Umumiy pedagogika


Oʻzbekiston respublikasining «ta’lim toʻg‘risida”gi qonuni asosida uzluksiz ta’lim prinsiplari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə20/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Oʻzbekiston respublikasining «ta’lim toʻg‘risida”gi qonuni asosida uzluksiz ta’lim prinsiplari
«Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonun bilan ta’limOʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilindi hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilandi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi hamda demokratik xarakterdaligi;

  • ta’lim tizimining uzluksizligi va izchilligi;

  • davlat ta’lim tizimining ilmiyligi va dunyoviyligi;

  • ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;

  • davlat ta’lim standartlari doirasida barchaaning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratilganligi;

  • tayanch (toʻqqiz sinf hajmidagi) ta’limning majburiyligi;

  • ta’lim, ma’naviy va jismoniy tarbiya dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

  • bilimdonlik va iste’dodni rag‘batlantirish;

  • ta’lim muassasalarida chet tillarni oʻrganish, din tarixi va jamiyat madaniyati sohasida bilim olish uchun sharoitlar yaratish;

  • ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlarning ta’siridan xoli boʻlishi;

  • tarbiyalanuvchilar va ta’lim oluvchilarni orasidagi doʻstona munosabatni yoʻga qoʻyish;

  • pedagog shaxsini, uning ijtimoiy mavqeini hurmatlash;

  • amaldagi qonunlar doirasida mulkchilikning barcha shakllaridagi talim muassasalarining teng huquqliligi, ularning mustaqilligidan iboratdir.

Mazkur qonun bilan jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimning bilim olishda teng huquqli ekanligi kafolatlanadi va ta’lim muassasalarida ta’lim berish tilidan foydalanish tartibi Davlat tili haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz umumiy oʻrta ta’lim maktablarida 7 ta til (oʻzbek, rus, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillari)da oʻqitih yoʻlga qoʻyildi va oʻquvchilarni barcha tillarda darsliklar bilan toʻliq ta’minlash tizimi yaratildi.
Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun boblari 2020 yil 23 sentabrda qabul qilingan(11 bob, 75 moddadan iborat) Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona.
ta’lim quyidagi ta’lim turlarini oʻz ichiga oladi:

  • maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  • umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  • professional ta’lim;

  • oliy ta’lim;

  • oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi. Unda oʻqishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muasasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim toʻqqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim boshlang‘ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda oʻquvchilarning fanlar asoslari boʻyicha muntazam bilim olishlari, bilim olish ehtiyojining yuzaga kelishi, asosiy oʻquv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning oʻzlashtirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlish, shuningdek, kasb tanlash koʻnikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi.
Akademik litsey oʻquvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yoʻnaltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq oʻrta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik litseylarda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan ta’lim yoʻnalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda oʻzlarida fanni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar koʻnikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Akademik litseylar asosan oliy oʻquv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-hunar kollejlari esa oʻquvchilarning muayyan kasb-hunar ga moyilligi, layoqatlari, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yoʻnalishlar boʻyicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat oʻquvchilarning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
Oʻquvchilarni kasb-hunar ga yoʻnaltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligida oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
Mavjud ta’lim muassasalarining davr talablarini hisobga olgan holda isloh qilishdan tashqari MDH davlatlarida oʻxshashi yoʻq yangi turdagi oʻquv yurtlari – kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. Shu tarzda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va ijodiy rivojlantirishga yoʻnaltirilgan uzluksiz oʻquv-ilmiy ishlab chiqarish ta’limining yaxlit tizimi shakllantirildi.
Professional ta’limta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy oʻrta ta’lim negizida tashkil etiladi. Professional ta’lim ta’limining ikki muhim yoʻnalishi boʻlgan texnikum yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish oʻquvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Kasb-hunar kollejioʻquvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va koʻnikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar boʻyicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Oliy ta’limoʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriyat hamda magistratura)da tashkil etilib, mutaxassisliklar yoʻnalishlari boʻyicha xalq xoʻjaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari negizida va pullik-shartnomaviy asosda amalga oshiriladi.
Bakalavriat – mutaxassisliklar yoʻnalishi boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida toʻrt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.Bakalavr darajasiga ega boʻlgan shaxs oliy ta’lim tizimi yoʻnalishidagi oʻzi tanlagan soha boʻyicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega boʻladi.
Magistratura – aniq mutaxassislik boʻyicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta’lim muaddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’lim boʻlib, magistraturadagi tahsil yakuniy klassifikatsion davlat attestatsiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik boʻyicha ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, u ilm-fan sohasida, ishlab chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat koʻrsatadi. U aspiranturaga kirish ega.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim – kasb-hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida amalga oshiriladi. Oliy oʻquv yurtidan keyingi ta’lim falsafa doktori va fan doktori dissertatsiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi tomonidan tegishli ravishda falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega boʻlish huquqini beradi.
Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonida asosiy e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ana shu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari oʻqish natijalariga koʻra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega boʻladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yoʻnalishlarda yoʻlga qoʻyilib, bolalar hamda oʻsmirlarning ta’limga boʻlgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning boʻsh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida olib boriladi.Shuningdek, qonun bilan ta’lim oluvchilarni, ta’lim muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, yetim bolalarni va Ota-onalarining yoki boshqa qonuniy vakillarining vasiyligisiz qolgan bolalarni, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar va oʻsmirlarni oʻqitish, ijtimoiy yordamga va tiklanishga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun oʻquv-tarbiya muassasalarini tashkil etish tartibi belgilangan.
Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻg‘risida»gi Qonuni g‘oyalarini amalga oshirish jarayonida oʻqituvchi kadrlar muhim rol oʻynaydilar. Komil inson va yetuk malakali mutaxassis1 maxsus tashkil etilgan pedagogik faoliyat jarayonida tarbiyalanar ekan, ushbu jarayonda oʻqituvchilarning oʻrni beqiyosdir. Shu bois ularning shaxsida bir qator ijobiy ma’naviy-axloqiy sifatlar namoyon boʻla olishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə