Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə9/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

MA'LUMOT – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan koʻnikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
MAHORAT – turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta’limning mutlaq maqsadidir. Mahorat murakkab ishni tez, aniq, sifatli bajarishning barqaror darajasidir.
SHAXS – jamiyat a’zosi sifatida oʻz oʻzini anglash va tafakkur faoliyatining obyektivligi, muloqotda biologik, ijtimoiy muhit hamda maqsadli tarbiya natijasida shakllanadi.
PEDAGOGIK MUHIT – ta’lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo munosabatlar majmuasi.
IJTIMOIY MUHIT – kishi shaxsini shakillantiruvchi ijtimoiy munosabatlar majmuasi. Ijtimoiy tafakkur turmush tarsi, shaxslararo va guruhlararo hamda millat va xalqaro munosabatlarning oʻzaro muvofiq kelishi va bir-birini boyitishi.
FAOLIYATbiror shaxsiy, guruhiy, milliy yoki umuminsoniy ehtiyojlarga javob beruvchi maqsad sari yoʻnaltirilgan harakat.
IJTIMOIY TARAQQIYOTtashqi va ichki, boshqariladigan va boshqarilmaydigan omillar bilan kishiga ijobiy ta’sir etish, yani shaxsning shakllanish jarayoni. Shaxsning ijtimoiy taraqqiyotida maqsadga yoʻnaltirilgan ta’lim-tarbiya yetakchi oʻrinni egallaydi.
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining milliy pedagogika fanida tarbiya inson muammolari, ajdodlarimiz g‘oyalariga suyanib, quyidagi qonunlarga asoslanishi zarur deb hisoblanadi:
– tarbiya inson faoliyati jarayonida tartibli ta’sir etuvchi mahsul boʻlib, natijasini insonninig yashab turgan ijtimoiy sharoiti belgilaydi;
– inson kamolotini xarakterlovchi kuch oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni mavjudligi uning shaxsiy hayotida namoyon boʻladi;
– inson faoliyati jarayonida atrofdagi narsa va hodisalarga qiziqishini uyg‘otish va uni e'tiqodga aylantirish;
– tarbiya jarayoni yoshlarning kattalar bilan, kattalarning yoshlar bilan qonuniy munosabati natijasida amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya bir biriga uzviy bog‘langan jarayon boʻlganligi sababli aqliy kamolotiga tartibli ta'sir koʻrsatish orqali inson bilimli, barkamol boʻlib voyaga yetadi. Ta’lim inson aqliy kamolotini yuzaga chiqaruvchi pedagogika – tarbiyashunoslikning bir qismidir. Pedagogikaning didaktika qismi uni atroflicha oʻrganadi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə