Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə8/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O‘yinning maqsadi: Bolalarning “L” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishlariga erishish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga “Hozir sizlar orkestr bo‘lasizlar. Orkestrda ko‘p musiqa asboblari chalinadi. Sizlar rubob chalasizlar”, deb rubobni qanday ushlab chalish kerakligini ko‘rsatadi (chap qo‘li bilan huddi rubobning pardasini ushlayotgandek, o‘ng qo‘li bilan esa torni chertayotgandek harakat qilib “la-la-la”, deb aytadi). Logopedning ishorasi bilan hamma bolalar rubob chaladilar va “l-l, lala” tavshlarini talaffuz etadilar. L tovushining to‘g‘ri artikulyatsiyasi logoped tomonidan kuzatib boriladi.
Paroxod” o‘yini
O‘yinning maqsadi: L tovushining tug‘ri talaffuziga erishish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga shunday deydi: “Bolalar hozir hammamiz paroxodga tushib sayr qilgani boramiz. Sizlar paroxod qanday ovoz berishini bilasilarmi? Eshitinglar: l,l,l... paroxod qanday gudok berishini takrorlaymiz. Endi tilni keng qilib tishlar oralig‘iga qo‘ying va paroxodning gudok chalishini bajarib ko‘rsatining. Bolalar bu xarakatni bajaradilar, tishlar oralig‘ida “L” tovushi xosil bo‘ladi. Bolalar l-l-l deb bir necha bor takrorlaydilar. Logoped va bolalar bu mashqni ketma - ket takrorlaydilar. Bolalarga eng baland masofada uchib ketayotgan samolyotning ovozi ham “l” tovushiga o‘xshash ekanligini eslatib o‘tish lozim.
O‘z rasmingni top” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “R” - “L” tovushlarini farqlashga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Logoped bolalarga “r” va “l” tovushi bor rasmlarni olib tartib bilan qo‘yib chiqadi. Logoped bolalarni 2-guruhga bo‘ladi. 1-guruh boalari “r” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni oladi, 2-guruh bolalari esa “l” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni oladi. Logopedni ko‘rsatmasi bilan har bir guruhdan bittadan bola o‘z tovushiga ta’lluqli bo‘lgan rasmni oladi. So‘ngra o‘z guruhi oldiga kelib, birinchi turgan bolani qo‘liga sekin turtadi va bolalarning orqasiga borib turadi. Hamma bolalar rasmni olib bo‘lganlaridan keyin stulga o‘tirishadi. Har bir bola o‘z rasmini ko‘rsatib nomini aytadi. Masalan: ruchka, raketa, lola, stol, stul, anor, ro‘mol olmoxon, gilos, gul, olma, xo‘roz, tarvuz, karam, sigir. Qolgan bolalar esa o‘rtog‘i rasmni to‘g‘ri olganligi yoki yo‘qligini tekshirib boradilar. Bolalar rasmni olganlaridan so‘ng uni nomlab, bo‘g‘inlarga ajratadilar va “r” yoki “l” tovushlari so‘zning boshida, o‘rtasida, oxirida kelganini aytadilar.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə