U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida


 Ipak qurti pilla tolasidan fibroinni ajratib olish usullari



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə9/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

1.4. Ipak qurti pilla tolasidan fibroinni ajratib olish usullari
Pilla tolasidan ipak fibroinini ajratib olish uchun toladagi seritsin va boshqa
moddalarni yuvib tashlash zarur. Tolani yuvish ishqoriy muhitli qaynoq eritmada
amalga oshiriladi. Qaynatilgan tola distillangan suv bilan yaxshilab yuvib
tashlanadi va quritgich shkafda 70oC da 1,5 soat quritiladi.
16


Ipak fibroinini ajratib olishning bir necha metodlari mavjud. Ular quyidagi


misollarda berilgan [14,15, 16, 17, 18, 19].
Bombyx mori ipaki fibroini birinchi bosqichda seritsindan tozalashga to ‘g ‘ri
keldi. 1g vazndagi tayyorlangan ipak parchasi 500 ml li bidistillangan suvga
solinib, ustiga 1260 mg soda solib eritilib, 40 minut hammomida qaynatildi. Keyin
3,6 litr distillangan suv bilan yuviladi. Bundan tashqari 500 ml bidistillangan suvda
30 min davomida qaynatiladi. Oxirgi amaliyot 3 marta takrorlandi. Tozalangan
fibroin ipak xona haroratida havoda quritiladi.
Bombyx mori pilla tolasi 30 daqiqa davomida 98 °C da natriy dodetsil sulfat
(NDS, 0,25%, w/v) va natriy karbonat (0,25%, w/v) aralashmasida qizdiriladi.
Tolalar va eritma nisbati 1:100 (w/v) bo‘ladi. N a’munalar keyinchalik xona
haroratiga qadar sovutildi, uch marta suv bilan yuvildi va sutka davomida 65 °C da
quritaldi.
Ipak tolasidan seritsin va boshqa moddalarni yuvib chiqarish uchun 0,03 M
li NaHCO3 eritmada 1 soat qaynatiladi va suv bilan yuviladi, keyin yaxshilab
quritiladi.
Tabiiy ipak chiqindisini tayyorlash uchun sovun-sodali eritmadan foydalanib,
unda 0,5%-soda va 20%-sovun bo‘ladi. Tola massasi vanna modulida (1:50)
365^368 K temperatura 1 soat qo‘yiladi. Olingan tola 1g/l 25% li NH4OH
eritmasida 313 K da 1:50 vanna nisbatda 15 min qizdiriladi. So‘ng issiq suvda 313
K da 15 min va oxirida 1,5 g/l konsentrasiyali sirka kislota eritmasida 5 min
qaynatiladi. Qoldiq havoda quritiladi. N a’munada 1,5 % seritsin qoladi.
Xom ipak tolasidan 10g natriy karbonatning 6 N li eritmasidan 50 ml quyiladi
va 110°C da 70 min qaynatiladi. Olingan qoldiq 100 ml suv bilan yuviladi. 10 g
xom ipak tolasi natriy karbonatning 7 N li 50 ml eritmasida, 105 oC da 60 min
qaynatiladi. Qoldiq 100 ml suv bilan yuviladi.
17





Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə