Umumiy doc


Parametrik o‘zgartkichlar



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Parametrik o‘zgartkichlar
— shunday o‘zgartkichlarki, ularda energiya va 
axborot oqimlarining yo‘nalishlari bir xil bo‘lmaydi. Jumladan, agar ob’ektda 
qarshiligi haroratga bog‘liq bo‘lgan termorezistor o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda axborot 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


22
olish uchun asbobdan yoki o‘zgartkichdan termorezistorga tok o‘tkazish zarur. 
Tokning o‘zgarishi o‘lchanayotgan haroratning o‘zgarishi haqidagi axborot bo‘ladi. 
Axborot signalining intensivligi manba signali intensivligiga bog‘lik bo‘lib, bu 
parametrik o‘zgartkichlarning o‘ziga xos xususiyatidir. 
1.4- §. O‘LCHASH VOSITALARI, ULARNING ELEMENTLARI VA 
PARAMETRLARI 
O‘lchash vositalari o‘lchashlarda ishlatiladi va ular normallashgan metrologik 
xossalarga, ya’ni kattaliklarning ma’lum sonli qiymatlariga hamda o‘lchash 
natijalarining aniqligi va ishonchliligini ifodalovchi xossalariga ega bo‘ladi. 
O‘lchash vositalarining asosiy turlariga o‘lchovlar, o‘lchash asboblari, o‘lchash 
o‘zgartkichlari va o‘lchash qurilmalari kiradi. 
O‘lchov
 
— berilgan o‘lchamdagi fizik kattalikni qayta o‘lchash uchun 
mo‘ljallangan o‘lchash vositasi. Masalan, qadoqtosh — massa o‘lchovi; o‘lchov 
rezistori — elektr qarshilik o‘lchovi; yoritish lampasi — yorug‘lik o‘lchovi va 
hokazo. 
Bir xil o‘lchamli turli fizik kattalikni kayta o‘lchaydigan bir qiymatli hamda 
turli o‘lchamdagi qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchaydigan ko‘p qiymatli 
o‘lchovlar bor. Ko‘p qiymatli o‘lchovlarga bo‘linmali chizg‘ichlar, induktivlik 
variometri va boshqalar misol bo‘la oladi. Maxsus tanlangan, faqat alohidagina emas, 
balki turli birikmalarda turli o‘lchamli qator bir nomli kattaliklarni qayta o‘lchash 
maqsadida qo‘llaniladigan o‘lchovlar komplekti o‘lchovlar to‘plamini tashkil etadi. 
Masalan, qadoqtoshlar to‘plami, uchlikli uzunlik o‘lchovlari to‘plami, o‘lchov 
kondensatorlari to‘plami va hokazo. O‘lchovlar magazini—sanoq qurilmalari bilan 
bog‘langan maxsus qayta ulagichlarga ega bo‘lgan bitta konstruktiv butun qilib 
birlashtirilgan o‘lchovlar to‘plami. O‘lchovlar magazini elektrotexnikada keng 
qo‘llaniladi: qarshilik magazini, sig‘imlar magazini, induktivliklar magazini. 
O‘lchovlarga standart namunalar va namuna moddalar ham kiradi. 
Standart namuna
— modda va materiallarning xossalarini yoki tarkibini 
xarakterlovchi kattaliklarning birligini qayta tiklash uchun o‘lchov. Masalan, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


23
tarkibidagi kimyoviy elementlari ko‘rsatilgan ferromagnit materiallar xossalarning 
standart namunasi. 
Namuna modda
— tasdiqlangan spesifikasiyada ko‘rsatilgan, tayyorlash 
shartlariga rioya qilinganda tiklanadigan ma’lum xossalarga ega bo‘lgan moddadan 
iborat o‘lchov. Masalan, «toza» gazlar, «toza» metallar, «toza» suv. 
Kuzatuvchi idrok qilishi uchun qulay shakldagi o‘lchov axboroti signalini 
ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi 
o‘lchov asbobi
deyiladi. O‘lchov asbobida 
kuzatuvchi o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘qiydi yoki sanaydi. O‘lchov 
asboblari analog va raqamli bo‘lishi mumkin
. Analog o‘lchov asboblari
da asbobning 
ko‘rsatishi o‘lchanayotgan kattalik o‘zgarishining uzluksiz funksiyasidan iborat 
bo‘ladi, 
raqamli o‘lchov asboblarida
esa ko‘rsatishlar o‘lchov axboroti signalini 
diskret o‘zgartirish natijasidan iborat bo‘lgan raqamli shaklda ifodalangan bo‘ladi. 
Keyingi vaqtlarda raqamli asboblar borgan sari kengroq qo‘llana boshlandi
chunki ularning ko‘rsatuvlari osongina qayd qilinadi, ularni EHM ga kiritish qulay. 
Raqamli asboblarning tuzilishi o‘lchashda analog asboblarga qaraganda katta 
aniqlikka erishishga imkon beradi. SHu bilan birga raqamli asboblar qo‘llanganda 
o‘qish xatoligi bo‘lmaydi. Ammo analog asboblar raqamli asboblarga qaraganda 
anchagina sodda va arzondir. 
O‘lchov 
asboblari 
ko‘rsatuvchi, 
qayd 
qiluvchi, 
kombinasiyalangan, 
integrallovchi va jamlovchi asboblarga bo‘linadi. 
Ko‘rsatuvchi asboblarda
raqamli 
qiymatlar shkala yoki raqamli tablodan o‘qiladi

Qayd qiluvchi asboblarda
ko‘rsatuvlarni diagramma qog‘ozida yozib olish yoki raqamli tarzda chop etish 
ko‘zda tutiladi. 
Kombinasiyalangan asboblar
o‘lchanayotgan kattalikni bir vaqtning 
o‘zida ko‘rsatadi hamda qayd qiladi. 
Integralovchi asboblarda
o‘lchanayotgan 
kattalik vaqt bo‘yicha yoki boshqa erkli o‘zgaruvchi bo‘yicha integrallanadi. 
Jamlovchi asboblarda
ko‘rsatishlar turli kanallar bo‘yicha unga keltirilgan ikki yoki 
bir necha kattalikning yig‘indisi bilan funksional bog‘langan bo‘ladi. 
Ulchashga doir axborotni uzatish, o‘zgartish, ishlov berish va saqlash uchun 
qulay bo‘lgan, ammo kuzatuvchi bevosita idrok qilishi mumkin bo‘lmaydigan 
shakldagi signalni ishlab chiquvchi o‘lchash vositasi 
o‘lchash o‘zgartkichi
deb 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


24
ataladi. Inson o‘zining sezgi organlari bilan o‘lchash o‘zgartkichi signallarini qabul 
qila olmaydi. O‘zgartiriladigan fizik kattalik — 
kirish kattaligi
, uning o‘zgartirilgani 
esa 
chiqish kattaligi
deyiladi. Kirish va chiqish kattaliklari orasidagi bog‘lanishni 
o‘zgartkich funksiyasi qaror toptiradi. O‘lchash o‘zgartkichlari o‘lchov asboblarining, 
turli o‘lchov tizimlarining, biror
jarayonlarni avtomatik nazorat qilish yoki boshqarish tizimlarining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. O‘lchanayotgan kattalik berilgan o‘lchash o‘zgartkichi 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə