Ularning malakasini oshirish hududiy markazi aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi biologiya fanidan amaliy



Yüklə 327,6 Kb.
səhifə23/49
tarix22.03.2024
ölçüsü327,6 Kb.
#180287
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49
1 curxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayy-fayllar.org

45 
• Laboratoriya ishi - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya xonasida tashkil 

etilib, o`qituvchi ishning maqsadini tushuntiradi va o`quvchilarni topshiriqni


bajarish algoritmi (tartibi) bilan tanishtiradi. Laboratoriya ishida bajarilishi lozim 
bo`lgan amallar aniq o`rnatilgan tartibda bajarilishi talab etiladi.
• Laboratoriya mashg`uloti - maxsus jihozlangan o`quv-laboratoriya 
xonasida tashkil etilib, o`quvchilar egallagan bilimlarini aniqlashtirish, uni
tajribaviy uslubda isbotlash, tushunchalarini mustahkamlash, o`quv-laboratoriya 
jihozlari bilan ishlashda amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida
o`tkaziladi. Mashg`ulot bir nechta tarkibiy qismlardan iborat bo`lib, unda bir 
vaqtning o`zida bir nechta laboratoriya ishi o`tkazilishi mumkin (pichan
bakteriyasi 
tayoqchasi
va

urug`
tukchalarini 


mikroskopda ko`rish).
• Ekskursiya - tabiiy sharoitda biron-bir obyekt, tabiiy hodisani o`rganish 
imkoniyatini yaratuvchi tashkiliy-pedagogik jarayon. Ekskursiya sinfdan
tashqarida o`tkaziladi, cf tkazilish vaqti bilan cheklanmagan, o*quvchilar tarkibi 
o`zgarishi (sinflardan terma qilib olingan) ham mumkin
• Eksperiment - sinov, tajriba, ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo`lib, 
pirovard
natijada ilmiy bashorat o`z isbotini topishi lozim. Eksperiment muayyan tartibda 
muntazam qayd etilib borilishini talab etadi.
Laboratoriya va amaliy mashg"ulotlarga tayyorgarlik ko'rilar ekan, biologiya 
laboratoriya xonasining sanitariya-gigiyenik holatiga e'tibor berilishi lozim: havo
almashinuvi, ozodaligi va boshqalar. 
Biologiya fanidan laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni o`tkazishga zarur
bo’lgan asbob hamda jihozlar yuvilgan va quritilgan bo`lishi zarur. Tajriba 
maqsadi va vazifasiga qarab, o`quvchilar soniga mos ravishda zaruriy asbob va
jihozlar tayyorlanadi. Bunda, laborant-assistent uslubiy qo`llanmada ko`rsatilgan 
laboratoriya jihozlarini belgilangan miqdorlarda taqsimlab, muayyan tartibda
tayyorlab qo`yadi. 
Har bir jihozning o`z o`rni bo`lishi lozim. Laboratoriya mashg`ulotlari




46 
o`tkazib bo’lingandan so`ng, barcha jihozlar joy-joyiga qo`yilishi kerak. Bu 

qoidani o`quvchilarga singdirib borish kerak va u odat tusiga kirishiga erishish


lozim.

Darsda o'qituvchi tomonidan tayyorlangan yo`riqnomalar, tavsiya va


topshiriqli varaqalar ishlatilishi mumkin. Odatda ularda ishning maqsadi 
mujassamlanadi hamda tarkibiga ishni bajarish rejasi va topshiriqlar kiritiladi.
Bunday varaqalar o`quvchilarda qo`yilga'" riasalalarni mustaqil yechish, biologik 
tajribalarni qadamba-qadam amalga oshirish malakalarini rivojlantiradi. Mazkur
topshiriq varaqalari bilan ishlash jarayonida o`quvchilarning ilmiy-tadqiqotchiligi, 
faolligi rivojlanib, ortib boradi.
Laboratoriya va atnaliy mashg`ulotlar samaradorligini oshirish maqsadida 
o`quvchilarni kichik guruhlarga b
lish, har biriga alohida vazifalar berish. olingan 
natijalarning himoyasini tashkil qilish mumkin. Hamkorlikda amalga oshirilgan ish
esa - o`quvchilarning faolligini oshiradi, darsda olingan bilimlarni yanada 
mustahkamlaydi.
Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarda yangi materialni kuzatish, tabiiy 
obyektlardan keng foydalanish uslubini tatbiq etish ko`zda tutiladi. Bunday darslar
real bilimlarni to`plash, amaliy malaka va ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida 
o`tkaziladi.
Biologiya darslarida o`quvchilar bajarayotgan amaliy laboratoriya tajribalari 
ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Mustaqil bajariladigan laboratoriya tajribalari
o`quvchilarning bilim-malakalarni ongli ravishda o`zlashtirishga, fikrlash 
faoliyati va biologiya faniga boigan qiziqishlarini rivojlantirishga, mehnat
malakalarini o`stirishga, kuzatuvchanlik qobiliyatini oshirishga, borliqni to`g`ri 
idrok etishni shakllantirishga o`zining ta'sirini ko`rsatadi.
Laboratoriya va amaliy mashg`ulotlarni tashkil qilishda va o`tkazishda 
quyidagi rejadan foydalanish mumkin:
- o`tilgan materialni takrorlash(suhbat, savol-javob); 
- laboratoriya va amaliy mashg`ulot maqsadi va vazifasini tushuntirish;




47 
- o`quv jihozlari bilan ishlash qoidalarini eslatish; 

- ish tartibini tushuntirish;


- belgilangan laboratoriya va amaliy mashg`ulotni amalga oshirish; 
- laboratoriya va amaliy mashg`ulot natijalarini qayd qilish;
- laboratoriya va amaliy mashg`ulot natijalarini himoyalash; 
- laboratoriya va amaliy mashg`ulotni yakunlash;
- yakuniy savol-javob o`tkazish; 
- o`quvchilarni reyting tizimida baholash.


Yüklə 327,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə