Umumiy pedagogika


Axborot xavfsizligi va globallashuv jarayonida yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə23/237
tarix28.11.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138461
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237
3 КУРС УМК КЕЧКИ ЖУМАЕВ КУНДУЗ ШАРИПОВА

Axborot xavfsizligi va globallashuv jarayonida yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligini ta'minlash muammolari.

  • Ommaviy madaniyat, axborot tahdidlari, diniy ekstremizm va boshqa salbiy ta'sirlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishda pedagogika fanining vazifalari.

    Tayanch tushunchalar: tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni, shaxsga ta’sir koʻrsatuvchi omillar, avtoritar va erkin tarbiya, tarbiya tamoyillari, tarbiyaning turlari, tarbiya vositalari, tarbiya metodlari. globallashuv, globalistlar, aksilglobalistlar, Internet, ommaviy madaniyat, tahdid, diniy ekstremizm, terrorizm, missionerlik, prozelitizm.
    Mavzuning qisqacha mazmuni: mavzuda tarbiya nazariyasi oʻrganadigan obyekt – tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati, oʻziga xos xususiyatlari haqida soʻz yuritiladi.Shuningdek, tarbiyaning jamiyat va inson hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati, uning asosiy tamoyillari, turlari, metodlari hamda vositalari toʻg‘risida tahliliy ma’lumotlar berilgan. Ma’ruzada bolani shaxs sifatida oʻzini–oʻzi tarbiyalashini tashkil etish masalalari ham oʻz aksini topgan.
    Globallashuv – bu, avvalo, hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni boʻlgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi davrda uning g‘oyat oʻtkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda koʻrish, his etish mumkin. Bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishiga, tabiiyki, globallashuv tufayli erishilmoqda. Ushbu mavzuda globallashuv jarayonining ijobiy ta’siri bilan bir qatorda uning yoshlar tarbiyasiga salbiy oqibatlari haqida fikr yuritiladi.
    Tarbiya – ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo boʻlgan davrdan beri mavjud.
    Ingliz olimi Herbert Spencer “Tarbiya – bolaning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishini ta’minlashning amaliy jarayonlarini oʻz ichiga olishi kerak”, – deb yozadi. Bolaning yashash sharoitlari uning shaxs sifatida ulg‘ayishiga bog‘liqligi, ta’siriga misollar keltiradi. Oʻzining "Butun shaxsni rivojlantirish" kitobida tarbiyaning aqliy, axloqiy va jismoniy turlarini koʻrsatib oʻtib, ulardan eng asosiysi axloqiy tarbiyadir deb ta’kidlaydi6.Oila tarbiyasi koʻp qirrali boʻlib, uning bir-biri bilan bog‘liq tarkibiy qismlari mavjud. Mazkur tarkibiy qismlar yaxlit tarzda bola shaxsida shakllantiriladi. Ularni quyidagicha tasnif etish mumkin.

    Yüklə 2,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə