Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Bevosita baholash usuli
o‘lchanayotgan kattalik miqdorini bevosita o‘lchash 
asbobining hisoblash qurilmasi bo‘yicha bevosita topish imkonini beradi. Masalan, 
bosimni prujinali manometr bilan, massani siferblatli tarozida, tok kuchini ampermetr 
bilan o‘lchash va hokazo. Bu usulda o‘lchash aniqligi uncha katta bo‘lmasa ham, 
o‘lchash jarayonining tezligi uni amalda qo‘llanishda tengi yuq usulga aylantiradi. 
Differensial usul
o‘lchanayotgan va ma’lum kattaliklarning ayirmasini 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


18
o‘lchashni xarakterlaydi. Masalan, gaz aralashmasi tarkibini havoning issiq 
o‘tkazuvchanligiga taqqoslash yo‘li bilan issiq o‘tkazuvchanlik bo‘yicha o‘lchash. 
G‘oyatda aniq o‘lchashlarda 
o‘lchov bilan taqqoslash usuli
qo‘llanadi. Bunda 
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchov yordamida topilgan kattaliklar bilan takqoslanadi. 
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element 
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli 
tarozlarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi 
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi. 
Nol (kompensasion) usul
o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan 
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni 
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan 
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslangan asboblarga misol bo‘la oladi. Nol usul 
o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi. 
1.3-§. O‘LCHASH O‘ZGARTIRISHLARI VA O‘ZGARTKICHLARI 
Texnologik o‘lchashlarning mohiyatini texnik jihatdan qisqacha quyidagicha 
ifodalash mumkin: 
«nimani, qanday qilib va nima bilan o‘lchanadi?».
SHuning 
uchun, bundan keyin aniq fizik kattaliklarni o‘lchash usullari va o‘lchashlarning eng 
keng tarqalgan ishonchli ishchi vositalari: o‘lchash o‘zgartkichlari va o‘lchash 
asboblari qarab chiqiladi. 
Ko‘pchilik hollarda o‘lchashlar o‘lchanayotgan fizik kattalikni oldindan 
o‘zgartirish bilan bog‘lik.. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə