|
Тузувчилар BOB
Napor o‘zgarmas bo‘lgan holda yupqa devordagi teshikki o‘rnatilgan qisqa quvurSuyuqlik va gaz mexanikasi Tursunova E. (1)16 BOB
Napor o‘zgarmas bo‘lgan holda yupqa devordagi teshikki o‘rnatilgan qisqa quvur
(naycha)dan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimining harakati
Naychalarning shakllari. Umumiy ko‘rsatmalar
Biz, yuqorida uzun va qisqa quvurlar tushunchalari bilan tanishgan edik. Bunda, biz
ta’kidlagan edikki, uzun quvurlarda naporning faqat uzunlik bo‘yicha yo‘qolishi hisobga
olinadi, qisqa quvurlarda esa har ikkala naporning yo‘qolishi hisobga olinadi.
Naychaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud (16.1-rasm):
1) Tashqi silindirsimon naycha - Venturi naychasi (16.1, A-rasm);
2) Kichik silindrsimon naycha - Bord naychasi (16.1, V-rasm);
3) Konussimon naychalar: torayuvchi (16.1, S-rasm) va kengayuvchi (6.12, D-rasm)
naychalar;
4) Tomonlari tekis egiluvchan naycha (16.1, YE-rasm).
Endi oqimni qalin devordagi teshikdan chiqishi bilan tanishamiz (16.2, a-
rasm). Gidravlika nuqtai nazardan ab Venturi naychani ko‘rishimiz mumkin.
a- a kesimni
«kirish» va
b-b
kesimni «chiqish» kesimlari deb ataymiz. Ular
orasidagi masofani
н
l
deb belgilab, uni «naycha uzunligi» yoki «devorning gidravlik
qalinligi» deb belgilab olishimiz mumkin.
16.1-rasm. Teshik turlari
16.2-rasm. Ingichka (
a
) va qalin (b)
devordagi teshiklardan suyuqlikning
chiqishiga doir
16.2, b-rasmdagi amaliy nuqtai nazardan «kirish» va «chiqish» kesimlar o‘zaro
ustma ust tushib,
0
н
l
bo‘ladi. Tuzilishi qalin bo‘lsada, gidravlikada bu devorni yupqa
devor deb qabul qilamiz. Bundan tashqari shuni ta’kidlashimiz kerakki, naychalar bilan
tanishganimizda kvadrat qarshiliklar sohasiga mos keluvchi oqimning turbulent harakatini
ko‘rish bilan chegaralanamiz.
Tashqi silindrsimon naycha (Venturi naychasi).
Dostları ilə paylaş: |
|
|