Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

 – 
абсорбцион
 
хроматографининг
 
схемаси

PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


215 
ajratadi va detektorlarga yuboriladi. 
Datchik detektori tahlil qilinayotgan gaz aralashmasi komponentlarining 
ajralishini aniqlash uchun xizmat qiladi. Uning ishlashi eltuvchi gaz va tahlil 
qilinayotgan 
komponent 
binar 
aralashmasi 
issiqlik 
o‘tkazuvchanliklarining 
ayirmasidan foydalanishga asoslangan. Detektor zanglamaydigan po‘latdan 
tayyorlangan massiv blokdan iborat bo‘lib, uning ikkita kameralari 5 va 6 bo‘ladi, 
hajmi taxmnnan 0,2 sm
3
keladigan bu kameralarda esa qarshilik termometrlari 
(termistorlar) bo‘lib, ular o‘lchash ko‘prigining elkasini tashkil qiladi. Datchik 
kamerasini termostatlashga harorat rostlagichi yordamida erishiladi. 
Eltuvchi gaz detektorning kameralari 5 va 6 dan o‘tganida har ikki kamerada 
issiliq berish sharoiti bir xil bo‘ladi. O‘lchash sxemasi muvozanatda bo‘ladi va 
ikkilamchi asbobning diagrammasida nol chiziq yoziladi. Almashlab ulagichning 
qo‘zg‘aluvchan plastinasi 60° ga burilganida eltuvchi gaz dozalash kamerasida ajratib 
qolingan namunani siqib chiqaradi va uni ajratish kolonkasiga yuboradi, u erdan 
detektorning o‘lchash kamerasiga goh eltuvchi gaz, goh tegishli binar aralashma 
beriladi. O‘lchash kamerasiga issiqlik o‘tkazuvchanligi sof gaz eltuvchining issiqlik 
o‘tkazuvchanligidan boshqacha bo‘lgan binar aralashmaning kirishi natijasida 
qarshilik termometrining harorati va qarshiligi, binobarin ko‘prikning muvozanati 
o‘zgaradi. Muvozanatning bunday o‘zgarishini qayd etuvchi asbob IV cho‘qqi 
ko‘rinishida qayd etadi. 
Xromatografning boshqarish bloki V ga asbobning o‘lchash sxemasi elektron 
harorat rostlagnchi, vaqt belgilovchi — taymer, nolni avtomatik qo‘yish qurilmasi, 
almashlab ulovchi qurilma 8 ni boshqarish qurilmasi va rele kiradi. 
Sanoatda ishlatiladigan XP—499 xromatografi gazsimon mahsulotlar- 
nouglevodorodli gazlar va ularning izomerlarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. 
Xromatograf texnologik oqimlardan olingan gazlarni tahlil qilishga imkon beradi, 
tahlil natijalarini uzluksiz qayd etishni ta’minlaydi, shuningdek, standart elektr va 
pnevmatik chiqish signallari olishni ta’minlaydi va boshqarish tizimida foydalanishi 
mumkin. Konsentrasiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0,05—100%, asosiy xatoligi 
±1%. Xromatograf portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


216 
Sanoatda ishlatiladigan «Neftexim—SKEP» xromatografi ko‘p komponentli 
gaz aralashmalari, bug‘lar va suyuqliklarning tarkibini ajratish kolonkalarining 
harorati 200
0
S gacha bo‘lgan sharoitda aniqlashga imkon beradi. Uzluksiz rejimda 
ishlaydi va boshqarish tizimlarida datchik sifatida foydalanish mumkin. 
Konsentrasiya bo‘yicha o‘lchash chegarasi 0—100%, chiqish signallari 0—5 mA; 
0—10 V; 0,02—0,1 mPa. Portlashdan himoyalangan tarzda chiqariladi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə