Urganch davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 353,43 Kb.
səhifə3/11
tarix28.11.2023
ölçüsü353,43 Kb.
#133430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MTT yillik ish rejasinining mohiyati

Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishining maqsad va vazifasi sifatida biz hozirgi kunda yurtimizdagi o’zgarishlarni tahlil qilgan holda oldimizga maqsad qilib MTT ning ish re’jasini o’rganishni asosiy vazifa qilib oldik.Ma’lumki, Respublikamiz rahbariyati pedagoglar faoliyatini yuqori baholamoqda. Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoniga binoan «1 oktyabr Xalq ta’limi xodimlari – o‘qituvchi murabbiylar kuni» deb e’lon qilindi1. Bu voqea davlatimizni o‘qituvchilarni jamiyatda tutgan o‘rni naqadar yuksakligidan dalolat beradi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda erishgan yutuqlari uchun, pedagog ishidagi ijodiy mehnatlari uchun, ilg’or tajribalarni umumlashtirishda erishgan yutuqlari uchun o‘qituvchi, tarbiyachilar «Metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «Metodist - tarbiyachi», «Xalq maorifi a’lochisi» va shu kabi sharafli unvonlar bilan taqdirlanadilar. Xalq ta’limi xodimlari orasidan respublika bo‘yicha deputatlar saylanishi ham ularga bo‘lgan chuqur hurmat-ehtiromni bildiradi.O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh .M.Mirziyoev tashabbuslari bilan jumhuriyatimizda pedagog xodimlarning oylik maoshlari yildan-yilga oshirilib, turmush sharoitlari yaxshilanib kelinmoqda.
Kurs ishining tarkibi: Kurs ishining tarkibiy qismlar kirish, ikki bob, 4 bo’lim, xulosa va adabiyotlardan iborat.
I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL QILISH TAMOYILLARINI YORITISH.
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarning yillik ish re’jasining tuzilish shakli.
MTTda ta'lim-tarbiyaviy ishini rejalashtirish pedagoglar, tarbiyachi-metodist, mudira faoliyatining muhim turlaridan biridir. Rejalashtirish - ta'lim-tarbiyaviy ishning zarur sharoit, foydalanadigan vosita, ishning usul va metodlarini ko’rsatib, ta'lim-tarbiyaviy ish dasturini amalga oshirish tartibi, izchilligini oldindan aniqlashdir.Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim muassasasi ishini rejalashtirish mumkinligini va zarurligini ta'kidlab, bunda u inson shaxsini shakllanishida ijtimoiy omillar, muhit va tarbiyaning muhim ahamiyatga egaligi haqida asosiy qoidalarga tayanadi. Rivojlanishning asosiy omili bo’lgan tarbiya jarayonida bilim, aqliy va amaliy malakalar hamda harakat usullarini bola tomonidan egallanishi amalga oshiriladi. Tarbiyaning mazmunini uning maqsadi belgilaydi. Rejalashtirishning maqsadi - « MTT ta'lim-tarbiya dasturi»ning bajarilishini ta'minlashdir.
Pedagogik jarayonni yagona bir butun sifatida tashkil etish vazifasi rejalashtirishda etakchi hisoblanadi.Rejalashtirish pedagogik jarayonni yaxlit tashkil etishga: bolalar jamoasi va ayrim bolalarni tarbiyalash vazifasini aniqlashga, bolalarni yoshiga ko’ra pedagogik ta'sir mazmunini va usullarini tanlashga, bolalar hayoti, faoliyat turlari, rahbarlik metodlari va shu kabilarni tashkil etishning turli shakllaridan foydalanishga yo’llangan bo’lishi kerak. MTT laridagi ta'lim-tarbiya ishlarini rejalashtirish murakkab bo’lib, tarbiyachidan bolalarning ruhiy fiziologik taraqqiyot darajasi to’g’risidagi bilimlarni, ta'lim-tarbiya dasturini, ta'lim va tarbiyaning metod va usullarini bilishni taqozo etadi.Reja (arbiyachiga yil bo'yi amalga oshiradigan ta'lim-tarbiya ishlarini bir tekisdu taqsimlab, пи'lum izchillik bilan amalga oshirishga yordam beradi.
Reja bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlariga oldindan puxta tayyorgarlik ko’rish metod va usullarni yaxshilab o’ylab olish, kerakli material va jihozlarni tayyorlash imkonini yaratadi. Tarbiyachi rejalashtirgan hamma ishlar har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashi lozim. SHu bilan birga reja qotib qolgan narsa bo’lmay, vaziyatdan kelib chiqib, unga o’zgarishlar kiritish mumkin.SHuning uchun MTTda bir-birini to’ldiradigan bir necha xil reja tuziladi2:

Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə