Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

(Tetranychus urtlcae Koch.), 
oqqanot (
Trlaleurodes vaporarloum 
West) 
va o’simlik bitlari 
(Aphldldae), 
kuzgi tunlam 
(Agrotls segeturn Den.et 
Schltl), 
karadrina
(Sphadoptera exigua
Nb.
), 
g’ovak
 
hosil qiluvchi pashshalar 
(
Agromyzidae
) va nematodalar kirib ular issiqxonadagi sabzavot ekinlariga jiddiy 
zarar yetkazib kelmoqdalar. 
Issiqxonalarda zarar keltiradigan hasharot turlarini ularning oziqlanish 
usuliga qarab ikkiga bo’lish mumkin. Birinchisi, so’ruvchi zararkunandalar. Bular 
o’simlik shirasini so’rib, uni rivojlanishdan ortda qoldiradi va hosildorlikni 
pasaytirib, sifatini buzadi. O’simliklarda har xil yuqumli kasalliklar (ayniqsa virusli) 
tarqalishiga sababchi bo’ladi. Ayrim hasharotlarning shirali chiqindilari (o’simlik 
bitlari va oqqanot) o’simlikni bargi va boshqa qismlarini ifloslantirishi tufayli 
saprofit zamburug’larning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratib, fotosintez 
jarayonini izdan chiqaradi.
Ikkinchi tur zararkunandalar - bu kemiruvchi zararkunanda hasharotlar -
tunlamlardir. Issiqxonalarda bu hasharotlar ko’proq go’ng orqali, keyinchalik, kuz 
oylarida uchib kelgan kapalaklari bu joylarda tuxum quyib rivojlanishni davom 
ettiradilar. Bunday xolatlar kam kuzatilgan bo’lsa ham tunlamlarning 
issiqxonalarda ekinlarga zarari sezilarli bo’layotanligi mutaxassislar tomonidan 
e’tirof etilmokda. 
Bundan tashqari xozirgi kunda issiqxonalarda zararli fitonematodalar 
pomidor hosiliga katta zarar yetkazmokda. Ularning ta’sirida o’simlik qurib qolib, 
pomidor hosildorligi 40-50 foizga, ayrim issiqxonalarda esa 60-70% gacha nobud 
bo’lmoqda. 
Ochiq 
sharoitdagi 
ituzumdosh 
o’simliklarda 
uchraydigan 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


11
zararkunandalarga qarshi uyg’unlashgan kurash tizimi ishlab chiqilgan (Rashidov, 
1985; 2000).
Biroq, bunday ilmiy tadqiqot ishlari yopiq sharoitda deyarlik olib 
borilmagan. Olib borilgan bo’lsa ham o’tgan asrning 80-yillari (Asqaraliyev,1979; 
Adashkevich, 
Xo’jayev, 
Qodirov 
1986; 
Adashkevich 
1988;) 
ayrim 
zararkunandalar buyicha o’tkazilgan xolos.
2000 yillari U.Ortiqov tomonidan (2003, 2004, 2007) issiqxonalardagi 
pomidorda uchraydigan tunlam kapalaklari va ularga qarshi entomofaglarni 
ishlatish bo’yicha tadqiqot olib borilgan.
Yopiq ekosistemada yetishtiriladigan bodring o’simligida deyarli ilmiy 
izlanishlar olib borilmagan. Muallif tomonidan issiqxona fitofaglarini urganish 
1995 yildan boshlanib, xozirgi kungacha davom etmoqda(Sulaymonov, 1996-
2008). 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


12

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə