Transport va logistika


Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə51/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Ma`ruza matni 22

Mazkur qaror quyidagilarni belgilaydi:
1. Xalq xo’jaligi ob’ektlarini va komplekslarini qurish loyihalari va texnika-iqtisodiy asoslarini Davlat ekologik ekspertizasidan (DEE) o’tkazishning bir xil tartibini belgilaydi.
DEE dan o’tkazish paytida tomonlar (ya’ni, buyurtmachi va loyihalash tashkilotlari)ning vazifalari va javobgarliklarini belgilaydi.
Mazkur qarorni bajarish quyidagi muassasa va tashkilotlar uchun asosiy vazifa qilib belgilangan:
1. O’z faoliyatida salbiy ekologik oqibatlarni bartaraf etish yoki ularni engillatishga jamiyat oldida kafillik beruvchi loyixa-hujjatlarga buyurtma beruvchi tashkilotlar.
2. Loyiha-hujjatlarni ishlab chiquvchiga va buyurtma beruvchiga ekologik xavfsizlikni ta’minlashga kafillik beruvchi tashkilotlar.
3. Tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilishni nazorat qiluvchi davlat tashkilotlari.
Atrof-muhit musaffoligini saqlab qolish, atmosfera havosi, suv havzalari, tuproq, o’simliklar dunyosi ifloslanishning oldini olish maqsadida yangitdan vujudga keltiriladigan qanday muhandislik loyihasini uning katta-kichikligidan qat`i nazar avvalo Davlat ekologik ekspertizasidan o’tkaziladi. Bu majburiyat 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonun”da ham yozib quyilgan.
DEE ning maqsadi – xo’jalik korxonasining tevarak-atrof holatiga nisbatan ekologik xavfini aniqlash, ushbu xavf darajasining me’yoriy ko’rsatgichlarga nisbatan qanchalik kattaligini baholashdir. DEE dan o’tkazilishi shart bo’lgan loyixada tabiatning ifloslanishi oldini oluvchi chora-tadbirlar ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi zarur.
DEE si asosan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasida o’tkaziladi.
DEE ni o’tkazish uchun me’yoriy manbalar sifatida quyidagi 3 ta hujjat asos qilib olinadi:
1. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonun;
2. O’zbekiston Ruspublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining 1992 yilda tasdiqlangan xalq xo’jaligi va komplekslarini qurish uchun maydon tanlashda texnika-iqtisodiy asoslar va loyihalarni ishlab chiqishda (rekonstruksiyalashda), kengaytirish va texnik qayta jihozlashda atrof-muhitga ta’sirini baholash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma (instruksiya);
3. Korxonalar, binolar va inshootlarni qurish uchun loyiha xujjatlarning tarkibi, ularni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish tartibi to’g’risidagi 1.02.01-85 raqamli sanitar me’yor va qoidalar yo’riqnomasi.
Umuman olganda, DEE sini o’tkazish paytida quyidaga masalalarga e’tibor beriladi:
1. Xo’jalik faoliyatida vujudga kelgan .ekologik xavf darajasini aniqlash;
2. Tabiatni muqofaza qilish qonun va qoidalari talablariga xo’jalik faoliyatini mos kelishi yo kelmasligini baholash;
3. Loyihalarda tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning ilmiy asoslanganligi va etarliligini aniqlash.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə