Umumiy pedagogika


Ta’lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari va boshqaruv organlari vakolatlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə16/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Ta’lim tizimini boshqarishning huquqiy asoslari va boshqaruv organlari vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasining «Ta’lim toʻg‘risida”gi Qonunida ta’lim Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha, deb e’lon qilingan.
Ta’limning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy Konstitutsiyaviy huquqlaridan biri boʻlgan har bir kishining aqliy–amaliy imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual rivojlanshini ta’minlash xohlagan kasbini tanlash, uni mukammal egallab, shu sohada faoliyat koʻrsatish uchun moddiy-ma’naviy, tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir boʻg‘ini va bosqichlarining oʻziga xos vazifalari kelib chiqadi.

  • i
    Ozbekiston Respublikasida ta’limni tashkil etish va rivojlantirish talablariga quyidagilar kiradi:

    jtimoiy-siyosiy hayotda bilim va yuksak intellektning nufuzini anglagan holda ta’limning ustuvorligini ta’minlash;


  • ta’lim va tarbiya uslublarini tanlash va ta’limni boshqarishning davlat-jamiyat

  • tizimiga oʻtilishini ta’minlash uchun ta’limning demokratlashuviga erishish;

  • inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan turli-tuman

  • ehtiyojlarini qondirish, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash uchun ta’limni insonparvarlashtirish;

  • ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviyat, madaniyat, ijodiy fikrlash va dunyoqarashni shakllantirish va ijtimoiylashtirish;

  • ta’limni milliy yoʻnaltirish – ta’limni oʻzbek xalqining milliy urf – odatlari, an’analari va tarixi bilan uzviy bog‘liqligini saqlab qolish, boshqa halqlar tarixi va qadriyatlarini hurmat qilish;

  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash va ta’limning eng yuqori darajasida fundamental va maxsus bilim olishlari uchun sharoit yaratish.

Ta’lim tizimini boshqarish pedagogika fanining muhim tarmog‘i boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining ta’lim tizimi organlari va ularning vazifalari, ish faoliyatining mazmuni va metodlarini belgilab beradi, shuningdek, ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish tizimini asoslaydi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə