm Frideman Baxning klavir Jcitobchasi” deb yozilgan. Shuni qayd qilish lozimki, aynan Vilgelm Frideman kompozitoming eng iste’dodli zurriyodidan biri boigan. Bu kitobcha klavirda chalish bo‘yicha o‘z farzandi uchun mashq qilishga moijallangan katta maktab boiib, avlod musiqachilari, ko‘plab ustoz va ulaming shogirdlari uchun qimmatli manbaga aylandi. Mazkur kitobcha tarkibiga kirgan elementar musiqiy tushunchalar, asarlar, xususan, eng yengílidan tortib to murakkabgacha mashqlar to‘plami musiqa san’atiga kirib kelayotgan san’atkorga bilimlarni tadrijiy ravishda o‘zlashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Kitobchadan o'rin oigan invensiyalami butun dunyo bolajonlari ijro etishadi. Invensiyalar lotinchadan “kashf qilish”, “o‘ylab topish” degan ma’noni bildiradi. Darhaqiqat, har bir invensiyada Bax o'zining yangi asar shakli, usuli, musiqiy tilidan mohirona foydalangan. Ammo ularni barini birlashtiruvchi yagona omil - polifoniya negizi, mustaqil ovozlarni birlashtirish tamoyilining asosiy omilidir. Invensiyalar zerikarli mashqlar boimay, topqirlik, fantaziyaga boy asarlardir. M aiumki, tabiatiga ko‘ra kompozitor juda hazilkash inson boigan. U hazil qilishni yoqtirgan. Masalan, uning sinfída tahsil oigan shogirdlarning birini familiyasi nemis tilidan “qisqichbaqa“ deb tarjima qilinardi. Bax “Mening bulogimda sen yagonasan!” deb hazil qilgan. Katta fojiaviy yechimi, dramatizm shiddati bilan sug‘orilgan asarlar muallifí, buyuk kompozitor hazilomuz asarlar - kvodlibetlarni yozishni juda xush ko‘rgan Kvodlibet - qadimgi poppuri shaklidagi asar boiib, o‘z ichiga ko‘cha-kuyda xirgoyi qilingan quvnoq kuylar bilan chatishtirilgan asarlar ketma-ketligini tashkil qilgan. Hazil hatto taniqli invensiyalar tarkibida ham ko‘zga tashlanadi. Masalan, fa-major ikki ovozli invensiyani tinglaganimizda quvonchga to‘la ohangli kuy har bir ovozda baralla o‘tishi, sol-major invensiyasida esa kompozitor “tovuqni qichqirishini” yaratishga intilganligi ko‘rinib turadi, si- ; minor ikki ovozli invensiyasi kompozitoming orkestr syuitasidan o‘rin oigan taniqli “Shutka” (“Hazil”) asari bilan parallel rishtalami o‘matishga chorlaydi. Biroq ko‘plab namunalar qatorida jiddiy, go‘zal, dard va iztrobga boy uch ovozli sol-minor, do-minor, si-bemol-major kabi invensiyalar ham bor. Aynan uch ovozli invensiyalar Bax tomonidan “simfoniya” deb atalgan. Bugunda “siinfoniyalar” deb biz orkestr uchun moijallangan maxsus musiqiy shaklni nazarda tutamiz, ammo kompozitor yunoncha bu so‘z bilan “ohangdoshlik” ma’nosini bildirib, asarda barcha ovozlami harakati ohangdoshlikda kelishini nazarda tutgan. Baxning boshqa turkumi - “Yaxshi temperatsiya qilingan klavir” yanada murakkabroq, mazmun va mahorat jihatdan serqirra va rang-barangdir. Bu turkumning haqiqatdan ham Bax ijodining qomusi deb e’tirof etilishi bejiz emas. 1722-yilda yakunlangan birinchi jildning kirish qismida kompozitor quyidagi satrlami yozib qoldirgan: “Musiqa bilan shug‘ullanishga shay boigan yoshlaming foydasi uchun mashqlar o'mida, tajribaga ega boiganlar uchun ko‘ngil huzuri uchun moijallangan”. Bu maqsad kompozitor uchun benihoyat muhim boigan ko'rinadi, negaki, Leypsigda yashagan davrda u bu turkumning ikkinchi jildini yaratib tugatadi. Birinchi jild kabi, u yigirma to‘rtta ikki qismli polifonik asarlardan iborat boiib, har biri alohida ijro etilishi mumkin. Turkumga prelyudiya va fuga kirib, ular bir tonallik ostida birlashadi. Masalan, do-major prelyudiya va fuga va h.z. Ya’ni tadrijiy ravishda xromatizm asosida butun diyez va bemol, major va minor ladlarining tonalliklari davrasi qamrab olinadi. Bunday ketmaketlikdagi tuzilish kompozitoming badiiy amaliyotga temperatsiya tizimining barcha tonalliklarini kiritish istagi bilan amalga oshirilgan. 70 www.ziyouz.com kutubxonasi r Mazkur tizim okíavani 12 bir xil yarimtonlarga boiinishini nazarda tutgan. Tabiiy tizimda klavir cholg‘usi kichik son belgili tonalliklarda jaranglaníshiga moijallangan. Temperatsiya tizimi esa klavir cholg‘usini nafaqat major va minoming barcha tonalliklarida chalishni, balki modulatsiyalar orqali boshqa tonalliklarga erkin o‘tish yoilarini ochib berdi. Temperatsiya Baxdan avval ma’lum boigan, biroq faqat kompozitor sa’y-harakati bilan, uni badiiy amaliyotga kiritish va undan avval kam ishlatilgan ko‘p belgili tonalliklami ijro amaliyotiga joriy etilishi uchun yo‘l ochib berdi. 0 ‘z oldiga birinchi galda sof amaliy vazifalami qo‘ygan kompozitor asi san’atkor yondashuvidan yiroqlashmadi. U mazmunan boy va serma’no ikki qismli polifonik turkumning orasida solishtirish turlarining xilma-xil yoilarini inkishof qildi. Organ musiqa kabi bu solishtirish asosida erkin badihalikka asoslangan prelyudiyani jiddiy, aniq yaratish tamoyillariga tayangan fuga bilan qarama-qarshi taqqoslash usuli asos boidi. Ba’zan bu kontrast prelyudiya va fugani butkul bir-biriga o‘xshamasligi, xususan, turli emotsional, janr, tematik, kuy mavzular harakati va boshqa omillar bilan farqlanishida, ba’zan esa ular bir-biriga qardosh ohanglar rishtalari bilan bog‘- liqligida namoyon qilinadi. Agar organ polifonik turkumlarga dabdabalik, yuqori mahorat mohirligi, konsert kenglik, monumentallik xos boisa, klavir asarlari xonakilik tabiati bilan farqlanadi. G‘oyaning chuqur va ifodaviy aksi asar markaziga qoilgan. Shu bois, klavir turkumlarida boshqacha uslubiy usullar kompozitor tomonidan qoilanilganligini ko‘ramiz. Qirq sakkizta prelyudiya va fugada Bax hech biriga o‘xshamas ifoda vositalarini mohirona ishlatadi. Yaxshi temperatsiya qilingan klavir va kompozitoming ko‘plab klavir opuslari orasida jahon san’atining durdonalariga aylangan namunalar ko‘p. Birmuncha murakkab, shu bois, kam ijro etiluvchi polifonik asarlarini kompozitor ijodining yakuniy bosqichida Leypsigda yaratgan. Bularga partitalar, “Goldenbergli5 variatsiyalar”, “Musiqiy tuhfa”, “Fuga san’ati” kabi yuksak professional ijrochilik 5 Goldberg, mohir klavisinchi Baxning shogirlaridan biri bo‘lib, o‘z vaqtida graf Kayzerling q oiida xizmat qilgaii. Kechalari u uyqusizlikka duchor boigan grafni musiqa bilan ko'nglini olishga harakat qilgau. O 'z shogirdiga yordain berish niyatida Bax ariya va o'ttizta variatsiyalardan tashkil topgan asarni yozib, uni “Goldbergli variatsiyalar» deb atagan. mahoratiga da’vogarlik qilgan asarlar kiradi. Bu asarlar harn klavir, ham organ variantida bizgacha saqlanib qolgan. Kompozitor asarlarining murakkab dunyosi barokko estetikasi yo‘nalishida shakllangan musiqiy ramzlar orqali ochib beriladi. Baxning zamondoshlari tomonidan uning musiqasi, jumladan, cholg‘u musiqa asarlari tiniq va tushunarli “sof” musiqiy til sifatida qabul qilingan. Musiqada mavjud boigan aniq turg‘un aylanmalar ravshan tushunchalar, hissiyotlar va g‘oyalami ochib berishga qodir edi. Klassik nutq san’atiga o‘xshab bu shakllar musiqiy-ritorik ko ‘rinishdagi qoliplar misolida gavdalanadi. Ayrim ritorik qoliplar tasviriy tavsifga ega bo‘lsa (masalan, anabasis - ko‘tarilish, catabasis - qoyaga tushish, circulatio - aylanish, fuga - yugurish, tirata - nayza), boshqalari inson nutqiga o‘xshatma sifatida berilgan (exclamatio-hayqirish - yuqoriga intiluvchi seksta); yana biri S hayratni ifodalagan (suspiratio-nafas olish, ta’ziya va g‘am-anduhn ifodalash uchun passus duriusculus - xromatik qadam). 0 ‘zining turg‘un semantikasi boigani bois, mazkur qolipla “belgilarga” ayianib, ma’lum his-tuyg‘ular, tushunchalarni aksigi ayiandilar. Masalan, pastga harakatlanuvchi qoliplar qayg‘u, iztirob o iim marosimi, yuqoriga harakatlanuvchilar esa qayta tugilish, yorug‘likni bildirgan. I.S. Bax ijodida ramz kuylari barcha asarlarida mavjud. Kompozitoming ayniqsa, protestant xorallaridagi belgilar chuqur ma‘noga ega. M aiumki, kompozitor protestant xorallari bilan hayoti davomida bogiiq boigan, chunki u uning diniy e’tiqodi va cherkovda xizmat qilgan faoliyati bilan chambarchas bogiiq edi. Kompozitor hamisha xoralning turli janrlardagi ko‘rinishlari bilan ishlagan — o r-] gan xoral prelyudiyalar, kantatalar, passionlar va b. Aynan protestant ; xorali muaüifning kompozitorlik musiqiy-badiiy tilini yaxlit va uzviy qismini tashkil qilgan. Xorallar katta protestant jamoalar tomonidan cherkovlarda birgalikda kuylanib, dindor xristian odamlar dunyoqarashining yaxlit borlig‘ini aks etishga qaratilgan. Xorallardan aytilgan kuylar hammaga tanish boigan, shu bois, Baxning davrida har bir asar va uning musiqasi Muqaddas kitobning mazmuni bilan bevosita bogiiq holda gavdalangan. Bax ijodida muhim ramzlardan biri xoch boiib, u to‘rtta turli yo‘nalishga qaratilgan notalar misolida tashkil topadi. Agar grafik ko‘rinishda birinchini uchinchi, ikkinchini to‘rtinchi bilan bogiab olinsa, shunda xristian xochi ko‘rinishi paydo boiadi (hatto, kompozitor familiyasi BACH nota talqinida shunday xoch rasmini tashkil qiladi. Kompozitoming o‘zi buni xudoning inoyati sifatida qabul qilgan ko‘rinadi). Turli ritorik qoliplar asosida Bax musiqiy ramzlarining tizimi ishlab chiqildi. Uni o‘rganishga bir qator tadqiqotchilar: A. Shveytser, F. Buzoni, B. Yavorskiy, M. Yudina o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar. Kompozitoming yorqin ijodi o‘z vaqtida zamondoshlari tomonidan ulugiigiga qaramay, munosib qabul qilinmagan. M aiumki, I.S. Bax mohir organchi sifatida tanilib, kompozitor sifatida u qadar shuhrat qozonmadi. Uning ijodi haqida tiriklik paytida jiddiy bir qoiyozma yozilmadi, faqat bisotining kichik bir qismi dunyo yuzini ko‘rdi. Kompozitorning vafotidan so‘ng uning asariari uzoq vaqt duvomida zaxiralarda chang yutib yotgan, ayritnlari esa yo'qolib ketdi. Kompozitorning nomi ham ma’lum vaqt davomida unutilib ketdi. I.S. Baxga bo’lgan yangidan qiziqish faqat XIX asrda qayta ro‘y berdi. Kompozitor F. Mendelson tashabbusi bilan topilgan "Matfey bo‘yicha iztiroblar”ning notalari qayta tiklanib, Leypsigda ijro etildi. Tinglovchilami aksariyati musiqadan haraytlanib, muallif nomini o‘zlari uchun qayta ochdilar. Kompozitor vafotining 1000 yilligi munosabati bilan (1850) l.eypsig shahrida Вал: jamiyati tashkil qilindi. U o‘z zimmasiga kompozitorning bisotiga kirgan barcha qo'lyozmalami nashr qilishni maqsad qilib oldi (46 jild). Kompozitorning farzandlari taniqli kompozitor va ijrochilar sifatida tanildilar: Filipp Emmanuel, Vilgelm Frideman (Drezden), logann Kristof (Byukkenburg), Iogann Kristian (eng kichigi “Londonlik” Bax).



Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə