Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

Aleyrodoidae).
O’zbekistonda hozirgi paytda oqqanotning 4 turi 
qishloq xo’jalik ekinlariga zarar keltirmokda. 
Issiqxonalardagi o’simliklarni barcha joyda issiqxona oqqanoti 
Trlaleurodes 
vaparlorurn West 
kuchli zararlamokda. Oqqanot yozda issiqxonalardan migrasiya 
qilib ochiq dalada ko’payishi natijasida issiqxonalarga yaqin bo’lgan joylarda 
baqlajon, pomidor va boshqa bir qancha qishloq xo’jalik ekinlariga kuchli zarar 
keltirmoqda. Issiqxona oqqanoti o’tgan asrning so’nggi 70-yillaridan boshlab zarar 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


17
keltira boshlanganligi aniqlangan (Alimuhamedov, Xujayev, 1991). 3ararkunanda 
aleyrodidlar oilasidan bo’lib, O’zbekiston sharoitida issiqxona, g’o’za va sitrus 
oqqanotlilari ko’proq zarar yetkazadi (Myarseva, Yasnosh, 1993). 
Issiqkona oqqanoti (
Trialeurodes vaporarium
Westw.) S.N.Alimuhamedov, 
Sh.T.Xujayev 
(1991), 
X.Kimsanboyev, 
A.Kodirov, 
va 
boshq. 
(2001) 
ma’lumotlariga qaraganda g’o’za, pomidor, bodring, baqlajon, no’xat, kungaboqar, 
tamaki va boshqa ko’pgina ekinlarga zarar yetkazadi. 
G’o’za oqqanoti (
Bemisia tabaci Genn
.). Mamlakatimizning barcha g’o’za
ekiladigan maydonlarida uchraydi. Ushbu tur g’o’zaning va boshqa qishloq 
xo’jalik ekinlarining ashaddiy zararkunandasi hisoblanadi (Buscher, 1967; jodko, 
1977; Berlinger, 1980; Bogs, Braash, 1980). 
Oqqanotning pushtdorligi va zarari havo harorati va namligiga bog’liq holda 
o’zgarib boradi. (Beloselskaya va boshq. 1960; Solovey, 1978; Treyfi, 1980; 
Agekyan, 1967; Verschoor, 1981). 
Oqqanotning tuxumi va imagosi -13
0
S gacha havo haroratiga chidab, 
lichinkalari esa tezda halok bo’ladi (Shaymardanov, 1977). 
Keyingi yillarda O’zbekistonda g’o’zada g’o’za (yoki tamaki) oqqanoti 
Bemisia tabaci Genn 
ommaviy zarakunandaga aylandi. Binokulyarda kuzatilganda 
uning qorni oxirida anal teshigida bir qancha burtmalar mavjud bo’lib, boshqa 
turlarida bunday tuklar uchramaydi (Dansig, Shendrovskaya, 1988). 
Mualliflar (Dushamov, Matkarimova, 2001) ta’kidlashlaricha, hasharot 
ta’siridan paxtani 45-55%, kartoshka va sabzavot ekinlarini 60-75% nobud bo’ladi. 
Zararkunanda faqat lichinkalik davrida o’simlikni zararlaydi. G’o’za oqqanotini 
issiqxona oqqanotidan farqi havo harorati orta borgan sayin uning rivojlanishi 
kuchayadi, har 18-20 kunda bir nasl beradi. 
O’zbekiston o’simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot institutida olib 
borilgan izlanishlar ko’rsatishicha ta’kidlashicha, g’o’za oqqanoti ochiq dala 
sharoitida bir yilda 7-8 avlod berib rivojlanadi, biroq zararkunanda o’zining 
keyingi rivojlanish davrlarini issiqxonalar sharoitida o’tkazadi va ular bu sharoitda 
yana 3-4 avlod bera oladi. (Ataxanov,1993). F.3oxidovning (2001) ta’kidlashicha, 
g’o’za va issiqxona oqqanotlari dala sharoitida va issiqxonalarda sabzavot 
ekinlariga katta zarar yetkazmoqda. 
Qoraqalpog’iston sharoitida ochiq dalalardagi har xil ekinlardan yig’ib 
olingan 2199 ta oq pashshaning 2089 tasi yoki 94,4% g’o’za oq pashshasi ekanligi 
ma’lum bo’ldi(Qutlimurodov,2006).
Oqqanotlarning zarari o’simlikni so’rib, undagi ozuqa moddalarini 
kamayishiga olib keladi, shuningdek zararkunandaning bilvosita ta’siri ham 
mavjud: oqqanot oziqlanayotgan 
vaqtda chiqargan suyuqlikda saprofit 
zamburug’lar rivojlanib, barg sathini qoplab qoladi, natijada o’simlikda normal 
biokimyoviy jarayon kechishi buziladi, o’simlik zayiflashadi, hosilga putur yetadi, 
ayniqsa, vegitasiya davri boshlaridagi zararlanish tufayli o’simlik butkul nobud 
bo’ladi. Shunday hollar ham kuzatilganki, kuchli zararlangan dalalarda hosil butkul 
nobud bo’lgan. (Adashkevich, Xodjayev va boshq., 1986; Xujayev, 1991; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18
Toreniyozov, Qutlimurodov, 2002). 
Adabiyot tahlilidan ma’lum bo’lishicha oqqanotlar respublikamizda asosan 
ochiq sharoitda o’rganilgan. Issiqxonalarda rivojlanish xususiyatlari, zarari, 
iqtisodiy havfli chegara soni ishlab chiqilmagan. 
Yuqoridagilarni e’tiborga olib bizning asosiy maqsadimiz issiqxonada 
issiqxona oqqanotining biologiyasi, rivojlanish xususiyatlari, avlod berishi va uni 
sonini boshqarishda enkarziya parazitining ahamiyatini o’rganish hisoblanadi. 
O’simlik bitlari 
(Aphididae)
 
sabzavot ekinlarining issiqxonalardagi asosiy 
zararkunandalaridan hisoblanadi. 
O’simlik bitlari barglarning shirasini so’rib, buning oqibatida poya va 
ildizlardagi uglevodlar miqdori keskin kamayib ketadi. Qattiq zararlangan 
barglarning shakli o’zgaradi va buralib qoladi. Bundan tashqari barglarda bitlar 
ajratgan shiralarda saprofit zamburug’lar rivojlanib, o’simliklar rivojlanishini 
susaytiradi, ba’zi hollarda esa o’simlik qurib ham qoladi. 3ararlangan 
o’simliklardagi hosil 30-51% gacha kamayishi mumkin (Yaxontov,1953; Kojayeva 
1963). 
O’simlik bitlari bo’yicha dastlabki ilmiy izlanishlar I.V.Vasilyev tomonidan 
(1910) yili olib borilgan. Keyinchalik I.V.Plotnikov (1926) V.V.Yaxontov 
(1930),(1956); Nevskiy (1942) tomonidan O’rta Osiyoda, asosan g’o’zada 
uchraydigan o’simlik bitlarining morfologiyasi, biologik xususiyatlari o’rganilgan. 
XX-asrning 60-yillari Tojikistonda bir qancha olimlar tomonidan 
(Narziqulov,1962), O’zbekistonda esa A.G.Davletshina (1964;1970) o’simlik 
bitlarining turi, morfologiyasi, biologiyasi va sistematikasi bo’yicha ilmiy tadqiqot 
ishlari olib borilgan. 
Yuqoridagi ilmiy izlanishlar natijasida o’simlik bitlarining qishlashi, 
pushtdorligi, avlod berishi oziqlanadigan o’simlik turlari, ularning parazit va 
yirtqichlari bo’yicha yangi ma’lumotlar olingan. 
XX asrning 80-90 yillari o’simlik bitlari faunasi bo’yicha keng ko’lamda 
ilmiy izlanishlar olib borgan A.Muhammadiyev (1979) “Farg’ona vodiysi bitlari” 
asarida mavjud ma’lumotlarni to’ldirib, bitlarning landshaftlar bo’yicha tarqalish 
katalogini tuzib chiqdi. 
O’simlik bitlarini respublikamizda shunchalik yaxshi o’rganganligiga 
qaramay, sabzavot ekinlarida, ayniqsa issiqxonalarda ular yetarli o’rganilmagan. 
Sabzavot tur tarkibi, rivojlanish xususiyatlari bo’yicha ilmiy izlanishlar yetarli 
emas. Shuning barchasi bizning oldimizdagi maqsadimizni belgilab berdi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə