Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə3/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O‘yinning maqsadi: «Z» tovushini so‘zlarda to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalar stullarda o‘tirishadi. Logopedning stoli ustida teskari qilib qo‘yilgan rasmlar turadi. Har bir bolaga xuddi shu rasmdan yana biri berib chiqiladi. Logoped bolalardan birini chaqiradi va chaqirilgan bola stoldagi rasmlardan birini oladi va uni ko‘rsatib baland ovoz bilan “Men zanjirni rasmini oldim, kimda xuddi shu rasmning jufti bor” – deydi. Shu rasmning jufti bo‘lgan bola o‘rnidan turadi. O‘rnidan turgan bola ham o‘rtoqlariga rasmni ko‘rsatib, “Mendagi rasmda ham zanjir tasvirlangan”, deydi. Bolalar har juft rasmni ustiga qo‘yadilar. O‘yin shu tariqa to stol ustidagi rasm tamom bo‘lguncha davom etadi. Buning uchun “z”tovushi so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan rasmlardan foydalaniladi.
Bularga: zina, uzum, piyoz, dazmol, muzqaymoq, uzuk, oshpaz, sabzi, tarvuz rasmlari kiradi.
Adashma” o‘yini
O‘yinning maqsadi: S-Z tovushlarini bir-biridan farqlashga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalarga ikkitadan rasm beriladi. Bittasida nasos tasvirlangan, ikkinchisida chivin rasmlari. Nasos tasvirlangan rasmni bolalar chap qo‘llariga oladilar. Chivin tasvirlangan rasmni esa o‘ng qo‘llariga oladilar. Tarbiyachi nomida S yoki Z tovushi hamda bir so‘zda S va Z tovushi bor bo‘lgan rasmlarni bolalarga ko‘rsatadi va nomini aytadi. Masalan: sabzi, sumka, yulduz, gazeta, somsa va hakazolar.
Bolalar so‘zda har ikki tovush bor bo‘lgan rasmlarni ko‘rsatadilar va S-Z tovushlarida qaysi biri so‘zning boshida kelayotganligini aytadilar. S va Z tovushini rasmlar orqali taqqoslash kerak. Mashg‘ulot paytida nomida S va Z tovushi bo‘lgan rasmlardan ham foydalanish mumkin. Agar logoped bolalarga bunday rasmlarni ko‘rsatsa, bolalar qo‘llaridagi rasmlarni ko‘rsatmasliklari kerak.
Shovqinli tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga oid o‘yinlar

“O‘rmon shovullaydi” o‘yini


O‘yinning maqsadi: “SH” tovushini nutqda xosil qilish.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə