Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə4/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O ’yinning borishi: Logoped bolalarga yozda bog‘ yoki o‘rmonda sayr qilganliklarini eshitishini taklif etadi. U yerda baland daraxtlarni qurganliklrini uzun-uzun shoxlarida barglar ko‘p ekanligini eslashadi. Shamol esganda daraxtning shoxlari tebranib “sh-sh-sh” degan ovoz chiqaradi. Avval shamol sekin esadi, bunda bolalar sekin ovozda “sh-sh-sh” deb talaffuz etadilar va qo‘llarini harakatga keltiradilar. Asta sekin shamol kuchayib boradi. Daraxtlarning barglari kuchli tebranadi. Bunda bolalar kuchli ovoz bilan “sh-sh-sh” deb talaffuz etadilar. So‘ngra logoped bolalarga qo‘llarini daraxtning shoxchalariga o‘xshab yuqoriga ko‘tarishlarini va shamol esganda daraxtlarning shovullashga o‘xshash “shsh-sh” deb ovoz chiqarishlarini taklif etadi. Logoped tovushni birgalikda, so‘ngra esa alohida-alohida talaffuz etishni tavsiya etadi.
Bolalar “sh” tovushini talaffuz etayotganlarida nutq apparati ya’ni lab, til, xarakatlari havo oqimining to‘g‘ri yo‘naltirilganligi kuzatib boriladi.
Jimjitlik” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “SH” tovushini mustahkamlash.
O‘yinning borishi: Boshlovchi devor oldida turadi. Bolalar esa ro‘paradagi devor oldida turadilar. Bolalar juda ehtiyotkorlik bilan boshlovchining oldiga yetib kelishlari kerak. Bolalar ehtiyotsizlik bilan harakat qilganlarida boshlovchi “tish-tish-tish” deb ogohlantiradi va bola to‘xtaydi. Boshlovchining oldiga qaysi bola birinchi kelsa shu bola g‘olib deb topiladi va shu bola boshlovchi bo‘ladi. Logoped bolalarning “sh” tovushini to‘g‘ri va aniq talaffuz etishini kuzatib boradi.
Mushuk va sichqon” o‘yini
O‘yinning maqsadi: Bog‘langan nutqda “sh” tovushini mustahkamlash.
O‘yinning borishi: Stulchada bir bola ko‘zini yumib o‘tiradi. U mushuk rolini bajaradi. Qolgan bolalar sichqonlar rolini bajaradilar. Sichqonlar sekin yurib mushukni oldiga keladilar va barmoqlar yordamida senimi, shoshmay tur! ifodasini qo‘llab quydagi she’rni aytishadi.
Sichqonboylar jim bo‘ling,
Jim bo‘ling Baroqvoy qilig‘idan Ogoh bo‘ling, ogoh bo‘ling!
Shu so‘zlar aytilgandan so‘ng mushuk uyg‘onib ketadi va miyov deb sichqonni quvlaydi. Sichqonlarning uyi chiziqcha tortib belgilab qo‘yiladi va u yerga mushuk kira olmaydi. O‘yin hamma sichqonlar ushlanmaguncha davom etishi mumkin. Oxirida qolgan bola yangi o‘yinda boshlovchi bo‘ladi. Hamma ushlangan sichqonlar “sh” tovushi ishtirokida 2-3 ta so‘z aytishlari kerak.
O‘rgimchak turidagi pashshalar» o‘yini

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə