Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə10/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O‘yinning maqsadi: “K” tovushi bilan keladigan bo‘g‘in, so‘z, gaplarni to‘g‘ri va aniq talaffuz etishga erishish.
O‘yinning borishi: Bolalar stulchalarida o‘tirishadi. Logoped stol ustiga koptok, kosa, eshik, kapalak, kitob, rasmlarini yoki o‘yinchoqlarni terib qo‘yadi va bolalarga bu o‘yinchoqlarni diqqat bilan ko‘rib olishni taklif etadi. Chaqirilgan bola eshik orqasida turadi. Boshqa bir bola esa o‘yinchoqlardan birontasini yashiradi. Eshik orqasida turgan bola kelib qaysi o‘yinchoq yetishmasligini aytadi. Shundan keyin logoped, nomida “K” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni ko‘rsatadi, bolalar ularning nomlarini aytadilar. Nomlangan predmet yoki rasmlar bo‘g‘inlarga bo‘linib, “k” tovushi so‘zning boshida, oxirida, o‘rtasida kelgani aniqlanadi.
Telefon” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Bolalarni “G” tovushi bilan keladigan so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Bolalar stulchalarda bir qator bo‘lib o‘tirishadi. Logoped birinchi bo‘lib o‘tirgan bolaga so‘zni pichirlab aytadi. U ham yonidagi bolaga pichirlab shu so‘zni aytadi. Shu tariqa, aytilgan so‘zni bir-birlariga pichirlab aytadilar. So‘ngra so‘zni birinchi bo‘lib aytgan bola qatorning oxiriga borib o‘tiradi. Bola oxirgi so‘zni aytib bo‘lganlaridan keyin ularga logoped rasm bo‘yicha kichkina gap tuzishni taklif etishi mumkin. “Telefon” o‘yinini o‘ynaganda bolalar so‘zni bir-biriga pichirlab, aniq aytishlari lozim, aks holda so‘z keyingi bolalarga tushunarsiz bo‘lishi mumkin.
Kim mexmonga keldi” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “K-G ” tovushlarini farqlash.
O‘yinning borishi: Bolalar bir qator bo‘lib o‘tiradilar. Logoped bolalarga murojaat qiladi. Bolalar bugun bizning bog‘chamizga qushlar, parrandalar mehmonga kelishibdi. Biz ularni aniqlashimiz kerak. Logoped bolalarga rasmlarni ko‘rsatadi. Bolalar esa rasmdagi qush yoki parrandaning ovoziga taqlid qiladilar. Logoped: Qaranglar bolalar qushlar uchib kelishdi-deydi va rasmlarni ko‘rsatadi. Bolalar rasmga qarab “kak-ku, kak-ku” “gu- gu - gu” deb ovoz chiqaradilar. So‘ng logoped qurbaqaning rasmini ko‘rsatadi. Bolalar “kva – kva - kva” deb ovoz chiqaradilar. Logoped g‘oz, xo‘roz, tovuq rasmini ko‘rsatadi. Bolalar ularning ovozlariga taqlid qiladilar. O‘yin davomida bolalar guruh bo‘lib javob beradilar. So‘ngra logoped har bir bolaga alohida rasmlarni ko‘rsatib to‘g‘ri va aniq talaffuz etishni aniqlaydi.
Tovushdan tanib ol!” o‘yini

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə