Transport va logistika



Yüklə 5,87 Mb.
səhifə53/55
tarix28.11.2023
ölçüsü5,87 Mb.
#137813
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Ma`ruza matni 22

1. Tayyorlov bosqichi.
2. Asosiy bosqich.
3. Yakunlovchi bosqich.
Tayyorlov bosqichida O’zbekiston Respublikasi tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasi tizimidagia ekspertlar tomonidan kuyidagi ishlar amalga oshiriladi:
1. Ekspertizaga tavsiya kilingan hujjatlarning tarkibi qo’yilgan talablarga mos kelish-kelmasligi tekshiriladi.
2. Ekstartizaning vazifalari, yo’nalishlari va chegaralari ta’riflanadi. Ekspertizaning shakli va o’tkazish usuli aniqlanadi.
3. Ekspertizaning asosiy yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislardan shtatdan tashqari ekspert komissiyasi – guruhlari tuziladi. Uning a’zolari o’rtasida vazifalar taqsimlanadi, ish grafigi tuziladi, kerakli hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Asosiy bosqichda esa, ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlar ko’rib chiqiladi va tekshiriladi. Unda quyidagilar inobatga olinadi:
1. Mazkur xo’jalik faoliyati turini amalga oshirishga bo’lgan ehtiyojning asoslanishi, uni amalga joriy etish usulini tanlash, tavsiya qilinayotgan texnik-muhandislik va arxitektura-rejaviy yechimlarning afzalliklari, material, xom ashyo va energetik resurslardan foydalanishning majmuasi va samaradorligi.
2. Aniqlangan ta’sir omillarining to’liqligi va ularning xavflilik darajalari, xo’jalik faoliyatining atrof-muhitga ta’sir qilish ehtimoli masshtablari.
3. Tabiatni muhofaza qilish qonuniyatlari talablarini ta’minlashga, shuningdek, avariya holatlarini oldini olish (ogohlantirish) va ularning oqibatlarini tugatishga qaratilgan chora-tadbirlarning etarliligi.
4. Mazkur xo’jalik faoliyatining ekologik xavfsizligi va atrof-muhitning sifat me’yorlari ta’minlanishining foydalanishga tavsiya qilingan operativ va boshqa xil nazorat usullari.
5. Ishlab chiqariladigan mahsulotning va paydo bo’lgan chiqindilarning ekologik xavflilik darajalarini baholash, shuningdek, ularnn qayta ishlashda hududiy kooperasiyani yaratish imkoniyatlari.
6. Ekspertizani amalga oshirishda ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlar to’g’risidagi ma’lumotlarning mavjudligi inobatga olinadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ekspertizani o’tkazilgandan keyin har bir yo’nalish bo’yicha individual ekspert xulosa va ekspert guruhi (komissiyasi) xulosasi tayyorlanadi.
Agar yangi vazifalar yoki ko’rib chiqish yo’nalishlari o’zgarsa, unda ekspert komissiyasi (guruhi) DEE ni tayinlangan organ oldiga ekspertizani o’tkazish muddatini o’zgartirish, ko’tarilgan yoki paydo bo’lgan masalalar bo’yicha qo’shimcha ekspert-mutaxassislarni jalb qilish masalasini qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, agar ekspertizaga tavsiya etilgan hujjatlarda u yoki bu hujjatni tayyorlovchilar tomonidan inobatga olinmagan xavfli ta’sirlar aniqlansa, unda loyiha qayta ishlashga qaytariladi.
Yakunlovchi bosqichda ekspert komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgan barcha hujjatlar bo’yicha yakuniy xulosa loyihasi tayyorlanadn. Ushbu yakuniy xulosa loyihasi buyurtmachi, loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakillari, jamoatchilik vakillari ishtirokida ekspert komissmyasi majlisida muhokama qilinadi. Ushbu yakuniy xulosa ekspert komissiyasining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va ularning roziligisiz o’zgartirilmaydi.
Yakuniy xulosaga quyidagilar kiritiladi:
1. Amalga oshirishga tavsiya etilayotgan xo’jalik faoliyatining qisqacha tavsifi.
2. Tavsiya etilayotgan xo’jalik yechimining ekspert baholari.
3. Tavsiya etilayotgan loyiha buyicha prinsipial mulohazalar.
4. Loyihani amalga oshirish shartlari va imkoniyatlari (dastur, reja, sxemalar).
5. Loyihani qayta ishlashga yoki qayta qurishga bo’lgan ehtiyoj.
6. Amalga oshirish uchun muvofiq kelmaydigan omillar.
7. Xulosalar.
Shuni ham e’tiborga olish kerakki, xulosa va takliflar aniq va tushunarli ta’riflanishi lozim. Ekspert komissiyasi a’zolari tomonidan bildirilgan alohida fikrlar yakuniy xulosaga ilova qilinadi.
Davlat ekologik ekspertizani o’tkazayotgan ekspert organi tavsiya etilgan xo’jalik faoliyati loyihasi bo’yicha ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini ko’rib chiqadi va "DEE xulosasi" ni tayyorlaydi. DEE xulosasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari to’g’risidagi xulosalar.
2. Qiziquvchi tomonlarning fikr va mulohazalarini ko’rib chiqish davomida paydo bo’lgan takliflar.
3. Qurilayotgan xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari bo’yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalar kiradi.
"DEE xulosasi" O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokama qilinishi mumkin. SHundan keyin "DEE xulosasi" loyiha buyurtmachisiga va qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi. Agar "DEE xulosasi" ijobiy baholansa, xo’jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish uchun mablag’ ajratiladi.
Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to’liq komplekti buyurtmachilarga qaytariladi. Hujjatlarning bir nusxasi ekspertiza o’tkazgan organ arxivida olib qolinadi. DEEni o’tkazishda xo’jalik faoliyati loyihasining va boshqa hujjatning buyurtmachisi va ularni ishlab chiquvchilari quyidagilarni ta’minlashi shart:
1. Ekspertizaga taqdim etilgan hujjatlarning to’liq komplektini.
2. DEE ni o’tkazish uchun belgilangan tartibga haq to’lashni.
3. Ekspertiza o’tkazilayotgan organ talabiga binoan, ekspert komissiyasi (guruhi) ning ishlashi uchun zaruriy qo’shimcha axborot berishni ta’minlashi shart.
Ekspert guruhlarning soni va shaxsiy tarkibi DEE ga taqdim etilgan hujjatlarning xususiyati va murakkabligi bilan aniqlanadi.
Ekspert komissiyasi (guruhi) ni tuzishda va uning ish faoliyatini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat beriladi:
1. Ekspert komissiyasining malaka saviyasiga.
2. DEE ning yuqori saviyada sifatli o’tkazishga.
3. Ekspert bahosiga va ekspert komissiyasi (guruhi) xulosalarining sifatiga.
4. DEE ni o’tkazish va uning natijalarining oshkoraligiga. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning tarkibi shtatsiz ekspertlardan iborat bo’ladi. Uning ishiga respublika ilmiy-tekshirish institutlardan, vazirliklardan, muassasa va tashkilotlardan, tarmoq ilmiy-tekshirish va loyihalash institutlaridan olimlar, mutaxassislar, iqtisodchi va huquqshunoslar va muhandis-texnologlar jalb qilinishi mumkin.
Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ishini tashkil qilish mas’uliyati DEE ni o’tkazuvchi ekspert bo’limi boshlig’i va ekspert komissiyasi vakiliga yuklanadi. Ekspert komissiyasi ishini uning vakili boshqaradi. Uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
1. DEE ni o’tkazish rejasini va dasturini muvofiqlashtiradi.
2. Ekspertiza jarayonida qo’shimcha ekspertlar yoki maslahatchilar jalb etish ehtiyojini aniqlaydi.
3. Ekspert komissiyasi (guruhi) ni majlisini o’tkazadi.
4. DEEni o’gkazish jarayonida vujudga kelgan kelishmovchiliklarni ko’rib chiqadi.
6. Ehtiyoj tug’ilganda ekspert bo’limi rahbariyatiga ekspertizani o’tkazish muddatini, uning yo’nalishlarini o’zgartirish yoki ekspertizani muldatidan oldin to’xtatish haqida takliflar kiritadi.
6. Ekspert komissiyasining vakili ekspert komissiyasi (guruhi) ning yakuniy xulosasini tayyorlashda bevosita qatnashadi.
7. Ekspert komissiyasi (guruhi)ning ish natijalari haqida Bosh Davlat Ekspertiza rahbariyatiga, kollegiyaga, EDD kengashiga axborot beradi.
Ekspert komissiyasi ish boshlagunga qadar, barcha shtatsiz ekspertlar DEE ni o’tkazishning asosiy prinsiplari, yo’nalishlari va DEE ni tashkil qilish bo’yicha amaldagi yo’riqnoma-uslubiy hujjatlar bilan tanishgan bo’lishlari shart.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, ekspertizani o’tkazish jarayonida ekspert bo’limi rahbariyati quyidagilarga yo’l qo’ymasligi kerak:
1. Umumiy axborot vositalari tomonidan DEEni borishining bir tomonlama yoki tendensiyali yoritilishiga.
2. Qiziquvchi tomonlar tarafidan ekspertlarni ta’kib etishga.
3. DEE ni o’tkazishning asosiy prinsiplarini buzishga olib keluvchi boshqa hatti-harakatlarga yo’l qo’ymasligi zarur.
Ekspertlar ayrim fikr va mulohazalarini yozma ravishda, yakuniy xulosa ekspert komissiyasi tomonidan imzolashdan oldin yoki imzolanayotgan paytda, imzo oldiga maxsus belgi qo’yib, topshirilishi kerak.
Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar va ular yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar ifodalanishi kerak.
Yakuniy xulosa loyihasini muhokama qilishga ekspert komissiyasi (guruhi) dan tashqari, buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi hamda loyihani amalga joriy yetadigan manfaatdor tashkilotlar vakillari taklif qilinadi.
5.2.4. Atrof-muhitni himoyalashning iqtisodiy ahamiyati: Tabiat bilan iqtisodiyot orasida o’zaro bog’liqlik kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan ma’lum. Chunki, tabiat insonni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va boshqa zaruriy moddiy neʹmatlar bilan ta’minlaydi. Inson tabiatdan este­tik zavq oladi, unda va uning ta’sirida sog’ligini tiklaydi. Xullas, xayot uchun barcha zaruriy moddiy neʹmatlarni bevosita va bilvosita yo’llar bilan oladi -baxramand bo’ladi. Moddiy neʹmatlardan foydalanish jarayonida odamlar avvaliga istaganicha va undan ortiq, miqdorda foydalangan bo’lib, albatta isrofgarchilikka yo’l qo’ygan. Lekin vaqt o’tishi va ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, eng muximi odamlarning fikrlash qobiliyati, ongining o’sishi bilan noz-neʹmatlardan foydalanishda, extiyotkorlik belgilari ham shakllanib borgan. Bu xodisa ularni ov ishlari baroridan kelmagan vaqtlarda yaxshi sezilib turgan bo’lishi xam mumkin. Demak, xo’jalik yuritishni odamlar juda qadimdan egallay boshlaganlar.
Axolining moddiy extiyoji dunyo miqyosida qaralsa cheksiz va qondirib bo’lmaydigan darajada. Chunki, aholi soni muttasil ortib bormoqda. Lekin tabiiy resurslar chegaralangan. Binobarin, talab, extiyoj va moddiy neʹmatlar o’rtasida juda katta farq mavjud. Bu bir tomondan, makroiqtisodiyot bilan makroekologiyani birlashtiradi, ya’ni xo’jalikni nixoyatda bilib va oqilona tashkil etilishi zarurligiga undaydi, ikkinchi to­mondan birlamchi tabiiy resurslarning o’rnini bosa oladigan (almashtira oladigan) sunʹiy materiallarni izlash va amalda qo’llash ishtiyoqi kuchayib boradi.
Bu bilan tabiiy resurslarni tejash, ikkilamchi resurslardan keng miqyosda foydala­nish, eng muhimi tabiiy resurslarning o’rnini bosa oladigan maxsulot (material )larni ishlab chiqarish va qo’llash g’oyasini xayotga tobora tezroq tadbiq qilish jadallashib bora­di. Bu muammoning qo’yilishi va yechimi jarayonida hamda, amalda tadbiq qilinishida, iqtisodiyotning axamiyati beqiyosdir.
Iqtisodiyotning tabiiy xom-ashyo resurslari bilan ta’minlanganligi, ko’p vaqtlar mobaynida tabiat qonunlari, xususan ekologik qonuniyatlar va qonunlarga bog’lidligi tan olinmadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va fan-texnika yutuqlarini sanoat xamda qishloq xo’jaligi soxalarida keng qo’llanilishi natijasida tabiat boyliklaryning joylashuvi, ularning potentsial imkoniyatlari, dayta tiklash qobiliyatlari, o’z-o’zini tozalash darajalari yagona tabi­at, shu jumladan, ekologik qonunlarga bog’liqligi, keyinchalik mutaxassislar tomonidan asoslana boshlandi.
Iqtisodiyotdagi “eng kam xarajat sarflab yuqori daromadga erishish” tamoyiliga asoslangan barakasiz (ekstensiv) rivojlanish, pirovard nati- jada ekologik inqirozga olib keldi. Uning salbiy oqibatlari havo va suvning ifloslanishi, tuproqlarning qashshoqlanishi xisobiga ishlab chiqarilgan maxsulotlar sifatida, daro-madlarning pasayishida, insonlar salomatligining yomonlashuvi, mexnat unumdorligining pasayishi, xosildorlikning kamayishi orqali jamiyatda iqtisodiy tanglikni sodir eta boshladi. Iqtisodiyotning ekologiyaga ta’siri ma’lum, lekin ekolo­giyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha murakkab kechadi. Bu ko’pincha tabiatning jamiyatga aks ta’siri bilan tushuntirila­di. Xududlarning tabiiy resurslari xo’jasizlarcha foydalanganda qashshoqlashadi, degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor o’zgarishlari –sifat o’zgarishlariga olib keladi. Bu ekologik va itstisodiy o’zgarishlar xududning iqtisodiy potentsialini kambag’allashtiradi, eng muximi ijtimoiy-iqtisodiy axvol og’irlashadi, resurslar maxsuldorligining keskin pasayib ketishi sug’orma dexqonchilik va yaylov chorvachiligining izdan chiqishiga sabab bo’ladi, sanoat korxonalarining sifatli xomashyolar bilan ta’minlanishi buziladi.

Yüklə 5,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə