Tuzuvchilar: Buxoro viloyat Kogon tuman 5- maktabning



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə62/113
tarix22.12.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154178
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113
1-sinf yozuv darsi ishlanmasi 2021-yil

T/R

Bo‘limlar

Vaqt

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa




Jami:

45 daqiqa



I .Tashkiliy qism.
Salomlashish, davomatni aniqlash , tozaslikni tekshirish .
Kun tabiati haqida suhbat o‘tkazish .
O‘quvchilarga to‘g‘ri o‘tirish , yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini eslatish.
II .O‘tgan mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftaridagi bosh “K” tovush harfini , “k” tovush harfi qatnashgan bo‘g‘in , so‘z , gap imlosini tekshirish va rag‘batlantirish .
Doskada “Kk” harfining o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi harf bilan to‘g‘ri yozilishini tekshirish .O‘qituvchi talaffuz qilgan so‘zlar ichidan o‘tilgan “ K” tovushining o‘rnini topish topshirig‘i beriladi .
III . Yangi mavzu bayoni .

O‘quvchilarga ekrandan raketa , rubob ,ruchka,randa rasmlarini ko‘rsatib , qaysi to-vushdan boshlanishini so‘rash . O‘quvchilarga yangi mavzuni e’lon qilish.


Kichik “ r” tovushining talaffuzi va yozilishi multimediyali ilova orqali ko‘r-satiladi , tushuntiriladi . Doskada kichik “r” harfining yozmacha shakli yozib ko‘r-satiladi . Harf yozilishi ko‘rsatilgandan so‘ng talaffuz qildirilib , havoda yozish
mashqi bajariladi .O‘quvchilar kichik “r” harfini daftarlariga yozadilar . O‘qituvchi o‘quvchilarning yozuvini qatorlar oralab yurib nazorat qiladi . Yozishda qiynalgan o‘quvchilar bilan individual ishlaydi .
“r” harfiga boshqa harflarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish , yozma shakli ko‘rsatib tushuntiriladi .”r” harfiga “a” harfini qo‘shib , bo‘g‘in hosil qilish va yozilishi ko‘rsatiladi . “rom, arra, orol” so‘zlari yoziladi va o‘qiladi . Bu so‘zlar tarkibi, maz-muni tahlil qilinadi. O‘qituvchi doskaga “ra” bo‘g‘ini va “rom, arra, orol” so‘zlarining yozilishini alohida-alohida yozib ko‘rsatadi . Havoda yozish mashqi bajarilganidan ke-yin o‘quvchilar daftarlariga yozadilar.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi .
Randa bilan randalayman,
Rom yasadim yaxshigina .
Arra olib arralayman ,
Imoratga yarar qara .
VI . Yangi mavzuni mustahkamlash .
O‘quvchilar doskada navbat bilan kichik “r” harfini yozishni mashq qiladilar.
Yozuv doskasiga “ rom , arra , orol” so‘zlari yozdiriladi . Har bir so‘z tarkibi tahlil qilinadi .
“So‘z tuz“ o‘yini o‘ynaladi . Ekranda birin – ketin turli shakllar ichiga yozilgan bo‘g‘inlar ko‘rinadi . O‘quvchilar bu bo‘g‘inlardan so‘z tuzadilar .
“O‘rnini top” o‘yini o‘tkaziladi . Rasmlar ko‘rsatiladi . Bu rasmlardagi so‘zlarda “r” harfi nechanchi harf bo‘lib kelganini topishlari lozim.








Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə