Улугбек мби doc



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/41
tarix23.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#123484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Óëóãáåê ìáè doc

 
Kuzgi tunlam
(Agrotis segetum Den. et Schiff).
Bu zararkunanda 34 oilaga 
mansub o’simliklarni zararlaydi. Uning qurtlari endigina unib chiqqan nihollari 
ildiz bo’g’zinini qirqadi, o’simliklarning, ba’zan yer ustki qismini, butkul yeb 
qo’yadi. Katta yoshdagi qurt holida tuproq ostida 10-15 sm chuqurlikda qishlaydi 
(Larchenko, 3apevalova, Yuldasheva va boshq. 1973; Alimuhamedov, Xodjayev
1991). Kuzatuvlarga ko’ra issiqxonalarda tabiiy sharoit bo’lmaganligi oqibatida 
qishlamaydi. 
Undov tunlami (
Agrotis exclamationis L.).
Bu zararkunanda zararlash 
qobiliyati jihatidan kuzgi tunlamdan keyingi o’rinda turadi, oldingi qanotlari 
asosida undov belgisi sifatidagi dog’i bo’ladi. Yiliga 2 marta avlod beradi. Beda va 
sabzavot ekinlarini ko’proq zararlaydi. (Migulin, Osmolovskiy va boshq., 1976). 
Kuzatuvlarga ko’ra issiqxonada yangi ekilgan nihollar poyasini yeb zararlaydi. 
G’ovaklovchi pashshalar (Agromyzidae ). G’ovaklovchi pashshalar XX asr 
oxirida, AQSh da birinchi marta zararkunanda sifatida ro’yxatga olingan (Burgess, 
1895). 
Hozirgi kunda 
Agromyzadae
oilasi o’simlikshunoslikda eng katta zarar 
yetkazadigan ikki qanotlilar turkumiga kiradi. Jahon faunasida oilaning 3000 dan 
ortiq turi ro’yxatga olingan. Ularning ko’p turlari monofag, 16 turi esa polifag 
hisoblanadi. Qishloq xo’jalik ekinlariga jahonda 250 turi zarar yetkazadi. Sobiq 
ittifoq xududida 100 turi uchrashi aniqlangan (Zlobin,Drugova,2002). 
G’ovaklovchi pashshalar (
Agromyzidae, Diptera
) faunasini o’rganishga eng 
katta hissa qo’shgan olimlardan biri Kenneth Spenser dir (1965). U Fillippinda 
kuzatishlar olib borganda, 
Agromyzidae
oilasiga kiruvchi 12 turni hisobga olgan. 
Rus olimlaridan V.V.3lobin (1986) 34 turdagi g’ovaklovchi hasharotlarni 
ro’yxatga oldi va ulardan 9 turi MDH faunasi uchun va 17 turi Uzoq Sharq uchun 
birinchi marta qayd etilgan. 
Menkenberg O., Helderman A.J. (1990) pomidorda rivojlanadigan 
Liriomyza bryoniae
g’ovaklovchi pashsha hayot sikliga haroratni ta’sirini 
o’rganishgan. Har bir davrlarda (fazada) rivojlanish tezligi aniqlangan. 
Rivojlanishning eng past bo’sag’asi 8
0
S, optimal harorat esa 25°S bo’lgan. 
O’zbekiston Bosh karantin inspeksiyasi ma’lumotiga ko’ra(1994-1995) 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


15
Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent tumanlarida sabzavot-poliz va kartoshka 
ekiladigan maydonlarda g’ovaklovchi pashshalarning ko’payish o’choqlari ham 
topilgan. Bundan tashqari qalampir, bodring, qovoq, baqlajon, kungaboqar va ba’zi 
bir begona o’tlarda g’ovaklovchi pashshalar topilgani to’g’risida ma’lumot 
berilgan (3lobin V.V., Drugova Ye. 2003). 
G’ovaklovchi pashshalarning respublikamizda tarqalishi, biologiyasi va 
zarari bo’yicha olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda 
(Pirnafasov,2001; Rashidov, Xuseinova, Saidova, 2005; Xuseinova, Sulaymonov
Rashidov, 2008). 
Liriomyza sativae
Blanch. Polifag hasharot hisoblanadi. AQShda pomidorga 
ko’p zarar yetkazgan. G’o’za kam zararlanadigan o’simlik hisoblanadi(Spencer, 
1973). 
Issiqxonalarda pomidor ko’chatlari yetishtirilayotgan davrda (dekabr-
yanvar) havo harorati va tuproq harorati 18°S bo’lganda va 18 soat yorug’likda 
diapauzasiz rivojlanayotgan g’ovaklovchi pashshalar uchun ma’qul sharoit bo’ladi 
(Ushekov 1977, 2000). 
O’rgimchakkana (
Tetranvchus urticae
Koch). O’zbekistonda g’o’za va 
boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga bir necha tur o’simlik kanalari zarar yetkazsada, 
biroq 
ularning 
eng 
xavflisi 
oddiy 
o’rgimchakkana 
hisoblanadi. 

o’rgimchaksimonlar sinfiga (

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə