Toshkent viloyat chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 293,5 Kb.
səhifə8/11
tarix23.05.2022
ölçüsü293,5 Kb.
#87790
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
zuhra nazarya

2.2. Xoral prelyudiyalari.
Xoral prelyudiyalar. Baxning organ san’ati boy nemis musiqa zaminida yuzaga kelib, rivoj topadi. Zero, organ musiqaning kamoli uchun nemis ustozlarning mahorati katta ahamiyat kasb etgan. Olmoniyada organ san’ati mislsiz darajaga ko‘tarildi va bu yerdá bir necha avlod taniqli va daho organchilar dunyoga keldi. Ulaming aksariyatini kompozitor o‘z vaqtida tinglashga muyassar bo‘lgan: Gamburgda - Y. Reynken, Lyubekda - D. Bukstexude (Baxga yaqin boigan). Voris sifatida u nemis organchilaridan organ janrlarni o‘zlashtirish borasida tajribaga tayanadi - fuga, tokkata, xoral prelyudiyalar. Baxning organ ijodida ikkita janr toifasini ajratish mumkin: I — katta boimagan xoral prelyudiyalar; II - “kichik” polifonik turkumlar va yirik hajmdagi asarlar. Ular kirish muqaddimasi va fugalardan tashkil topadi. Bax 4 to‘plamda jamlangan 150 ta xor prelyudiyalari muallifi. Ular orasida “Organ kitobchasi” - eng ilk nashr boiib (1714-1716), 45 qayta ishlovlardan iborat. Kechroq “Kiavir mashqlari” to‘plami yaratilib, o‘z ichiga organ ijrosiga moijallangan 21 qayta ishlovlami qamrab oldi. So‘nggi to‘plam - oltita asardan tashkil topib, “Shyubler xorallari” nomi bilan mashhur (Baxning shogirdi va nashriyotchisi, organchi Shyubler nomi bilan ataladi). Oxirgi to‘plam - “18 xoral” boiib - kompozitor vafotidan oldin nashriyotga topshirilgan. Baxning xoral prelyudiyalarini rang-barangligiga qaramay, ular quyidagilar bo‘yicha birlashadi: -a) kichik hajm; -b) melodik boshchilikni hukm surishi (negaki, xoral qayta ishlovlari vokal aytimlar bilan uzviy bogiiq boigan); -d) kamer uslubiyati (Bax o‘zining xoral prelyudiyalarida organning katta imkoniyatlarini emas, balki uning rangin tembr bo‘yoqlarini ko‘rsatishni maqsad qilgan); -e) polifonik imkoniyatlaridan keng foydalanilishi; -f) xoral prelyudiyalarning obrazlar doirasi uning mazmunida ochib berilgan obrazlar bilan uzviy bogiiq (bu Bax lirikasining falsafiy qarashlari, inson taqdiri, qayg‘u va, iztiroblari haqidagi o‘ylardir). Prelyudiya Es-dur (“Uyg'ottinglar, ovoz bizni uttdamoqda”). Uning musiqasi tantanali sokin va yorug1 kayfiyat ortida asta-sekin rivoj topib shakllanadi. Xoral ritm va ohang rivojida birmuncha bir xillik mavjud. U ladning turg'un pog‘onalari bo‘yicha harakatni namoyon qilib, asosiy tovushning bir necha marotabali takrori bilan ajralib turadi. Biroq Bax o‘z prelyudiyasini xoral kuyidan emas, balki asosiy mavzu kuyidan boshlaydi - birmuncha kuychan, harakatchan, shu bilan birga, xoralga yaqin boigan ixcham kuy. Rivoj topib, mazkur kuy ohang va ritmik nuqtayi nazardan boyitiladi. Unda katta masofali jumtalar paydo boiib, diapazoni kengayib boradi. Shu bilan birga, linda noturg‘unlik hissi kuchayib, sekvent tarzdagi honish ohangi takrorlanib, birmuncha jadallashib, ekspressiv holatni yuzaga keltiradi. Prelyudiyaning tonal rejasi qardosh bemol tonalliklami qamrab oladi. Lad tonal rivojlov yorqin major ranglardan tortib, to o‘rta qismida minor koloritdagi to‘q ranglarga, so‘ng yakuniga yaqin yana o‘sha yorqin jarangga intilishi bilan ko‘zga tashlanadi. Prelyudiyaning tiniq fakturasi ikki asosiy kuy chizgilarga asoslangan boiib, bir-biridan uzoq masofada kelishi kenglik hajmlik hissiyotini yaratadi. 0 ‘rta ovozlarda xoral mavzusi ifoda etilgan boiib, ular birmuncha kech matoga kiritilib, mustaqil mavqega ega. Prelyudiya f-moll (“Senga murojaat qilaman, Tangrim!”). Ushbu prelyudiyada xoral kuyi yuqori ovozga berilib, hukmronlik qiladi va shu tariqa asarning umumiy timsolini belgilab beradi. Xoral mavzusi kuychanligi bilan ajralib, yumshoq, sokin ohanglarga asoslangan. Bas ovozidagi bir tekis ritmik harakat bo‘rttirilib, musiqaga ma’lum ma’noda qat’iylik ato etadi. Asosiy kayfiyat - chuqur irodali, yuksak g‘amdir. Asarning fakturasida uchta qatlamni ko‘rish mumkin: yuqori ovoz (xoralning bosh kuyi o‘rta registrdagi inson ovoziga o‘xshab ketadi), bas chizgisi va o‘rta ovoz - ohang nuqtayi nazaridan juda ifodaviy va ritmik harakatchan. Shaklan ikki qismli boiib: birinchi qism aniq jumlalarga boiinadi va aniq kadensiya bilan yakunlanadi; ikkinchi qism yalpi rivojlanib, ketma-ket keladi. Ikki qismli polifonik turkumlar. Ikki qismga ajratilgan kompozitsiyalarga asosan kirish vazifasini bajargan muqaddima asar (prelyudiya, fantaziya, tokkata va fuga) boiib, ular Baxdan avval yashagan kompozitorlar ijodida keng qoilanilgan. Aksariyat hollarda mustaqil bir-biri bilan bogiiq boimagan fuga, tokkata, fantaziya yoki aralash turdagi bir qismli kompozitsiyalar keng o‘rin oigan. Ular erkin holda prelyudiya - badihago‘ylik va fugalashgan lavhalarga tayangan. Bax ushbu atvanani buzib, ulami ikki kontrast sohalarga ajratib, bir-biriga uzviy va mantiqan bog‘liq boigan, biroq mustaqil polifonik turkumning alohida qismlarini yaratib beradi. Birinchi qismda erkin, badihaviylik tomonlar mujassam etilgan boisa, ikkinchi qismi - fugada qat’iy tashkil qilingan me’yorlar o‘rin oigan. Fuganing musiqiy rivoji mantiq va janr qonuniyatlariga amal qilib yozilgan. Fugani yozilish qonun-qoidalari Baxdan avval nemis organistlari san’atida shakllangan edi. Polifonik turkumlarning kirish qismlari bunday qat’iy rejaga asoslanmagan. Ular organdagi erkin badiha qilish amaliyotidan kelib chiqib, hissiyotlarning erkin ifoda etilishi bilan tavsiflangan.
Ular uchun xos boigan jihatlar: -a) “umumiy shakl tuzish” harakati - mahoratli passajlar, garmonik figuralar, ya’ni akkord tovushlar bo‘ylab harakat qilishi; - b) kichik bo'g‘inlarni sekvent rivoji; - d) templami erkin o‘zgarishi, turli kayfíyatdagi xarakterlar bilan almashishi; -e) yorqin dinamik kontrastlar. Baxning har bir polifonik turkumi o‘zining betakror, badiiy, individual yechimi bilan e’tiborni qozonadi. Ulaming umumiyligi mustaqil qismlami turkum ichidagi o‘zaro bogiiqligidadir. Bu umumiylik bir xil, umumiy tonalligi mavjudligi bilan belgilanadi. Masalan, “Tokkata va fuga” d-mollda - kompozitsiya yaxlitligi tokkata va fuga orasidagi ko‘plab umumiy rishtalar asosida kelib chiqadi. Tokkata musiqasi katta kuch, to‘fonlik harakatni gavdalaydi. Birinchi muqaddima tovushidanoq tinglovchilami yuqori patetik shiddat o‘ziga rom etadi. Kirish mavzusi yuqoridan (avj-manbai) “f f ” jarangida, organ unisonida ko‘zga tashlanadi. Deklamatsiya, chaqiriq ohanglariga asoslangan kuy, o‘zining kuchli jarangida tarannum qilinishi bois, birmuncha bahaybat va ishonchli chiqqan. Ushbu ohang fuga mavzusi asosida ham yotadi. Minor ladli V bosqich tovushqatoridan pastga, yetakchi tonga tushish misolida buni ko'rish mumkin. 0 ‘n oltitali cho‘zimliklami to‘xtovsiz ostinatoli harakati bois, fuga musiqasi birmuncha dadil, motorli va faol xarakterga ega. Uning kuyi negizida tokattaning ikkinchi qismiga xos 1 belgilar mavjud: pinhon ikki ovozlik 1 va bir necha bor “lya” tovushini 1 takrorida yotgan bir xil ritmik sur’at. 1 Umuman olganda, ikki kuy bir matoning varianti sifatida qabul qilinadi (fuga kuyi - oynasimon tarzda tokattani ikkinchi boiimining aksidir). Yanada yirikroq ko‘rinishda tokatta va fuganing birligi butun turkum misolida gavdalanadi. Asarning avj pallasi fuganing yakuniy qismiga to‘g‘ri keladi - patetik xarakterdagi eng katta koda. Bu yerda tokattaning timsollari qaytib polifonik usullar gomofon-garmonikka o‘rin bo‘shatadi. Qayta bahaybat akkordlar va mahoratli passajlar yangraydi. Shunday qilib, butun turkum ham uch qismli ko'rinishga ega boiadi (tokkata - fuga - tokkatali koda). Shuningdek, d-moll fugasida uni tokkata bilan qardoshlik rishtalarini aniqlagan belgi - intermediyalami ko‘pligida ko‘rish mumkin. Intermediyalar asosan akkordlar va ulami sekvent rivoji bilan tavsiflanadi. Shuning evaziga fuganing polifonik usuli gomofongarmonikka o‘tib, tokattaning badihali xususiyatiga yaqinlashib qoladi. Polifonik turkumning ikki qismlarining birlashuvi, nafaqat yaqinlik rishtalarga asoslanishi, balki aksincha, bir-biriga qaramaqarshi boigan musiqiy timsollarni solishtirish evaziga ham yaratilishi mumkin. Masalan, g-moll - organ turkumi shu jumladan. Fantaziya musiqasi Baxning birmuncha jiddiy va tantanali xor asar lar i - si-minorli messasi va passionlarining obrazlariga yaqin turadi. Ularda ikki kontrast emotsional olamlar taqqoslanadi, biri - fojiaviy, unda bir ovozli rechitativ akkordlari yuksak tarang tessiturada go‘yo xor va yakkaxon ovozlar ketma-ket kelishiga o‘xshaydi. Organ punkti tufayli noturg‘un, noohangdor akkordlar paydo boiadi, rechitativ jumlalar borgan sari dramatik shiddatga ega boiadi. Ikkinchisi esa barcha ko‘rinishi bilan birinchiga qaramaqarshi. Pastki ovozni sekin vazminli harakati ostida yuqoridagilar kamaytirilgan uch tovushlikka asoslangan lirik aytimni gavdalantiradi. Minor ladi, yumshoq jarang musiqaga yuqori falsafíy xususiyatlar ato etadi. U g‘amgin o‘ychan pastga harakatlanuvchi ohang bilan yakunlanadi. Fantaziyaning so‘nggi rivoji birinchi mavzuning murakkab davomi sifatida qabul qilinadi. Umumiy jarangni dramatik shiddati ikkinchi mavzuning kichik reprizasini yuqori registrda o‘tilishi oqibatida uni birmuncha chuqurlashtiradi. Fantaziyaning fojiaviylik tusiga qarama-qarshi dadil va jo ‘shqin fuga taqqoslanadi. U raqsbop xarakterda, maishiy raqslari bilan bogiiqlik rishtalarini ayon qiladi. Xalq ijodiyotiga yaqinlik mavzuni reprizali tuzilishida, uning yakunlanuvchi ko‘rinishida, ritmik urg‘ularni davomiyligida ko‘rish mumkin. Mavzuda keng yoyilgan, “dadil” kvinta, oktava intervallarga sakramlar davomiy ritmik suratlar ortida birmuncha ko‘tarinki va dinamik timsolni yaratadi. Harakat shiddatini oshirishda ladning rivoji ham ko‘mak beradi: asosiy tonallikning tonika va dominantasiga parallel majoming tonika va dominantasi solishtiriladi. Fuga tuzilishi reprizali uch qismlikka asoslanadi. Birinchi boiagi ekspozitsiya va kontrekspozitsiyadan tashkil topadi, undan so‘ng katta o‘rtaliq qismi kelib reprizasi qisqartiriladi. Har bir yangi mavzu o‘tilishi avvalida yoyilgan intermediyalar o‘rin oladi. C-dur organ turkumning ichki tuzilishi qo'shimcha kiritilgan 3- qism evaziga yanada kengaytirilgan. Obraz doirasini rivoji mazkur asardan ko‘tarinki tokatta patetikasidan yuksak Adagio lirikasiga qadar, so'ng, kuchli va shiddatli Grave (Adagioning yakuniy qismi) va nihoyat, Fuganing raqsbop harakatiga o‘tadi. Tokkataning asosiy rivojlanish tamoyili - badihalikka asoslangan. U bir necha mustaqil yakuniangan boiimlardan iborat boiib, bir-bíridan kuy harakati va rivojining ko‘rínishí bilan farq qiladi (bu mahoratli passajlar yoki kuy ohanglarini sekvent rivoji, yoki akkord tovushlari asosidagi figu- I ratsion harakatdan tashkil topadi). I Tokkatada aniq birlashtiruvchi mantiq mavjud: boshidan oxiriga 1 qadar - yuksak avjgacha borib taqaladi. Ovozlarni turli registrlarda 1 kelishi va ajrab borishi orqali umumiy fakturani tobora yo‘g‘on- 1 lanishi kuzatiladi. Oxirgi pallada harakatga organni eng pastki 1 tovushlari - organ pedali olinadi. 1 Adagioda barcha narsalar tokkataga nisbatan kontrast: minor | tonallik (parallel a-moll), kamer jarang - xoral prelyudyalar \ ko‘rinishida, bir turdagi faktura (bosh ovoz va unga jo‘rlik boigan ovoz), bir turli tematizm, virtuoz mahorat va yorqin avj cho‘qqilarining yo‘qligi tokattaning qarama-qarshi aksidir. Butun Adagio misolida jiddiylik saqlanib qoladi. Ammo yakuniy o‘nta takt avvalgilardan tubdan farq qiladi. Musiqaning xarakteri tantanavor va tantanali boiib qoladi. Hajmli boigan to‘rt ovozli fuga keng va katta mavzuga asoslanib yozilgan. Mazkur kuy diatonik boiib, raqs aytimlami o‘z ichiga qamragan 6/8 oichoviga asoslangan va m aium jihatlari bilan jiga raqsiga yaqinlashadi. Mavzu o‘n bir marotaba o‘tkaziladi: 7 marotaba ekspozitsiyada, 3 marotaba qayta ishlov qismida va 1 marotaba reprizada. Shunday qilib, qayta ishlovning asosiy qismini intermediyalar tashkil qiladi.
Xoralning yumshoq va g‘amgin kuy negizi “Senga murojaat qilaman - Xudo” yuqori ovozda tarannum etiladi. U boshqa ovozlardan ustun turib, yuqori olijanoblik va go‘zallik timsoli bo’lmish asarning asosiy timsoliy doirasini ochib beradi. Kuyning diapazoni o‘rta registrda berilgani va uning kengligi ovoz diapazoniga mos kelishi maium ma'noda inson kuylashini eslatadi. Bas ovozining asta, bir tekisdagi qadam bosish harakati jiddiy va qat’iy kayfíyat yaratishda xizmat qiladi. Biroq, orada o‘rta ovozlarning o‘n oltitalik cho‘zimlikdagi kuy harakati nihoyatda ifodaviy va kuychan boiib, prelyudiya musiqasiga yumshoq iliqlik baxsh etadi. Asarning avj pallasi o‘z ichida keskin taranglikni mujassam etib, asarning yakuniy qismiga keladi. Bu taranglik Baxning ko‘plab asarlarida o‘rin oigan ovozlar o ‘rtasidagi bir vaqtli kontrast orqali yuzaga keladi. Biroq aynan kulminatsiya, ya’ni avj pallasida lya bémol major tonallik yangrashi yorqin bo‘yoq sifatida ko‘zga tashlanadi. Ammo yakuniy taktlarda fa-minor tonalligiga qaytib, asosiy g‘amgin kayfiyat tasdiqlanib qoladi. Baxning organ musiqasidagi yana bir polifonik janr, bevosita turkum ikki qismlik bilan bog'liq. Ko‘pincha bu erkin, badihago'ylikka asoslangan prelyudiya yoki fantaziya, ba’zan tokatta va unga qarama-qarshi aniq va jiddiy, o‘z qat’iy yozilish qonun-qoidalariga amal qilingan fuga qismni tashkil qiladi. Bu qismlar temp tezligi, shakli, faktura, xarakteri, rivojlanish tamoillari bilan farq qilib, alohida kelsa-da, biroq bir-biri bilan uzviy bog'liq. Birinchi bo‘limlaming ahamiyati nafaqat kirish vazifasini o‘tash, balki butun asarning asosiy g‘oyasini rivojlanishi urug‘ini soluvchi poydevorga aylanish demakdir. Keyinchalik, kirish qismlarda fuga bilan chuqur bog‘liqlik rishtalari mavjudligi aniqlanadi. Yoshlik chog‘larida I.S. Bax ijodining yorqin ilhomi bo‘lmish re-minor tokatta va fugani yaratgan edi. Uni tinglaganlar yuqoridan pastga kezib tushayotgan ohanglar va ulaming tantanali akkordlarga qo'shilib tushishini unutmaydi. Taxmin qilinishicha, bu musiqa Baxning badiha san’atidan bir misol bo‘lib, keyinchalik kompozitor uni takomillashtirib, yuqori darajaga ko‘tara olgan. Ma’lumki, “tokatta” so‘zi ko‘p ma’noga ega. Biroq dastlabki ko‘rinishda tokatta italyan “toccare” (organ yoki klavesin klavishalarga barmoqlami tekkizish degan ma’noni anglatadi) so‘zidan kelib chiqib, klavishali cholg‘ular uchun mo‘ljallangan fantaziyalar bilan qiyoslangan. Bu borada, nemis organ tokattasining asoschisi Ditrix Bekstexuderimg mohir ijrosidan ta’sirlanib hayratlangan I.S. Bax uning “Organda chalish - bu matnsiz va teatr sahnasiz dramatik harakatdir” degan so'zlarini yodda tutgan. D. Bekstexudeni tinglab, Bax yanada erkinroq bastalashni boshladi, natijada zamondoshlaridan nafaqat asarlarining chuqurligi va ifodaviy kuchida, balki shakl tizimining sokinligi bilan oldinga ildamladi. Xususan, o‘zining ilk asarlari boimish mazkur tokatta va fugada, u, fuganing shakl-shamoyilini aniq belgilab, uni tokattadan aniq chegaralar bilan ajratdi. Shu bilan birga, ulami dramaturgik nuqtayi nazardan, ko‘rinmas, biroq chuqur tahlil orqali yuzaga chiqarish mumkin boigan, ichida pinhon sirlangan rishtalar bilan bogiadi. Badihalikning kuchli yoyilishi - tokattada boiib, fuga qismiga dabdabali kirish ato qilingan. Kompozitor organ uchun, shuningdek, kansona va richekarlar, tokkata va fantaziya, prelyudiya, kaprichchio, chakona, passakalya, xoral prelyudiyalar va boshqa asarlarni yozgan. Ko‘plab Yevropa mamlakatlarida organ musiqasining iste’dodli kompozitor va cholg‘uchilari dunyoga keldi. Boshqalardan ko‘ra italyan musiqachi - Djirolamo Freskobaldi, niderlandlik - Yan Piterszon Svelink va nemis sozandalari - Samuel Sheydt, Iogann Yakob Froberger, Iogann Paxelbel va ayniqsa, butun Olmoniyani o'zining mahoratli ijrosi bilan hayratga solgan Ditrix Bekstexude ajralib turardi. Ba’zan niderland, italyan, fransuz, nemis cherkovlari haqiqiy konsert zal va sahnalariga aylanib, san’atkorlaming mohirona ijrolari tomoshabinlarni lol qoldirgan. 0 ‘sha paytlarda organchilar klavikkord va klavisin cholg‘usini mohir sozandalari ham boigan. Bora-bora klavir musiqa organ va lyutnya (ud) musiqasidan yiroqlashib, ajralib boradi. Klavir uchun asarlar repertuarining salmoqli qismini raqslar va “syuita ” (fransuz tilidan-qator, ketma-ketlik) nomi bilan e’tirof etilgan raqs turkumlari egallagan. Syuita tarkibiga vazmin nemis allemanda, harakatchan fransuz kuranta, sekin ispan sarabandasi va tezkor ingliz jiga raqslari kirgan. Ba’zan mazkur asosiy raqslarga qo‘shimcha raqslar o‘rnida ariya va rondo kiritilishi mumkin boigan. Prelyudiya yoki uvertyura butun raqs turkumini an’anaga ko‘ra ochib bergan. Syuita bilan bir qatorda boshqa turkumlar ham paydo boidi. Shulardan biri - sonata va konsert janrlari. Sonata shaklining asosiy turi mazkur davrda cherkov sonatasi hisoblangan. Mazkur janr asosan cherkovlarda, diniy bayramlarda ijro etilish uchun moijallangan. Cherkov sonatasi bilan bir qatorda dunyoviy sonata turlari ham mavjud boigan. Shu asosda Italiya va Olmoniyada klavisin sonatalari dunyoga keldi. Ushbu davrda nemis kompozitori logann Kunau qalamiga mansub “Bir necha Bibliya hikoyalaming musiqiy tavsifi” (1770) yaratildi.

Yüklə 293,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə