Umumiy pedagogika


Pedagogikaning tarmoqlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə10/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Pedagogikaning tarmoqlari
Pedagogika fanlar tizimiga etnopedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, axloq tuzatish va mehnat pedagogikasi, jismoniy kamolot pedagogikasi, harbiy pedagogika, maxsus pedagogika, kar-soqov (surdo) pedagogika, koʻrlar (tiflo) pedagogika, aqliy jihatdan orqada qolgan (oligofreno) pedagogika, pedagogik mahorat kabilar kiradi.
Pedagogika pedagogik ta’limotlar tarixi va tarbiyaning rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etadigan fan sifatida bugungi kun uchun dolzarb muammolarni oʻrtaga tashlaydi va pedagogika fanlar tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshidagi shakllantirishga qaratilgan quyidagi tarmoqlarni oʻzida birlashtiradi: maktabgacha ta’lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, oila pedagogikasi, katta yoshlilar pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy pedagogika, iqtisodiy pedagogika, sport pedagogikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa tarmoqlarda.
Bundan tashqari defektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika: surdopedagogika (kar va soqovlar), tiflopedagogika (koʻzi ojizlar), oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolganlar), logopediya (nutqi rivojlanmagan) tarbiyalanuvchilarni oʻqitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida har bir fanni oʻqitish va oʻrgatishning qonuniyatlarini oʻrganuvchi metodika qismi alohida oʻrin egallaydi.
Pedagogikaning boshqa fanlar bilan oʻzaro aloqadorligi
Pedagogika fani komil insonda jahon tajribalarida sinalgan tizim boʻlgan bozor munosabatlarini shakllantirish, milliy meros, an'analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning boy manbaalari boʻlgan ma’naviy-ma’rifiy tushunchalar haqida bilim, malaka hosil qilishda pedagogikaning koʻp fanlar bilan aloqadorligi jihatdan ahamiyatlidir.
Pedagogika fani inson tarbiyasi bilan shug‘ullanganlagi sababli unga barcha fanlarning koʻmaklashishi tabiiydir. Inson tarbiyasining qaysi sohasini olib koʻrsangiz, u qaysidir fan bilan aloqadorlikda amalga oshiriladi, oʻsha fanning qonuniyatlariga suyanadi.
Pedagogikaning metodik asosi, bilim nazariyasi va tarbiyadagi qonuniyatlari bevosita falsafa fanining ta'sirida amalga oshiriladi. Bundan tashqari etika, estetika, ekologiya fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogika fanida xalq ta’limi va bolalarni davrlarga boʻlish tizimini asoslashda anatomiya, fiziologiya, maktab gigiyenasi kabi fanlarning alohida oʻrni bor. Pedagogika ilmiy tadqiqot metodlarini takomillashtirishda matematika, fizika, informatika kabi fanlar bilan bog‘lanadi.
Pedagogikaning aniq masalalarini ishlab chiqishda falsafaning sotsiologiya, etika, estetika kabi tarmoqlari katta ahamiyatga ega.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə