83
ularni noballast kuchlanish kamayib, nolga teng bo‘lguncha siljitadi. Ko‘prik
sxema
muvozanat holatiga kelganda reversiv dvigatelning rotori to‘x-taydi, reoxord
sirpang‘ichi esa ko‘rsatkichli karetka bilan birga o‘lchanayotgan termometr
qarshilngiga teng xolatni egallaydi.
O‘zgarmas tok manbaidan ishlaydigan muvozanatlashtirilgan ko‘prikning
o‘lchash sxemasi ham yuqoridagiga o‘xshash, faqat uning
elektron kuchaytirgichi
tebranish o‘zgartgichi bilan ta’minlangan. SHuning uchun, uning kuchaytirish qismi
potensiometrnikiga o‘xshash.
Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko‘priklar quyidagi afzalliklarga ega: 1)
ko‘prikning ko‘rsatishi ta’minlash kuchlanishiga bog‘liq emas; 2)
asbobning
ko‘rsatishi harorat o‘zgarishi bilan chiziqli bog‘langan; 3) o‘lchashlar (ko‘prikni
mvozanatlashtirish) avtomatik amalga oshiriladi; 4) termoqarshilik ulashning uch
simli usuli ulash simlari qarshiligining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan ko‘rsatishlardagi
xatoligini keskin kamaytirish yoki hatoni yo‘qotish imkonini beradi.
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 1) sxemada
muvozanatlashtirish uchun
qurilmaning zarurligi; 2) kichik qarshiliklarni o‘lchash qiyinligi yoki mutlaqo
mumkin emasligi.
Dostları ilə paylaş: