sizmi? Uni yozgan Abdulla Oripov bo‘ladi.
Abdulla Oripov — bugungi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari-
dan. Mashhur shoir, taijimon, jamoat arbobi, 0 ‘zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaiyo
viloyati Koson tumani-
ning Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘igan, donish-
mand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni
topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon-
shuhratini ko‘rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq
adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin
suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki,
Abdullaning
kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg‘ular uning «Onajon» she’rida juda
samimiy ifodalangan. So‘ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida
oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi. To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot
muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy
o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. She’rga,
kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo‘ldi. Dastlabki she’rlari
o‘quvchiligida bosildl Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo‘ldilar.
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib,
Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi 0 ‘zMU)ning filologiya fakultetiga
o‘qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jumalistika bo‘limini
tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti
yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga
katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi
hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o'xshatish —
manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini ocziga qaratib
oladi. Unga o‘z
davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla
Qahhor e ’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.
Dostları ilə paylaş: