Umumiy pedagogika



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə12/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Kuzatish metodi. Kuzatish adabiyotlarni oʻrganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni koʻzda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vaziyatni kuzatish, materiallarni qayd qilish muddati belgilanadi. Kuzatish muddatiga koʻra ikki turga ajratiladi: qisqa va uzoq muddatli kuzatish.
Qisqa kuzatish – obyektning kundalik faoliyatidagi oʻzgarishlardan ma'lum xulosaga kelish. Uzoq muddatli kuzatish qoʻyilgan maqsad, reja va dastur asosida olib borilib, ma'lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Kuzatishni yakuniy qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi, televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mumkin.
T
Suhbat metodi
adqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul shaxslarga og‘zaki savollar berib, ulardan axborot olish jarayonidir. Soʻroqlar mavzu doirasida, mantiqan, mazmunli, tartibli, aniq ifodaga ega boʻlishi lozim. Uning toʻg‘ri yoki notoʻg‘riligiga qarab jadval asosida natijasi aniqlanadi. Suhbat metodi jarayonida intervyu olish ham mumkin. Oʻrinli, mantiqan yuksak yoki noaniq javoblar magnit lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblarni ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb ataladi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga, berilgan savollar shakliga, toʻldirilgan anketalar soniga bog‘liq boʻladi.

B
Pedagogik eksperiment
u metod yordamida ilmiy gipotezalarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogika tizimlarining ayrim elementlari oʻrtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar aniqlanadi. Tabiiy eksperiment va laboratoriya eksperimenti pedagogik eksperimentning asosiy turlari hisoblanib, ular koʻpgina turlarga boʻlinadi.

S
Tabiiy eksperiment
haroitida yangi oʻquv rejalari, dasturlar, darsliklar va boshqalar odatdagi oʻquv rejimini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik eksperiment ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning oʻtish sharoitlarini muntazam oʻzgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etilgan boʻladi. Pedagogik jarayonni aniqroq oʻrganish uchun eksperimentator oʻzi tashkil etgan jarayonni kuzatadi. U pedagogik jarayonga aralashadi, tarbiyalanuvchilar bilan tarbiyachi faoliyatining muayyan sharoitlarini yaratadi. Pedagogik eksperiment dastlabki ma'lumotlarni, aniq sharoitlarni va oʻqitish usullarini yoki tadqiq qilinadigan materiallarni aniq belgilashni, shuningdek, eksperiment natijalarini har tomonlama hisobga olishni talab etadi.

P
Laboratoriya
edagogik eksperiment ilmiy tadqiqotining ancha qat’iy shaklidir. Juda keng pedagogik kontekstdan uning muayyan tomoni ajratib olinadi, natijalarni aniq tekshirib borishga va oʻzgaruvchan kattaliklar oʻrnini almashtirishga imkon beradigan sun’iy sharoit yaratiladi.

Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi:
Eksperimentni rivojlantirish, oʻtkazish va natijalarni sharhlash.
Rivojlantirish eksperiment maqsadi va vazifasini belgilash, eksperiment natijalar ta'sir etuvchi omillar va ular darajasining miqdorini aniqlash, kerakli kuzatishlar soni, oʻtkazish tartibi, olingan natijalarni tekshirish metodlarini oʻz ichiga oladi.
Eksperimentni tashkil etish va oʻtkazish belgilangan rejaga qat'iy amal qilingan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida ma'lumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Eksperiment oʻtkazish ishonchlilik tamoyiliga javob berishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilinishi kerak:

  • tekshiruvchilar soni va miqdorining optimal boʻlishi;

  • tadqiqot metodlarining ishonchli boʻlishi;

  • farqlarning statistik jiqatdan ahamiyatliligini hisobga olish.

Turli metodlarning oʻzaro qoʻshib olib borilishi pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi va sifatini oshirishga imkon beradi. Bunga matematika metodlar hamda hisoblash yechish qurilmalari yordamida eksperiment natijalarining pedagogikaga k
Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi
irib kelishi ham yordamlashadi.

Pedagogika hodisalari va faktlarini tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur oʻrganmoq lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. Maktab hujjatlarini tahlil qilish oʻquvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini, iqtidorliligini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini koʻrsatgan taqdirdagina toʻliq qiymatga ega boʻladi.
M
Bolalar ijodini o‘rganish metodi
aktab oʻquvchilari ijodini hamda ularning turli tuman ishlarini oʻrganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli oʻquvchilar aqliy qobiliyatlari, oliyjanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. “Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning toʻg‘ri yoʻllarini koʻrsatib berishga qaratilgan.


Statistika ma'lumotlarini analiz va sintez qilish metodi
Pedagogik tadqiqotga kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan sistemali oʻrganish mustaqil Oʻzbekistonda fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning taraqqiy etishiga salmoqli hissa qoʻshadi.

O
Anketa metodi
ʻquvchilardan soʻrash usuli boʻlib, u oʻquvchilar jamoasining ma'lumotlari toʻg‘risidagi kerakli ma'lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun va kasbga yoʻllashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan boʻlmog‘i lozim. Anketada koʻzlangan maqsadga muvofiq savollar boʻlib, javoblardan pedagogik natijalar kelib chiqmog‘i muhim sanaladi.

H
Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari
ozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishi fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qoʻllanishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika oʻquv protsesida oʻqitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida oʻziga xos xususiyatga ega. Shuning uchun pedagogik jarayon bilan ishlab chiqish jarayonlarini avtomatlashtirish oʻrtasida katta farq bor.

Pedagogik tadqiqotlardan kino, ovoz texnikasi, foto, televideniya singari texnika vositalaridan ham keng foydalaniladi. Ular oʻquvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirishga yordam beradi. Bolalar uchun qoʻshimcha rag‘batlantirish omillarini hosil qiladi. Bular oʻqituvchilar mehnatini ma'lum maqsadda yengillashtiradi. Koʻrsatilgan vositalarning har biri bolalarning yoshini, oʻquv fani va pedagogik jarayonni mukammallashtiradi.
Milliy dasturni maqsadi, vazifalari va uni roʻyobga chiqarish bosqichlarida yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat koʻrsatish va barqaror rivojlantirishining kafolatlarini ustivorligini ta'minlovchi normativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratish pedagogik tadqiqotning asosini tashkil etadi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə