U rga nch davlat u n IV er siteti kimyo kafedrasi Qo‘lyozma huquqida



Yüklə 275,29 Kb.
səhifə5/39
tarix25.12.2023
ölçüsü275,29 Kb.
#161310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Microsoft Word ОбРожка Ð�Ñ‹Ñ⁄анов Ð¥. ÐœÐflП. doc-fayllar.org

1.1. Pilla tolasining tuzilishi
Pilla tolasi— ingichka, pishiq, yaltiroq, tovlanib turadigan tola, ipak
qurtining ipak ajratuvchi ikkita bezidan chiquvchi suyuqlikdan hosil bo‘ladigan
tabiiy to ‘qimachilik xom ashyosi.
Ipak—ipak qurti pillasini o‘ragan uzunasiga bir-biriga yopishmagan, seritsin
(ipak yelimi) bilan qoplangan va yelimlangan ikki toladan iborat. Bu tolada
70^75% fibroin (oqsil modda), 20^25% seritsin, 2^3% turli mineral moddalar,
1^1,5% mum va yog‘lar bor. Ipak qurtining turiga qarab, pilla tolasining uzunligi
400^1500 m, ingichkaligini ifodalovchi ko‘rsatkich— metrik nomeri №2500^3500
yoki 0,4^0,3 teks bo‘ladi. Pilladan olinadigan tola juda ingichka bo‘lgani sababli
yakka holatda sanoatda ishlatilmaydi.
Pillakashlik fabrikasida pillani qaynatib, har bir pilladagi tola uchi
chuvalanadi. Uchi topilgan tolalarning 5-10 tasi uzunasiga qo‘shib yigirilib, kalava
holidagi xom ipak olinadi. Pilladan 100% tekstil sanoatining talabiga javob
beruvchi ipak tolasi olinmaydi: pilla tolasining 10^15% g‘umbak bilan birga
qoladi. Tolaning bu qismi pilla chiqindisi sifatida qoladi. Bundan tashqari ipak
qurtidan nasl olish maqsadida saqlangan pilladan ipak qurti kapalaki chiqib ketib,
ip yigirish uchun yaroqsiz bo‘lib, chiqindiga aylanadi.
Ipak olish uchun katta mehnat sarf bo‘ladi. Shu sababli Ipak qimmatbaho
to ‘qimachilik xom ashyosiga kiradi. Ipakdan shoyi to ‘qish, pishitilgan ip
tayyorlash va texnika, aviatsiya, kosmonavtika, elektrotexnika maqsadlarida
foydalaniladi [1]. Ishlab chiqarish texnologiyalarida tabiiy pilla asosida tolalar va
plyonkalar tayyorlanadi. Ipak tolasi jun va paxta tolalardan farqli o ‘laroq silliq
bo ‘ladi. Ipak o ‘z og‘irligiga nisbatan 30 % namni yutishi mumkin. Nam ipak
tolasining pishiqligi 10— 15% ga kamayadi. Ipak ultrabinafsha nurlar ta’sirida ham
mustahkamligi kamaydi[2].
Pilla tolasi tuzilishi 2-, 3-rasmlarda ko‘rsatilgan. Pilla tolasining tashqi sirtini
seritsin oqsili, ichki o ‘rta qismi 2 ta fibroin tolalaridan iborat.
7


1-rasm. Ipak tolasining tuzilishi


2-rasm. Ipak tolasidagi fibroin va
seritsin qismlarni ko‘rinishi
Quyidagi ipak fibroin tolasining strukturasi ko’rsatilgan (3-rasm).

Yüklə 275,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə