Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə11/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Etika falsafaning axloqiy va tarbiya masalalari bilan bevosita bog‘liqdir. Ularni hal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy qadriyatlariga suyanadi.
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning estetik ideallarini shakllantiradi, madaniyat va voqelikka estetik munosabatlar umumiy qonuniyatlarini oʻrganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni pedagogika fani ishlab chiqadi, yoshlarning goʻzallikni his qilish, tushunishga oʻrganish vositalari va yoʻllarini belgilab beradi.
Mustaqil Oʻzbekistonda milliy pedagogika bevosita iqtisod fani bilan bog‘lanib, bozor iqtisodiyotiga oʻtish muammolarini, iqtisodiy tarbiya masalalarini uzviylik bilan amalga oshiriladi. Ijtimoiy fanlardagi ma’lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning tarbiyaga boʻlgan obyektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini oʻrganadi.
Pedagogika psixologiya va fiziologiya bilan ham bevosita va bilvosita bog‘liqdir. Fiziologiya pedagogika hamda psixologiyaning tabiiy ilmiy bazasi hisoblanadi. Pedagogika fiziologiyaning oliy asab faoliyatining rivojlanishi, asab sistemasining oʻziga xosligi birinchi va ikkinchi signal sistemalar shuningdek, sezgi organlari, tayanch harakat apparati , yurak, qon tomir hamda nafas olish sistemalarining faoliyati, rivojlanishi haqidagi ma’lumotlarga suyanadi.
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari.
Pedagogik muammolarni hal qilishda turli-tuman tadqiqot metodlaridan foydalaniladi. Metod lotincha “metodos” – “yoʻl” soʻzidan olingan. Ilmiy tadqiqot esa shu metod orqali nazariy, siyosiy, ilmiy, milliy va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish maqsadiga xizmat qiladi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan biror pedagogik muammoni hal qilish maqsadida talaba, oʻqituvchi-tarbiyachi, aspirant-tadqiqotchi va ilmiy xodimlar foydalanadilar. Ilmiy izlanishning dastlabki debochasi adabiyotlarni oʻrganib, tahlil qilishdan boshlanadi.
A
Adabiyotlarni o‘rganish metodi
dabiyotlarni oʻrganish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni aks ettiruvchi, mutafakkir va ma’rifatparvar pedagog olimlarning asarlari, Mustaqil Oʻzbekistonning iqtisodiy, siyosiy va ma'naviyatiga doir adabiyotlar, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, tadqiqot mavzusiga doir darslik, monografiya, risola va maqolalar, pedagogik-psixologik izlanishlar va dissertatsiyalar oʻrganiladi.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə