Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

Arachnidae
), kanalar kenja sinfiga (
Araci
), akarfarm 
kanalar (
Acariformls
) turkumiga kiruvchi o’simlikxo’r jonzot hisoblanadi 
(Uspenskiy, 1978, Uspenskiy, Kamolov, 1980, Bandarenko va boshq. 1977, 1986, 
Alimuhamedov va boshq. 1983).
Zararkunandaga qarshi kurash choralarini to’g’ri tashkil etish uchun uning 
biologiyasini yaxshi bilish lozim. Ma’lumki, o’rgimchakkana otalangan urg’ochilik 
holida qishlaydi. G’o’za, sabzovot, poliz va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarida 
asosan iyun, iyul, oylarida uchray boshlaydi (Piontkovskiy, 1928; 1932; Ivanov, 
1951; Yaxontov, 1953; Uspenskiy, 1970).
O’rgimchakkana qishlovdan bahor oyi havosiga bog’liq holda turli 
muddatlarda chiqishi mumkin. Tibilova A.A. (1935) ma’lumotiga ko’ra 
o’rgimchakkana qishlovdan 12 
0
S dan kam bo’lmagan haroratda chiqadi. Biroq 
boshqa olimlar o’rgimchakkana uchun eng pastki harorat chegarasini 10 
0
S deb 
hisoblaydilar (Vasser, 1938 va boshq).
O’rgimchakkana qishlovdan chiqqandan keyin 7-8 kun ichida tuxum qo’ya 
boshlaydi. Ular tuxumlarini asosan yapaloq bargli o’simliklarga, agar ularni 
topolmasa yerga ham qo’yib tashlaydilar. Dastlab o’rgimchakkana begona o’tlarda 
rivojlanib keyin madaniy ekinlarga o’tadi (Kosobusiy, 1934, 1959; Yaxontov, 
1953).
O’rgimchakkanani rivojlanishiga ob-havo omillari va o’simlik barglaridagi 
fiziologik va marfologik o’zgarishlar katta tasir etadi. O’rgimchakkanani 
yoppasiga ko’payishi uchun ayrim olimlar fikricha (R.E.Vasser, 1938) 26,6 
0
S
– 
29,8 
0
S harorat va 23-26,5% nisbiy havo namligini qulay deb hisoblansa boshqa 
ba’zi birlar (Bondarenko, 1952, 1977) esa o’rgimchakkanani yoppasiga ko’payishi 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


16
uchun 29-31
0
S harorat, 35-55 % nisbiy havo namligi qulay deb hisoblaydilar 32-
33 
0
S havo haroratida past nisbiy namlik (25-30 %) o’rgimchakkana uchun havfli 
hisoblanadi (Vasser, 1938). 
O’rgimchakkana 25 
0
S haroratda 32,5 
0
S haroratga nisbatan 2 marta ko’p 
tuxum qo’yadi. O’rgimchakkana uchun 30 
0
S optimal harorat hisoblanadi. Bunday 
haroratda o’rgimchakkana kuniga 10-12, hayoti davomida 102,1-150,5 donagacha 
tuxum qo’yadi. O’rgimchakkana bir mavsumda 9-20 ta avlod berib rivojlanadi 
(Uspenskiy, 1960, 1970, 1978; Bondarenko va b. 1977; Pospelov va b. 1979).
O’zbekiston sharoitida o’rgimchakkana bilan yirtqichlik qilib kun 
ko’radigan 40 dan ziyod jonzotlar turlari aniqlangan. Shularning eng asosiy turlari 
8 ta hisoblanadi. Bular - 
Stetorus punctillum Ws, Scymnus frontalis, Orius 
albidipennis Reut, Orius niger Wolf, Sclolothrips acori fbhagus Gakh; 
Campylomma diversicornis Reut gup.
(Uspenskiy, 1960; Yaxontov, 1953). 
O’rgimchakkanaga qarshi hozirgi paytda agrotexnik, kimyoviy va biologik 
usullardan iborat kompleks kurash choralari tavsiya etilgan. Biroq, 
o’rgimchakkanani kimyoviy vositalarga chidamliligi yil sayin ortib bormoqda. 
Kimyoviy kurashda dorilarni qo’llash me’yorlarni oshirib borish esa foydali 
jonzotlarni qirilishiga, atrof muhitni zaharlanishiga olib kelib, inson salomatligiga 
salbiy ta’sir ko’rsatadi (Smirnova, 1972; Niyazov, 1974; Van Steenwyk et al
1976; Phorodon, 1978). Bu kichik bo’limga xulosa qilib shuni aytish mumkinki 
o’rgimchakkana O’zbekistonda qishloq xo’jalik ekinlarini zararkunandasi sifatida 
asosan g’o’zada o’rganilgan.
O’rgimchakkana 
qishloq 
xo’jalik 
ekinlarining 
doimiy 
va 
havfli 
zararkunandasidir. MDH davlatlarida kana 248 tur o’simlikni zararlab, shulardan 
37 turi dala ekinlaridir, qolganlari yovvoyi o’tlar, butasimonlar va daraxtlardir. 
Ayniqsa 
sabzavot, 
poliz 
ekinlarini 
o’rgimchakkana 
qattiq 
zararlaydi 
(Alimuhamedov, Xodjayev, 1978). 
N.P.Polyakov (1968) o’rgimchakkananing sonini o’zgarish dinamikasini 
o’rganib, uning ko’payishi oziqlanish sharoiti bilan bog’liqligini aniqlagan. 
3ararkunandaning ko’payishida harorat va namlik ham muhim rol o’ynaydi 
(Uspenskiy, 1970). 
Boshqa ekinlarda, xususan sabzovotchilikda, ayniqsa issiqxonalarda bu 
zararkunundani rivojlanishi xususiyatlari to’g’risida ilmiy malumotlar yetarli emas. 
Yuqoridagilarni inobatga olib biz o’rgimchakkanani yopiq ekosistemada bodring 
o’simligida rivojlanish xususiyatlarni o’rganishni o’z oldimizga maqsad qilib 
qo’ydik.
Oqqanotlar (

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə