Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə6/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O‘yinning maqsadi: Z-J tovushlarini bir-biridan farqlashga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: O‘yin boshqaruvchisi tayinlanadi. Boshqaruvchi eshikdan tashqariga chiqib turadi, qolgan bolalar esa nomida J tovushi bor bo‘lgan so‘z o‘ylab topadilar. O‘yin boshqaruvchi qaytib kelib, har qaysi bolaning yoniga boradi, u kimning yoniga borsa, shu bola o‘ylagan so‘zni aytadi. Agarda boshqaruvchi aytilgan so‘zlarda J tovushini eshitsa, “j-j-j” deb, agar Z tovushini eshitsa, “z-z-z”, deb talaffuz etadi. Logoped va bolalar boshlovchi tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishini kuzatib boradilar. So‘ngra logoped bolalarga rasmlar tarqatib chiqadi. Har bir bola navbatma-navbat chiqib, rasmni bolalarga ko‘rsatadi va uning nomini bildiruvchi so‘zda Z tovushi bo‘lsa, uni chivin rasmi tasvirlangan rasm polotnosi cho‘ntagiga solib qo‘yadi, agarda J tovushi bo‘lsa qo‘ng‘iz rasmi tasvirlangan rasm polotnosi cho‘ntagiga solib qo‘yadi. Mashg‘ulotning oxirida logoped bolalarga bir necha so‘zlarni aytadi va uni takrorlashlarini taklif qiladi: jigar, zanjir, zebra, jazo, qo‘ng‘iz, g‘ijjak. Xar bir so‘z aniq va bo‘g‘inlarga bo‘lib talaffuz etilishi maqsadga muvofiq.

Sonor tovushlarni nutqqa qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga oid o‘yinlar
Bolalar uchun artikulyatsion jihatdan talaffuz qilish qiyin bo‘lgan tovushlardan yana biri bu sonor (r, l) tovushlari hisoblanadi. Bu tovushlarning aniq talaffuziga ba’zan taqlid usuli orqali ham erishish mumkin.

“Otlar” o‘yini


O‘yinning maqsadi: “R” tovushini nutqda hosil qilish.
O‘yinning borishi: Bolalar ikki guruhga bo‘linadilar. Birinchi gurux bolalari ot xaydovchilar, ikkinchi guruh bolalari esa otlarga bo‘linadilar. Otlarni tasvirlovchi bolalar ikkitadan bo‘lib qo‘l ushlashib turadilar. Ot xaydovchilari ketdik deb buyruq berganda ot rolidagi bolalar otlardek “taq tuq” deb yuradilar. Logopedning bo‘yrug‘iga binoan xaydovchilar otlarni “drrr” deb to‘xtatadilar. Ot rolidagi bolalar yurishdan to‘xtaydilar. Bunda logoped bolalarning aniq talaffuz etishini kuzatib boradi. So‘ngra bolalar rollarini almashadilar. Logoped bolalarni “r” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatib boradi. “R” tovushini talaffuz etganda til yuqorigi tishlar orqasiga ko‘tarilgan bo‘ladi, til uchi tebranish (vibratsiya) kerakligi bolalarga tushuntirildadi.
Qarg‘alar” o‘yini

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə