Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

12-§.
 
Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til va shevalar. 
Jamiyatning tilga va tilning jamiyatga ta’siri. Tillarning chatishuvi 
masalasi. Kreol tillar. Pijin tillari. Xalqaro tillar. Sun’iy tillar. 
1.Me’yorlashtirilgan tillar. Adabiy til shakliga ega bo‘lgan barcha 
tillar me’yorlashtirilgan tillar jumlasiga kiradi. Masalan, hozirgi rus tili, 
o‘zbek tili va boshqa tillarning adabiy tili olimlar tomonidan ishlab 
chiqilgan. Adabiy til ma’lum qolipga solingan bo‘lsa-da, tarixiy 
taraqqiyot 
davomida 
takomillashib, 
o‘zgarib, 
boyib 
boradi. 
Me’yorlashtirilgan tillarda so‘zlashuvchi odamlar mavjud bo‘ladi, ya’ni 


42 
jamiyatiga ega bo‘ladi. Me’yorlashtirilgan tillar ma’lum normaga 
solingan, qayta ishlangan, hammaga tushunarli bo‘lgan til shaklidir.
2.Qadimiy tillar. Bu tillarning dastlabki taraqqiyoti davrida 
shakllangan, rivojlangan, yozuvlari yaratilgan bo‘lib, buyuk asarlar, 
madaniy-ma’naviy yodgorliklar yaratilgan tillardir. Bu tillar keyingi 
davrlarda shakllangan bir qator tillar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. 
Qadimiy tillar ham kishilik jamiyatining ta’siri bilan yuzaga kelgan va 
tilning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu 
tillarning gaplashuvchi jamiyat yo‘q bo‘lgani uchun keyingi davrlarda 
iste’moldan chiqib qoladi. Lotin, oromey, sug‘d, xorazm kabi juda ko‘p 
tillar eng qadimiy tilning yaqqol namunasidir. Bunday tillarning fanda 
faqat nomlarigina saqlangan bo‘lib, hozirgi davrda bu tilarda 
gaplashuvchi millat ham yo‘q. To‘g‘ri, V.Gumboldt nazariyasiga ko‘ra 
ularning ildizi asosida yangicha shakldagi tillar taraqqiy etib, bir qancha 
etnik guruhlar, hatto millatlar (masalan, lotin tili ildizi asosida ispan, 
portugal, fransuz kabi millatlar va ularning tillari) paydo bo‘lgan. 
3.Mahalliy tillarga kam sonli aholi gaplashadigan tillar kiradi. Ba’zi 
joylarda bir qishloqning alohida 400 - 500 kishi gaplashadigan tili 
mavjud. Mahalliy tillarning o‘z yozuvi mavjud emas. Bunday tillar faqat 
og‘zaki shakldagina bo‘lib, aholining kundalik aloqa-munosabat ehtiyoji 
uchun xizmat qiladi
.
Amerika qit’asidagi ko‘pchillik mahalliy 
hindularning tillari hozirgacha saqlanib qolgan. Sekin – sekin adabiy 
tilga singib ketishi oqibatida kelajakda mahalliy tillar yo‘qolib ketish 
havfi katta. 
4.Kreol tillari mustamlakachilik davrida afrikaliklar, sharq 
mamlakatlari xalqlari va amerika hindulari tillarining aralashuvi 
natijasida paydo bo‘lgan tillardir. Kreol tillari asosan mahalliy aholi 
tillariga evropa tillari (fransuz, ingliz, portugal) aralashishidan kelib 
chiqqan. 
Kreol tillarning har biri o‘ziga xos til xususiyatlariga ega bo‘ladi. 
Aralash tillarning o‘ziga xos xususiyatlari ko‘rinib turadi.
5.Pijin tillari ham Evropaliklar tillari bilan mahalliy tillarning 
chatishividan yuzaga keladi. Pijin tillari kreol tillardan farq qiladi. Pijin 
tillaridan port shaharlarida ikkinchi til sifatida foydalaniladi. Lekin 
kreol, pijin tillari jamiyat uchun aloqa-munosabat vositasi sifatida 


43 
xizmat qilsa-da, bu tillar mustaqil til tarzida keng qo‘llanilmaydi. Pijin 
tillari uchun jamiyat yo‘q.
Pijin tillari rivojlanib keyinchalik kreol tiliga aylanishi mumkin. 
Eng keng tarqalgan pijin tiliga “pijin-inglish” tilini misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. 
6.Sun’iy tillar maxsus yaratilgan xalqaro tillardir. Polyak olimi 
L.Zamengof yaratgan 
esperanto tili
sun’iy tilning yorqin misolidir. Bu 
tilning grammatikasi ishlab chiqilgan, lug‘aviy asosi Evropa tillariga 
asoslanilgan, grammatikasi agglyutinativ xarakterda, grafikasi lotin 
yozuvi asosida shakllantirilgan. Bu tilga juda ko‘plab mashhur asarlar 
tarjima qilingan. Hammaga tushunarli bo‘lishi uchun dunyo miqyosidagi 
majlislarning olib borilishini hisobga olib bu til yaratilgan. Gazeta, 
jurnallar, teleko‘rsatuv va radio eshittirishlar ham olib boriladi. Bu 
tilning keyingi taqdiri muayyan davr bilan bog‘liq.

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə