Tuxum va tvarogdan taomlar tayyorlash texnalogiyasi Mundarija


Qovurilgan non bilan tuxum va dudlangan chо‘chqa gо‘shti



Yüklə 242,63 Kb.
səhifə8/17
tarix30.12.2023
ölçüsü242,63 Kb.
#167254
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Tuxum va tvorogdan t

Qovurilgan non bilan tuxum va dudlangan chо‘chqa gо‘shti. Tuxum «xaltacha kо‘rinishida» pishirilib pо‘chog‘i tozalanadi. Oq bulka non 1 sm qalinlikda kesilib ikki yoqlama sariyog‘da qovuriladi. Dudlangan chо‘chqa gо‘shti yupqa kesilib qovurilib, qovurilgan non ustiga qо‘yiladi, uning ustidan tayyorlangan tuxum qо‘yib, ustidan tomatli oq sardak quyib beriladi.
Tuxum bо‘tqasi. Tuxum chaqilib, pо‘chog‘idan ajratilib tuz, sut yoki suv, bir oz sariyog‘ qо‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Sо‘ng kichikroq kastryulkaga solib olovga qо‘yiladi. Qaynash darajasiga yetkazmay aralashtirib turiladi va quyuqlashguncha qizdiriladi. Isitilgan likobchaga uyub suzib atrofiga qovurilgan non yoki jо‘xori bodrog‘i qо‘yib yoki ustidan qirilgan pishloq sepib beriladi. Tuxum bо‘tqasiga qо‘shimcha holda yana qovurilgan gо‘sht mahsulotlari (sosiska, dudlan­gan chо‘chqa gо‘shti, buyrak) yoki qо‘ziqorin, kо‘k nо‘xat, pishirilgan gulkaramidan ham berish mumkin. Bu mahsulotlar bо‘tqa ustidan qо‘yib berilishi ham mum­kin.
Tuxum 2 dona yoki melanj 80 gr, sut 40 grd, sariyog‘ 5, qovu­rilgan non 35 gr., yoki pishloq 15 gr. Sof rg‘irligi 140, 120 gr.
Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar.
Tuxumdan quyidagi taomlar tayyorlanadi: qaynatilgan tuxum, qaynatilgan tuxum pishloq bilan, qovurilgan tuxum, grenkali tuxum, tabiiy omlet, tuxumli bо‘tqa, pishloqli qо‘ymoq, pomidorli qо‘ymoq, tuxumli kotlet.
Qaynatilgan tuxumli taomlar

Tuxumli taomlar tayyorlashda turlicha issiqlik ishlovi beriladi. Tuxum ozgina qaynatib (vsmyatku), «xaltachada» va tula qaynatilgan holda iste’mol qilinadi.
Tuxumni qaynatish uchun har xil idishlar (soteynik, kastryulya va xokazo) ishlatiladi. 10 dona tuxum uchun 2,5 – 3 litr suv ketadi. Qaynatilgan tuxumlarni olib ustidan sovuq suv solinadi, bunda tuxum sarig‘ining rangi о‘zgarmaydi va puchogi tezda ajraladi.
Ilitilgan (vsmyatku) tuxum. Qaynatilgan idishga tuxum solinadi, elektr о‘chog‘ining chetiga qо‘yib qaynatmasdan 80-90 0S haroratda 4-5 minut qizdiriladi. Ilitilgan tuxum likopchalarga solinib beriladi.
«Xaltachada» xolatda pishiriladigan tuxum xuddi yuqoridagidek 7-8 minut qizdiriladi. Pishirilgan tuxum shо‘rvaga, grenki bilan sutli sardakka solib uzatiladi.
Tо‘la qaynatilgan tuxum 12 minut qizdiriladi va sovuq suv bilan yuviladi.
Salatlar, suyuq oshlar, sardaklar, qiyma tayyorlashda va alohida taom sifatida foydalaniladi. Xom tuxum ustiga sovuq suv qо‘yib issiqlik ta’sirida qaynashgacha olib borib qaynamasdan 20-30 minut qizdiriladi.
Qaynatilgan tuxum pishloq bilan. Qaynatilgan tuxum tozalanadi, maydalanadi, likopchaga solinadi, ustidan maydalangan pishloq va kо‘kat sepib uzatiladi.
Sutli sardakda grenkali tuxum. Qaynatilgan tuxum tozalanadi, idishga solinadi, ustiga sut, tuz, sariyog‘ solinib, yaxshilab aralashtiriladi.
Bug‘doy nonining yumshok qismi olinib sarigyog‘da qovuriladi va likopchaga solinadi. Tuxum aylana shaklda kesiladi va ustiga issiq sutli sardak solinadi. Uzatishda ustida kо‘kat sepiladi.
Tuxumli bо‘tqa. Idishga tuxum (xom), sut, tuz, sariyog‘ solib yaxshilab aralashtiriladi. Tuxumli aralashma idishga solinadi, suv hammomida 20 minut aralashtirgan holda qaynatiladi (700S haroratda). Tayyor bо‘tqa quyuqroq konsistensiyali kо‘rinishda bо‘ladi. Isitilgan tovokchaga tog‘cha shaklida tuxum bо‘tqasi solinib, ustidan kо‘kat, maydalangan pishloq sepiladi, atrofiga qovurilgan grenki (ok nondan) terib uzatiladi.
Taomni kо‘k nо‘xat yoki qaynatilgan rangli karam bilan ham uzatish mumkin.

Qovurilgan tuxumli taomlar


Ko'zli tuxum (yaichnitsa glazunya). Qizdirilgan tovaga sariyog‘ solinadi, qizdiriladi va asta-syokin tuxum solinadi. Oqsil quyuq konsistensiyaga, sarig‘i esa – yarim suyuq konsistensiyaga ega bо‘lguncha qovuriladi.
Tayyor bо‘lgan taom porsiyalarga bо‘linadi, tarelkaga qо‘yiladi, ustidan qizdirilgan yog‘ qо‘yiladi. Kо‘zli tuxumni porsion tovalarda uzatiladi yoki buterbrodlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 5 gramm sarigyog‘ kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 40 grammni tashkil etadi.
Grenkali tuxum. Oq yoki qora nonning qizartirib pishirilgan joyi olinadi, kubik shaklida kesiladi va sarigyog‘da qovuriladi. Ustidan tuxum qо‘yiladi va qizdirish shkafida 3-4 minut toblab pishiriladi.
Uzatishda «kuzli tuxum» day uzatiladi. Qovurilgan tuxumni oldindan qovurib yoki qaynatib kо‘k nо‘xat, pomidor, qovoqcha bilan uzatish mumkin.
Tabiiy omlet. Idishga xom tuxum, sut, tuz solib yengilgina kо‘pirtiriladi. Bunday aralashma tayyorlash uchun solinadigan sariyog‘ning bir qismini solish mumkin. Omlet protivenda yoki tovada qovuriladi. Idish yaxshilab qizdiriladi, yog‘ solinadi va aralashma qо‘yiladi. Oldin omlet past haroratda, pichoq bilan aralashtirib, yuzi qizarguncha qovuriladi.
Keyin 3-5 minut qovurish shkafida yana pishiriladi.
Uzatishda porsion bо‘laklarga bо‘linadi (har bir porsiyaga birta), ustiga yog‘ qо‘yib kо‘kat sepiladi.
Pishloqkli qо‘ymoq. Bu taomni yuqorida aytib о‘tilgan omletdan farqi omlet tayyorlanadigan aralashmaga qirg‘ichdan о‘tkazilgan pishloq solinadi. Tabiiy qо‘ymoqday qovurib, uzatiladi.
Pishloqli qо‘ymoq ishlab chiqarish texnologik sxemasi quyidagicha.




Pomidorli qо‘ymoq. Pomidor yuvilib 4 bо‘lakka bо‘linadi va ozgina sarigyog‘da qovuriladi, ustiga qо‘ymoq aralashmasi solinadi va quyulgunga qadar qovuriladi. Tayyor taom kesiladi (1 porsiyaga 1bо‘lak), ustidan yog‘ qо‘yiladi va kо‘kat sepib uzatiladi. Bunday taomni tayyorlash uchun 1 dona tuxum, 5 gramm sarigyog‘, 25 gramm sut, 50 gramm pomidor kerak bо‘ladi Taomning chiqishi 70 grammni tashkil etadi.
Tuxumli kotlet. Qaynatilgan tuxum yaxshilab maydalanadi, sovumagan mannо‘y bо‘tqasi bilan aralashtiriladi, shakl beriladi, non ushoqlariga (suxari) bulanadi va asosiy usul bilan ikki tomoni qovuriladi. Kotletlarni uzatishda (1 porsiyaga 1-2 dona) likopchaga qо‘yib, ustidan qizdirilgan yog‘ qо‘yiladi.



Yüklə 242,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə