Tovushlar talaffuzini shakllantirish mustahkamlashga qaratilgan o‘yinlar



Yüklə 112 Kb.
səhifə5/11
tarix12.04.2023
ölçüsü112 Kb.
#105106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1545027717 73308

O‘yinning maqsadi: “J” tovushini to‘g‘ri talaffuz ettirishga erishish.
O‘yinning borishi: Bolalarning bir qismi o‘rgimchak turini tasvirlab, qo‘llarini tushirgan holda doira bo‘lib turib oladilar. Bolalarning qolgan qismi pashshalar bo‘lib, ”j-j-j” degan holda, doira ichida va atrofida uchib yuradilar. O‘rgimchak to‘riga ilingan bola kuchliroq ohangda “J” tovushini talaffuz etadi. To‘rga tushmagan bola g‘olib bo‘ladi.
Sehrli qopcha” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “S” tovushini “SH” tovushidan farqlashga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Qopchaga sabzi, mushuk, shar, soat, soyabon, eshik, nasos, idish rasmlari solinadi.
Bolalar 2 guruhga bo‘linadilar. Logoped bir tomonga sichqon rasmini, ikkinchi tomonga mushuk rasmini ilib qo‘yadi. Guruhlardagi bolalar bittadan navbatma-navbat chiqib, qolgan rasmni olib, unga qaysi tovush ishtirok etganiga qarab o‘z joylariga turadilar, ya’ni “S” tovushi ishtirok etgan rasmni olsa, sichqon tomonga “sh” tovushi ishtirok etgan rasmni olsa, mushuk tomonga o‘tadilar. Hamma olib bo‘lgach, har bir bola o‘z rasmini ko‘rsatib nomini aytadi. Qolgan bolalar esa o‘rtog‘i joyini to‘g‘ri tanlay olganligi yoki yuqligini tekshirib boradilar. Logoped esa bolalar “s” va “sh” tovushlarini talaffuz etganlarida artikulyatsion apparat holati qanday bo‘lishini bolalarga tushuntiradi.
Rasmlarni tanla” o‘yini
O‘yinning maqsadi: “S-SH” tovushlarini bir-biridan farqlashga o‘rgatish.
O‘yinning borishi: Nomida “S” va “SH” tovushi bor bo‘lan rasmlar, so‘zlar tanlanadi. Logoped bolalarni ikki guruhga ajratadi. Birinchi guruh bolalari “S” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni tanlab oladi. Ikkinchi guruh bolalari esa “SH” tovushi bor bo‘lgan rasmlarni tanlaydi. Logopedning stoli ustiga rasmlar o‘ng tomoni bilan tartibli qilib qo‘yilgan bo‘ladi. Har bir guruhdan bittadan bola chiqib o‘zlariga taa’lluqli bo‘lgan tovush uchun rasm olib, joylariga o‘tiradilar. Bolalar rasm va predmetlarni tanlab olib bo‘lgandan so‘ng, har bir bola o‘rnidan turib, rasmlarning nomini aytadi. Rasmlarning nomini aytganda “S” yoki “SH” tovushini boshqa tovushlardan ajratib aytishlari kerak. Qolgan bolalar rasmni nomini aytgan bola uni to‘g‘ri tanlaganmi yoki yo‘qmi kuzatib boradi. So‘ngra bolalarning o‘zlari shu tovushlar uchun so‘z o‘ylaydilar va aytadilar. Logoped “S” va “SH” tovushlari bor bo‘lgan so‘zlarni aytadi, bolalar esa bu so‘zlarni takrorlaganlarida “S-SH” tovushini to‘g‘ri talaffuz etishlari kerak. Masalan: Sochiq, shaftoli, moshina, gilos, sham, sholg‘om va boshqalar. Bolalar so‘zlarda S va SH tovushini, boshqa tovushlarga nisbatan cho‘zibroq talaffuz etishlari S va SH tovushi qayerda kelishini aniqlashlari lozim. Bolalarning S va SH tovushlarini talaffuzidagi artikulyatsiyasi nazorat qilib boriladi.
Top-chi, menda qaysi tovush ?” o‘yini

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə